ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmlari | Amalga oshirish muddatlari | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar |
I. Aholini jamoaviy sport turlari bilan shugʻullanishga jalb qilish | |||||
1. | Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida sport musobaqalarini tizimli tashkil qilib borish orqali jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish. | 1. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari maktab sport klublarida kamida ikkita jamoaviy sport turlarini rivojlantirish. 2. Maktab sport klublari oʻrtasida jamoaviy sport turlari boʻyicha “Maktab ligasi” sport musobaqalarini oʻtkazib borish. 3. “Maktab ligasi” sport musobaqalarida gʻolib va sovrindor boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim maktablariga jamoaviy sport turlari boʻyicha zarur sport jihozlari va anjomlarini yetkazib berishni yoʻlga qoʻyish. | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi mablagʻlari | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Sport vazirligi (A. Ikramov) |
4. Jamoaviy sport turlari bilan umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 2 million nafar oʻquvchilarini qamrab olish. | 2025/2026 oʻquv yili | ||||
2. | Oliy taʼlim muassasalarida jamoaviy sport turlari boʻyicha sport klublari faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 1. Barcha davlat universitetlarida voleybol, basketbol, gandbol, regbi, chim ustida xokkey, suv polosi jamoaviy sport turlari boʻyicha, boshqa davlat oliy taʼlim muassasalarida kamida uchta jamoaviy sport turlari boʻyicha sport klublarini tashkil etish. | 2025/2026 oʻquv yili | Oliy taʼlim muassasalarining toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlari va budjetdan tashqari boshqa mablagʻlari | Tizimida oliy taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Sport vazirligi (A. Ikramov) |
2. Oliy taʼlim muassasalarining sport klublari faoliyati uchun tegishli oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori)ni shaxsan masʼul etib belgilash. 3. Sport klubi raisi etib oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori)ni tayinlash, sport klubi menejeri lavozimini esa oliy taʼlim muassasasi kafedra mudiri lavozimiga tenglashtirish. 4. Oliy taʼlim muassasalarining sport klublarini sport jihozlari va ekipirovkalari bilan taʼminlash choralarini koʻrish. | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | ||||
3. | Oliy taʼlim muassasalari sport klublari oʻrtasida sport musobaqalarini tizimli tashkil qilib borish. | 1. Oliy taʼlim muassasalarining jamoaviy sport turlari boʻyicha sport klublari oʻrtasida har oʻquv yili davomida “Talabalar ligasi” va “Oliy taʼlim kubogi” musobaqalarini oʻtkazib borish. 2. Oliy taʼlim muassasasi miqyosida “Rektor kubogi” sport musobaqalarini oʻtkazib borish. | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | Oliy taʼlim muassasalarining toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlari va budjetdan tashqari boshqa mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), tizimida oliy taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar, Sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi |
3. Jamoaviy sport turlari bilan oliy taʼlim muassasalarining 300 ming nafar talabalarni qamrab olish. | 2025/2026 oʻquv yili | ||||
4. | Vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, davlat ishtirokidagi tijorat banklari va korxonalar mehnat jamoasining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faollik darajasini oshirish. | 1. Vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, davlat ishtirokidagi tijorat banklari va korxonalar rahbarlari va xodimlarini jamoaviy sport turlariga jalb qilish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish hamda bu orqali 1,2 million nafar aholini jamoaviy sport turlari bilan qamrab olish. | 2025-yil davomida | Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik mablagʻlari | Vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, davlat ishtirokidagi tijorat banklari va korxonalar Vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, davlat ishtirokidagi tijorat banklari va korxonalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. Ish vaqtidan soʻng belgilangan kunlarda (haftada kamida bir marta) barcha vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, davlat ishtirokidagi tijorat banklari va korxonalar mehnat jamoasining jamoaviy sport turlari bilan shugʻullanishini tashkil qilish. 3. Vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, davlat ishtirokidagi tijorat banklari va korxonalar rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni, shuningdek, sogʻlom turmush tarziga amal qilish va jismoniy faollikni muntazam ravishda (har kuni) yoritib borishni taʼminlash. 4. Xodimlar oʻrtasida jamoaviy sport turlari boʻyicha “Rahbar kubogi”, “Hokim kubogi” musobaqalarini tashkil etib borish. Bunda musobaqalar gʻolib va sovrindorlarini moliyaviy ragʻbatlantirib borish. | Doimiy | ||||
5. | Vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, davlat ishtirokidagi tijorat banklari va korxonalarda jamoaviy sport turlari boʻyicha sport klublari faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 1. Vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, davlat ishtirokidagi tijorat banklari va korxonalarda kamida uchta jamoaviy sport turlari boʻyicha sport klublarini tashkil etish. 2. Vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, davlat ishtirokidagi tijorat banklari va korxonalar rahbari oʻrinbosarlaridan birini jamoaviy sport turi boʻyicha sport klublari faoliyatini tashkil etishga masʼul etib belgilash. | 2025-yil fevral | Ijrochilar mablagʻlari, homiylik mablagʻlari | Vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, davlat ishtirokidagi tijorat banklari va korxonalar |
3. Vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, davlat ishtirokidagi tijorat banklari va korxonalarda budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan jamoaviy sport turlari boʻyicha infratuzilmani yaratish choralarini koʻrish. 4. Zarur sport infratuzilmasi mavjud boʻlmagan vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, davlat ishtirokidagi tijorat banklari va korxonalar hamda ularning vertikal tuzilmalarining Sport vazirligi tizimidagi sport taʼlim muassasalari sport inshootlaridan asosiy mashgʻulotlardan boʻsh vaqtida shartnoma asosida foydalanishini yoʻlga qoʻyish. | 2025-yildan boshlab | ||||
6. | Tadbirkorlik subyektlari xodimlarini jamoaviy sport turlari bilan shugʻullanishga tizimli jalb qilib borishni yoʻlga qoʻyish. | 1. Tadbirkorlik subyektlari xodimlarini jamoaviy sport turlari bilan muntazam shugʻullanib borishga jalb qilish. | Doimiy | Tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), Sport vazirligi (A. Ikramov), “Tadbirkor ayol” Oʻzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Sport vazirligi (A. Ikramov), Soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) |
2. Tadbirkorlik subyektlarida jamoaviy sport turlari boʻyicha sport klublarini tashkil qilishga koʻmaklashish. 3. Tadbirkorlik subyektlarining oʻz xodimlarining jamoaviy sport turlari bilan shugʻullanishini tashkil qilishi boʻyicha targʻibot ishlarini olib borish. | Doimiy | ||||
4. Xodimlarining jamoaviy sport turlari bilan shugʻullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda jamoaviy sport turlariga homiylik mablagʻlarini yoʻnaltirganlik uchun soliq imtiyozlarini taqdim qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | 2025-yil iyun | ||||
7. | Tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida jamoaviy sport turlari boʻyicha sport musobaqalari tizimli oʻtkazib borilishini tashkil qilish. | 1. Oʻzbekiston korporativ sport assotsiatsiyasini tashkil qilish. 2. Jamoaviy sport turlari boʻyicha tadbirkorlik subyektlari sport klublari oʻrtasida “Korporativ sport oʻyinlari” sport musobaqasini oʻtkazib borish. | 2025-yil fevral | Tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari, ijrochilar mablagʻlari | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), Sport vazirligi (A. Ikramov) jamoaviy sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari) |
3. Jamoaviy sport turlari boʻyicha tadbirkorlik subyektlari jamoalari oʻrtasida oʻtkazib boriladigan sport musobaqalariga malakali sport hakamlarini jalb qilib borish. | Doimiy | ||||
