22.11.2024 yildagi 21-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining qarori, 22.11.2024 yildagi 21-son
Кучга кириш санаси
13.12.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Suvni tozalashda qoʻllaniladigan reagentlar, filtrlovchi materiallar va ion almashinuvchi qatronlar hamda sintetik polielektrolitlarga qoʻyiladigan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini (0084-24-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 13-dekabrda hisobga olindi, hisob raqami 319]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Suvni tozalashda qoʻllaniladigan reagentlar, filtrlovchi materiallar va ion almashinuvchi qatronlar hamda sintetik polielektrolitlarga qoʻyiladigan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0084-24-son SanQvaN) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ayrim sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais B. YUSUPALIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 22-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-son

Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir v.b. Sh. XIDOYATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 8-noyabr

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2024-yil 22-noyabrdagi 21-son qaroriga
1-ILOVA

Suvni tozalashda qoʻllaniladigan reagentlar, filtrlovchi materiallar va ion almashinuvchi qatronlar hamda sintetik polielektrolitlarga qoʻyiladigan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0084-24-son SanQvaN)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (bundan buyon matnda sanitariya qoidalari deb yuritiladi) suvni tozalashda qoʻllaniladigan reagentlar, filtrlovchi materiallar va ion almashinuvchi qatronlar, sintetik polielektrolitlarga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur sanitariya qoidalarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reagent — kimyoviy reaksiyada ishtirok etuvchi modda, reaktiv;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
filtrlovchi materiallar — suvni filtirlashga moʻljallangan maxsus gʻovak toʻsiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sintetik polielektrolit — eritmada ionlanish qobiliyatiga ega boʻlgan guruhlarni oʻz ichiga olgan polimer;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ion almashinadigan qatronlar — suyuqlikdagi ionlarni boshqa ionlar bilan olib tashlash yoki almashish uchun ishlatiladigan qattiq gʻovakli material;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etilgan konsentratsiya (REK) — suvdan foydalanishning gigiyenik sharoitlarini yomonlashtirmaydigan suvdagi maksimal konsentratsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikroflora — muayyan tabiiy muhit (tuproq, suv, havo, oziq-ovqat mahsulotlari, hayvon, oʻsimlik, odam organizmi yoki organlari)da yashaydigan mikroorganizmlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddaning ishchi dozasi — moddaning bir martalik yoki umumiy qabul qilingan miqdori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Reagentlar, filtrlovchi materiallar va ion almashuvchi qatronlar hamda sintetik polielektrolitlar yordamida suvni tozalash ishlari amalga oshirilgandan soʻng suv sifatining koʻrsatkichlari OʻzMSt 133:2024 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish”ga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Suvni tozalashda qoʻllaniladigan reagentlarga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Suvni tozalashda qoʻllaniladigan reagentlar ularning yoʻriqnomalarida keltirilgan tarkibga, fizik-kimyoviy va gigiyenik xususiyatlarga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Reagentlarning samaradorligini aniqlashda suvning tarkibi, sifati va mintaqaviy xususiyatlariga taʼsiri inobatga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Reagentlarni sinovdan oʻtkazishda quyidagi talablar hisobga olinishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reagentlardan foydalanadigan suv xoʻjaligi obyektlarining aholi punktlariga zararli taʼsirining yoʻqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvning organoleptik xususiyatlariga taʼsir etmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvda aholi salomatligi uchun xavfli boʻlgan birikmalar konsentratsiyalarini OʻzMSt 133:2024 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” talablariga muvofiq boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvda mikrofloraning rivojlanishiga taʼsir etmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvdagi zararli kimyoviy birikmalar reagentlar bilan reaksiyaga kirishishi natijasida bir turdan boshqa turga aylanish qobiliyatining yoʻqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Suvni tozalashda qoʻllaniladigan reagentlarni (flokulyantlar, koagulyantlar, antinakipinlar, korroziyaga qarshi vositalar, stabilizatorlar) REK koʻrsatkichlariga muvofiqligi taqqoslanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Reagentlarni samaradorligini aniqlashdan oldin quyidagilar amalga oshirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reagentdagi aralashmalar miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ularning yoʻriqnomasiga muvofiqligini tekshirish, bunda aralashmalarni suv va organik erituvchilar bilan ekstraksiya (ajratib olish) qilish yoʻli orqali aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reagentni qoʻllash jarayonida suvga tushishi mumkin boʻlgan aralashmalarni (havodagi mayda zarrachalar, tuproq) tahlil qilishda ishchi dozadan 3 — 5 baravar yuqori konsentratsiyalardagi suvda eritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvda 3 — 5 ishchi dozasi darajasidagi reagent mavjud boʻlganda, hosil boʻlgan aralashmalarning konsentratsiyasini hisoblab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REK mavjud boʻlmasa ularning REKlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvga tushgan moddalarning aylanmasi (migratsiyasi) va oʻzgarishi (transformatsiya) dinamikasi, shuningdek suvni tozalash jarayonida reagentning barqarorligini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reagentga taʼsir etuvchi tashqi muhit omillari (saqlash, tashish sharoitlari va mikroiqlim koʻrsatkichlari) natijasida yuzaga keladigan oʻzgargan (transformatsiyalangan) mahsulotlarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni xlorlash paytida hosil boʻlishi mumkin boʻlgan xavfli oʻzgargan (transformatsiyalangan) mahsulotlarni aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Reagentlarni dastlabki samaradorligini aniqlash quyidagi talablarga muvofiq amalga oshirilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi dozalar va toksiklik boʻyicha chegara