1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddati | Moliyalashtirish manbalari | Ijro uchun mas’ullar |
I. Qarshi davlat texnika universiteti faoliyatini tashkil etish | |||||
Qarshi davlat texnika universiteti (keyingi o‘rinlarda — Universitet) faoliyatini tashkil etish. | 1. Universitet ustavini ishlab chiqish, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. 2. Universitet fakultetlari va kafedralari faoliyatini tashkil etish. 3. Universitetning tuzilmasi va xarajatlar smetasini tasdiqlash. | 2025-yil | — | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, Universitet | |
Universitetga tajribali va yuqori malakali mutaxassis va pedagog xodimlarni jalb qilish. | 1. Mutaxassis va pedagog xodimlarni ochiq tanlov asosida saralab olish hamda ular bilan qonunchilik talablari asosida mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish. 2. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining shtatlar soni maqbullashtirilishi natijasida ishdan bo‘shatiladigan professor-o‘qituvchilar, ishchi va xizmatchi xodimlarni belgilangan tartibda ish bilan ta’minlash choralarini ko‘rish. | 2025-yil | — | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, | |
2025-yil davomida | |||||
Universitet uchun zamonaviy kampus qurish. | 1. Universitetning zamonaviy kampusini barpo etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini, jumladan, quyidagilarni nazarda tutgan holda ishlab chiqish: Qarshi shahridan kamida 20 gektar yer maydonini doimiy foydalanish huquqi asosida Universitetga ajratish; Universitet kampusini loyihalash va qurilishda respublika budjeti, mahalliy budjet, Universitetning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ishlarni belgilash; Universitetning mavjud bino qurilish ishlari amalga oshiriladigan va Universitet kampusi foydalanishga topshiriladigan muddatni belgilash. 2. Qaror loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil fevral
| — | Qashqadaryo viloyati hokimligi, | |
II. Universitetda o‘quv jarayonini tashkil etish, ta’lim sifatini ta’minlash, yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini joriy etish | |||||
Universitetda kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish. | 1. Qashqadaryo viloyatidagi ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda Universitetda kadrlar tayyorlanadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini to‘liq qayta ko‘rib chiqish. | 2025-yil | — | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi, Universitet | |
2. Mazmun jihatidan yaqin bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini birlashtirish orqali yiriklashtirish. | 2025-yil | ||||
Ta’lim jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or ta’lim texnologiyalari va o‘qitish metodikalarini joriy etish. | 1. 2025/2026 o‘quv yiliga qadar zamonaviy malaka talablarini va fan dasturlarini ishlab chiqish maqsadida ish beruvchilar takliflari hamda birinchi 300 talik ro‘yxatga kirgan oliy ta’lim tashkilotlari dasturlarini tahlil qilish. | 2025-yil | — | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet | |
2. Ish beruvchilar takliflari va birinchi 300 talik ro‘yxatga kirgan oliy ta’lim tashkilotlari dasturlari asosida ta’lim yo‘nalishlari fanlar katalogini optimallashtirish. | 2025-yil | ||||
Ta’limning zamonaviy pedagogik texnologiyalari va metodlaridan foydalanish samaradorligini oshirish. | 1. Ta’lim jarayonini innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etish. 2. Ta’lim mazmunini kreativ fikrlash, innovatsion g‘oya va ishlanmalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi ta’lim texnologiyalari bilan boyitish. 3. Talabalarning amaliy kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida amaliy va sayyor mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘tkazish. | 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet | |
