29.11.2024 yildagi 796-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.12.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining ochiq reyestrini yuritish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 21-dekabrdagi PQ-447-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining ochiq reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining ochiq reyestriga (keyingi oʻrinlarda — reyestr) kiritish, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, undan maʼlumotlarni chiqarib tashlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyestrga kiritiladigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning manbalari va turlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiyalari pasportini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining huquqlari va majburiyatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, reyestr Adliya vazirligi tomonidan “Davlat funksiyalari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimiga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish hamda ushbu maʼlumotlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoki ularni chiqarib tashlash orqali shakllantiriladi va yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmoni bilan tasdiqlangan Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari — vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalarning yagona roʻyxatidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Adliya vazirligi bilan birgalikda oʻzlarining funksiyalarini reyestrga kiritish uchun zarur choralarni koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 15-fevralga qadar axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda, funksiyalar doirasida foydalanilayotgan axborot tizimlarining “Davlat funksiyalari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-martga qadar Adliya vazirligi bilan birgalikda oʻzlarining funksiyalari belgilangan qonunchilik hujjatlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazsin, xatlov natijasida aniqlangan funksiyalarni oʻz nizomlarida belgilangan tartibda nazarda tutish hamda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan funksiyalarni bekor qilish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining birinchi rahbarlari ushbu bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgar ekanliklari belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 29-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
796-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-noyabrdagi 796-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalari ochiq reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining ochiq reyestrini (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom talablari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining ochiq reyestrini yuritishga ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organi — vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining funksiyasi (keyingi oʻrinlarda — funksiya) — normativ-huquqiy hujjatlar bilan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan faoliyat yoʻnalishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
funksiyaning pasporti — funksiyani amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari, moliyaviy-iqtisodiy va kadrlar resurslari bilan taʼminlanganlik holati boʻyicha maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan axborot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Reyestrni yuritishning asosiy maqsadi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiyalarini tizimlashtirish, monitoring qilish va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yagona ochiq elektron axborot bazasini shakllantirish, shuningdek, ularning faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini oshirish boʻyicha taʼsirchan choralarni belgilash hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Reyestrni shakllantirish va yuritish sohasidagi vakolatli organ (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Reyestr vakolatli organ tomonidan “Davlat funksiyalari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) orqali shakllantiriladi va yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Reyestrdagi maʼlumotlar tanishib chiqish uchun ochiq hisoblanadi. Bunda davlat siri va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar Reyestrga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan har yili Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlarini belgilashda Reyestrda belgilangan funksiyalar mezon sifatida inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Reyestr davlat tilida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida strategik rejalashtirish va metodologiya boʻlinmalari (lavozimlari) funksiyaga oid maʼlumotlarni Reyestrga kiritish uchun masʼul hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari belgilangan tartibda Reyestrga maʼlumotlarni kiritishga masʼul boʻlgan xodimni (xodimlarni) belgilaydilar, ularni “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimida (id.gov.uz) roʻyxatdan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining birinchi rahbarlari Reyestrga kiritiladigan maʼlumotlarning vakolatli organga oʻz vaqtida, toʻliq va toʻgʻri taqdim qilinishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Reyestr ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha shakllantiriladi va yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Reyestrga kiritiladigan maʼlumotlarning manbalari va turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Reyestr respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan funksiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Reyestrga funksiyaga oid quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
funksiyani belgilovchi normativ-huquqiy hujjatga muvofiq funksiya nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
funksiyani belgilovchi normativ-huquqiy hujjatning rekvizitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
funksiyani amalga oshirish yuklangan respublika ijro etuvchi hokimiyat organining rasmiy nomi va darajasi (markaziy apparat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) boʻlinmalari va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organining funksiyani amalga oshirishga masʼul tarkibiy boʻlinmasining nomi va funksiyani amalga oshirish uchun ajratilgan shtatlar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