8. | Aholining jismoniy faolligini oshirish uchun “mahalla yettiligi” imkoniyatlaridan foydalangan holda mahalladan boshlab jamoaviy sport turlari bilan shugʻullanadigan aholi qamrovini kengaytirish. | 1. Har bir mahallada mahalla hududidagi mavjud sport infratuzilmasi va umumiy oʻrta taʼlim maktablari sport inshootlari bazasida aholini jamoaviy sport turlari bilan shugʻullanishga jalb qilib borish. | 2025-yildan boshlab doimiy | Ijrochilar mablagʻlari, homiylik mablagʻlari | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (Q. Kuranbayev), Sport vazirligi (A. Ikramov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi (Z. Mahkamova), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), “Nuroniy” jamgʻarmasi (S. Turdiyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. Jamoaviy sport turlari bilan shugʻullanadigan aholi qamrovini 3,4 million nafarga yetkazish. Bunda mahallalardagi: 21 — 30 yoshdagi 1,3 million nafar aholini; 31 — 40 yoshdagi 900 ming nafar aholini; 41 — 50 yoshdagi 650 ming nafar aholini; 51 — 60 yoshdagi 350 ming nafar aholini; 60 yoshdan oshgan 150 ming nafar aholini jamoaviy sport turlari bilan qamrab olish. | 2025-yil dekabr | ||||
9. | Mahallalarda jamoaviy sport turlari boʻyicha ommaviy sport musobaqalarini tizimli oʻtkazib borishni yoʻlga qoʻyish. | 1. Har bir mahallalarda kamida bitta jamoaviy sport turi boʻyicha mahalla jamoasini tashkil qilish. 2. Mahalla jamoalari oʻrtasida “Mahalla ligasi” sport musobaqalarini oʻtkazib borish. 3. “Mahalla yettiligi” zimmasiga “Mahalla ligasi” sport musobaqalarini oʻtkazib borishni tashkil qilish vazifasini yuklash. 4. Mahallalar jamoalari oʻrtasida “Mahalla kubogi”, “Hokim kubogi”, “Rahbar kubogi” kabi sport musobaqalarini oʻtkazib borish. | 2025-yildan boshlab | Ijrochilar mablagʻlari | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (Q. Kuranbayev), Sport vazirligi (A. Ikramov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), “Nuroniy” jamgʻarmasi (S. Turdiyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
10. | Mahallalarda aholini jamoaviy sport turlariga jalb qilish orqali sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish boʻyicha faoliyatni ragʻbatlantirish tizimini joriy qilish. | 1. Jamoaviy sport turlari boʻyicha sport musobaqalarida yuqori natija koʻrsatgan mahallalarni sport jihozlari va anjomlari bilan taʼminlash. 2. Joylarda aholini jamoaviy sport turlariga jalb qilish orqali sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishda faollik koʻrsatgan masʼullarni tegishli esdalik va koʻkrak nishonlari bilan taqdirlab borish. | Doimiy | Ijrochilar mablagʻlari, homiylik mablagʻlari | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (Q. Kuranbayev), Sport vazirligi (A. Ikramov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
3. Jamoaviy sport turlari boʻyicha sport musobaqalaridagi natijalarni va aholini jamoaviy sport turlariga jalb qilish orqali sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish boʻyicha faoliyatni mahalliy hokimliklar va “mahalla yettiligi” faoliyatiga baho berishning asosiy mezonlaridan biri sifatida belgilash boʻyicha tegishli qaror loyihasini Hukumatga kiritish. | 2025-yil iyun | ||||
11. | Mahallalarda jamoaviy sport turlari boʻyicha sport infratuzilmasini yaxshilash. | 1. Mahallalarda jamoaviy sport turlari boʻyicha mavjud sport inshootlarini xatlovdan oʻtkazish. | 2025-yil fevral | – | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (Q. Kuranbayev), Sport vazirligi (A. Ikramov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
2. Jamoaviy sport turlari boʻyicha sport inshootlari mavjud boʻlmagan mahallalarda zarur sport infratuzilmasini homiylik mablagʻlarini jalb qilish orqali, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida barpo etishni kengaytirish. | Doimiy | ||||
12. | Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda jamoaviy sport turlari, jumladan, regbi sport turini rivojlantirish va ommalashtirish. | 1. Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda jamoaviy sport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish, harbiy xizmatchi va xodimlarini ushbu sport turlariga keng jalb qilish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil | Ijrochilar mablagʻlari | Mudofaa vazirligi (Sh. Xalmuxamedov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Qoʻldoshev), Davlat xavfsizlik xizmati (B. Kurbanov), Milliy gvardiya (R. Djurayev), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Umarov), jamoaviy sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari) |
2. Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining jamoaviy sport turlari, jumladan, regbi sport turi boʻyicha muntazam shugʻullanib borishini tashkil etish. | Doimiy | ||||
