06.05.1994 yildagi 240-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YONILGʻI-MOYLASH MATERIALLARI SOTISHNI TARTIBGA SOLISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yonilgʻi-moylash materiallari berishni tartibga solish, yongʻinga qarshi qoidalar buzilishining, shuningdek, aholi hayoti va salomatligi uchun xavf tugʻdiradigan xatti-harakatlarning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yonilgʻi-moylash materiallarini faqat belgilangan tartibda maxsus jihozlangan statsionar, koʻchma, konteynerli avtoyonilgʻi quyish shoxobchalarida sotishga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yonilgʻi-moylash materiallarini belgilanmagan joylarda va yongʻinga qarshi qoidalarni buzgan holda sotish hollarini qatʼiy bartaraf etsin. Ushbu qoidalarga rioya qilmagan shaxslarga nisbatan materiallarni oʻz vaqtida rasmiylashtirsin va ularni javobgarlikka tortish uchun tegishli organlarga topshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi oʻziga berilgan huquqlardan keng foydalangan holda, foyda (daromadlar)ni yashirib qolish hollarini aniqlasin, buxgalteriya hisobotlarini belgilangan tartibga xilof ravishda kechiktirib topshirishda va maʼlumotlarni buzib koʻrsatishda aybdor boʻlgan shaxslarga nisbatan qonunchilikka muvofiq oʻz vaqtida taʼsir oʻtkazish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Avtoyonilgʻi quyish shoxobchalarining ishlash Qoidalari tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzdavneftmahsulot” davlat-aksionerlik birlashmasi, respublika vazirliklari, idoralari, korporatsiyalari, uyushmalari, tashkilotlari neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, hisobga olish, tashish, berish va ulardan foydalanish boʻyicha amaldagi qoidalar, normativlar hamda standartlarga rioya etilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi neft mahsulotlarini saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarning samarali qoʻllanishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari Q.J. Haqqulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 6-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
240-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 6-maydagi 240-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtoyonilgʻi quyish shoxobchalarining ishlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Avtoyonilgʻi quyish shoxobchalari (AYQSH) transport vositalariga neft mahsulotlari qoʻyishga moʻljallangan. Baʼzi AYQSHlarda avtomobillar uchun moy, surkaladigan konsistent moddalar, avtomobillar va boshqa transport vositalari uchun ehtiyot qismlar va jihozlar sotish, shaxsiy transport egalaridan ishlatilgan moylarni va neft mahsulotlaridan boʻshagan kichik idishlarni qabul qilib olish, texnika xizmati koʻrsatish, avtomobillarni yuvish va aholiga boshqa xil xizmatlar koʻrsatish tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. AYQSHlar statsionar, koʻchma (KAYOQSH), konteynerli (KAYOQSH va blok-punkt)larga boʻlinadi. Statsionar AYQSHlar shaharlarda va aholi yashaydigan joylarda, shuningdek, avtomobil yoʻllarida joylashadi. Koʻchma AYQSH (KAYOQSH) avtotransport, qishloq xoʻjaligi texnikasi, motorli qayiqlar va katerlar toʻplanadigan joylarda, dala sharoitlarida, turistik avtoyoʻnalishlarda, rezervuarlarni tozalash va tuzatish davrida statsionar AYQSHlar hududlarida joylashtiriladi. Ular avtomobil va tirkama texnika shassilariga oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konteynerli AYQSH katta avtoyoʻllarda, turistik avtoyoʻnalishlarda, avtomobil xoʻjaliklarida, sanoat va qishloq xoʻjaligi korxonalarida, pulli avtomobil toʻxtash joylarida, garaj kooperativlarida, shuningdek, avtomobil transporti koʻplab toʻplanadigan joylarda joylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha AYQSHlar nazorat-kassa apparatlari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 8-fevraldagi 59-sonli qaroriga muvofiq uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shaxsiy transportga xizmat koʻrsatish uchun alohida AYQSH belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Neft mahsulotlari AYQSHlarga avtomobil va temir yoʻl transportida yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Umumiy foydalanishdan AYQSH “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasining hududiy organlariga, tashkilotlarga qarashli AYQSHlar esa tegishli vazirliklar va idoralarga boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Statsionar va konteynerli AYQSHga boshliq, master yoki AYQSH operatorlaridan biri, koʻchma AYQSHga esa haydovchi-yonilgʻi quyuvchi rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Operatorlar va haydovchi-yonilgʻi quyuvchilar moddiy javobgar shaxslar hisoblanadilar, ular bilan jamoa (brigada) javobgarligi yoki shaxsan moddiy javobgarlik toʻgʻrisida shartnomalar tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 18-sentabrdagi 397-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotdi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Har bir AYQSHda neft mahsulotlarini hisobga olish massa va hajm birliklarida yuritiladi. Neft mahsulotlari massasini oʻlchashning ishonchliligini va bir xilligini, shuningdek, ularning sifati nazorat qilinishini taʼminlash uchun AYQSH “Oʻzdavstandart” markazi tomonidan qoʻllashga ruxsat berilgan hamda Davlat metrologiya xizmatining tamgʻasiga yoki pasportda tegishli belgiga ega boʻlgan zarur asbob-uskunalar va oʻlchov vositalariga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Har bir AYQSHda quyidagi hujjatlar boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik va elektr sxemalari mavjud boʻlgan AYQSH pasporti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
formulyarlar va yonilgʻi hamda moy quyish kolonkalarining texnik bayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezervuarlarning pasportlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezervuarlarning graduslarga boʻlingan jadvallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AYQSHdan texnik foydalanish qoidalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarqatish vedomostlari va limit daftarchalari boʻyicha avtotransport vositalariga yonilgʻi qoʻyish uchun neft mahsulotlari, suyultirilgan va tabiiy gazni berish tartibi (“Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi AYQSHlar uchun;
