18.11.2024 yildagi PQ-396-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon davlat texnika institutini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati iqtisodiyot tarmoqlari uchun zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega oliy maʼlumotli mutaxassis kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, oliy taʼlim tashkilotlarining mavjud resurslaridan samarali foydalanish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Andijon viloyati hokimligining Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining Andijon fakulteti negizida Andijon davlat texnika institutini (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobilsozlik, elektrotexnika, energetika, toʻqimachilik, muhandislik, qurilish va boshqa sanoat sohalari boʻyicha, shuningdek, hududning oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojiga muvofiq zamonaviy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega kadrlar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim jarayoniga ilm-fan va texnikaning soʻnggi yutuqlarini qoʻllash, xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori 300 talik roʻyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari tajribasi asosida taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaliy va fundamental ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion loyihalarning samaradorligini oshirish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslik sohalari boʻyicha taʼlim, ilm-fan, ishlab chiqarish oʻrtasida integratsiyani taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda talabalarning akademik almashinuvini taʼminlash, ularning taʼlim olishi va soha tashkilotlarida malakaviy amaliyotini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professor-oʻqituvchilarning sanoat korxonalarida stajirovka oʻtashini yoʻlga qoʻyish hamda mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarni har tomonlama yetuk kadrlar boʻlib yetishishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, ularda yuksak maʼnaviy va axloqiy fazilatlarni rivojlantirish, taʼlim-tarbiya va amaliyot uygʻunligini samarali tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon davlat texnika instituti faoliyatini tashkil etish hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon davlat texnika institutiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilayotgan obyektlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon davlat texnika institutiga biriktirilayotgan oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab yirik ishlab chiqarish korxonalarini Institutga sanoat hamkori sifatida biriktirish hamda ushbu tizimning samarali faoliyatini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutga yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida faoliyat yurituvchi chet ellik va (yoki) yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchisi boʻlgan mahalliy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2024/2025 oʻquv yili davomida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka talablari va fanning oʻquv dasturlari ish beruvchilarning takliflari hamda yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari dasturlari asosida xalqaro taʼlim standartlariga moslashtirilgan holda taʼlim jarayoniga joriy etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut boshqaruv kadrlari lavozimlariga oliy taʼlim tashkilotlarida yuqori natijalar koʻrsatgan, uzoq yillik ish tajribasiga ega, xorijiy tillarni biladigan, nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olgan yoki malaka oshirgan istiqbolli mutaxassislarni jalb etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutni tanlov asosida ishlab chiqarish, oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida katta ilmiy va (yoki) amaliy tajriba orttirgan mutaxassislar, ustuvor ravishda, ilmiy darajaga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutda energetika muhandisligi, sunʼiy intellekt, mexatronika va robototexnika kabi yoʻnalishlarda kadrlar tayyorlash hajmi oshirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut talabalarining fanlarni oʻzlashtirish koʻrsatkichini va professor-oʻqituvchilarning faoliyat samaradorligini xalqaro standartlar asosida baholash tizimini joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutda Taʼlim xizmatlari markazini tashkil etib, talabalarga oʻqish davomida yuzaga keladigan tashkiliy va huquqiy masalalar boʻyicha barcha zarur xizmatlarning “yagona darcha” tamoyili asosida koʻrsatilishini yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning bakalavriat va magistratura bosqichlariga oʻqishga qabul qilingan iqtidorli talabalar uchun alohida guruhlarda darslarni xorijiy tillarda oʻtkazishni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining Andijon fakultetida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishini Institutda davom ettiradi va 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda Institut diplomi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Institut davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida faoliyat yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Institut faoliyatini moliyalashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti mablagʻlari, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar, xoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar, homiylik xayriyalari va grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2025-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov hamda Andijon viloyati hokimi Sh.K. Abduraxmanov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 18-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-396-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-noyabrdagi PQ-396-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon davlat texnika instituti faoliyatini tashkil etish hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun masʼullar

I. Andijon davlat texnika instituti faoliyatini tashkil etish

1.