3. Qurolli Kuchlar tizimi harbiy xizmatchilari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari orasidan regbi sport turi boʻyicha sifatli sport zaxirasi va terma jamoalar tarkibini shakllantirish. | 2025-yildan boshlab | ||||
II. Jamoaviy sport turlari boʻyicha yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlash va iqtidorli yoshlari saralab olish tizimini takomillashtirish | |||||
13. | Jamoaviy sport turlari boʻyicha terma jamoalar va professional sport klublari uchun sport zaxirasini yaratish, shuningdek, iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash va saralab olish tizimini takomillashtirish. | 1. Jamoaviy sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan moddiy-texnik bazani yaxshilash, uzluksiz oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarini oʻtkazib borish va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish orqali yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlashni yoʻlga qoʻyish. Bunda: jamoaviy sport turlari bilan doimiy shugʻullanuvchilar sonini 1,5 barobarga oshirish; sport taʼlim muassasalarida jamoaviy sport turlari bilan shugʻullanuvchilar sonini 130 ming nafarga yetkazish; sport-taʼlim muassasalaridagi jamoaviy sport turlari boʻyicha trenerlar sonini 2,5 ming nafarga yetkazish; jamoaviy sport turlari boʻyicha respublikada oʻtkaziladigan sport musobaqalari sonini 2 barobarga oshirish. 2. Jamoaviy sport turlari boʻyicha sport obyektlarini barpo etish, mavjudlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni maxsus sport kiyimlari, sport anjomlari va jihozlari bilan taʼminlash choralarini koʻrish. | 2025-yil dekabr | Ijrochilar mablagʻlari | Sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Umarov), jamoaviy sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari) |
14. | Hududlarda jamoaviy sport turlarini rivojlantirish, hududiy sport klublari faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 1. Mahalliy hokimliklar huzurida jamoaviy sport turlari boʻyicha hududiy sport klublari faoliyatini yoʻlga qoʻyish. 2. Hududiy sport klublarini rivojlantirish va moliyalashtirish, shuningdek, hududiy sport klublariga homiy tashkilotlarni biriktirish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2025-yil sentabr | Mahalliy budjet mablagʻlari, homiylik mablagʻlari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Umarov), jamoaviy sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari) Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Umarov), jamoaviy sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari) |
3. Jamoaviy sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari)ning hududiy boʻlinmalari moliyaviy va moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga koʻmaklashish. 4. Tegishli hududlarning rahbar kadrlari orasidan nomzodlarni jamoaviy sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari)ning hududiy boʻlinmalari rahbarlari lavozimiga tavsiya etib borish. | Doimiy | ||||
5. Jamoaviy sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari)ning hududiy boʻlinmalari faoliyatida uslubiy-tashkiliy taʼminlash hamda malakali mutaxassislarni jalb qilishga koʻmaklashib borish. | Doimiy | ||||
15. | Jamoaviy sport turlari boʻyicha sport musobaqalarini tizimli oʻtkazib borishni yoʻlga qoʻyish. | 1. Jamoaviy sport turlari boʻyicha sport ligalarini tashkil qilish va oʻtkazib borish. | 2026-yildan boshlab | Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasi, ijrochilar mablagʻlari | Jamoaviy sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Umarov), Sport vazirligi (A. Ikramov) |
2. Sport vazirligi va Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi bilan kelishilgan holda sport ligalarini oʻtkazib borish tartibini tasdiqlash. | 2025-yil iyun | ||||
3. Sport ligalari doirasida oʻtkazib boriladigan sport musobaqalariga malakali sport hakamlarini jalb qilib borish. | Doimiy | ||||
16. | Jamoaviy sport turlari boʻyicha trenerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish. | 1. Yuqori mahoratli mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda faoliyat yuritayotgan trener va hakamlar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etib borish. 2. Jamoaviy sport turlari boʻyicha terma jamoalar va sport klublariga malakali mutaxassis va trenerlarni jalb qilib borish. 3. Istiqbolli sportchilar, trenerlar va hakamlarni xorijiy davlatlarga tajriba oshirishga yuborishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2025-yildan boshlab doimiy | Ijrochilarning mablagʻlari | Sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Umarov), jamoaviy sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari) |