Universitetning 2 ta ta’lim yo‘nalishini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish. | 1. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha shartnomalar tuzish. 2. Xorijiy ekspertlar ishtirokida ichki va tashqi sifatni ta’minlash bo‘yicha tegishli ta’lim dasturlarini xalqaro ta’lim talablariga moslashtirish. | 2025/2026 o‘quv yili davomida | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet | |
3. Xalqaro ta’lim talablariga moslashtirilgan ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish. | 2026/2027 o‘quv yili davomida | ||||
Universitetni nufuzli xalqaro reyting tashkilotlariga kirishga tayyorlash. | 1. Universitetni nufuzli xalqaro reyting tashkilotlariga kiritish bo‘yicha besh yillik chora-tadbirlar rejasi va erishiladigan maqsadli ko‘rsatkichlarni tasdiqlash. | 2025-yil | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet | |
2. Universitetni nufuzli xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalariga ulash hamda Universitetning professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va talabalari uchun erkin foydalanish imkonini yaratish. | 2025-yil | ||||
3. Universitet professor-o‘qituvchilarining ilmiy maqolalarini iqtiboslik darajasi yuqori bo‘lgan xorijiy jurnallarda chop etish. | Doimiy | ||||
4. Chora-tadbirlar rejasining ijrosini va maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish holatini monitoring qilib borish. | |||||
Universitet professor-o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirib borish, jumladan, xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida tajriba oshirishlarini tashkil etish. | 1. Universitet professor-o‘qituvchilarining respublikadagi ilg‘or ilmiy-tadqiqot markazlari va viloyatdagi yirik ishlab chiqarish korxonalarida stajirovkalarini tashkil etish bo‘yicha dastur tayyorlash va amalga oshirish. | 2024-yil fevral | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet | |
2. Universitet professor-o‘qituvchilarining xorijda malaka oshirish va stajirovka o‘tash rejasini ishlab chiqish. | 2025-yil noyabr | ||||
3. Har yili kamida 10 nafar professor-o‘qituvchilarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy ta’lim tashkilotlariga malaka oshirishga yuborish. | Doimiy | ||||
4. Professor-o‘qituvchilar uchun xorijiy ilmiy markazlar, oliy ta’lim tashkilotlari, korxonalarda stajirovkalar tashkil etish. | |||||
Universitetning o‘quv va ilmiy-tadqiqot jarayonlariga yuqori malakali xorijlik professor-o‘qituvchilar va mutaxassislarni jalb qilish. | 1. Yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari professor-o‘qituvchilarini o‘quv jarayoniga jalb qilish. 2. Xorijlik professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash miqdorlarini bozor konyunkturasidan kelib chiqib belgilash. | 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet | |
Universitet tizimidagi akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish va ta’lim sifatini yanada oshirish. | 1. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyini Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyi etib qayta nomlash. | 2025-yil Yanvar | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, | |
2. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali akademik litseyini Qarshi davlat texnika universiteti 1-son akademik litseyi etib qayta nomlash. | |||||
3. Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti akademik litseyini Qarshi davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyi etib qayta nomlash. | |||||
4. Universitet tizimidagi akademik litseylar o‘quv dasturlarini xalqaro dasturlar asosida takomillashtirish. | 2025/2026 o‘quv yiliga qadar | ||||
