22.11.2024 yildagi PQ-402-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayollar orasida onkologik kasalliklarni erta bosqichda aniqlash va davolash tizimini takomillashtirish, skrining jarayonlarini samarali tashkil qilish, zamonaviy skrining usullarini amaliyotga keng joriy etish, ushbu yoʻnalishlarda olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish hamda mutaxassislarning bilimlarini oshirish va koʻnikmalarini rivojlantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2025 — 2030-yillarda Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratonini nazorat qilish dasturini (keyingi oʻrinlarda — Dastur) amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, Dasturni amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyotning birlamchi boʻgʻinida 30 — 65 yoshdagi ayollarning elektron bazasi (roʻyxati) shakllantiriladi, ularni tibbiy koʻrikka taklif qilish tizimi yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 30 — 50 yoshdagi ayollarda bachadon boʻyni saratoni skriningi odam papillomasi virusini polimeraza zanjirli reaksiya tekshiruvi usuli orqali aniqlash hamda suyuqlik sitologiyasi usulida tekshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bunda manfiy natija aniqlanganda ular 10 yildan soʻng qayta tekshiruvdan oʻtkaziladi, musbat natija aniqlangan ayollar qoʻshimcha tekshiruvga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saratonoldi holatlar aniqlangan ayollar ambulator davolash uchun Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallariga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30 — 65 yoshdagi ayollar har 2 yilda bir marotaba tibbiyot xodimlari tomonidan birlamchi saralashdan oʻtkaziladi. Bunda koʻkrak bezi tekshiruvi 45 yoshgacha boʻlgan ayollarda ultratovush diagnostikasi usulida, 45 — 65 yoshdagi ayollarda mammografiya orqali amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
skrining natijasida onkologik kasallikka chalinganligi aniqlangan bemorlarni tashxislash va davolash bilan bogʻliq xarajatlar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalariga sogʻliqni saqlash tizimida maqbullashtiriladigan shtat birliklari hisobidan quyidagi shtat birliklari kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
onkonazorat xonalari uchun akusher-ginekolog shifokor;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mobil va statsionar mammograflar ishini 2 ta smenada tashkil etish uchun rentgen-laborantlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Mammografiya tasvirini oʻqish markazi tashkil etilsin hamda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida amalga oshiriladigan koʻkrak bezi saratoni boʻyicha skrining natijalari ushbu markazning yagona riding tizimiga integratsiya qilinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida odam papilloma virusi diagnostikasi uchun qoʻllanadigan test tizimlari sifatini nazorat qilish boʻyicha referens-laboratoriya faoliyati yoʻlga qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Saraton kasalligi nazorati sohasidagi loyihalarning amalga oshirilishini muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi oʻrinlarda — Kengash) 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari Kengashning ishchi organi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
onkologik kasalliklarni tashxislash va davolash boʻyicha tibbiy jihozlar, uskunalar va sarflov materiallari xaridi majburiy tartibda Kengash bilan kelishiladi va taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Kengash tomonidan tibbiy jihozlar, uskunalar va sarflov materiallarini muassasalar kesimida ratsional taqsimlash maqsadida maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashga aholi oʻrtasida eng koʻp uchraydigan (bachadon boʻyni, koʻkrak bezi, yoʻgʻon ichak, oshqozon, prostata bezi va oʻpka) saraton kasalliklarini erta aniqlashda oʻtkaziladigan laborator va instrumental diagnostik tekshiruvlar bilan qamrab olinadigan aholi yoshini moliyalashtirish manbalari asosida mustaqil belgilash vakolati beriladi.
(4-bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PQ-238-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 07/26/238/0623-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saraton kasalliklarini nazorat qilishga qaratilgan loyihalarni (keyingi oʻrinlarda — loyihalar) muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalar doirasida faqat sinovdan oʻtgan testlar, farmatsevtika mahsulotlari hamda vaksinalar, dalillarga asoslangan diagnostika va davolash usullari qoʻllanishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturga oid xaridlarni amalga oshirishda, mablagʻlar va tibbiy uskunalarni taqsimlashda, qaror qabul qilishda Kengash aʼzolarida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik, jamoat salomatligi etikasiga asoslanib qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi oʻrtasida eng koʻp uchraydigan (bachadon boʻyni, koʻkrak bezi, yoʻgʻon ichak, oshqozon, prostata bezi va oʻpka) saraton kasalliklarini erta aniqlashda oʻtkaziladigan laborator va instrumental diagnostik tekshiruvlar bilan qamrab olinadigan aholi yoshini sogʻliqni saqlash boʻyicha xalqaro tashkilotlar tavsiyalariga muvofiq qayta koʻrib chiqish hamda aniq moliyalashtirish manbalaridan kelib chiqib belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
onkologiya sohasining amaldagi holatini tahlil qilish, sohani rivojlantirish yoʻnalishlari va eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) belgilash hamda loyihalarni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalar ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularni barcha bosqichlarda qoʻllab-quvvatlash ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarni moliyalashtirish, infratuzilma va tartibga solish bilan bogʻliq muammolarni hal etish, tizimli masalalar yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
onkologiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini tahlil qilish maqsadida choraklik yigʻilishlar oʻtkazib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning amalga oshirilishi va maqsadli koʻrsatkichlarga erishilishi yuzasidan har yili tahliliy hisobotlarni jamoatchilikka eʼlon qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarning natijasi haqidagi maʼlumotlarni Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib borilishini taʼminlash.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PQ-238-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 07/26/238/0623-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kengash ayollarning bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratoni skriningi bilan qamrovini kengaytirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlarini muntazam jalb qilib borish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Dastur Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan oʻzaro muvofiqlashtirilgan holda sifatli amalga oshirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Strategik islohotlar agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2024-yil yakuniga qadar Dasturni monitoring qilish, tibbiyot muassasalari va tibbiyot xodimlari mehnati samaradorligini har olti oyda bir marta baholash va ragʻbatlantirish mexanizmlarini ishlab chiqib, tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2025-yil 1-yanvardan boshlab bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratoni skriningiga nodavlat tibbiyot tashkilotlarini jalb qilish choralarini koʻrsin hamda davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar xaridini Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali amalga oshirish tizimini yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratoni skriningini oʻtkazishda koʻrsatiladigan xizmatlarning xarid narxlari Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratoni skrining tekshiruvlari natijasida aniqlangan bemorlarni davolash uchun 2025-yilda qoʻshimcha mablagʻlar talab etilganda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ushbu xarajatlarni moliyalashtirish manbalariga aniqlik kiritish boʻyicha asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda 2026-yildan boshlab bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratoni skrining tekshiruvlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ginekolog mutaxassislarni bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratoni skriningiga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarini yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
klinik ordinatura va magistraturaning ginekologiya va onkologiya mutaxassisliklari, shuningdek, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash oʻquv dasturlariga bachadon boʻyni saratoni skriningi va koʻkrak bezi saratonini erta aniqlashga oʻqitish boʻyicha modullar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator — “UZINFOCOM” MCHJ bilan birgalikda 2025-yil 1-mayga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bachadon boʻyni saratoni skriningi va koʻkrak bezi saratonini erta aniqlash sifatini baholash va monitoring qilib borish tizimini joriy etsin hamda skrining registri yuritilishini yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
skrining dasturiga kiritilgan ayollar bilan qayta aloqa qilish tizimini (mobil ilova va boshqalar) joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) 2025-yil 1-mayga qadar ilgʻor xalqaro tajribani inobatga olib, skrining algoritmlarini nazarda tutgan holda saratonoldi kasalliklari, bachadon boʻyni saratoni skriningi va koʻkrak bezi saratonini erta aniqlash, tashxislash va davolash boʻyicha milliy klinik bayonnomalarni tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining hududiy filiallarini polimeraza zanjirli reaksiya tekshiruvlarini oʻtkazish uchun tibbiy uskunalar, tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarining onkonazorat xonalarini zarur tibbiy jihozlar bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Strategik islohotlar agentligi 2025 — 2030-yillar davomida bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratoni skriningi monitoringini va Dastur samaradorligini baholashni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratonini erta aniqlash hamda nazoratini amalga oshirish uchun zarur tibbiy jihozlar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda joylarda “mahalla yettiligi”ga ayollar va ularning oila aʼzolari orasida onkologik kasalliklarning oldini olish, ularni erta aniqlash, davolash hamda oqibatlari haqida tushuntirish ishlarini oʻtkazishni tashkil qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turli maqsadli guruhlar (oʻsmirlar, katta yoshli ayollar, erkaklar) uchun xavfli oʻsma kasalliklari va ularning xavf omillari, profilaktikasi, erta aniqlash va davolashning muhimligi toʻgʻrisida televideniye, radio, internet va bosma ommaviy axborot vositalari orqali keng koʻlamli axborot kampaniyalarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda keng formatli tashqi reklama obyektlariga maxsus bannerlarni oʻrnatish va aholi gavjum joylarda roliklarni tizimli namoyish qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu qarorni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun 2025-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 22-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-402-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi PQ-402-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025 — 2030-yillarda Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratonini nazorat qilish dasturini amalga oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratonini nazorat qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihalarda barcha ishtirokchilar harakatini muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil qilish.

1. Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatini tartibga soluvchi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish boʻyicha loyihalar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarning har chorak yakunlari boʻyicha tahlillarini olib borish.

3. Kengash yigʻilishi qaroriga muvofiq masʼullarga topshiriqlar berish va ijrosini nazorat qilib borish.

2025 yil

yanvar

 —

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Strategik islohotlar agentligi,

xalqaro va nodavlat tashkilotlar

Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratonini skrining, profilaktika, diagnostika qilish, davolash, kuzatish va reabilitatsiya qilishda yagona yondashuv asosida tibbiy yordam koʻrsatishning uzluksizligini taʼminlash.

1. Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratoni skriningi, diagnostikasi va davolash boʻyicha qoʻllanma (klinik protokollarni) ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish.

2. Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratoni skriningi, diagnostikasi, davolash va keyinchalik kuzatish tartibini ishlab chiqish.

Bunda quyidagilarni nazarda tutish:

kasallik bosqichi va tarqalganlik darajasidan kelib chiqib aniqlangan bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratonini davolash sxemalarini ishlab chiqish;

jarrohlik amaliyotini oʻtkazgan bemorlarni kuzatish, reabilitatsiya qilish va palliativ parvarishlash sxemalarini ishlab chiqish.

3. Diagnostika jarayonlarining sifat nazorati standartlarini ishlab chiqish.

2024-yil

yakuniga qadar

2025-yil

may

 —

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Strategik islohotlar agentligi,

xalqaro va nodavlat tashkilotlar (kelishuv asosida),

manfaatdor vazirlik va idoralar

Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratonini profilaktika, skrining, diagnostika qilish va davolashda ishtirok etuvchi tibbiyot muassasalarini standartlarga muvofiq jihozlash.

