27.11.2024 yildagi 790-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlarining aloqa markazlari faoliyatini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasiga muvofiq raqamli texnologiyalar sohasida, shu jumladan, ishonch telefonlari, Call-markazlar, dispetcherlik aloqa xizmatlari (keyingi oʻrinlarda — aloqa markazlari) faoliyatini yoʻlga qoʻyish, ularni nazorat qilish orqali aholi va tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifatini oshirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlarining aloqa markazlari tashkil etildi. Biroq, keyingi yillarda ushbu aloqa markazlari sonining yanada oshishi bu borada tizimli nazorat faoliyatining yoʻlga qoʻyilishi va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash zarurligini taqozo qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlarining aloqa markazlari faoliyatini nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish, shu jumladan, ushbu markazlar faoliyati raqamli nazorat qilinishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzkomnazorat” inspeksiyasi) tomonidan raqamli texnologiyalarni joriy etishda haqqoniy raqamlar, maʼlumotlar va koʻrsatkichlarga erishish hamda telekommunikatsiya tarmoqlarining holati, operator va provayderlar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini real vaqt rejimida tizimli monitoring qilib borish imkonini beruvchi “Raqamli nazorat” kompleks axborot tizimi joriy etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlari aloqa markazlarining texnik faoliyati “Oʻzkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan “Raqamli nazorat” kompleks axborot tizimi orqali nazorat qilinadi hamda baholanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlari aloqa markazlarining axborot tizimlari “Raqamli nazorat” kompleks axborot tizimi bilan bosqichma-bosqich oʻzaro integratsiya qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzkomnazorat” inspeksiyasi respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlarining aloqa markazlari reyestrini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlari aloqa markazlarining texnik faoliyatini nazorat qilish hamda baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa markazlarining texnik faoliyatini “Oʻzkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan “Raqamli nazorat” kompleks axborot tizimi orqali nazorat qilish va baholash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa markazlarining texnik faoliyatini baholash koʻrsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlarining aloqa markazlari reyestrini yuritish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzkomnazorat” inspeksiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 10-dekabrga qadar respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlarining aloqa markazlari reyestrini shakllantirsin hamda uning muntazam ravishda yuritilishini taʼminlab borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yildan boshlab har yili ikki marotaba (15-fevralga va 15-avgustga qadar) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlarining aloqa markazlarini xatlovdan oʻtkazish choralarini koʻrib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Raqamli texnologiyalar vazirligi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2025-yil 1-martga qadar respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlarining aloqa markazlari faoliyatini xalqaro standartlarga muvofiq yanada samarali tashkil qilish maqsadida aloqa markazlari faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi tegishli normativ hujjatni ishlab chiqib, tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-oktabrga qadar aloqa markazlari faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatga muvofiq oʻzlarining (shu jumladan, autsorsing asosida tashkil etilgan) aloqa markazlari faoliyatiga tegishli dasturiy va texnik qurilmalarni joriy qilgan holda, aloqa markazlari axborot tizimlari “Raqamli nazorat” kompleks axborot tizimi bilan toʻliq integratsiya qilinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa markazlarining texnik faoliyatini baholash uchun integratsiya jarayonida zarur boʻlgan texnik koʻrsatkichlarni olish imkoniyatini yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa markazlarini zarur miqdorda operatorlar bilan taʼminlash yoki autsorsing xizmatini yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, mazkur bandda nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Raqamli texnologiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 27-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
790-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 790-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlari aloqa markazlarining texnik faoliyatini nazorat qilish hamda baholash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlarida aloqa markazlarining texnik faoliyatini nazorat qilish va baholash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa markazi — jismoniy va yuridik shaxslarning telefon orqali murojaatlarini qabul qilish va ularga javob berish xizmatlarini koʻrsatuvchi hamda buning uchun zarur tashkiliy, texnik va boshqa resurslarga ega boʻlgan tashkilot yoki boʻlinma (ishonch telefonlari, Call-markazlar, dispetcherlik aloqa markazlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa markaziga kelib tushgan chaqiruv — aloqa markaziga kelib tushgan va navbatga qayd etilgan yoki aloqa markazi operatori bilan darhol bogʻlana olgan chaqiruv, interaktiv ovozli menyu orqali javob olingan chaqiruv bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlarining aloqa markazlari reyestri (Reyestr) — respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlarining aloqa markazlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar muntazam ravishda yuritiladigan tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat — aloqa markazi texnik faoliyatining samaradorligini qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida qonunchilikka muvofiq oʻrgangan holda monitoring qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik faoliyatni nazorat qilish va baholash — aloqa markazining axborot tizimini tayyorlik koeffitsiyenti, foydalanuvchining aloqa markazi operatori bilan oʻrtacha ulanish vaqti va bogʻlanish uchun urinishlar soni hamda texnik-tashkiliy holatini monitoring qilish va baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operator tomonidan xizmat koʻrsatilgan chaqiruv — foydalanuvchi tomonidan aloqa markazi operatori yoki tegishli boʻlinma mutaxassisining javobi olingan chaqiruv.