22.11.2024 yildagi PQ-401-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestri faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda milliy va jahon mumtoz musiqa sanʼatidan aholini yanada kengroq bahramand etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda milliy va jahon mumtoz musiqa sanʼati asarlarini yanada ommalashtirish hamda orkestr ijrochiligini rivojlantirish, soha vakillarining kasb mahoratini oshirish, ushbu yoʻnalishda iqtidorli yoshlar uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratish, musiqa ijrochilari va orkestr jamoalari xodimlarini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashni yanada kengaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Madaniyat vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestri xodimlarining mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 2025-yil 1-yanvardan boshlab, orkestrning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
badiiy-rahbar xodimlari uchun — 4,0 koeffitsiyentga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy va birinchi toifali artistlari uchun — 1,17 koeffitsiyentdan 4,0 koeffitsiyentga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi toifali va toifasiz artistlari uchun — 1,17 koeffitsiyentdan 3,0 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yildan boshlab mazkur qarorning 1-bandiga asosan ish haqi miqdori oshirilishi munosabati bilan zarur mablagʻlarni Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasi har yili dekabr oyida Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestri jamoasining kelgusi yilga moʻljallangan mahalliy va xorijiy gastrol safarlarini tashkil etish, shuningdek, yirik korxona va tashkilotlar xodimlari hamda ularning oila aʼzolari uchun konsert dasturlarini shartnoma asosida namoyish etish rejalarini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat organlari, muassasalari va korxonalari budjetdan tashqari mablagʻlari va kasaba uyushmalari mablagʻlari hisobidan oʻz xodimlarini milliy va jahon mumtoz musiqa sanʼati asarlari bilan tanishtirishga qaratilgan konsert dasturlarini tashkil etish, ularga tashrif buyurish uchun chiptalar va abonementlar sotib olish amaliyotini tizimli ravishda joriy etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va xoʻjalik jamiyatlarining muassislari boʻlgan boshqa davlat organlari ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari va davlat korxonalarining boshqaruv organlari yigʻilishlarida ushbu tashkilotlarning buyurtmalari asosida xodimlar va ularning oila aʼzolari uchun mazkur bandda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish vazifasini biznes-rejaga kiritish tashabbusi bilan chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat vazirligi har oyning 20-sanasiga qadar davlat boshqaruvi organlari, muassasalar, korxonalar va xoʻjalik jamiyatlarini, shuningdek, aholini kelgusi oyda tashkil etiladigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlari dasturlari, shu jumladan, Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestri jamoasining konsert dasturlari toʻgʻrisida xabardor qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Madaniyat vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestri jamoasi uchun Davlat budjetidan Madaniyat vazirligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan davlat buyurtmasi asosida kamida 5 ta musiqa asari yaratilishini tashkil etsin, ulardan konsert dasturlarida foydalanilishini, teleradiokanallar, Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali faol ommalashtirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajribali dirijyorlar va orkestr ijrochilarining mahorat maktablari faoliyatini yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mahorat maktablarini tashkil etishga munosib boʻlgan ijodkorlar Madaniyat vazirligi hayʼati tomonidan aniqlanadi hamda ular Madaniyat vazirligi va Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining budjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan har chorakda bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida mahorat maktablarida oʻqitish samaradorligini baholash asosida qoʻshimcha ragʻbatlantirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirishning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash haqida”gi 458-son qaroriga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 22-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-401-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi PQ-401-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirishning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash haqida”gi 458-son qaroriga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qarorga 3-ilovaning izoh qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestri badiiy-rahbar xodimlarining mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 4,0 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qarorga 4-ilovaning izoh qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestrining oliy va birinchi toifali artistlari uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 4,0 koeffitsiyentga, ikkinchi toifali va toifasiz artistlari uchun — 3,0 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: mazkur ilova 2025-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2024-y., 07/24/401/0968-son)