Andijon davlat texnika instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) faoliyatini tashkil etish.

1. Institut ustavini ishlab chiqish, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

2025-yil yanvar

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Institut

2. Institut fakultetlari va kafedralari faoliyatini tashkil etish.

3. Institutning tuzilmasi va xarajatlar smetasini tasdiqlash.

4. Institutni tajribali va yuqori malakali mutaxassislar (pedagog xodimlar) bilan toʻldirish.

2025-yil yanvar

2.

Institut fakultetlari va kafedralari faoliyatini tashkil etish.

1. Tajribali mutaxassislar, pedagog xodimlar va olimlardan iborat ishchi guruh tuzish.

2. Kadrlar buyurtmachilarining talablariga mos tashkil etilishi zarur boʻlgan kafedralar roʻyxatini shakllantirish.

3. Kafedralarni zarur oʻquv-uslubiy va meʼyoriy-uslubiy hujjatlar bilan taʼminlash.

2025-yil yanvar

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

3.

Institutni tajribali va yuqori malakali mutaxassislar va pedagog xodimlar bilan toʻldirish.

1. Xorijiy va mahalliy malakali mutaxassis va pedagog xodimlarni belgilangan tartibda ochiq tanlovlar asosida saralab olish.

2. Mehnat qonunchiligi talablari asosida pedagog xodimlarni ishga qabul qilish va mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish.

3. Kafedralarning professor-oʻqituvchilar tarkibini shakllantirish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

4. Andijon mashinasozlik instituti hamda Andijon iqtisodiyot va qurilish institutining shtatlar soni maqbullashtirilishi natijasida ishdan boʻshatiladigan professor-oʻqituvchilar, ishchi va xizmatchilarni belgilangan tartibda ish bilan taʼminlash choralarini koʻrish.

2025-yil fevral

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Institut

II. Institutda oʻquv jarayonini tashkil etish, taʼlim sifatini taʼminlash, yangi pedagogik texnologiyalar va oʻqitish usullarini joriy etish

4.

Taʼlim jarayoniga xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʻor taʼlim texnologiyalari va oʻqitish metodikalarini joriy etish.

1. Malaka talablari va fan dasturlarini ish beruvchilarning takliflari hamda xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori 300 talik roʻyxatga kirgan yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari dasturlari asosida ishlab chiqish va joriy etish.

2. Ish beruvchilar takliflari va xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori 300 talik roʻyxatga kirgan oliy taʼlim tashkilotlari dasturlari asosida taʼlim yoʻnalishlaridan fanlar katalogini optimallashtirish.

2025-yil avgust

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

5.

Mashgʻulotlar boʻyicha talabalar fikrini oʻrganish (feedback) hamda oʻzaro tashrif (peer review) tizimini rivojlantirish.

1. Mashgʻulotlar boʻyicha talabalar fikrini oʻrganishga qaratilgan elektron platformani ishga tushirish.

2025-yil may

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

2. Mashgʻulotlar boʻyicha talabalar fikrini oʻrganish tahlili asosida tegishli chora-tadbirlarni belgilash.

2025/2026 oʻquv yili

6.

Taʼlimning zamonaviy pedagogik texnologiyalari va metodlaridan foydalanish samaradorligini oshirish.

1. Taʼlim jarayonini innovatsion taʼlim texnologiyalari asosida tashkil etish.

2025/2026 oʻquv yilidan

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

2. Taʼlim mazmunini kreativ fikrlash, innovatsion gʻoya va ishlanmalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi taʼlim texnologiyalari bilan boyitish.

2025-yil sentabr

7.

Axborot-resurs markazi fondini yangi avlod adabiyotlari bilan boyitib borish.

1. Taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisliklarga kiritilayotgan yangi fanlardan yetishmayotgan oʻquv adabiyotlari roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil noyabr

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

2. Yaratilgan yangi adabiyotlarni chop etish.

2025-yil dekabr

8.

Talabalarning amaliy kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida amaliy va sayyor mashgʻulotlarni tashkil etish.