5. Universitet tizimidagi akademik litseylarni yangi laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash. | |||||
Universitetning kutubxona fondini raqamlashtirish va elektron kutubxona tizimiga kiritish. | 1. Universitetda mavjud kutubxona fondini xatlovdan o‘tkazish hamda raqamlashtirilishi lozim bo‘lgan resurslar ro‘yxatini shakllantirish. 2. Ro‘yxat asosida barcha resurslarni raqamlashtirish hamda elektron kutubxona tizimiga kiritish. | 2025/2026 o‘quv yili davomida | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet | |
III. Universitetning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirish hamda ilmiy ishlar natijadorligini ta’minlash | |||||
Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning ilmiy-texnologik vazifalarini hal etishga, ilg‘or xorijiy texnologiyalarni sinash va joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlarni olib borish. | 1. Universitet kafedralarining ilmiy tadqiqotlari yo‘nalishlarini belgilash va ilmiy loyihalar ko‘lamini kengaytirish. 2. Tarmoq korxonalarining muammolarini o‘rganish va ular bo‘yicha mavzular bazasini shakllantirish. | 2025-yil fevral | — | Qashqadaryo viloyati hokimligi, | |
3. Tarmoq korxonalarining buyurtmasiga muvofiq shartnoma asosida ilmiy-tadqiqot loyihalarini bajarish. | 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab doimiy | ||||
4. Universitet va Qashqadaryo viloyati Yoshlar texnoparki o‘rtasida hamkorlik samaradorligini oshirish hamda hamkorlikda yangi innovatsion ishlanmalarni yaratish. | |||||
Universitetda davlat ilmiy dasturlari doirasida olib borilayotgan loyihalar va tadqiqotlarning natijadorligini oshirish. | 1. Davlat ilmiy dasturlari doirasida tadqiqotlar mavzularini hududiy va ishlab chiqarish sohalari muammolarini hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqish. | 2025-yil aprel | Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, | |
2. Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish uchun loyiha va takliflar kiritib borish. | Doimiy | ||||
Universitetda yosh olimlar va talabalarga muhandislik-texnika yo‘nalishlaridagi innovatsion ishlanmalarning tajriba nusxalari (prototiplari)ni tayyorlash uchun sharoit yaratish. | 1. Universitet hududida yosh olimlar va talabalar uchun innovatsion ishlanmalarining tajriba nusxalari va prototiplari tayyorlanadigan ustaxona, 3D loyihalash va modellashtirish hamda kichik ishlab chiqarish sexlaridan iborat majmua barpo etish konsepsiyasini ishlab chiqish. | 2025-yil aprel | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, | |
2. Ishlab chiqarish sexlaridan iborat majmuani qurish ishlarini amalga oshirish. | 2026/2027 o‘quv yili | ||||
3. Majmuani foydalanishga topshirish. | davomida | ||||
Universitet kampusi va bino-inshootlaridagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini takomillashtirish. | 1. Universitetning mavjud binolarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasi holatini xatlovdan o‘tkazish. | 2025-yil | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, | |
2. Xatlov natijalariga ko‘ra talab etiladigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini xarid qilish. | 2025-yil | ||||
3. Universitetning barcha binolarini optik tolali yuqori tezlikdagi internetga ulash. | 2025-yil sentabr | ||||
Universitet faoliyatiga boshqarishning zamonaviy texnologiyalarini qo‘llash. | 1. Universitetni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi (NEMIS)”ga ulash. | 2025-yil fevral | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet | |
2. “NEMIS” axborot tizimiga Universitetning professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq kiritilishini ta’minlash hamda ta’lim tashkilotlariga tegishli ma’lumotlarni birlashtirish. | 2025-yil mart | ||||
2-ILOVA
T/r | Obyekt nomi | Manzili | Egallagan maydoni, (m2) | Balansda saqlovchi |
1. | Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti bosh binosi | Qarshi shahri “Oydin” MFY Mustaqillik ko‘chasi 225-uy | 140 554,4 | Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti |
2. | Neft va gaz fakulteti binosi | Qarshi shahri “Naxshab” MFY Nasaf ko‘chasi 6-uy | 19 470,4 | |
3. | Energetika fakulteti binosi | Qarshi shahri “Gungon” MFY Xonobod ko‘chasi 33-uy | 16 100,0 | |
4. | Iqtisodiyot fakulteti binosi | Qarshi shahri “Neftchi” MFY Mustaqillik ko‘chasi 226-uy | 30 040,3 | |
5. | Geologiya va konchilik ishi fakulteti binosi | Qarshi shahri “Oydin” MFY Xonobod ko‘chasi 15-uy | 21 240,8 | |
6. | Qishloq xo‘jalik mashinalari kafedrasi va garaj binosi | Qarshi shahri “Gungon” MFY Xonobod shoh ko‘chasi 7/158-uy | 15 389,6 | |
7. | 2-sonli talabalar turarjoyi binosi | Qarshi shahri “Oydin” MFY M.Qoshg‘ariy ko‘chasi 4/86-uy | 3 422,9 | |
8. | O‘quv poligoni binosi | Dehqonobod tumani “Duob” MFY | 30 275,0 | |
9. | O‘quv-amaliyot poligoni binosi | Kasbi tumani “Mesit” MFY | 20 189,6 | |
10. | O‘quv-amaliyot poligoni binosi | Kasbi tumani “M.Ulug‘bek” MFY | 38 947,5 | |
11. | O‘quv-amaliyot poligoni binosi | Mirishkor tumani Vori qishlog‘i | 32 947,5 | |
12. | O‘quv binosi | Qarshi shahri Xonobod shohko‘chasi 19-uy | 55 608,8 | “Toshkent irrigatsiya Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti |
13. | O‘quv-amaliyot poligoni binosi | Kasbi tumani “Nazartepa” MFY Nazartepa qishlog‘i 21-uy | 17 000,0 | |
14. | O‘quv-amaliyot poligoni binosi | Qarshi tumani “Dasht” MFY | 17 650,0 | |
15. | 1-sonli o‘quv binosi | Shahrisabz shahri | 37 900,0 | Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali |
16. | 2-sonli o‘quv binosi | Shahrisabz tumani | 40 000,0 | |
17. | “A” o‘quv binosi | Qarshi tumani “Yertepa” QFY Mirmiron qishlog‘i | 48 193,8 | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali |
18. | “B” o‘quv binosi | Qarshi tumani “Mirmiron” MFY Mirmiron qishlog‘i 18-uy | 39 744,3 |
3-ILOVA
T/r | Ta’lim tashkiloti nomi | Quvvati |
I. O‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari | ||
1. | Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyi | 600 |
2. | Qarshi davlat texnika universiteti 1-son akademik litseyi | 470 |
3. | Qarshi davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyi | 450 |
II. Kasbiy ta’lim tashkilotlari | ||
| 4. | G‘uzor tuman 2-son politexnikumi | 900 |
5. | G‘uzor sanoat va texnologiyalar texnikumi | 540 |
6. | Dehqonobod tuman 2-son politexnikumi | 540 |
7. | Kasbi tuman 1-son politexnikumi | 900 |
8. | Kasbi tuman 2-son politexnikumi | 740 |
9. | Kasbi agrotexnologiyalar texnikumi | 750 |
10. | Kitob tuman 2-son politexnikumi | 600 |
11. | Kitob tuman 3-son politexnikumi | 600 |
12. | Koson agrotexnologiyalar texnikumi | 900 |
13. | Koson tuman 2-son politexnikumi | 600 |
14. | Koson tuman 3-son politexnikumi | 675 |
15. | Qamashi tuman 1-son politexnikumi | 540 |
16. | Qamashi tuman 2-son politexnikumi | 615 |
17. | Qamashi tuman 3-son politexnikumi | 750 |
18. | Qamashi agrotexnologiyalar texnikumi | 750 |
19. | Qarshi tuman 2-son politexnikumi | 615 |
20. | Qarshi dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumi | 645 |
21. | Qarshi tuman agrosanoat texnikumi | 750 |
22. | Qarshi shahar 2-son politexnikumi | 540 |
23. | Qarshi shahar 3-son politexnikumi | 750 |
24. | Mirishkor tuman 2-son politexnikumi | 900 |
25. | Muborak tuman politexnikumi | 600 |
26. | Nishon tuman politexnikumi | 900 |
27. | Chiroqchi tuman 1-son politexnikumi | 900 |
28. | Chiroqchi tuman 2-son politexnikumi | 720 |
29. | Chiroqchi tuman 3-son politexnikumi | 900 |
30. | Yakkabog‘ tuman 1-son politexnikumi | 750 |
31. | Yakkabog‘ tuman 2-son politexnikumi | 600 |
32. | Yakkabog‘ tuman 3-son politexnikumi | 900 |