Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 15-oktabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2024-yil 23-oktabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2024-yil 23-oktabrda maʼqullangan
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
Ayni vaqtda jamoat va davlat xavfsizligini taʼminlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha vazifalarning samarali amalga oshirilishi Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmatni oʻtayotgan shaxslar uchun belgilanadigan cheklovlarning qonun bilan tartibga solinishini taqozo etmoqda.
Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmatni oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar belgilashni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda. Jumladan, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga, oʻz xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovgʻalar olishga, qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlardan, preferensiyalar yoki afzalliklardan oʻz xizmat mavqeyi bilan bogʻliq holda foydalanishga doir taqiqlar belgilanmoqda.
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar jangovar shayligini va xizmat faoliyati samaradorligini yanada oshirishga, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari oʻrtasida tarbiyaviy ishlar natijadorligini taʼminlashga xizmat qiladi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura toʻgʻrisida”gi 746-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan 257-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 168-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda; 2008-yil, № 9, 487-modda, № 12, 636-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2012-yil, № 9/2, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 4, 218-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 5, 267-modda, № 11, 791-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda; 2022-yil, № 5, 466-modda; 2023-yil, № 4, 265-modda, № 10, 797-modda, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 109-modda, № 8, 823-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 43-moddaning beshinchi qismi chiqarib tashlansin;
2) quyidagi mazmundagi 431-modda bilan toʻldirilsin:
“431-modda. Prokuratura organlarida xizmatni oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar
Prokuratura organlari xodimlari quyidagilarga haqli emas:
oʻzaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻillar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) prokuratura organlarida birga xizmat qilishga, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita boʻysunishiga olib kelsa;
ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa faoliyat bilan shugʻullanishga;
tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga;
tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) boʻlishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini bajarishga;
oʻz xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovgʻalar olishga;
qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlardan, preferensiyalar yoki afzalliklardan oʻz xizmat mavqeyi bilan bogʻliq holda foydalanishga;
qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarda, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishtirok etishga;
chet davlat fuqaroligini yoki chet davlatda doimiy yashash huquqini beruvchi hujjatni olish maqsadida murojaat qilishga;
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega boʻlishga, koʻchmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda taʼlim olish, stajirovka oʻtash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar mustasno;
oʻzining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini koʻzlab amalga oshirishga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq hollar bundan mustasno;
xizmatni oʻtash vaqtida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarishga, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan alohida hollar bundan mustasno;
prokuratura organlarining binolarida va hududida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni tashkil etishga, diniy mazmundagi materiallar va buyumlarni saqlashga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq hollar bundan mustasno.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etmaganlik prokuratura organlari xodimlarini qonunga muvofiq javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi 472-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-oktabrda qabul qilingan OʻRQ-502-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 10, 678-modda; 2019-yil, № 5, 265-modda, № 9, 588-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 2, 82-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 9, 958, 964-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 13-moddaning beshinchi qismi quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“bojxona organlarida xizmatni oʻtash bilan bogʻliq cheklovlarga rioya etishni rad etgan yoki maxsus talablarga javob bermaydigan fuqarolar”;
2) quyidagi mazmundagi 131-modda bilan toʻldirilsin:
“131-modda. Bojxona organlarida xizmatni oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar
Bojxona organlari xodimlari quyidagilarga haqli emas:
oʻzaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻillar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) bojxona organlarida birga xizmat qilishga, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita boʻysunishiga olib kelsa;
ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa faoliyat bilan shugʻullanishga;
tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga;
tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) boʻlishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini bajarishga;
oʻz xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovgʻalar olishga;
qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlardan, preferensiyalar yoki afzalliklardan oʻz xizmat mavqeyi bilan bogʻliq holda foydalanishga;
qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarda, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishtirok etishga;
chet davlat fuqaroligini yoki chet davlatda doimiy yashash huquqini beruvchi hujjatni olish maqsadida murojaat qilishga;
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega boʻlishga, koʻchmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda taʼlim olish, stajirovka oʻtash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar mustasno;
oʻzining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini koʻzlab amalga oshirishga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq hollar bundan mustasno;
xizmatni oʻtash vaqtida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarishga, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan alohida hollar bundan mustasno;
bojxona organlarining binolarida va hududida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni tashkil etishga, diniy mazmundagi materiallar va buyumlarni saqlashga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq hollar bundan mustasno.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etmaganlik bojxona organlari xodimlarini qonunga muvofiq javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi”;
3) 17-moddaning:
oʻn birinchi qismi chiqarib tashlansin;
oʻn ikkinchi — oʻn beshinchi qismlari tegishincha oʻn birinchi — oʻn toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi 436-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 217-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 262-modda; 2008-yil, № 9, 481-modda, № 12, 630-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 9, 589-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 8, 491-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 9, 905-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 464-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 3-modda oltinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vatanimning mustaqilligini, uning sarhadlari daxlsizligini va hududiy yaxlitligini, ona xalqimning tinchligi va osoyishtaligini, Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini hamda demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat tuzumini soʻnggi nafasimgacha himoya qilishga”;
2) quyidagi mazmundagi 261-modda bilan toʻldirilsin:
“261-modda. Harbiy xizmatchilarga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazish
Harbiy xizmat davomida sodir boʻlgan muayyan hodisa, qonunchilik hujjatlari yoki harbiy xizmat (ijro) intizomining buzilishi holatlari yuzasidan haqiqatni, harbiy xizmatchining hodisaga aloqadorligi va aybdorlik masalasini aniqlash maqsadida xizmat tekshiruvi oʻtkaziladi.
Harbiy xizmatchilarga nisbatan xizmat tekshiruvini oʻtkazish tartibi vazirliklar va idoralarning ichki idoraviy hujjatlari bilan tasdiqlanadi”;
3) 29-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 81-band bilan toʻldirilsin:
“81) harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq boʻlgan cheklovlarga rioya etmaganda”;
4) quyidagi mazmundagi VII1 boʻlim bilan toʻldirilsin:
“VII1. Harbiy xizmatdagi cheklovlar
451-modda. Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar
Harbiy xizmatchilar quyidagilarga haqli emas:
oʻzaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻillar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta harbiy qismda (aynan bitta boshqaruv organi, harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik yoki idoraning harbiy tuzilmasi) birga xizmat qilishga, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita boʻysunishiga olib kelsa;
ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa faoliyat bilan shugʻullanishga;
tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga;
tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) boʻlishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini bajarishga;
oʻz xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovgʻalar olishga;
qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlardan, preferensiyalar yoki afzalliklardan oʻz xizmat mavqeyi bilan bogʻliq holda foydalanishga;
qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarda, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishtirok etishga;
chet davlat fuqaroligini yoki chet davlatda doimiy yashash huquqini beruvchi hujjatni olish maqsadida murojaat qilishga;
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega boʻlishga, koʻchmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda taʼlim olish, stajirovka oʻtash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar mustasno;
oʻzining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini koʻzlab amalga oshirishga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq hollar bundan mustasno;
xizmatni oʻtash vaqtida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarishga, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan alohida hollar bundan mustasno;
harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik yoki idoraning harbiy qismi, boshqaruv organi, muassasasining binolarida va hududida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni tashkil etishga, diniy mazmundagi materiallar va buyumlarni saqlashga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq hollar bundan mustasno;
Internet jahon axborot tarmogʻiga harbiy xizmatga oid maʼlumot va materiallarni, shuningdek harbiy qism, boshqaruv organi, harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik yoki idoraning harbiy tuzilmasiga mansubligini oshkor etuvchi axborotni (foto, video, matn va boshqalar) joylashtirishga, matbuot xizmatlari tomonidan chop etilgan materiallar bundan mustasno.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etmaganlik harbiy xizmatchilarni qonunga muvofiq javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi.