1. Talabalarning amaliyotini viloyatdagi yirik ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida tashkil etish.

2025/2026 oʻquv yili

Institutning mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

2. Institut talabalarining amaliyotini samarali tashkil etish va doimiy monitoringini olib borish.

Amaliyot davrida

9.

Hamkor tashkilotlarda Institut kafedralari filiallarini tashkil etish.

1. Institutning taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan tashkilot va korxonalarda Institut kafedralarining filiallarini tashkil etish.

2025-yil dekabr

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut,

hamkor tashkilotlar

2. Kafedralar filiallarida mashgʻulotlar oʻtkazgan hamda talabalarning malakaviy amaliyot ishlariga rahbarlik va maslahatchilik qilgan xodimlarga Institut tomonidan soatbay ish haqi toʻlash.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

10.

Institutning 2 ta taʼlim yoʻnalishini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.

1. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha shartnomalar tuzish.

2026-yil yanvar

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi,

Institut

2. Xorijiy ekspertlar ishtirokida taʼlim dasturlarini xalqaro taʼlim talablariga moslashtirish.

2026-yil may

3. Xalqaro taʼlim talablariga moslashtirilgan taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.

2026/2027 oʻquv yili

11.

Institut professor-oʻqituvchilari va doktorantlarini xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga ilmiy stajirovka oʻtash va malaka oshirishga yuborish.

1. Institut professor-oʻqituvchilarining 2025 — 2027-yillarda xorijda ilmiy stajirovka oʻtash va malaka oshirish rejasini ishlab chiqish.

2025-yil iyun

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari va grant mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

2. Har yili kamida 5 nafar professor-oʻqituvchi va doktorantni xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga ilmiy stajirovka oʻtash va malaka oshirishga yuborish.

2025 — 2027-yillar

12.

Oʻquv jarayoniga xorijdan professor-oʻqituvchi hamda soha mutaxassislarini jalb qilish.

1. Yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari professor-oʻqituvchilarini oʻquv jarayoniga jalb qilish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2025-yil sentabr

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari va grant mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

2. Xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini bitirgan va faoliyat yuritayotgan vatandoshlarni oʻquv jarayonlariga jalb etish.

2025 — 2027-yillar

13.

Institut professor-oʻqituvchilarining soha yoʻnalishi boʻyicha respublikadagi ishlab chiqarish korxonalarida stajirovka oʻtashini tashkil etish.

1. Soha yoʻnalishi boʻyicha respublikadagi ishlab chiqarish korxonalarida professor-oʻqituvchilarning stajirovka oʻtashini tashkil etish boʻyicha dastur ishlab chiqish.

2026-yil yanvar

Institutning budjet vabudjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

2. Professor-oʻqituvchilarning respublikadagi ishlab chiqarish korxonalarida stajirovka oʻtashini tashkil etish.

2025 — 2027-yillar

14.

Institutni nufuzli xalqaro reyting tashkilotlari roʻyxatiga kirishga tayyorlash.

1. Institutni nufuzli xalqaro reyting tashkilotlari roʻyxatiga kiritish boʻyicha besh yillik chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2025-yil oktabr

Institutning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

2. Institutni nufuzli xalqaro reyting tashkilotlari roʻyxatiga kiritish boʻyicha chora-tadbirlar rejasida belgilangan maqsadli parametrlar ijrosini monitoring qilib borish.

2025 — 2027-yillar har olti oyda

3. Nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarida Institut profilini ochish.

2025-yil dekabr

4. Nufuzli xalqaro reyting tashkilotlari masʼullari ishtirokida Institut faoliyatini tahlil qilish.

2025-yil sentabr

15.

Institut talabalarini bevosita ishlab chiqarish amaliyotiga keng jalb qilish hamda ularda amaliy koʻnikmalarni shakllantirish.

1. Talabalarning amaliyotlarini maqsadli tashkil etish maqsadida ularni asosiy ish beruvchi korxona va tashkilotlarga biriktirish.