(10-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 8-fevraldagi 59-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsizlik texnikasi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tozalash inshootlaridan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma (tozalash inshootlari boʻlgan AYQSHlar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlatilgan neft mahsulotlarini toʻplash boʻyicha yoʻriqnoma (ishlatilgan neft mahsulotlarini toʻplashni amalga oshiruvchi AYQSHlar uchun);
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning oʻn birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 8-fevraldagi 59-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
servis daftarchalari kvitansiyalari namunalari (xorijlik transport vositalarining egalariga xizmat koʻrsatuvchi AYQSHlar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neft mahsulotlarining chakana narxlari preyskurantlari (neft mahsulotlarini naqd pulga beruvchi AYQSHlar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
smena hisoboti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idishlarga quyilgan neft mahsulotlari, avtomobillar uchun ehtiyot qismlar harakatini hisobga olish daftari;
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning oʻn oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 8-fevraldagi 59-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neft mahsulotlarini kredit kartalari boʻyicha berish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnoma (neft mahsulotlarini kredit kartalari boʻyicha beruvchi AYQSHlar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keltirilgan neft mahsulotlarini hisobga olish jurnali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻlchov vositalarini tekshirish jadvali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asbob-uskunalar, jihozlar va mol-mulkni hisobga olish jurnali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AYQSH xodimlarining lavozim yoʻriqnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AYQSHning oʻlchov vositalari bilan jihozlanganlik roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyatlar va takliflar daftari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. AYQSHning oʻlchov, texnik xizmat koʻrsatish vositalari bilan jihozlanganligi, ularni ishlatish, saqlash va asrash tartibi AYQSHning oʻlchov vositalari bilan jihozlanganlik roʻyxatiga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. AYQSHda navbatchi operatorning familiyasi, AYQSHning neft mahsulotlarini berish tartibi albatta koʻrsatilgan ish vaqti, yaqin orada joylashgan AYQSHlar sxemalari koʻrsatilgan taxtachalar osib qoʻyilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. AYQSH badiiy jihatdan bezatilgan peshlavhalar, reklamalar, koʻrgazmali tashviqot vositalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak. AYQSHning tevarak-atrofi va katta avtoyoʻllardan kirish qismining beton hamda asfalt qoplamalarida nuqsonlar boʻlmasligi kerak, AYQSH egallab turgan maydonchalar tekis boʻlishi hamda avtomashinalarning kolonkalar va quyish qurilmalariga erkin kelishini taʼminlashi lozim. AYQSH binolari, inshootlari, maydonchalari, shuningdek, uning tevarak-atrofidagi joylar sanitariya-maishiy va yongʻinga qarshi normalarga javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan talablarni taʼminlamagani uchun AYQSH rahbariga hayfsan eʼlon qilinadi yoki unga jarima solinadi. Mazkur intizom chorasi takror qoʻllangandan soʻng aybdor ishdan boʻshatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sutkaning qorongʻi vaqtlarida AYQSHning tevarak-atrofi amaldagi normalarga muvofiq yoritilishi kerak. Neft mahsulotlarini quyish va qabul qilish joylarining yoritilishiga alohida eʼtibor berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. AYQSHlar telefon va radiokarnay aloqasi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. AYQSH tomonidan davlat yuk avtomobillariga, avtobuslarga, muayyan yoʻnalishdagi avtomobillarga, taksi va boshqa transport vositalariga yonilgʻi tijorat banklarining soʻmlardagi elektron kartochkalari boʻyicha yoki belgilangan tartibda tarqatish vedomostlari boʻyicha va naqd pulga sotiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 8-fevraldagi 59-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Neft mahsulotlarini naqd pulga beruvchi AYQSHlarda pul mablagʻlari oʻgʻirlanishini va AYQSH binosiga ruxsat berilmagan hamda chet kishilarning kirishini istisno qiluvchi chora-tadbirlar koʻrilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yonilgʻi-moy va aralashmalar quyish kolonkalarini tuzatish va sozlash zarur boʻlgan hollarda davlat ishonchnomasi tamgʻasini buzishga tegishli vazirlik yoki idora, “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasining hududiy organi tomonidan buyruq bilan tayinlangan shaxslarga, tamgʻalarni buzish paytida jamlovchi schyotchikning koʻrsatkichlari asbob-uskunalarni tuzatishni hisobga olish jurnalida albatta qayd qilingan holda, ruxsat beriladi. Kolonkalar tuzatilgandan va sozlangandan keyin belgilangan talablarga muvofiq tekshirilishi hamda tekshirish natijalari ijobiy boʻlgan taqdirda ushbu kolonkalarning texnik bayonida koʻrsatilgan sxema boʻyicha tamgʻalanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. AYQSH rahbarining aybi bilan AYQSHda yonilgʻi-moylash materiallari boʻlmagan taqdirda nazorat qiluvchi organ tegishli organlar oldiga uni ishdan boʻshatish masalasini qoʻyishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 18-sentabrdagi 397-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. AYQSHda har bir oyning 1-kunida rezervuarlarda va boshqa saqlash joylaridagi barcha neft mahsulotlari qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak. Zaruriyat boʻlganda neft mahsulotlarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish istalgan boshqa muddatda amalga oshirilishi mumkin (moddiy javobgar shaxs almashganda, taftish munosabati bilan va boshqa hollarda).
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qayd etib oʻtilgan Qoidalarni hamda AYQSHda neft mahsulotlarini qabul qilib olish, saqlash, hisobga olish va berishning belgilangan tartibini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar amaldagi qonunchilikka muvofiq maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)