26.11.2024 yildagi 83-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarini va Devoni xodimlarini maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha komissiya tuzish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sidqidildan va samarali ishlayotgan, oʻz faoliyatida yuksak natijalarga erishgan, ijtimoiy hayotdagi faolligi, mehnatsevarligi bilan ajralib turadigan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlarini hamda Devoni xodimlarini maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirib borish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarini va Devoni xodimlarini maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) 1-ilovaga* muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarini va Devoni xodimlarini maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Qarorning 1-2-ilovalari berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Komissiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari (bundan buyon matnda deputatlar deb yuritiladi) tomonidan oʻz vakolatlari va vazifalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni xodimlari (bundan buyon matnda xodimlar deb yuritiladi) tomonidan oʻz mehnat majburiyatlari va vazifalarining bajarilishini muntazam ravishda tahlil qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatlarga “Adolatli deputat”, “Xalqparvar deputat”, “Mehnatkash deputat” maqomlarini berish, sobiq deputatlarga “Faxriy deputat” maqomini berish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashiga tavsiya kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sidqidildan va samarali ishlayotgan, oʻz faoliyatida yuksak natijalarga erishgan, ijtimoiy hayotdagi faolligi, mehnatsevarligi bilan ajralib turadigan deputatlarga hamda xodimlarga ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatlar va xodimlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining rahbariyatiga takliflar kiritib borish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Devoni (M. Istamov) Komissiyaning faoliyatini tashkil etishga, uning majlislarini oʻtkazib borishga koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Komissiya oʻz faoliyati toʻgʻrisida har yil yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2023-yil 26-dekabrdagi 3862-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Faxriy yorligʻi va Tashakkurnomasi bilan taqdirlash toʻgʻrisida”gi nizomning 5-bandi “Qonunchilik palatasi deputatlarini” degan soʻzlardan keyin “va Devoni xodimlarini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 5-avgustdagi “Karantinga oid choralarning amal qilishi davrida masofaviy ish usuliga oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Devoni xodimlarining faoliyati natijadorligini oshirish masalalari toʻgʻrisida”gi 420-IV-sonli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 22-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarini maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha komissiyani tuzish toʻgʻrisida”gi 660-IV-sonli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari M. Xodjayeva zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 26-noyabr,

83-V-son