1. Tibbiyot muassasalari va ulardagi mavjud tibbiy jihozlarni xatlovdan oʻtkazish.

2. Bachadon boʻyni saratonini skrining qilish va koʻkrak bezi saratonini erta aniqlashda ishtirok etuvchi tibbiyot muassasalarini (birlamchi boʻgʻin va ixtisoslashtirilgan yordam koʻrsatish muassasalarini) jihozlashga qoʻyilgan talablarni qayta koʻrib chiqish.

3. Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratonini erta aniqlashda ishtirok etuvchi tibbiyot muassasalarini zarur tibbiy jihozlar bilan taʼminlash.

2025-yil

iyun

 —

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Strategik islohotlar agentligi

Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratoni profilaktikasi tizimini tatbiq etish.

1. Birlamchi boʻgʻin tibbiyot xodimlarining onkologik kasalliklar toʻgʻrisidagi hushyorligini oshirish, ayollar oʻrtasida onkologik kasalliklar rivojlanishi xavfi omillarini erta aniqlash choralarini koʻrish.

2. Oʻsmir qizlar oʻrtasida odam papillomasi virusiga (keyingi oʻrinlarda  —  OPV) qarshi emlashning yosh chegaralarini Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining yangilangan tavsiyalariga asosan qayta koʻrib chiqish hamda Milliy profilaktik emlash kalendarini qayta tasdiqlash.

3. OPV (jinsiy yoʻl bilan yuqadigan boshqa kasalliklar, jumladan, OIV infeksiyasi) yuqishi xavfini kamaytirish maqsadida yoshi va milliy urf-odatlarni hisobga olgan holda oʻgʻil bolalar va qizlarning reproduktiv tarbiyasi boʻyicha dasturlar (alohida ota-onalar va maktab oʻqituvchilari uchun) ishlab chiqish.

4. Barcha ayollar bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratoni belgilari paydo boʻlganda zudlik bilan ginekolog koʻrigidan oʻtish zarurligini keng targʻib qilish.

5. Tibbiyotning birlamchi boʻgʻini xodimlari uchun bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratonining birlamchi profilaktikasi masalalari boʻyicha treninglar va seminarlar tashkil etish, shu jumladan, motivatsion maslahat berish va ayollar bilan oʻzaro hamkorlik usullarini oʻrgatish.

6. Akusher-ginekolog va reproduktologlar tomonidan ayollarga gormonal dorilarni buyurishning qatʼiy mezonlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

2025-yil
1-yanvar

Xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Sanepidqoʻm,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Bachadon boʻyni saratonini erta aniqlash tizimini tatbiq etish.

1. Sogʻliqni saqlashning birlamchi boʻgʻinida 30 — 50 yoshdagi ayollarning elektron bazasini (roʻyxatini) shakllantirish, ushbu ayollarni rejali koʻrikdan oʻtishga taklif qilish tizimini yaratish.

2. Har yili 30, 40 va 50 yoshdagi ayollarda OPVni aniqlash orqali bachadon boʻyni saratoniga skrining qilish, ularni suyuqlik sitologiyasi usuli yordamida triajlash.

Bunda OPV testi musbat ayollarni triajlash natijasida oʻzgarishlar topilganda kolposkopiya usulida tekshirishni tashkil qilish.

2025-yildan boshlab

Xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Koʻkrak bezi saratonini erta aniqlash tizimini tatbiq etish.

1. Sogʻliqni saqlashning birlamchi boʻgʻinida 30 — 65 yoshdagi ayollarning elektron maʼlumotlar bazasini (roʻyxatini) shakllantirish, ushbu ayollarni rejali koʻrikdan oʻtishga taklif qilish tizimini yaratish.

2. Har 2 yilda bir marta 30 — 65 yoshdagi ayollarni koʻkrak bezi saratoniga skriningdan oʻtkazish.

Bunda 30 — 65 yoshdagi ayollar har 2 yilda bir marotaba tibbiyot xodimlari tomonidan birlamchi saralash hamda 45 yoshgacha boʻlgan ayollar koʻkrak bezini ultratovush tekshiruvi usulida, 45 — 65 yoshdagi ayollar mammografiya orqali koʻrikdan oʻtkaziladi.

2025-yildan boshlab

Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratonini diagnostika qilish sifatini nazorat qilish amaliyotini joriy etish.

1. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzurida Mammografiya tasvirini oʻqish markazi (yagona riding markazi)ni tashkil etish hamda uni mammografik skriningni boshqarish va sifatini nazorat qilish axborot tizimida (screening.mammo.uz) tuman (shahar) tibbiyot muassasalarining mammografik kabinetlari bilan integratsiya qilish.

Bunda keyingi 5 yil ichida Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratonini nazorat qilish dasturi ehtiyojlarini taʼminlash uchun tasvirlarni arxivlash va aloqa tizimi (PACS) va yetarli server sigʻimini taʼminlash.

2. Nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan erta diagnostika qilish maqsadida oʻtkazilayotgan mammografiya tekshiruvlarini Yagona riding markaziga ulash sharti bilan Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi orqali moliyalashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Bunda mammografiya tekshiruvlari xarajatlarini qoplash narxlari (tariflar) belgilanishini taʼminlash.

3. Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzurida referens-laboratoriya tashkil etish.