konsentratsiyasi (ShKtoks) qiymatlari nisbatiga teng boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi doza qiymati toksiklik boʻyicha chegara konsentratsiyasidan oshsa reagentni qoʻllamaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-4-xavflilik sinfidagi reagentlarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilishi, bunda aralashmalar miqdori ishchi dozaning 1/2 REK dan oshmasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Reagentdan foydalanish uchun olingan laboratoriya xulosasida uning REK qiymati, maksimal ishchi dozasi, qoldiq miqdorning ruxsat etilgan qiymati, tozalangan suvda nazorat qilinishi kerak boʻlgan qoʻshimcha kimyoviy koʻrsatkichlar (monomerlar, oʻzgargan mahsulotlar tarkibi) koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Reagentlarni quyidagi hollarda qayta samaradorligini aniqlash zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni tozalash texnologiyasi oʻzgarganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi qurilgan korxonada suvni tozalash ishlari amalga oshirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reagentlar xorijiy mamlakatlardan import qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir nechta namunalarni taqqoslash zarur boʻlgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki samaradorlik aniqlanganda eng xavfli aralashmalarning mavjudligida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Suvni tozalashda qoʻllaniladigan reagentlar va materiallar mazkur sanitariya qoidalarining 1-ilovasiga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Suvni tozalashda qoʻllaniladigan filtrlovchi materiallar va ion almashinuvchi qatronlarga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Filtrlovchi materiallarni samaradorlikni aniqlash quyidagicha amalga oshirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sunʼiy filtrlovchi materiallar (keramzitlar, shungitlar) uchun ishlab chiqarish texnologiyasi, aralashmalarning mavjudligi, granulometrik tarkibi, filtrlash tezligi, ish davrining davomiyligi, yuvish intensivligi va chastotasi, mexanik mustahkamligi va kimyoviy barqarorligi boʻyicha sinov natijalarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy donador filtrlovchi materiallar (seolitlar, koʻmirlar, qum, shagʻallar), yangi topilgan va oʻzlashtirilayotgan manbalardan olingan filtrlovchi materiallar hamda ularning suvli ekstraktlarini radiatsiya xavfsizlik jihatidan tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
filtrlovchi materiallarning suvli ekstraktlari tarkibidagi ogʻir metallar va boshqa noorganik birikmalar miqdorini kimyoviy-analitik tekshiruvlar asosida aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sunʼiy filtrlovchi materiallar va adsorbentlarni oksidlanish koʻrsatkichlari, materiallardan olingan suvli ekstraktlardagi uglerodlarning anorganik va organik tarkibini aniqlash hamda ushbu koʻrsatkichlarning fon qiymatlari belgilangan chegaradan oshmasligini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ion almashinuvchi qatronlarni samaradorligini aniqlashda filtrlovchi materiallardan moddalarning koʻchish holati statik sharoitlarda va suvni tozalash jarayonini taʼminlaydigan qurilmalarda oʻrganilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ion almashinuvchi qatronlarni suvdagi aralashmalarini ekstraksiya qilish quyidagicha amalga oshirish kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rN darajasi 6,5 va 8,5 ga teng boʻlgan distillangan suv yordamida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20°C haroratda 30 kun davomida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60°C haroratda 1 kun davomida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvli ekstraktlarda kimyoviy moddalar konsentratsiyalarini hamda ion almashinuvchi materiallarning mutagen, allergen va qoʻzgʻatuvchi xususiyatlarini aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Suvni tozalashda biokorroziya jarayonlarining kelib chiqishini oldini olish uchun ion almashinuvchi qatronlarni qoʻllash sharoitlarini (suv harorati, dezinfeksiya usullari, materialning regeneratsiyasi) inobatga olish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Suv tozalash uchun qoʻllaniladigan filtrlovchi materiallar orqali suv ekstraktlarida tekshiriladigan koʻrsatkichlar mazkur sanitariya qoidalarining 2-ilovasiga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Suvni tozalashda qoʻllaniladigan sintetik polielektrolitlarga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sintetik polielektrolitlarni samaradorligini aniqlash quyidagicha amalga oshirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sintetik polielektrolitlar ishlab chiqarishda xomashyo tarkiblarini baholash, sintez sharoitlarini barqarorlashtirish, aralashmalar, qoʻshimcha va oraliq mahsulotlarni nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sintetik polielektrolitlardagi monomerlar va toksik aralashmalarning REKini hisoblash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sintetik polielektrolitlarning yoʻl qoʻyiladigan maksimal dozasini aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sintetik polielektrolitlarni samaradorligini aniqlash ularning kimyoviy, mexanik va mikrobiologik taʼsirlari (erkin radikallar, ikki va uch valentli kationlar, anaerob va aerob bakteriyalar, shuningdek ultrabinafsha nurlanish), molekulyar massasi, ion zaryadlarining xususiyati va miqdori (zichligi), qovushqoqligi, fizik shakli, barqarorligi, transformatsiyasi, biotransformatsiyasi va biodegradatsiya qilish qobiliyati, xavfli konsentratsiyalarda monomerlar va toksik aralashmalarning mavjudligi, zaharliligi hamda xavfliligi hisobga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Sintetik polielektrolitlarning ruxsat etilgan dozasi tozalanayotgan suvning fizik-kimyoviy koʻrsatkichlarini (rN, loyqalik, rangdorlik) hisobga olgan holda kunlik sinov koagulyatsiyasi (flokulyatsiyasi) usuli orqali belgilanishi va samaradorligini aniqlash suvning organoleptik koʻrsatkichlar boʻyicha amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Suvni tozalashda qoʻllaniladigan sintetik polielektrolitlar mazkur sanitariya qoidalarining 3-ilovasiga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur sanitariya qoidalarini ishlab chiquvchilar roʻyxati ushbu sanitariya qoidalarining 4-ilovasida keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvni tozalashda qoʻllaniladigan reagentlar, filtrlovchi materiallar va ion almashinuvchi qatronlar hamda sintetik polielektrolitlarga qoʻyiladigan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0084-24-son SanQvaN)