Har yili oktabr

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

2. Taʼlim shaklidan qatʼi nazar, tegishli taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha talabalar amaliyotlari tarmoq (soha)ning muayyan tashkilotlari va korxonalarida kelishuv (shartnoma) asosida tizimli ravishda oʻtkazilishini taʼminlash.

3. Talabalarning amaliyotni oʻtash davrida muayyan tashkilotlar va korxonalarda mavjud boʻsh ish oʻrinlariga ish joylashishiga koʻmaklashish.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

16.

Institutda xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori 300 talik roʻyxatga kirgan xorijiy nufuzli oliy taʼlim tashkilotlarining professor-oʻqituvchilari va mutaxassislari ulushini oshirish.

1. Oʻquv va ilmiy jarayonga xorijiy professor va oʻqituvchilarni, shuningdek, oʻquv jarayonini yanada takomillashtirish va hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish maqsadida xalqaro grantlar jalb qilish boʻyicha xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori 300 talik roʻyxatga kirgan oliy taʼlim tashkilotlari tajribasini oʻrganish.

2. 2025 — 2027-yillar mobaynida institutga yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalaridan eng kamida 100 nafar yuqori malakali oʻqituvchi va mutaxassislarni maʼruzalar oʻqish, maxsus kurslar tashkil etish hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun jalb qilish.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

Xalqaro grantlar,

Institut mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

17.

Yetakchi xorijiy taʼlim tashkilotlari bilan samarali hamkorlikni kengaytirish.

Institut professor-oʻqituvchilari, xodimlari va talabalarining nufuzli xalqaro taʼlim, ilmiy-amaliy koʻrgazmalar, yarmarkalar hamda xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida oʻtkaziladigan forumlar, konferensiyalar va simpoziumlarda ishtirokini taʼminlash.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

Xalqaro grantlar,

Institut mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

III. Institutning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirish hamda ilmiy ishlar natijadorligini taʼminlash

18.

Institut professor-oʻqituvchilari, ilmiy-tadqiqotchilari va talabalarining innovatsion texnologiyalarni yaratish hamda joriy etish borasidagi tashabbuskorligini oshirish.

1. Institutning tadqiqotchilari uchun Andijon shahridagi “Digital City” texnoparki bilan hamkorlik va shart-sharoitlar yaratish.

2025-yil noyabr

-

Institut,

Andijon viloyati hokimligi,

Innovatsion rivojlanish agentligi

2. Andijon davlat universitetidagi Yarim oʻtkazgichlar fizikasi ilmiy-oʻquv markazi bilan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish maqsadida hamkorlik oʻrnatish.

2025-yil dekabr

3. Institutda innovatsion texnologiyalarni yaratish hamda joriy etish borasidagi tadqiqotchilarning tashabbuskorligi va moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida “Spin-off” innovatsion korxonalarini tashkil etish.

2026-yil yanvar

19.

Professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilar ilmiy stajirovkalarini tashkil etish orqali ilmiy ishlar koʻlamini oshirish.

1. Institutning ilmiy-texnik hamda muhandis xodimlarining respublikada va yetakchi xorijiy taʼlim tashkilotlarida, ilmiy-tadqiqot markazlarida stajirovkalarini tashkil etish.

2. Andijon viloyatidagi yirik ishlab chiqarish korxonalarida stajirovkalarni tashkil etish boʻyicha dasturlar tayyorlash va amalga oshirish.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari

Institut,

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Innovatsion rivojlanish agentligi

20.

Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning ilmiy-texnologik vazifalarini hal etishga, ilgʻor xorijiy texnologiyalarni sinash va joriy etishga yoʻnaltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish.

1. Institut kafedralarining ilmiy tadqiqotlari yoʻnalishlarini belgilash, ilmiy loyihalar koʻlamini kengaytirish va tashkilotlarning buyurtmalari boʻyicha shartnomalar tuzish.