funksiyani amalga oshirish mexanizmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
funksiyani amalga oshirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarning miqdori va ularni oʻzlashtirish foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuklangan funksiya ijrosi yuzasidan respublika ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
funksiyaning xususiy sektorga oʻtkazilganligi yoki oʻtkazilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
funksiyaning raqamlashtirilganlik holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
funksiya doirasida foydalanilayotgan axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
funksiyani amalga oshirishda korrupsiya holatlarining mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ushbu Nizomning 12-bandiga muvofiq shakllantirilgan va Reyestrga kiritilgan har bir funksiya toʻgʻrisidagi maʼlumotlar vakolatli organ tomonidan axborot tizimida qayd etilgandan soʻng funksiyaning pasporti shakllantiriladi. Bunda axborot tizimida har bir funksiya pasportining identifikatsiya raqami va qayd etilgan sanasi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Funksiyalarga oid maʼlumotlarni Reyestrga kiritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Funksiyalarni belgilovchi normativ-huquqiy hujjat kuchga kirgan kundan boshlab oʻn besh ish kuni davomida tegishli respublika ijro etuvchi hokimiyat organining axborot tizimida ushbu Nizom 12-bandining ikkinchi — oltinchi va toʻqqizinchi — oʻn ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan maʼlumotlar shakllantiriladi va Reyestrga kiritish uchun vakolatli organga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom 12-bandining yettinchi va sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan maʼlumotlar axborot tizimi orqali har olti oyda vakolatli organga kiritib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Axborot tizimiga funksiyalarga oid maʼlumotlar kiritilgan kundan boshlab oʻn besh ish kuni ichida vakolatli organ ularning toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Funksiyalarga oid maʼlumotlar ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan talablarga muvofiq toʻliq va haqqoniy boʻlgan taqdirda, vakolatli organ ushbu maʼlumotlarni tasdiqlaydi. Bunda, funksiyaning pasporti avtomatik ravishda shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Funksiyalarga oid maʼlumotlar ushbu Nizomning 12-bandi talablariga nomuvofiq, toʻliq yoki haqqoniy boʻlmagan taqdirda, vakolatli organ besh ish kuni ichida ushbu maʼlumotlarni tasdiqlashning rad etilishi sabablarini koʻrsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun ularni axborot tizimi orqali tegishli respublika ijro etuvchi hokimiyat organiga qayta ishlashga yuboradi. Bunda funksiya pasporti shakllantirilmaydi (oʻzgartirilmaydi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organi vakolatli organning eʼtirozlari bilan qayta ishlashga yuborilgan funksiyaga oid maʼlumotlarni olgan kundan boshlab yetti ish kuni ichida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etadi va tegishli maʼlumotlarni axborot tizimiga qayta kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot tizimi orqali kiritilgan maʼlumotlarni oʻrganish natijasida ularda texnik tusdagi (maʼlumotlar mazmunining oʻzgarishiga olib kelmaydigan) kamchiliklar mavjudligi aniqlansa, mazkur kamchiliklar vakolatli organ tomonidan axborot tizimida bartaraf etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Reyestrga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, undan maʼlumotlarni chiqarib tashlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Funksiyaning pasportiga oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish yoki funksiyani Reyestrdan chiqarib tashlash uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
funksiyani belgilovchi normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
funksiyani belgilovchi normativ-huquqiy hujjat yoki uning bir qismi bekor qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
funksiyani amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari, shuningdek, uning zarur moliyaviy-iqtisodiy, kadrlar va boshqa resurslar bilan taʼminlanganlik holati oʻzgarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
funksiyani amalga oshirish yuklangan respublika ijro etuvchi hokimiyat organi qayta tashkil qilinishi (qoʻshib yuborilishi, qoʻshib olinishi, boʻlinishi, ajratib chiqarilishi, oʻzgartirilishi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ushbu Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan asoslardan biri mavjud boʻlganda, respublika ijro etuvchi hokimiyat organi oʻn besh ish kuni ichida funksiyaning pasportiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoki Reyestrdan tegishli funksiyani chiqarib tashlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni axborot tizimi orqali ushbu Nizomning 12-bandi talablariga muvofiq shakllantiradi hamda Reyestrga kiritish uchun axborot tizimi orqali vakolatli organga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vakolatli organ mazkur Nizomning 15-bandida belgilangan tartibda va muddatda funksiyaning pasportiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoki tegishli funksiyani Reyestrdan chiqarib tashlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrib chiqadi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
funksiyaning pasportiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan taqdirda, vakolatli organ kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning sanasi va mazmuni toʻgʻrisida Reyestrda tegishli belgi qoʻyadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
