Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 11-sentabrda hisobga olindi, hisob raqami 287]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-martdagi PF-5963-son “Oʻzbekiston Respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ayrim shaharsozlik normalari va qoidalari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir v.b. Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 5-avgust,
01/2-39-son
Kelishildi:
Energetika vaziri J. MIRZAMAHMUDOV
2024-yil 26-iyul
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV
2024-yil 11-iyul
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YUSUPALIYEV
2024-yil 10-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 5-avgustdagi 01/2-39-son buyrugʻiga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan ayrim shaharsozlik normalari va qoidalarining
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 1996-yil 11-sentabrdagi 87-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 2.04.05-97* “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” qurilish meʼyorlari va qoidalari.
2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 2004-yil 30-dekabrdagi 84-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 2.04.05-97* “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” qurilish meʼyorlari va qoidalariga kiritilgan 1-son oʻzgartirishlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 2011-yil 12-iyuldagi 46-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 2.04.05-97* “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” qurilish meʼyorlari va qoidalariga kiritilgan 2-son oʻzgartirishlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining 2020-yil 25 sentabrdagi 258-son buyrugʻi 1-bandining 2-xatboshisi bilan tasdiqlangan QMQ 2.04.05-97* “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” qurilish meʼyorlari va qoidalariga kiritilgan 3-son oʻzgartirishlar.