2. Andijon viloyatidagi korxonalarda mavjud muammolar boʻyicha mavzular bazasini shakllantirish va loyihalarni bajarish.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab doimiy

Hududdagi tarmoq korxonalarining mablagʻlari

Institut,

Andijon viloyati hokimligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

IV. Institutda maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish

21.

Institutda “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual oʻyinlarini tashkil etish.

1. “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual oʻyinlarini oʻtkazish tartibini tasdiqlash va jamoalarni shakllantirish.

2025-yil yanvar

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

2. “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual oʻyinlarini yuqori saviyada oʻtkazish va gʻoliblarni munosib ragʻbatlantirish.

Doimiy

22.

Institutda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni keng joriy etish.

1. Institutga tegishli binolardan beshta muhim tashabbusni qamrab oladigan xonalar ajratish va ularni tayyorlash.

2025-yil yanvar

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar,

homiylik mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Madaniyat vazirligi,

Institut

2. Xonalarni beshta muhim tashabbus doirasidagi zarur texnika va jihozlar bilan taʼminlash.

3. Institutda ashula va raqs ansambli hamda talabalar xor jamoasini tashkil etish.

2025-yil mart

23.

El ardogʻidagi sanʼatkor, shoir, yozuvchi, olim, davlat va jamoat arboblari bilan talabalar uchrashuvlarini tashkil etish.

1. El ardogʻidagi sanʼatkor, shoir, yozuvchi, olim, davlat va jamoat arboblari roʻyxatini shakllantirish.

2024-yil dekabr

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

2. Shakllantirilgan roʻyxatga muvofiq, seminar, ochiq muloqot va boshqa tadbirlarni, shu jumladan, masofaviy tarzda ham tashkil qilish.

3. Talabalarning teatr va muzeylarga tashrifini tashkil etish.

Reja asosida

24.

Talabalarni jismonan chiniqtirish va ularga sportda oʻz qobiliyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratib berish.

1. Institut talabalari orasida sport turlari boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqalarini tashkil etish.

2. Andijon viloyati oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida jismoniy tarbiya va sport musobaqalarini oʻtkazish.

Har yili reja asosida

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari,

Andijon viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari,

homiylik mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Sport vazirligi,

Andijon viloyati hokimligi,

Institut

25.

Talabalar yaratgan ijod namunalaridan koʻrgazmalar tashkil qilish imkonini beruvchi sanʼat galereyasi va dizayn studiyasini tashkil etish.

1. Sanʼat galereyasi hamda dizayn studiyasini tashkil etish boʻyicha loyiha hujjatlarini tayyorlash.

2025-yil iyun

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari,

Andijon viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari,

homiylik mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Institut

2. Sanʼat galereyasi hamda dizayn studiyasini jihozlash va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil sentabr

3. Sanʼat galereyasi hamda dizayn studiyasi faoliyatiga mutaxassislarni jalb etish.

4. Talabalar tomonidan yaratilgan sanʼat asarlari va dizaynerlik ishlari koʻrgazmalarini tashkil etib borish.

Doimiy

V. Institut faoliyatini raqamlashtirish va taʼlim jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish

26.

Institut kampusi va ulardagi bino-inshootlarda IT infratuzilmasini takomillashtirish.

1. Institutning mavjud binolarida IT infratuzilma holatini xatlovdan oʻtkazish.

2. Xatlov natijalariga koʻra talab etiladigan IT qurilmalarni xarid qilish.

2025-yil oktabr

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

27.

Institut faoliyatiga boshqarishning zamonaviy texnologiyalarini tatbiq etish.

1. “NEMIS” oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimini oʻrnatish, sozlash va ishga tushirish.

2. Axborot tizimiga Institutning professor-oʻqituvchilari, xodimlari hamda talabalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻliq kiritilishini taʼminlash hamda taʼlim tashkilotlariga tegishli maʼlumotlarni birlashtirish.

2025-yil sentabr

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

28.

Talabalarga koʻrsatilayotgan xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida tashkil etish maqsadida Taʼlim xizmatlari markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Taʼlim xizmatlari markazi nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Taʼlim xizmatlari markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil noyabr

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

29.

