Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 4-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2547-7]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 31-dekabrdagi 400-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2547, 2013-yil 31-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 1-son, 10-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TASHKULOV
Toshkent sh.,
2024-yil 2-dekabr,
29-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 2-dekabrdagi 29-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan qoʻshimchalar va oʻzgartirish
1. 81-band “nikoh qayd qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlari” degan soʻzlardan keyin “(davlat tiliga tarjimasi bilan birga)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 98-band “nikohdan ajralganligini tasdiqlovchi hujjatlari” degan soʻzlardan keyin “(davlat tiliga tarjimasi bilan birga)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3. 103-band “vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatlari” degan soʻzlardan keyin “(davlat tiliga tarjimasi bilan birga)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4. 147-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“147. Tugʻilganlik haqidagi maʼlumotnomalar va takroriy guvohnomalar shaxsning oʻziga, uning ota-onalariga yoki qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonch qogʻozlari asosida boshqa shaxslarga ularning mazkur Yoʻriqnomaning 69-ilovasiga muvofiq shakldagi arizasi asosida beriladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 10/24/2547-7/1003-son)