17. | Jamoaviy sport turlari boʻyicha trener, hakam va boshqa mutaxassislarga haq toʻlash tizimini takomillashtirish. | 1. Jamoaviy sport turlari boʻyicha trener, hakam va boshqa mutaxassislarga haq toʻlash tizimini tahlil qilish. | 2025-yil | – | Sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Umarov), jamoaviy sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari) Sport vazirligi (A. Ikramov) |
2. Ilgʻor xorijiy tajriba asosida jamoaviy sport turlari boʻyicha trener, hakam va boshqa mutaxassislarga haq toʻlashni takomillashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil aprel | ||||
3. Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish hamda sport hakamlariga malaka toifasini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishni proaktiv shaklga oʻtkazish. | 2025-yil dekabr | ||||
18. | Jamoaviy sport turlari boʻyicha terma jamoalarning nufuzli xalqaro sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrishi va unda munosib ishtirok etishini taʼminlash. | 1. Jamoaviy sport turlari boʻyicha terma jamoalarga malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish. Bunda xorijiy mutaxassislar zimmasiga terma jamoalarni tayyorlash bilan birga mahalliy trenerlarning malakasini oshirish, joylarda seleksiyani amalga oshirish orqali jamoaviy sport turlari boʻyicha milliy maktabni shakllantirishga koʻmaklashish vazifasini yuklashni nazarda tutish. 2. Nufuzli xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash. 3. Chora-tadbirlar rejasi asosida terma jamoalar uchun xalqaro va mahalliy oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini tashkil etib borish. 4. Terma jamoalarning nufuzli xalqaro sport musobaqalarida ishtirokini taʼminlash. | 2025 — 2028-yillar | Ijrochilarning mablagʻlari | Sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Umarov), jamoaviy sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari) |
19. | Jamoaviy sport turlari rivojlanmagan hududlarda ushbu sport turlarini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 1. Jamoaviy sport turlari rivojlanmagan hududlarning mavjud imkoniyatlari va salohiyatini tahlil qilish, sport-taʼlim muassasalari va klublarining qamrovi va resurs taʼminoti, aholining jamoaviy sport turlariga boʻlgan qiziqishini oʻrganish. | 2025-yil fevral | Ijrochilar mablagʻlari | Sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Umarov) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. Hududlarda jamoaviy sport turlari yanada rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha hududiy dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil mart | ||||
20. | Jamoaviy sport turlari boʻyicha iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralab olish (seleksiya) tizimini raqamlashtirish. | 1. Iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralab olish (seleksiya) boʻyicha “ERP-sport” yagona elektron boshqaruv tizimida qoʻshimcha texnik imkoniyatlarni yaratish. 2. Har bir jamoaviy sport turi boʻyicha alohida mezonlarni ishlab chiqish. 3. Sportchilarning joriy jismoniy holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “ERP-sport” yagona elektron boshqaruv tizimiga yuklab borish mexanizmini yoʻlga qoʻyish. 4. Sunʼiy intellektdan foydalangan holda toʻplangan maʼlumotlarni tahlil qilish hamda sportchilarning jismoniy holati va imkoniyatlarini baholash tizimini joriy etish. | 2025 — 2027-yillarda | Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Umarov), jamoaviy sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari) |
21. | Jamoaviy sport turlari boʻyicha xalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish. | 1. Xalqaro sport tashkilotlarining konferensiya, seminar va boshqa sport tadbirlarini Oʻzbekistonda oʻtkazib borish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirib borish. 2. Xalqaro sport tashkilotlari boshqaruviga sport hamjamiyatida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan mahalliy sportchi va sport sohasining boshqa vakillarini nomzod sifatida kiritib borish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. | Doimiy | – | Sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Umarov), jamoaviy sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari) |