Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining
buyrugʻi
“Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 27-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2754-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-avgustdagi 502-son “Mahsulotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va muvofiqlikni baholash tartiblariga oid nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor A. JUMANAZAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 12-noyabr,
64-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2024-yil 12-noyabrdagi 64-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2016-yil 4-yanvardagi 2-son “Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2754, 2016-yil 16-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 3-son, 29-modda).
2. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2016-yil 21-sentabrdagi 561-son “Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2754-1, 2016-yil 23-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 38-son, 456-modda).
3. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2020-yil 22-yanvardagi 6-son “Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2754-2, 2020-yil 19-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 10/20/2754-2/0189-son).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2022-yil 24-yanvardagi 2-son “Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2754-3, 2022-yil 11-fevral) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.02.2022-y., 10/22/2754-3/0136-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 10/24/2754-4/0974-son)