Suvni tozalashda ishlatiladigan reagentlar va materiallar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Modda nomi

Foydalanilgan materiallar

1.

Suvga qoʻshiladigan reagentlar

koagulyantlar, polielektrolitlar (flokulyantlar, yosunlar), shkalaga qarshi vositalar, korroziyaga qarshi vositalar, stabilizatorlar

2.

Suv oʻtkazadigan asbob-uskunalar va konstruktiv materiallarning sirtlarini zararsizlantirish uchun ishlatiladigan materiallar

loklar, boʻyoqlar, emallar, mastikalar, moylash materiallari, korroziyaga qarshi qoplamalar, kauchuklar, polimer materiallar

3.

Donador materiallar, sorbentlar va membranalarni filtrlash:

tabiiy kelib chiqishi

qum, shagʻal, seolitlar, kengaytirilgan loy, shungizit, klinoptilolit, koʻmir

sunʼiy kelib chiqishi

ion almashinadigan qatronlar, polimer membranalar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvni tozalashda qoʻllaniladigan reagentlar, filtrlovchi materiallar va ion almashinuvchi qatronlar hamda sintetik polielektrolitlarga qoʻyiladigan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0084-24-son SanQvaN)
2-ILOVA

Suvni tozalashda qoʻllaniladigan filtrlovchi materiallar orqali suv ekstraktlarida tekshiriladigan koʻrsatkichlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Filtrlovchi material nomi

Koʻrsatkichlar

Polimer materiallar

1.