Bunda OPV testlari sifatini monitoring qilish va patologik sitologik surtmalarni markazlashtirilgan tarzda oʻqishni yoʻlga qoʻyish. Yagona laboratoriya va hududiy filiallarning axborot tizimlarini bachadon boʻyni saratoni skrining axborot tizimi platformasi bilan integratsiya qilish.

4. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi Yagona riding markazi va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi referens laboratoriya faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

5. Yagona riding markaziga 8 ta shtat birligi ajratish.

6. Mammografiya bajarish standartlariga amal qilish va ayollarga muolaja zararini kamaytirish maqsadida:

tasvirga olish uchun sifat nazorati protokolini yaratish;

rentgen laborantlar va radiologlar uchun kundalik va haftalik sifat nazorati testlari boʻyicha oʻqishni tashkil etish;

texnik nosozlik sababli qayta mammografiyalar koʻrsatkichini har bir mammografiya kabinetlari kesimida muntazam nazorat qilish;

PGMI (joylashishni aniqlash va sifat) va BIRADS (radiologlar hisoboti) vositalaridan foydalangan holda mammografiya tasvirlarini keng qamrovli baholashdan oʻtkazish. Bunda, intervalli saraton kasalliklariga alohida eʼtibor qaratish;

har bir radiolog tomonidan oʻqilgan tasvirlar boʻyicha yozuvlarni saqlash va radiologlarning ish yukini maqbullashtirish;

axborot tizimida birinchi oʻqishni amalga oshirgan radiologlarga ikkinchi va uchinchi oʻqish xulosalari bilan tanishishga ruxsat berish hamda kasallik aniqlangan (BIRADS 0/4/5) bemorlar muhokamasida ishtirokini taʼminlash;

axborot tizimida ultratovush va biopsiya natijalarini, mammolog koʻrigi va yakuniy tashxisni qayd etishni taʼminlash.

2025-yildan boshlab

Xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Koʻkrak bezi saratonining diagnostikasi sifatini nazorat qilish tizimini joriy etish.

1. Koʻkrak bezi saratonining yakuniy tashxisini multidissiplinar tibbiy jamoa ishtirokidagi konsilium xulosasiga asosan qoʻyilishini taʼminlash.

2. Aniq lokalizatsiya va davolashni rejalashtirishga yordam berish uchun paypaslanmaydigan va ultratovush bilan koʻrinmaydigan oʻsmalarni (ignali/ignasiz) markerlashni rivojlantirish.

Sifatni nazorat qilish jarayonini kuchaytirish, mammografik tasvirlarning ishonchliligi va aniqligini taʼminlash uchun mavjud sinov obyektlaridan (koʻkrak bezining patologiyasini toʻgʻri taqlid qiluvchi Plexiglas fantomi) foydalanish.

3. Koʻkrak bezi saratonining diagnostikasi va bosqichini aniqlash uchun radiologik xizmatlardan jumladan, ultratovush, magnit-rezonans tomografiya, kompyuter tomografiyasi va pozitron-emission tomografiyasidan foydalanish.

4. Barcha koʻkrak bezi saratoni bilan ogʻrigan bemorlarning patolomorfologik hisobotiga pTNM bosqichlari haqidagi maʼlumotlarni kiritish hamda yiliga kamida bir marta pTNM natijalari tahlilini oʻtkazish.

5. Barcha koʻkrak bezi saratoni bilan kasallangan bemorlarning tasnifiga 0-bosqichni kiritish.

2025-yildan boshlab

 —

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratonini davolash sifatini nazorat qilish amaliyotini joriy qilish.

1. Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratonini davolash protokollarini ilmiy asoslangan maʼlumotlarga mos yangilash.

2. Joriy milliy onkologiya dori vositalari roʻyxatini uning JSST muhim onkologiya dorilari roʻyxatiga mos kelishini taʼminlash uchun qayta koʻrib chiqish hamda eng asosiy ehtiyojlar toʻliq qoplanishini taʼminlash uchun ularni ustuvor guruhlar boʻyicha tasniflash.

3. Onkologiya dorilarini tayyorlash, aralashtirish, qayta tayyorlash uchun Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallarining klinik farmakologlarini oʻqitish.

4. Tibbiyot muassasalarida tibbiyot xodimlari tomonidan dori, sarflash materiallari va tibbiyot asbob-uskunalari bilan xavfsiz ishlash talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

5. Radioterapiya uskunalari bilan taʼminotni qisqa, oʻrta va uzoq muddatli bosqichlarda rejalashtirish uchun radioterapiyaga boʻlgan taxminiy va real ehtiyojni baholash.

6. Chiziqli tezlatkichlardan foydalanish samaradorligini oshirish.

7. Radioterapevt onkologlarning multidissiplinar jamoa konsiliumi va yigʻilishlarida ishtirok etishini taʼminlash.

8. Koʻkrak bezini saqlab qolish maqsadida jarrohlik yoki boshqa standart davo turlari bilan birga radioterapiyadan foydalanishni nazarda tutish.

9. Bemorlarni, xodimlarni va atrof-muhitni himoya qilish uchun jarrohlik boʻlimlarida onkologik dori-darmonlarni tayyorlash va bemorlarga qoʻllashni man qilish.

10. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallari amaliyotiga limfa tugunlari biopsiyasini (SLNB) joriy etish.

11. Davlat budjetidan bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratonini davolash uchun ajratilayotgan mablagʻlar maʼlumotlarni boshqarishning yagona elektron tizimi maʼlumotlari asosida maqsadli yoʻnaltirilishini taʼminlash.

12. Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratonini davolash muolajalari katalogini yaratish.

13. Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratoni kasalligini davolashning aniq qiymatini hisoblash.

2025-yildan boshlab

Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratoniga chalingan yoki uni oʻtkazgan ayollarga ijtimoiy va psixologik yordam koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish.

1. NNT bilan hamkorlikda bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratoniga chalingan yoki uni oʻtkazgan ayollarga ijtimoiy va psixologik yordam koʻrsatishni tashkil etish.

2. Reproduktiv tizim onkologik kasalliklariga chalingan ayollarni emotsional va psixologik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tibbiyot xodimlarini ixtisoslashtirilgan tarzda oʻqitish.

3. Zaruratga koʻra, xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratoniga chalingan ayollarga keys-menejment orqali ijtimoiy va psixologik xizmatlar koʻrsatish.

4. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami mutaxassislari tomonidan palliativ tibbiy xizmatga muhtoj bemorlarga uyda tibbiy xizmat koʻrsatish tizimini joriy etish.

2025 — 2026 yillar

Xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

Skrining tekshiruvi, bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratonini dastlabki bosqichlarida aniqlash va davolash masalalari boʻyicha aholining xabardorlik darajasini oshirish.

1. Aholi uchun axborot va targʻibot kampaniyasining rejasi, jadvali, kontenti va kanallarini ishlab chiqish.

2. Turli maqsadli guruhlar (oʻsmirlar, katta yoshli ayollar, erkaklar) uchun bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratonining xavf omillari (tamaki chekish va alkogol ichimlik isteʼmol qilish), profilaktikasi, erta aniqlash va davolashning muhimligi toʻgʻrisida oʻquv materiallari, shu jumladan, broshyuralar, bukletlar, onlayn resurslar va boshqalarni ishlab chiqish.

3. Televideniye, radio, internet va bosma ommaviy axborot vositalari orqali keng koʻlamli axborot kampaniyalarini tashkil etish.

4. Bemorlar hamjamiyatini yaratish, axborot tarqatish va tadbirlar oʻtkazishga koʻmaklashish uchun mahalliy jamoalar va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

5. Saratonga chalingan bemorlar yoki ularning yaqinlari qaror qabul qilishi uchun maʼlumot olishlari mumkin boʻlgan bepul onlayn maʼlumotnoma xizmatini yaratish.

6. Saratonga chalingan ayollar uchun davolanishning turli usullaridan oʻz vaqtida foydalanishni taʼminlash va davolanishdan voz kechmaslik uchun davolash xizmatlari boʻylab harakatlanishga yordam beradigan navigatorni ishlab chiqish.

Bunda hamshiralar yoki koʻngillilar (ayniqsa, saraton kasalligidan omon qolganlar) navigator sifatida oʻqitilishi mumkin.

7. Aholi orasida quyidagi maqsadlarda ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish:

maqsadli guruhdagi ayollar skriningdan oʻtganligi va ularning koʻrsatilgan xizmatlardan qoniqish darajasini baholash;

aholining xabardorlik darajasini baholash;

axborot kampaniyalarining samaradorligini baholash.

2025 — 2030 yillar

Koreya Respublikasining
KOFIH jamgʻarmasi mablagʻlari
(kelishuv asosida)

hamda
boshqa xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Strategik islohotlar agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratonini nazorat qilish sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish.

1. Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratonini nazorat qilish sohasida yangilangan protokollar boʻyicha birlamchi boʻgʻin mutaxassislarini tayyorlash.

Oilaviy shifokorlar, ginekologlar, patronaj doya va hamshiralarni saratonning ilk belgilari, alomatlari boʻyicha ayollarni xabardor qilish, belgilar aniqlanganda yoʻnaltirish va kuzatish boʻyicha oʻqitishni tashkil etish.

2. Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzurida Trening markazini tashkil etish.

Bunda bachadon boʻyni saratoni skriningi, diagnostikasi, saratonoldi kasalliklarini davolash va koʻkrak bezi saratoni klinik palpatsiyasi boʻyicha ginekologlar uchun bir yillik oʻquv kursini tashkil etish.

Barcha koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarning onkonazorat xonalari ginekologlarini bir yillik kursda oʻqitish va sertifikatlash.

3. Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filiallarida birlamchi boʻgʻin mutaxassislari (oilaviy shifokorlar, doyalar, ginekologlar, sitologlar, OPV tahlilini amalga oshiruvchi shifokor-laborantlar) uchun bachadon boʻyni saratoni skrining algoritmi, OPV aniqlangan va sitologik surtma anomal boʻlgan ayollarni kolposkopiya tekshiruvidan oʻtkazish va saratonoldi kasalliklarni davolash boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazish uchun oʻquv markazlarini tashkil etish.

4. Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratoni diagnostikasi va uni davolashning zamonaviy usullarini joriy etish.

Jumladan, poliklinikalardagi ultratovush shifokorlarini koʻkrak bezini ultratovush tekshiruvi boʻyicha oʻqitish.

5. Hududlarda gistologiya xizmatini mustahkamlash.

6. Quyidagi tibbiy taʼlim muassasalarida oila tibbiyoti, ginekologiya, onkologiya, suyuqlik sitologiyasi, virusologiya, kolposkopiya, patomorfologiya (biopsiya), hamshiralik ishi yoʻnalishlarida oʻquv dasturlarini xalqaro standartlar asosida yangilash:

barcha oliy tibbiy taʼlim muassasalari;

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi;

Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlari;

Respublika oʻrta tibbiyot v farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish markazi.