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Reyestr Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzkomnazorat” inspeksiyasi) tomonidan elektron shaklda yuritiladi va har yili 1-martga va 1-sentabrga qadar yangilab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Reyestr asosida “Oʻzkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlari aloqa markazlarining texnik faoliyati nazorat qilinadi hamda baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Aloqa markazining texnik faoliyatini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Reyestrga kiritilgan aloqa markazlarining texnik faoliyati “Oʻzkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan “Raqamli nazorat” kompleks axborot tizimi orqali nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Aloqa markazlarining texnik faoliyati har chorak davomida oʻtkaziladigan monitoring asosida nazorat qilinadi. Bunda monitoring natijalari “Oʻzkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan har chorak yakuni boʻyicha umumlashtirilib, tahlil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tahlil natijasiga koʻra “Oʻzkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan har chorak yakunidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar aloqa markazlarining texnik faoliyati mazkur Nizomning 3-bobiga muvofiq baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzkomnazorat” inspeksiyasiga jismoniy va yuridik shaxslarning aloqa markazlari texnik faoliyatidan noroziligi boʻyicha murojaatlari kelib tushgan taqdirda, “Oʻzkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan tegishli respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlariga ularning faoliyatida vujudga kelgan kamchilik yuzasidan “Raqamli nazorat” kompleks axborot tizimi yoki gibrid pochta orqali kamchiliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilagan holda yozma xabar yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlari kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻradi va natijasi boʻyicha “Oʻzkomnazorat” inspeksiyasiga maʼlumot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda, “Oʻzkomnazorat” inspeksiyasi tegishli respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlariga belgilangan tartib buzilishi holatlarini va sabablarini bartaraf etish muddatini koʻrsatgan holda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq taqdimnoma kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Aloqa markazining texnik faoliyatini baholash koʻrsatkichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Aloqa markazlarining texnik faoliyati ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema va 2-ilovaga muvofiq mezonlar asosida “Raqamli nazorat” kompleks axborot tizimi orqali nazorat qilinadi hamda baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mezonlar boʻyicha hisoblash natijalarining yigʻindisidan kelib chiqib, aloqa markazlarining texnik faoliyati quyidagicha baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71 balldan 100 ballgacha — “aʼlo” baho (“yashil” toifa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55 balldan 70 ballgacha — “yaxshi” baho (“sariq” toifa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54 ballgacha — “qoniqarsiz” baho (“qizil” toifa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlari aloqa markazlarining texnik faoliyatini baholash natijalariga koʻra quyidagilar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “yashil” toifadagi aloqa markazlari boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan aloqa markazlarining texnik faoliyatini yanada yaxshilash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqiladi (baholash natijasi maksimal boʻlgan aloqa markazlari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlari “Oʻzkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan tavsiyalarga muvofiq aloqa markazlarining texnik faoliyatini yanada yaxshilash choralari koʻriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “sariq” toifadagi aloqa markazlari boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan aloqa markazlarining texnik faoliyatini yaxshilash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlari tomonidan “Oʻzkomnazorat” inspeksiyasi tavsiyalari asosida “Oʻzkomnazorat” inspeksiyasi bilan birgalikda aloqa markazlarining texnik faoliyatini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi va amalga oshirilishi taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “qizil” toifadagi aloqa markazlari boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan aloqa markazlari faoliyatida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni oʻrganish ishlari oʻtkaziladi va ularni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlari tomonidan “Oʻzkomnazorat” inspeksiyasi tavsiyalari asosida inspeksiya bilan birgalikda aloqa markazlari texnik faoliyatini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi va amalga oshirilishi taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlari aloqa markazlarining texnik faoliyatini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar dasturining ijrosi ular tomonidan taʼminlanmagan taqdirda, “Oʻzkomnazorat” inspeksiyasi respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlariga ularni bartaraf etish muddatlari belgilangan holda qonunchilik hujjatlariga muvofiq koʻrsatma beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida berilgan koʻrsatma respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlari tomonidan ijrosi taʼminlanmagan taqdirda, “Oʻzkomnazorat” inspeksiyasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzkomnazorat” inspeksiyasining koʻrsatmalari hamda bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalarini bajarmaslik, shu jumladan, oʻz vaqtida yoki toʻliq yoxud belgilangan muddatlarda bajarmagan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlarining mansabdor shaxslarga nisbatan “Oʻzkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Foydalanuvchilarning aloqa markazi operatori bilan ulanish vaqti aloqa markazlarining texnik faoliyatini nazorat qilish va baholash mezonlaridan yuqori boʻlgan taqdirda, “Oʻzkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlariga mazkur aloqa markazlarida operatorlar sonini oshirish boʻyicha taqdimnoma kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlari oʻz aloqa markazlarining texnik faoliyatini takomillashtirish yuzasidan rejalashtirilgan profilaktika tadbirlari boʻyicha “Oʻzkomnazorat” inspeksiyasini va jamoatchilikni kamida uch ish kunidan oldin sabablarini koʻrsatgan holda rasman xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlari aloqa markazlarining texnik faoliyatini baholash natijalari har chorak yakunidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar “Oʻzkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy sahifalari hamda “Raqamli nazorat” kompleks axborot tizimi orqali eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Aloqa markazlarining texnik faoliyatini baholash natijalari yuzasidan har chorak yakunidan keyin oyning 20-sanasiga qadar “Oʻzkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish uchun Raqamli texnologiyalar vazirligiga baholash natijalarini kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlari tomonidan aloqa markazlarining texnik-tashkiliy holati boʻyicha “Oʻzkomnazorat” inspeksiyasiga taqdim etiladigan maʼlumotlarning toʻliqligi va toʻgʻriligiga tegishli respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlarining rahbarlari javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ushbu Nizomni qoʻllashda kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlari aloqa markazlarining texnik faoliyatini nazorat qilish hamda baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari aloqa markazlarining texnik faoliyatini nazorat qilish hamda baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Masʼullar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Oʻzkomnazorat inspeksiyasi

