05.12.2024 yildagi 124-V-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma qarori, 05.12.2024 yildagi 124-V-son
Кучга кириш санаси
05.12.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Butunxitoy xalq vakillari kengashi bilan parlamentlararo hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek Butunxitoy xalq vakillari kengashi bilan parlamentlararo hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Butunxitoy xalq vakillari kengashi bilan parlamentlararo hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish boʻyicha 2025-2026-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻmitalari hamda devonlarining tegishli tarkibiy boʻlinmalari chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. Xakimov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 5-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124-V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 5-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-12-V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 5-dekabrdagi 124-V/KQ-12-V-sonli Qoʻshma qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Butunxitoy xalq vakillari kengashi bilan parlamentlararo hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish boʻyicha 2025-2026-yillarga moʻljallangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼullar

Oliy Majlis Senati

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Vazirlik va idoralar

1.

Oliy Majlisning Butunxitoy xalq vakillari kengashi bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo komissiyasini shakllantirish.

1. Oliy Majlisning Butunxitoy xalq vakillari kengashi bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhini “parlamentlararo komissiya” darajasiga koʻtarish masalasini oʻrganib chiqish.

Bunda, yoshlar va xotin-qizlar orasidan maqbul nomzodlarni komissiya tarkibiga kiritish.

2025-yil yanvar-fevral

Xalqaro aloqalar va protokol boshqarmasi,

Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi

Xalqaro aloqalar va protokol boʻlimi,

Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

Tashqi ishlar vazirligi

2. Parlamentlararo komissiyaning tarkibi va Reglamentini tasdiqlash.

2025-yil fevral

3. Parlamentlararo komissiyaning ish rejasini ishlab chiqish.

4. Parlamentlararo komissiyaning birinchi majlisini oʻtkazish.

kelishuvga koʻra

2.

Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qoʻmitasi raisining 2025-yil 5 — 9-aprel kunlari Toshkentda boʻlib oʻtadigan Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasida ishtirokini tashkil etish.

1. Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qoʻmitasi Raisi nomiga taklifnoma yuborish.

2025-yil fevral

Xalqaro aloqalar va protokol boshqarmasi,

Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi

Xalqaro aloqalar va protokol boʻlimi,

Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

Tashqi ishlar vazirligi

2. Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qoʻmitasi Raisining Oʻzbekistonga tashrifi doirasida muhokama qilinadigan muhim masalalar yuzasidan vazirlik va idoralarning takliflarini olish hamda umumlashtirish.

2025-yil mart

3. Tashrif dasturi va kun tartibi loyihasini ishlab chiqish.

2025-yil mart

4. Tashrifni yuqori saviyada amalga oshirish.

kelishuvga koʻra

3.

Xitoyning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida islohotlari va ilgʻor tajribasini oʻrganish.

1. Xitoy milliy qonunchiligidagi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni oʻrganish va tahlil qilish.

2025-yil may

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

2. Xitoyning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ilgʻor islohotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish.

2025-yil iyun

3. Xitoyning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ilgʻor tajribasini oʻrganish va milliy qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

zaruratga koʻra

4. Ishlab chiqilgan takliflarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish masalasini sohadagi vakolatli davlat organlari bilan birgalikda muhokama qilish.

kelishuvga koʻra

4.

Xitoyning kambagʻallikni qisqartirish va bandlikni taʼminlash sohasida islohotlari va ilgʻor tajribasini oʻrganish.

1. Xitoy milliy qonunchiligidagi kambagʻallikni qisqartirish va bandlikni taʼminlash sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni oʻrganish va tahlil qilish.

2025-yil may

Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi

Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi

2. Xitoyning kambagʻallikni qisqartirish va bandlikni taʼminlash sohasidagi ilgʻor islohotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish.

2025-yil iyul

3. Xitoyning kambagʻallikni qisqartirish va bandlikni taʼminlash sohasida ilgʻor tajribasini oʻrganish va milliy qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha tegishli takliflarni ishlab chiqish.

2025-yil dekabr

4. Takliflarni koʻrib chiqish va milliy qonunchilikka implementatsiya qilish uchun sohada vakolatli davlat organiga taqdim etish.

2026-yil yanvar

5.

Xitoyning maxsus iqtisodiy zonalarni rivojlantirish sohasidagi islohotlari va ilgʻor tajribasini oʻrganish.

1. Xitoy milliy qonunchiligidagi maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarini rivojlantirish sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni oʻrganish va tahlil qilish.

2025-yil may

Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi

Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

Tashqi ishlar vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

2. Xitoyning maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarni rivojlantirish sohasidagi ilgʻor islohotlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni umumlashtirish.

2025-yil iyun

3. Xitoyning maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarni rivojlantirish sohasida ilgʻor tajribasini oʻrganish va milliy qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

zaruratga koʻra

4. Ishlab chiqilgan takliflarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish masalasini sohadagi vakolatli davlat organlari bilan birgalikda muhokama qilish.

kelishuvga koʻra

6.

Mahalliy Kengashlar oʻrtasida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha muntazam aloqalarini yoʻlga qoʻyish.

1. Xitoy Xalq Respublikasi tegishli provinsiyalarining mahalliy Kengashlari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ustuvor yoʻnalishlarni belgilash va oʻzaro tajriba almashish yuzasidan tegishli takliflarni ishlab chiqish.

2025-yil fevral

Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi

Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi

Tashqi ishlar vazirligi

2. Mahalliy Kengashlar oʻrtasida muntazam hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha barcha tashkiliy choralarni koʻrish.