Ushbu taʼlim muassasalarida ginekologlar uchun kolposkopiya va koʻkrak bezlarining klinik palpatsiyasi, sitologlar uchun suyuqlik sitologiyasi, virusologlar uchun OPV diagnostikasi, onkologlar uchun bachadon boʻyni saratonini davolash, doyalar uchun surtma olish boʻyicha kurslarini tashkil etish.

2025-yildan boshlab

Koreya Respublikasining
KOFIH jamgʻarmasi mablagʻlari
(kelishuv asosida)

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratonini nazorat qilish va diagnostika qilishda ishtirok etuvchi tibbiyot xodimlarini moddiy rabatlantirish tizimini takomillashtirish.

1. Yagona riding markazining mammografiya boʻyicha ekspertlar guruhi tomonidan birinchi oʻqish va nazorat tartibida (ikkinchi) oʻqish uchun sunʼiy intellekt tizimidan foydalangan holda (screening.mammo.uz) axborot tizimida skrining mammogrammalarini gibrid oʻqishni tashkil etish.

2. Yagona riding markazning mammografiya boʻyicha ekspertlarga (screening.mammo.uz) tizimida oʻqilgan har bir mammogramma uchun hamda referens laboratoriyada har bir oʻqilgan suyuqlik sitologiyasi uchun shifokor-sitologlarga ishbay haq toʻlash mexanizmini joriy etish.

2025-yil
yanvar

Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Xalqaro standartlarga muvofiq bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratonini nazorat qilish sohasida faoliyat yuritayotgan tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish.

1. Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratonini nazorat qilish dasturida qatnashuvchi tibbiyot muassasalarini ularning zarur talablar asosida jihozlanganligi va infratuzilmasi boʻyicha kompleks baholash.

2. Zarur uskunalar roʻyxatini tuzish va moddiy-texnika bazasini yangilash va modernizatsiya qilish uchun ustuvor ehtiyojlarni aniqlash.

3. Har yili 30 50 yoshdagi ayollar uchun xalqaro standartlarga mos boʻlgan OPV tahlili uchun reagentlar va sarflov materiallarini xarid qilish.

Bunda:

2025-yil  —  3,4 mln AQSH dollari (Islom taraqqiyot banki  —  2,6 mln AQSH dollari, KOFIH jamgʻarmasi —  800 ming AQSH dollari);

2026-yil  —  3,5 mln AQSH dollari (Davlat budjeti va xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari);

2027-yil  —  3,5 mln AQSH dollari (Davlat budjeti va xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari);

2028-yil  —  3,6 mln AQSH dollari (Davlat budjeti va xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari);

2029-yil  —  3,7 mln AQSH dollari (Davlat budjeti va xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari);

2030-yil  —  3,7 mln AQSH dollari (Davlat budjeti va xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari).

4. Saratonoldi, bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratoni diagnostikasi uchun quyidagi zarur uskunalarni xarid qilish (Davlat budjeti mablagʻlari):

a) tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarida skrining tadbirlari uchun 14 ta raqamli statsionar mammograflar;

b) Yagona riding markazida tasvirlarni saqlash uchun server;

v) 1 500 nafar ayolda koʻkrak bezi saratonining erta diagnostikasi uchun bir martalik biopsiya toʻplamlari va operatsiyadan oldingi markerlar (oʻsmani fiksatsiya qiluvchi igna);

g) Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining hududiy filiallariga biopsiya olish va bachadon boʻyni saratonoldi kasalliklarini davolash uchun 14 ta radiotoʻlqinli jarrohlik apparatlari.

d) Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining hududiy filiallariga  —  14 ta, tumanlararo perinatal markazlarga  —  16 ta polimer zanjirli reaksiya apparati;

e) Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining hududiy filiallariga suyuqlik sitologiya surtmalarini tekshirish va Referens laboratoriyaga yuborish uchun 14 videokamerali binokulyar raqamli mikroskoplar.

5. Logistika tizimi hamda uskuna uzluksiz
va sifatli ishlashini taʼminlash uchun unga muntazam texnik xizmat koʻrsatish va kalibrovka qilishni joriy etish.







Xalqaro moliya tashkilotlari hamda
Davlat budjeti mablagʻlari



21,4 mln AQSH dollari









2,1 mln AQSH dollari


220 ming AQSH dollari

500 mln soʻm

(har yili)


224 ming AQSH dollari




Islom taraqqiyot banki mablagʻlari



Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari

500 mln soʻm

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratoni skriningi bilan qamrovni kengaytirish.

30 — 50 yoshdagi ayollarni bachadon boʻyni saratoni hamda 40 — 65 yoshdagi ayollarning koʻkrak bezi saratoni skriningi bilan qamrovini kengaytirish choralarini koʻrish.

20252030 yillar

Xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari

Saraton kasalligi nazorati sohasidagi loyihalarning amalga oshirilishini muvofiqlashtiruvchi kengash

Tibbiyot muassasalarini bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratoni nazorati sohasidagi malakali kadrlar bilan taʼminlash.

1. Yagona riding markazini radiolog shifokor (4 ta shtat birligi), epidemiolog (1 ta shtat birligi), maʼlumot tahlilchisi (1 ta shtat birligi) va axborot texnologiyalar mutaxassislari (2 ta shtat birligi) bilan taʼminlash.

2. Tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarning onkonazorat xonalarida akusher-ginekolog shifokor shtat birligini kiritish.

3. 2 ta navbatda ishni tashkil qilish uchun tibbiyot muassasalarida statsionar va mobil mammografik uskunalar bilan jihozlanganligiga qarab rentgen-laborant shtat birliklarini kiritish.

2025 yildan boshlab

Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Axborotni yigʻish, saqlash va tahlil qilishga oid maʼlumotlarni boshqarish hamda Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratonini nazorat qilish dasturi amalga oshirilishini monitoring qilishning yagona elektron tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

1. Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratoni boʻyicha maʼlumotlarni boshqarishning yagona elektron tizimini (skrining registrni) ishlab chiqish.

2. Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratoni boʻyicha maʼlumotlarni boshqarishning yagona elektron tizimini (kanser-registrni) ishlab chiqish.

Bunda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Saraton profilaktikasi markazidagi kanser-registr boʻlimini vrach-metodist (6 ta), epidemiolog (1 ta), maʼlumot tahlilchisi (2 ta) va IT mutaxassis (3 ta) uchun shtat birliklari bilan taʼminlash.

3. Qayta aloqa (mobil ilovalar va boshqalar) tizimini yoʻlga qoʻygan holda skrining-registr va kanser-registrni sogʻliqni saqlash amaliyotiga joriy etish.

4. Maʼlumotlarni boshqarishning yagona elektron tizimining mavjud tibbiy axborot tizimlari, shu jumladan, sogʻliqni saqlash elektron tizimi, kanser-registr va emlash elektron reyestri bilan integratsiyasini taʼminlash.

Bunda maʼlumotlarning aniq va toʻliqligini taʼminlash uchun tizimlar oʻrtasida axborotning avtomatik almashinuvini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, uzluksiz texnik qoʻllab-quvvatlash va texnik muammolarni operativ bartaraf etish.

2025 yil

may

Xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari




Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy

tibbiyot

markazi mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratonini nazorat qilish dasturini monitoring qilish mexanizmi va samaradorligini baholash hamda uni yaxshilash boʻyicha yoʻnalishlarni belgilash.

1. Samaradorlikning muhim koʻrsatkichlari (KPI), indikatorlar va qoʻllanmalar, Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratonini nazorat qilish dasturining turli jihatlarini, shu jumladan, aholini skrining bilan qamrab olish, bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratonini erta aniqlash, diagnostika va davolash sifati, bemorlar yashab qolish va tibbiy xizmatlardan qoniqishini monitoring qilish va baholash uchun ichki va tashqi audit tizimini xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda ishlab chiqish va joriy qilish.

Bunda monitoring qilishning asosiy indikatorlari sifatida quyidagilarni belgilash:

OPVga qarshi emlash bilan qamrov;

bachadon boʻyni/koʻkrak bezi saratoni skriningiga taklif qilish koʻrsatkichi;

bachadon boʻyni/koʻkrak bezi saratoni skriningi bilan maqsadli guruhlarni qamrab olish;

bachadon boʻyni/koʻkrak bezi saratoni skriningida qatnashishni rad etgan maqsadli guruhlardagi ayollar ulushi;

bachadon boʻyni/koʻkrak bezi saratoni diagnostikasi bilan qamrab olish;

bachadon boʻyni/koʻkrak bezi saratoni skriningi tekshiruvidan diagnostikaga qadar oʻtgan vaqt;

bachadon boʻyni/koʻkrak bezi saratoni gistologiya tekshiruvi orqali tasdiqlanganlar ulushi;

bachadon boʻyni/koʻkrak bezi saratoni gistologiya natijasiga asosan giperdiagnostika/soxta ijobiy natijalar koʻrsatkichi;

bachadon boʻyni/koʻkrak bezi saratoni tashxisi qoʻyilgandan keyin davolanishni boshlashgacha oʻtgan vaqt;

bachadon boʻyni/koʻkrak bezi saratonidan davolanishni boshlaganlar ulushi;

bachadon boʻyni/koʻkrak bezi saratonidan davolanishni tugatganlar ulushi;

bachadon boʻyni/koʻkrak bezi saratoni bilan yosh boʻyicha kasallanish koʻrsatkichi;

bachadon boʻyni/koʻkrak bezi saratoni bosqichlari kesimida kasallanish koʻrsatkichi;

bachadon boʻyni/koʻkrak bezi saratonidan yosh boʻyicha oʻlim holatlari;

bachadon boʻyni/koʻkrak bezi saratonida oraliq (interval) saraton darajasi;

bachadon boʻyni/koʻkrak bezi saratoni kasalligidan keyingi yashash koʻrsatkichi.

2. Maʼlumotlarni elektron usulda toʻplash orqali monitoring qilib borish va dashbordda axborot tizimiga ulash.

3. Muammoli yoʻnalishlar va yechimlarini aniqlash uchun yigʻilgan maʼlumotlarni doimiy tahlil qilgan holda hisobotlarning davriy nashrini taʼminlash.

4. Onkologiya sohasi, shu jumladan, nodavlat tibbiyot tashkilotlari mutaxassislaridan iborat mustaqil ekspert guruhlarini tashkil etish va muammoli yoʻnalishlar va ularning yechimlari boʻyicha ularning ekspert xulosalarini olish.

5. Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratonini nazorat qilish dasturining aholi salomatligiga, jumladan, kasallanish, oʻlim va yashab qolish koʻrsatkichlariga taʼsirini davriy baholash.