452-modda. Nomzodni rad etish uchun asoslar
Nomzodni rad etish uchun asoslar quyidagilardan iborat:
a) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi boʻlmagan, shuningdek, boshqa davlatning fuqaroligi mavjud boʻlganda;
b) kontrakt boʻyicha harbiy xizmatda boʻlish yoshi chegarasiga yetganida;
v) agarda shaxs harbiy xizmatga majbur boʻlmasa;
g) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq kontrakt tuzish huquqi boʻlmasa;
d) fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilayotgan, dastlabki tergov yoki surishtiruv olib borilayotgan, jinoyat ishi sudda koʻrilayotgan boʻlsa (bu holatlarda fuqaro nomzodini qayta koʻrib chiqish tergovga qadar tekshiruv yoki jinoyat ishi boʻyicha yakuniy qaror qabul qilingandan soʻng amalga oshiriladi);
e) qoʻllanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan va oʻziga nisbatan amnistiya akti yoki afv etish qoʻllanilganligidan qatʼi nazar sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilingan boʻlsa;
j) agar fuqaro muqaddam kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtagan va harbiy xizmatchining nomiga dogʻ tushiruvchi xatti-harakatni sodir etgani yoki xizmat vazifasiga noloyiq boʻlib qolganligi sababli boʻshatilgan boʻlsa;
z) harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq boʻlgan cheklovlarga rioya etishni rad etganda yoki belgilangan maxsus talablarga javob bermasa;
i) sogʻligʻining holatiga koʻra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilsa.
Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirish istagini bildirgan fuqaro qonunchilik hujjatlarida va harbiy xizmat shartlarida nazarda tutilgan harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq boʻlgan cheklovlar va maxsus talablar bilan yozma shaklda tanishtiriladi, bunda ushbu cheklovlarga rioya etishga rozi boʻlmaganda fuqaroga harbiy xizmatga chaqirish (kirish) rad etilishi mumkin.
453-modda. Muddatli harbiy xizmat harbiy hizmatchilarini kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirishga rad etish asoslari
Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari orasidan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirish istagini bildirgan nomzodga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirishga quyidagi holatlarda rad javobi beriladi:
a) unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilayotgan, dastlabki tergov yoki surishtiruv olib borilayotgan, jinoyat ishi sudda koʻrilayotgan boʻlsa, tergovga qadar tekshiruv yoki jinoyat ishi boʻyicha yakuniy qaror qabul qilingunga qadar;
b) qoʻllanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan va oʻziga nisbatan amnistiya akti yoki afv etish qoʻllanilganligidan qatʼi nazar sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilingan boʻlsa;
v) harbiy xizmatchini keyingi saralash tadbirlariga taqdim etish maqsadga muvofiq emasligi haqida harbiy qism qoʻmondonligi tomonidan qaror qabul qilingan boʻlsa;
g) harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq boʻlgan cheklovlarga rioya etishni rad etganda yoki vazirlikning maxsus talablariga javob bermasa.
454-modda. Harbiy xizmatchilar bilan kontrakt tuzish imkoniyatini inkor etuvchi holatlar
Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilish kontrakti quyidagi harbiy xizmatchilar bilan tuzilishi mumkin emas:
haqiqiy harbiy xizmatda boʻlishning chegara yoshidan oʻtgan, shu jumladan xizmat muddatini uzaytirishni hisobga olgan holatlarda;
sogʻligʻining holatiga koʻra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan hollarda;
qoʻllanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan va oʻziga nisbatan amnistiya akti yoki afv etish qoʻllanilganligidan qatʼi nazar sodir etgan oʻta ogʻir va ogʻir jinoyati uchun ilgari hukm qilingan holatlarda;
attestatsiya komissiyasining qaroriga koʻra”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-407-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 272-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 588, 591-moddalar, № 10, 674-modda, № 12, 891-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 466-modda, № 6, 570-modda, № 10, 984-modda; 2023-yil, № 7, 537-modda; 2024-yil, № 3, 244-modda, № 9, 958, 964-moddalar) quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 30-moddaning:
oʻninchi qismi chiqarib tashlansin;
oʻn birinchi — oʻn oltinchi qismlari tegishincha oʻninchi — oʻn beshinchi qismlar deb hisoblansin;
2) quyidagi mazmundagi 301-modda bilan toʻldirilsin:
“301-modda. Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash bilan bogʻliq boʻlgan cheklovlar
Ichki ishlar organlari xodimlari quyidagilarga haqli emas:
oʻzaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻillar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) ichki ishlar organlarida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita boʻysunishiga olib kelsa;
ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa faoliyat bilan shugʻullanishga;
tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga;
tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) boʻlishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini bajarishga;
oʻz xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovgʻalar olishga;
qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlardan, preferensiyalar yoki afzalliklardan oʻz xizmat mavqeyi bilan bogʻliq holda foydalanishga;
qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarda, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishtirok etishga;
chet davlat fuqaroligini yoki chet davlatda doimiy yashash huquqini beruvchi hujjatni olish maqsadida murojaat qilishga;
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega boʻlishga, koʻchmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda taʼlim olish, stajirovka oʻtash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar mustasno;
oʻzining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini koʻzlab amalga oshirishga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq hollar bundan mustasno;