2025-yil aprel

3. Parlamentlararo doʻstlik guruhlari doirasidagi tadbirlarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlar vakillarining ishtirokini taʼminlash.

belgilangan muddatlarda

7.

Butunxitoy ayollar universiteti bilan ayol kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish.

1. Butunxitoy ayollar universiteti bilan oʻzaro hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari va sohalari boʻyicha tegishli takliflar ishlab chiqish.

2025-yil iyul

Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi

Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Xitoyning oliy taʼlim sohasidagi vakolatli organi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi anglashuv memorandumi loyihasini tayyorlash.

2025-yil sentabr

3. Memorandumni oʻrnatilgan tartibda xorij tomoni bilan kelishish va tasdiqlash.

2025-yil dekabr

4. Memorandum doirasida Butunxitoy ayollar universiteti tajribasi asosida oliy taʼlim tizimida ayol kadrlarni tayyorlash va milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish amaliyotini oʻrganish.

2026-yil yanvar

5. Butunxitoy ayollar universiteti bilan hamkorlikda oʻzaro tajriba almashinuvini yoʻlga qoʻyish va xizmat safarlarini tashkil etish.

kelishuvga koʻra

8.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va xotin-qizlar bandligini taʼminlash sohasida qoʻshma tadbirlarni amalga oshirish.

1. “Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston va Xitoy: oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda va xotin-qizlar bandligini taʼminlashda ayol tadbirkorlarning oʻrni” mavzusida xalqaro davra suhbati oʻtkazish.

2025-yil may

Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi

Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi

Savdo-sanoat palatasi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

“Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi,

Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Xitoyning Butunxitoy ayollar universiteti bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston va Xitoy: xotin-qizlarni koʻllab-quvvatlash sohasidagi hamkorlik aloqalari va istiqboldagi rejalar” mavzusida xalqaro davra suhbati oʻtkazish.

2025-yil avgust

3. Xitoyning Shenchjen shahri “Tadbirkorlar ayollar assotsiatsiyasi” bilan birgalikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va bandlikni taʼminlash boʻyicha qishloq xoʻjaligi, ijtimoiy himoya hamda zargarlik sohalarida biznes forumlarini tashkil etish.

2026-yil noyabr

4. Qoʻshma tadbirlarga Xitoy bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruh aʼzolari hamda sohada faoliyat yuritayotgan ekspertlarni taklif qilish.

doimiy

5. Qoʻshma tadbirlar yakuni boʻyicha mazkur sohada ikki davlat oʻrtasida hamkorlikni yanada kuchaytirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish.

6. OAVda keng yoritish ishlarini tashkil qilish.

tadbir davomida

9.

Reproduktiv yoshdagi ayollar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam koʻrsatish sifatini oshirish boʻyicha tajriba almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

1. Reproduktiv yoshdagi ayollar va bolalarda uchrayotgan onkologik kasalliklarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish hamda sohada malakali kadrlarni tayyorlash boʻyicha Xitoyning ilgʻor amaliyotini oʻrganish va muntazam tajribalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

2026-yil fevral

Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi

Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

2. Reproduktiv yoshdagi homiladorlar ayollar va bolalarning salomatligini mustahkamlash boʻyicha Xitoy tabobatini oʻrganish.

2025-yil mart

3. Onalar va bolalarga malakali, ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy yordam koʻrsatish uchun zamonaviy infratuzilmani shakllantirish.

2026-yil iyul — sentabr

4. Sohani rivojlantirish va mavjud tizimlarni yanada takomillashtirish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.

2026-yil iyul — dekabr

10.

Oʻzbekiston va Xitoyning ishbilarmon ayollari va yetakchi tadbirkorlari biznes-forumini oʻtkazish.

1. Ikki davlat tadbirkorlari oʻrtasida qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflar ishlab chik.ish.

2025-yil avgust

Xalqaro aloqalar va protokol boshqarmasi,

Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi

Xalqaro aloqalar va protokol boʻlimi,

Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi

Savdo-sanoat palatasi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

2. Forumni oʻtkazish bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalarni Xitoy tomoni bilan kelishish.

2025-yil avgust

3. Forumga ikki mamlakatning yetakchi tadbirkor ayollarini, biznes vakillari va ishbilarmonlarini taklif qilish.

2025-yil sentabr

4. Forumni yuqori saviyada tashkil qilish.

kelishuvga koʻra

5. Forum natijalarini OAV orqali keng jamoatchilikka yetkazish.

tadbir davomida

11.

Xitoyning oliy taʼlim tizimidagi ilgʻor tajribasini oʻrganish va milliy taʼlim tizimiga tatbiq etish.

1. Xitoyning oliy taʼlim sohasidagi vakolatli organi bilan hamkorlikda Toshkent shahri va viloyatlardagi oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilarining kadrlarni tayyorlash boʻyicha tajriba almashishini yoʻlga qoʻyish va xizmat safarlarini tashkil qilish.

2025-yil aprel

Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi

Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

2. Oliy taʼlim tizimini rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish hamda amaliyotga zamonaviy oʻqitish metodlarini tatbiq qilish.

2025-yil avgust

3. Oʻzbekistonning Xitoydagi diplomatik vakolatxonasi tomonidan Oʻzbekiston yoshlari bilan muntazam aloqa oʻrnatish hamda turli maʼnaviy va maʼrifiy tadbirlarga faol jalb qilib borish.

4. Xitoyda tahsil olayotgan Oʻzbekiston talaba yoshlari mamlakatimizning turizm va investitsiya sohalaridagi salohiyatini keng targʻib qilishi uchun shart-sharoitlar yaratish.

muntazam