funksiya Reyestrdan chiqarilgan taqdirda, vakolatli organ funksiyaga oid maʼlumotlarni Reyestrdan toʻliq chiqarib tashlamaydi va Reyestrga ushbu funksiya bekor qilinganligi, shuningdek, mazkur funksiya bekor qilingan sana va buning uchun asos toʻgʻrisida tegishli belgi kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bekor qilingan funksiya identifikatsiya raqami Reyestrdan chiqarilmaydi va Reyestrda yangi qayd etilgan boshqa funksiyalarga berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Vakolatli organ va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vakolatli organ quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining biznes jarayonlarini qayta boshqarish usullaridan (Business Process Reengineering) foydalangan holda axborot tizimi orqali tizimli tahlil va monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligini oʻrganish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarni respublika ijro etuvchi hokimiyat organlaridan bepul asosda soʻrash va olish (davlat, harbiy va xizmat sirini tashkil etuvchi maxfiy maʼlumotlar bundan mustasno), oʻrganish natijalari boʻyicha maʼlumotnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlariga ushbu Nizom talablari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha ijro etilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizom talablariga muvofiq boʻlmagan axborot tizimiga kiritilgan funksiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Reyestrda qayd etmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarini raqamlashtirish va inson omilini qisqartirgan holda avtomatlashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaruratga koʻra respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining amalga oshirish mexanizmi boʻlmagan funksiyalarini zarur tashkiliy-huquqiy mexanizmlar, moliyaviy-iqtisodiy va kadrlar resurslari bilan taʼminlash, oʻz ahamiyatini yoʻqotgan funksiyalarni bekor qilish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Vakolatli organ quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizom talablariga muvofiq funksiyalar Reyestrda qayd etilishi yoki undan chiqarilishi, shuningdek, funksiyalarga oid maʼlumotlarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning Reyestrda qayd etilgan funksiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalana olishi uchun zarur sharoit yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
funksiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish va yuritish uchun respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining Reyestrdan foydalana olishlarini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimiga kiritilgan funksiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Reyestrda qayd etishdan oldin ularning ushbu Nizom talablariga muvofiqligini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimiga funksiyalarga oid tegishli maʼlumotlarning kiritilishida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga uslubiy va texnik yordam koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimidan mazkur Nizom talablari doirasida foydalanish, shuningdek, axborot tizimidan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan muammolar va ularning yechimi toʻgʻrisida vakolatli organga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimidan foydalanishda, xususan, funksiyalarga oid maʼlumotlarning shakllantirilishi va axborot tizimiga kiritilishida vakolatli organdan uslubiy tavsiyalar va texnik yordam olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
funksiyalarga oid maʼlumotlarni shakllantirishda oʻzaro idoralararo hamkorlikni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlarining amalga oshirish mexanizmi boʻlmagan funksiyalarini zarur tashkiliy-huquqiy mexanizmlar, moliyaviy-iqtisodiy va kadrlar resurslari bilan taʼminlash, oʻz ahamiyatini yoʻqotgan funksiyalarini bekor qilish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish natijalari bilan tanishish va vakolatli organni ular bilan rozi yoki rozi emasligi haqida xabardor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizom talablariga muvofiq funksiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Reyestrda qayd etilishi uchun ular toʻgʻrisida vakolatli organga oʻz vaqtida, toʻliq va ishonchli maʼlumotlarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli funksiyani belgilovchi normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan yoki funksiyani amalga oshirish yuklangan respublika ijro etuvchi hokimiyat organi qayta tashkil qilingan taqdirda, vakolatli organga funksiyaning pasportiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha maʼlumotlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organning soʻrovi asosida axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlarning toʻliqligini va haqqoniyligini oʻrganish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan zarur hujjatlar va boshqa maʼlumotlarni berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalari reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalari reyestrini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari

“Davlat funksiyalari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimiga funksiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish.

15 ish kuni ichida

2-bosqich

Adliya vazirligi

Axborot tizimiga kiritilgan funksiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligini yuzasidan ularni tekshirish va Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining ochiq reyestrida qayd etish.

15 ish kuni ichida

3-bosqich

Adliya vazirligi

Funksiyalarga oid maʼlumotlar toʻliq va haqqoniy boʻlmagan taqdirda funksiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning Reyestrda qayd etilishini rad etish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish uchun ushbu maʼlumotlarni axborot tizimi orqali tegishli respublika ijro etuvchi hokimiyat organiga qayta ishlashga yuborish.

5 ish kuni ichida

4-bosqich

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va funksiyalar toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlarni axborot tizimiga qaytadan kiritish.

7 ish kuni ichida

5-bosqich

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari

Funksiya pasportiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha maʼlumotlarni axborot tizimi orqali shakllantirish va vakolatli organga taqdim etish.

15 ish kuni ichida

6-bosqich

Adliya vazirligi

Funksiya pasportiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha maʼlumotlarni ushbu sxemaning 2 — 4-bosqichlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqish.

15 ish kuni ichida

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 09/24/796/0996-son; 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)