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining aloqa markazlarini xatlovdan oʻtkazadi.

Har yili 15-fevralga va 15-avgustga qadar

2-bosqich

Oʻzkomnazorat inspeksiyasi

Reyestrni shakllantiradi va muntazam ravishda dolzarbligini taʼminlaydi.

Har yili 1-martga va 1-sentabrga qadar

3-bosqich

Oʻzkomnazorat inspeksiyasi

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari aloqa markazlarining texnik faoliyatini nazorat qiladi.

Har chorakda

4-bosqich

Oʻzkomnazorat inspeksiyasi

Aloqa markazlarining texnik faoliyatini  baholaydi.

Har chorak yakunidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar

5-bosqich

Oʻzkomnazorat inspeksiyasi

Baholash natijalarini Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy sahifalari hamda “Raqamli nazorat” kompleks axborot tizimi orqali eʼlon qiladi.

Har chorak yakunidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar

6-bosqich

Oʻzkomnazorat inspeksiyasi

Aloqa markazlarining texnik faoliyatini baholash natijalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi baholash natijalarini kiritadi.

Har chorak yakunidan keyingi oyning 20-sanasiga qadar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlari aloqa markazlarining texnik faoliyatini nazorat qilish hamda baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari aloqa markazlarining (ishonch telefonlari, Call-markazlar, dispetcherlik aloqa xizmatlari) texnik faoliyatini nazorat qilish va baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEZONLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Baholash mezonlari

Ballar

Izoh

1.

Aloqa markazidan (ishonch telefonlari, Call-markazlar, dispetcherlik aloqa xizmati) (keyingi oʻrinlarda — aloqa markazi) foydalanish.