Institutning kutubxona fondini raqamlashtirish va elektron kutubxona tizimiga kiritish.

1. Institutda mavjud kutubxona fondini xatlovdan oʻtkazish hamda raqamlashtirilishi lozim boʻlgan resurslar roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil oktabr

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

2. Roʻyxat asosida barcha resurslarni raqamlashtirish hamda elektron kutubxona tizimiga kiritish.

2025/2026 oʻquv yili davomida

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-noyabrdagi PQ-396-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon davlat texnika institutiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilayotgan obyektlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Obyektning nomi

Manzili

Egallagan maydoni,

(m2)

Balansda saqlovchi

1.

1-oʻquv binosi

Andijon shahri, Bobur shohkoʻchasi, 56-uy

8012,56

Andijon mashinasozlik instituti

2.

2-oʻquv binosi

Andijon shahri, Bobur shohkoʻchasi, 56-uy

3462,18

3.

3-oʻquv binosi

Andijon shahri, Bobur shohkoʻchasi, 39a-uy

8066,89

4.

4-oʻquv binosi

Andijon shahri, Bobur shohkoʻchasi, 32-uy

5700,84

5.

Axborot-resurs markazi binosi

Andijon shahri, Bobur shohkoʻchasi, 56-uy

482,4

6.

Oʻquv-laboratoriya ishlab chiqarish markazi binosi

Andijon shahri, Bobur shohkoʻchasi, 39a-uy

1487,0

7.

1-son talabalar turar joyi binosi

Andijon shahri, Bobur shohkoʻchasi, 56-uy

4050,34

8.

2-son talabalar turar joyi binosi

Andijon shahri, Bobur shohkoʻchasi, 39a-uy

4246,87

9.

1-son oʻquv binosi

Andijon shahri, A. Navoiy shohkoʻchasi, 15a-uy

34900,0

Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-noyabrdagi PQ-396-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon davlat texnika institutiga biriktirilayotgan oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Taʼlim tashkiloti nomi

Quvvati

1.

Andijon davlat texnika institutining akademik litseyi (sobiq Andijon mashinasozlik institutining akademik litseyi)

720

2.

Andijon qurilish va transport texnikumi

930

3.

Andijon shahar 1-son politexnikumi

600

4.

Andijon shahar 2-son politexnikumi

750

5.

Andijon shahar 3-son politexnikumi

660

6.

Andijon shahar 4-son politexnikumi

720

7.

Andijon tuman 1-son politexnikumi

450

8.

Andijon tuman 3-son politexnikumi

765

9.

Asaka transport va mashinasozlik texnikumi

900

10.

Asaka tuman 2-son politexnikumi

450

11.

Asaka tuman 3-son politexnikumi

720

12.

Baliqchi tuman 1-son politexnikumi

750

13.

Baliqchi tuman 2-son politexnikumi

615

14.

Buloqboshi tuman 1-son politexnikumi

1005

15.

Buloqboshi tuman 2-son politexnikumi

615

16.

Boʻston tuman politexnikumi

600

17.

Jalaquduq tuman 1-son politexnikumi

615

18.

Jalaquduq tuman 2-son politexnikumi

585

19.

Izboskan tuman 1-son politexnikumi

990

20.

Izboskan tuman 2-son politexnikumi

1005

21.

Qoʻrgʻontepa tuman 1-son politexnikumi

450

22.

Marhamat tuman 2-son politexnikumi

930

23.

Oltinkoʻl tuman 1-son politexnikumi

900

24.

Oltinkoʻl tuman 2-son politexnikumi

900

25.

Paxtaobod tuman 1-son politexnikumi

540

26.

Paxtaobod tuman 2-son politexnikumi

615

27.

Xonobod shahar 1-son politexnikumi

750

28.

Xoʻjaobod tuman politexnikumi

750

29

Shahrixon tuman 1-son politexnikumi

720

30.

Shahrixon tuman 2-son politexnikumi

825

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2024-y., 07/24/396/0959-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)