xizmatni oʻtash vaqtida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarishga, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan alohida hollar bundan mustasno;
ichki ishlar organlarining binolarida va hududida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni tashkil etishga, diniy mazmundagi materiallar va buyumlarni saqlashga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq hollar bundan mustasno.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etmaganlik ichki ishlar organi xodimlarini qonunga muvofiq javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi”.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 18-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-647-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 11, 653-modda; 2022-yil, № 5, 464-modda, № 6, 570-modda; 2023-yil, № 7, 537-modda, № 11, 923, 924-moddalar; 2024-yil, № 9, 958, 964-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 171-modda bilan toʻldirilsin:
“171-modda. Milliy gvardiya organlarida xizmatni oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar
Milliy gvardiya xodimlari quyidagilarga haqli emas:
oʻzaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻillar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) Milliy gvardiya organlarida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita boʻysunishiga olib kelsa;
ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa faoliyat bilan shugʻullanishga;
tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga;
tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) boʻlishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini bajarishga;
oʻz xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovgʻalar olishga;
qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlardan, preferensiyalar yoki afzalliklardan oʻz xizmat mavqeyi bilan bogʻliq holda foydalanishga;
qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarda, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishtirok etishga;
chet davlat fuqaroligini yoki chet davlatda doimiy yashash huquqini beruvchi hujjatni olish maqsadida murojaat qilishga;
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega boʻlishga, koʻchmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda taʼlim olish, stajirovka oʻtash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar mustasno;
oʻzining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini koʻzlab amalga oshirishga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq hollar bundan mustasno;
xizmatni oʻtash vaqtida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarishga, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan alohida hollar bundan mustasno;
Milliy gvardiya organlarining binolarida va hududida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni tashkil etishga, diniy mazmundagi materiallar va buyumlarni saqlashga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq hollar bundan mustasno.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etmaganlik Milliy gvardiya xodimlarini qonunga muvofiq javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi”;
2) 19-moddaning:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19-modda. Milliy gvardiyaga xizmatga qabul qilish”;
oʻn ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Quyidagi fuqarolar Milliy gvardiya xodimi lavozimiga qabul qilinishi mumkin emas:
a) belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan;
b) xizmatni oʻtashga toʻsqinlik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari boʻlgan;
v) boshqa davlat organlaridan salbiy sabablarga koʻra boʻshatilgan;
g) sodir etgan jinoyati uchun qoʻllanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugallanganligidan yoki olib tashlanganligidan yoxud amnistiya akti yoki avf etish qoʻllanilganligidan qatʼi nazar muqaddam sudlangan;
d) xizmatni oʻtash bilan bogʻliq boʻlgan cheklovlarga rioya etishni rad etganda yoki Milliy gvardiyaning maxsus talablariga javob bermagan”.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 15-iyunda qabul qilingan “Qoʻriqlash faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-778-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 6, 573-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin:
1) 19-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi, oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarda, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishtirok etmasligi;
diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarmasligi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan alohida hollar bundan mustasno;
Internet jahon axborot tarmogʻiga qoʻriqlanayotgan obyekt hamda hududga oid maʼlumot va materiallarni, shuningdek qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi boʻlinmalarga mansubligini oshkor etuvchi axborotni (foto, video, matn va boshqalar) kiritmasligi, matbuot xizmatlari tomonidan chop etilgan materiallar bundan mustasno”;
oʻn uchinchi xatboshisi oʻn oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
2) 20-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlarning harbiy xizmatchilari, xodimlari, ishchilari va xizmatchilari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan cheklovlarga rioya etishni rad etganda yoki qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlarning maxsus talablariga javob bermasa”.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi hamda Mudofaa vazirligi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidagi boshqa davlat organlari ushbu Qonun talablari hisobga olingan holda qonunosti hujjatlarida xizmatni oʻtash bilan bogʻliq masalalarga oid normalar belgilanishini taʼminlasin.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
9-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oy oʻtgach kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 29-noyabr,
OʻRQ-1008-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2024-y., 03/24/1008/0988-son)