Polietilen (LDPE, NDPE), polipropilen, propilenning etilenli sopolimerlari, polibutilen, poliizobutilen uchun birlashtirilgan materiallar poliolefinlarga asoslangan

formaldegid

metil spirti

butil spirti

izobutil spirti

atsetaldegid

etil asetat

aseton

Polistirolli plastmassalar

2.

Polistirol (blok, stirol suspenziya, zarbaga chidamli)

stirol

metil spirti

formaldegid

Stirol bilan stirol akrilonitrilning sopolimeri

stirol

akrilonitril

formaldegid

Stirolning metilmetakrilat bilan sopolimeri

stirol

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvni tozalashda qoʻllaniladigan reagentlar, filtrlovchi materiallar va ion almashinuvchi qatronlar hamda sintetik polielektrolitlarga qoʻyiladigan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0084-24-son SanQvaN)
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvni tozalashda qoʻllaniladigan sintetik polielektrolitlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Reaktivning kimyoviy sinfi

Reaktivning savdo nomi

Reagentni qoʻllanilishi

Poliakrilamidlar:

Ionlashmagan

Fenopol N 200 E

Flopam FA 920 PWG

Magnofloc LT 20

Suv bilan bevosita va bilvosita reaksiyaga kirishishi

Anionlar

Poliakrilamin (suvli eritma)

Fenopol A 321 E

Flopam AN 905, 910, 923, 934 PWG

Praestol 25157 2540 TR

Magnofloc LT 25, 26, 27

Suv bilan bevosita va bilvosita reaksiyaga kirishishi

Kationlar

Fenopol R 211 E

Flopam FC 4107, 4115, 4140, 4190, 4240 PWG Praestol 650 TR

Magnofloc LT 22, 24

Suv bilan bevosita va bilvosita reaksiyaga kirishishi

Polidiallilmetilammoniyxlorid

DUNR402

Floquat FL 45 C

Suv bilan bevosita va bilvosita reaksiyaga kirishishi

Poliaminlar

Floquat FL 28 N3

FL 17

Suv bilan bevosita va bilvosita reaksiyaga kirishishi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvni tozalashda qoʻllaniladigan reagentlar, filtrlovchi materiallar va ion almashinuvchi qatronlar hamda sintetik polielektrolitlarga qoʻyiladigan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0084-24-son SanQvaN)
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ishlab chiquvchilar roʻyxati:

O.P. Mirshina

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Sanitariya-gigiyena boshqarmasi bosh mutaxassisi, t.f.n;

I.A. Usmanov

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti yetakchi ilmiy xodimi, t.f.d;

G'.E. Musabekov

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Toshkent viloyati boshqarmasi Kommunal gigiyena boʻlimi boshligʻi;

I.I. Ilinskiy

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti “Suv, tuproq gigiyenasi va sanitariya bakteriologiyasi” laboratoriyasi mudiri, t.f.d., professor;

Taqrizchilar:

A.U. Sadikov

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti “Tibbiy biologik tadqiqotlar” laboratoriyasi mudiri, t.f.d. professor;

D.A. Zareddinov

Toshkent shahar tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazi “Gigiyena va radiatsion xavfsizlik” kafedrasi mudiri, t.f.d. professor;

G.F. Sherqoʻziyeva

Toshkent tibbiyot akademiyasi “Kommunal va mehnat gigiyenasi” kafedrasi dotsenti, t.f.n.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2024-yil 22-noyabrdagi 21-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan ayrim sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

1. Oʻzbekiston Respublikasi bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan 2004-yil 25-oktabrda tasdiqlangan “Oʻzbekistonning oʻziga xos sharoitlarida suvni tozalash tizimlarida qoʻllaniladigan reagentlarni gigiyenik baholash” 0170-04-son SanQvaM.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan 2004-yil 25-oktabrda tasdiqlangan “Oʻzbekistonning oʻziga xos sharoitlaridagi suv taʼminoti tizimlarida qoʻllaniladigan filtr materiallari va ion almashinadigan smolalarni gigiyenik baholash” 0171-04-son SanQvaM.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan 2004-yil 25-oktabrda tasdiqlangan “Oʻzbekiston aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlash amaliyotida sintetik polielektrolitlardan foydalanish ustidan nazorat” 0174-04-son SanQvaM.