6. Maʼlumotlarning haqqoniyligini tasdiqlash uchun aholi va maqsadli guruhdagi ayollar oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazish hamda maʼlumotlarni soʻrovnoma natijalari bilan taqqoslash.

2025 yil

yanvar








2025 — 2030-yillar davomida
(har oyda)

Xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari








Respublikasining
KOFIH jamgʻarmasi

mablagʻlari
(kelishuv asosida)

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Strategik islohotlar agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratonini diagnostika qilish va davolash jarayonlariga yangi texnologiyalar va innovatsion usullarni joriy qilish.

1. Saraton bilan kasallangan ayollar orasida JSST bilan hamkorlikda DEDICA tadqiqotini oʻtkazish.

2. Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratonini diagnostika qilish va davolashda joriy va istiqbolli texnologiyalar va usullarni koʻrib chiqish.

3. Yetakchi xalqaro va milliy tadqiqot institutlari, texnologiya kompaniyalari va tibbiyot muassasalari bilan hamkorlik munosabatlarini oʻrnatish.

4. Tibbiyot xodimlarini yangi texnologiyalardan foydalanish, diagnostika qilish va davolash usullari boʻyicha xorijda oʻqitishni taʼminlash.

Bunda dasturni amalga oshirish uchun masʼul tibbiyot xodimlari (doya, ginekolog, sitolog, patomorfolog, onkolog) oʻqishini tashkil etish.

5. Investitsiyalarni jalb qilgan holda sinov hududlarda klinik sinovlarni oʻtkazish va keyinchalik diagnostikaning innovatsion texnologiyalari va usullarini baholash va joriy qilish.

2025 — 2030 yillar

Xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari





Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: moliyalashtirish manbalari va ajratiladigan mablagʻlar miqdoriga Sogʻliqni saqlash vazirligining hisob-kitoblariga muvofiq Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi PQ-402-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saraton kasalligi nazorati sohasidagi loyihalarning amalga oshirilishini muvofiqlashtiruvchi kengash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

E.E. Adilov

sogʻliqni saqlash vaziri, Kengash raisi

Lavozimi boʻyicha

(kelishuv asosida)

Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi

Lavozimi boʻyicha

(kelishuv asosida)

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi raisi

O.S. Imamov

sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari

O.R. Fazilkarimov

iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari

A.F. Umarova

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi masʼul xodimi

D.J. Aniyozova

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi masʼul xodimi

N.S. Nadirxanova

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

S. Kaya

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

D.Sh. Polatova

Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

M.S. Islamov

Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

A.A. Abdukayumov

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

Sh.T. Muxtarov

Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

S.I. Ismailov

Akademik V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

M.A. Saidov

Milliy tibbiyot markazi direktori

Z.Sh. Ermatov

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori

E.E. Gimranov

“Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator — “UZINFOCOM” MCHJ direktori

Lavozimi boʻyicha

(kelishuv asosida)

Oʻzbekiston Vrachlar assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston akusher-ginekologlar assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston onkologlar assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston urologlar ilmiy jamiyati, JSST, YUNFPA va boshqa xorijiy tashkilotlar vakillari

Lavozimi boʻyicha

(kelishuv asosida)

Nodavlat tibbiyot tashkilotlari vakillari

Lavozimi boʻyicha

Sogʻliqni saqlash vazirligi Davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish departamenti boshligʻi, Kengash kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Kengash raisiga zarur hollarda Kengash tarkibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolati beriladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PQ-238-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 07/26/238/0623-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi PQ-402-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratonini erta aniqlash hamda nazoratini amalga oshirish uchun zarur tibbiy jihozlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Muassasa nomi

Tibbiy asbob-uskunalar nomi

Polimeraza zanjirli reaksiya uskunasi

Radiotoʻlqinli jarrohlik uskunasi

Binokulyar raqamli mikroskop
(videokamerali)

Statsionar mammograf*

1.

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali

1

-

1

 

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali

1

 

 

1

2.

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon viloyati filiali

1

1

1

 

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon viloyati filiali

1

 

 

1

3.

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati filiali

2

1

1

 

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining  Buxoro viloyati filiali

1

 

 

1

4.

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax viloyati filiali

1

1

1

 

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax viloyati filiali

1

 

 

1

5.

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyati filiali

1

1

1

 

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyati filiali

1

 

 

1

6.

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Navoiy viloyati filiali

1

1

1

 

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Navoiy viloyati filiali

1

 

 

1

7.

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan viloyati filiali

1

1

1

 

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan viloyati filiali

1

 

 

1

8.

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand viloyati filiali

2

1

1

 

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand viloyati filiali

1

 

 

1

9.

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filiali

1

1

1

 

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filiali

1

 

 

1

10.

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Termiz shahri filiali

1

1

1

 

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Surxondaryo viloyati filiali

1

 

 

1

11.

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filiali

1

2

1

 

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filiali

1

 

 

1

12.

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar filiali

1

1

1

 

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar  filiali

1

 

 

1

13.

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Fargʻona viloyati filiali

1

1

1

 

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Fargʻona viloyati filiali

1

 

 

1

14.

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm viloyati filiali

1

1

1

 

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm viloyati filiali

1

 

 

1

Jami

30

14

14

14

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Statsionar mammograflar Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq tuman (shahar) tibbiyot muassasalariga beriladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2024-y., 07/24/402/0964-son; 25.06.2026-y., 07/26/238/0623-son)