15

Aloqa markazidan foydalanish (D) hisobot davrida kelib tushgan chaqiruvlarning umumiy soniga nisbatan xizmat koʻrsatilgan foydalanuvchi chaqiruvlarining foiziga koʻra aniqlanadi. Bunda:

No — aloqa markazi tomonidan har chorak davomida xizmat koʻrsatilgan chaqiruvlar soni;

N — hisobot davrida kelib tushgan, shu jumladan, ishonch telefonlari, aloqa markaziga kelib tushgan chaqiruvlar soni, IVR (interaktiv ovozli menyu) orqali javob olganlar bundan mustasno.

Yuqoridagi formula natijasidan kelib chiqib, aloqa markazidan foydalanish darajasi quyidagicha baholanadi:

100 foizdan 85 foizgacha — 15 ball;

84 foizdan 70 foizgacha — 10 ball;

69 foizdan 55 foizgacha — 5 ball;

54 foiz va undan past boʻlsa — 0 ball.

2.

Aloqa markazi operatorining foydalanuvchi bilan soʻzlashuvi davomida foydalanuvchi chaqiruvini liniyada ushlab turish vaqti (hold)ni qoʻshib hisoblaganda, oʻrtacha soʻzlashish davomiyligi.

10

Operatorning foydalanuvchi bilan soʻzlashuvi davomida foydalanuvchi chaqiruvini liniyada ushlab turish vaqti (hold)ni qoʻshib hisoblaganda, oʻrtacha soʻzlashish davomiyligi vaqti (T) hisobot davrida aloqa markazi barcha operatorlari soʻzlashuvi umumiy davomiyligining ushbu davr uchun xizmat koʻrsatilgan chaqiruvlar soniga nisbatiga koʻra aniqlanadi va Tnorma — 360 sekunddan ortiq boʻlmagan normalangan qiymat bilan taqqoslanadi. Bunda:

ΣTdavom — hisobot davrida chaqiruvlarni liniyada kutish rejimida ushlab turish vaqti (hold)ni qoʻshib hisoblaganda, aloqa markazi barcha operatorlari soʻzlashuvining umumiy davomiyligi;

N — hisobot davrida xizmat koʻrsatilgan chaqiruvlar soni;

Tnorma — 360 soniyadan ortiq boʻlmagan normalangan qiymat.

Aloqa markazi operatorining foydalanuvchi bilan soʻzlashuvi davomida foydalanuvchi chaqiruvini liniyada ushlab turish vaqti (hold)ni qoʻshib hisoblaganda, oʻrtacha soʻzlashish davomiyligi darajasi quyidagicha baholanadi:

360 soniyadan koʻp boʻlmaganda — 10 ball;

360 soniyadan koʻp boʻlganda — 0 ball.

3.

Aloqa markazi axborot tizimining tayyorlik koeffitsiyenti.

15

Aloqa markazi apparat-dasturiy kompleksining tayyorlik koeffitsiyenti (Kt) hisobot davri uchun aloqa markazi apparat-dasturiy kompleksining umumiy vaqtidan jami bekor turib qolgan vaqti ayirmasining umumiy ish vaqtiga nisbatiga koʻra aniqlanadi.

Umumiy vaqt — bu tahlil qilinayotgan davr (har chorak) uchun aloqa markazi apparat-dasturiy kompleksi ish holatida boʻlishi kerak boʻlgan vaqt (rejadagi uzilishlar bundan mustasno). Bunda:

Tumumiy — hisobot davri uchun aloqa markazi apparat-dasturiy kompleksi ish holatida boʻlishi kerak boʻlgan umumiy vaqt;

Tb — hisobot davri uchun aloqa markazi apparat-dasturiy kompleksining jami bekor turib qolgan (ishdan chiqqan) vaqti.

Yuqoridagi formula natijasidan kelib chiqib, aloqa markazi apparat-dasturiy kompleksining tayyorlik koeffitsiyenti darajasi quyidagicha baholanadi:

100 foizdan 99 foizgacha — 15 ball;

98 foizdan 70 foizgacha — 10 ball;

69 foizdan 55 foizgacha — 5 ball;

54 foiz va undan past boʻlsa — 0 ball.

4.

Foydalanuvchining aloqa markazi operatori bilan oʻrtacha ulanish vaqti.

15

Foydalanuvchining aloqa markazi operatori bilan oʻrtacha ulanish vaqti Toʻ aloqa markazi apparat-dasturiy kompleksi (serveri)ning chaqiruvlarga xizmat koʻrsatish statistikasi asosida quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi. Bunda:

 — hisobot davri uchun foydalanuvchilarning ularni chaqiruvlarini navbatga qayd etishdan boshlab, aloqa markazi operatori bilan ulanishgacha boʻlgan umumiy kutish vaqti yigʻindisi;

Nulanish — hisobot davri uchun aloqa markazi operatorlari javob bergan barcha chaqiruvlarning umumiy soni;

k — aloqa markazi operatori tomonidan xizmat koʻrsatilgan barcha foydalanuvchi murojaatlarining umumiy soni, miqdoriy jihatdan bu qiymat Nulanish ga teng.

Ushbu koʻrsatkich operatorlarning foydalanuvchiga xizmat koʻrsatish va yangi chaqiruvlarga javob berishda tezkorlik darajasini koʻrsatadi.

Yuqoridagi formula natijasidan kelib chiqib, foydalanuvchining aloqa markazi operatori bilan oʻrtacha ulanish vaqti quyidagicha baholanadi:

180 sekundda — 15 ball;

181 — 210 soniyagacha — 10 ball;

211 — 240 soniyagacha — 5 ball;

241 — 300 soniyagacha — 3 ball;

301 — 360 soniyagacha — 1 ball;

360 soniyadan oshsa — 0 ball.

5.

Operator bilan bogʻlanish uchun urinishlar soni.

15

Birinchi qoʻngʻiroqda muvaffaqiyatli bogʻlanishlar soni jami qoʻngʻiroqlar sonining 86 — 100 foizini tashkil etganda — 15 ball;

ikkinchi urinishda muvaffaqiyatli bogʻlanishlar soni jami qoʻngʻiroqlar sonining 71 — 85 foizini tashkil etganda — 10 ball;

uchinchi urinishda muvaffaqiyatli bogʻlanishlar soni jami qoʻngʻiroqlar sonining 55 — 70 foizini tashkil etganda — 5 ball;

toʻrt va undan ortiq urinishda muvaffaqiyatli bogʻlanishlar soni jami qoʻngʻiroqlar sonining 0 — 54 foizini tashkil etganda — 0 ball.

6.

Aloqa markazining ish tartibi.

10

Tunu-kun, 24/7 rejimida ishlasa — 10 ball;

boshqa rejimlarda — 5 ball.

7.

Aloqa markazi texnik faoliyati yuzasidan asosli eʼtiroz va shikoyatlar mavjud emasligi.

10

Hisobot davrida aloqa markazi texnik faoliyati yuzasidan asosli eʼtiroz va shikoyatlar koʻrsatkichi (S) jami shikoyatlar sonining umumiy qoʻngʻiroqlar soniga nisbatan foizi bilan aniqlanadi. Bunda:

Sh — hisobot davrida kelib tushgan shikoyatlar soni;

N — hisobot davrida kelib tushgan, shu jumladan ishonch telefonlari, Call-markazlar, dispetcherlik aloqa xizmatiga kelib tushgan chaqiruvlar soni, IVR orqali javob olganlar bundan mustasno.

S = 0 boʻlsa — 10 ball;

0 ≤ S < 0,5 boʻlganda — 8 ball;

0,5 ≤ S < 1 boʻlganda — 6 ball;

1  ≤ S < 1,5 boʻlganda — 4 ball;

1,5 ≤ S < 2 boʻlganda — 2 ball;

2 ≤ S boʻlganda — 0 ball.

8.

Aloqa markazlarining texnik-tashkiliy holati

10

10 ball quyidagicha hisoblanadi:

hududlardan qoʻngʻiroq qilish imkoniyatini yaratilganligi — 2 ball;

soʻrovlarni boshqa idoraviy aloqa markazlariga yoʻnaltirish imkoniyati mavjudligi — 3 ball;

foydalanuvchilarga onlayn-konsultatsiyalar va tegishli tushuntirishlar berish — 5 ball.

Jami

100

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/790/0983-son)