ILOVA
61-ILOVA
1-ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Ijro muddati | |||
1-bosqich | Tijorat banklari | Bank hisobvaraqlariga toʻqqiz oy mobaynida moliya-xoʻjalik faoliyati boʻyicha mablagʻlar tushmagan hollarda, uy-joy mulkdorlari shirkatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etadi. | uch ish kunida | |||
2-bosqich | Soliq xizmati organlari | Tijorat banklaridan maʼlumot tushgan va (yoki) toʻqqiz oy mobaynida soliq hisobotlarini taqdim etmagan uy-joy mulkdorlari shirkatlari toʻgʻrisida Tizim orqali tegishli idora va tashkilotlarni xabardor qiladi. | uch ish kunida | |||
3-bosqich | Idoralar va tashkilotlar | Tegishli xabarnoma tushgan kundan boshlab oʻzlarining maʼlumotlar bazasida uy-joy mulkdorlari shirkatlari toʻgʻrisida mavjud boʻlgan maʼlumotlarni Tizim orqali taqdim etadi. | besh ish kunida | |||
4-bosqich | Davlat xizmatlari markazi | Uy-joy mulkdorlari shirkatining harakatsiz holatga oʻtkazilganligi toʻgʻrisida oʻz rasmiy veb-saytida eʼlonni joylashtiradi; uy-joy mulkdorlari shirkatlarining qatnashchilariga tizimda tashkilotning harakatsiz holatga oʻtkazilganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi. | uch ish kunida | |||
5-bosqich | Tijorat banki | Harakatsiz holatga oʻtkazilgan shirkatning hisobvaraqlarini yopish va mablagʻlarni harakatsiz depozit hisobvaraqlariga oʻtkazadi. | bir ish kunida | |||
6-bosqich | Davlat xizmatlari markazi | Uy-joy mulkdorlari shirkati harakatsiz rejimga oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran uch yil ichida faoliyati tiklanmagan taqdirda, davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish va bu haqda davlat reyestriga tegishli yozuv hamda Tizimga tegishli oʻzgartirish kiritadi. | uch ish kunida | |||
7-bosqich | Davlat xizmatlari markazi | Uy-joy mulkdorlari shirkatining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarni bekor qilish. Agar ularni topish imkoni mavjud boʻlmasa, bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi. | uch ish kunida |
2-ILOVA
T/r | Maʼlumot turlari | Izoh |
1. | Shirkatning toʻliq nomi | |
2. | Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami | |
3. | Pochta manzili (joylashgan yeri) | |
4. | Xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki nomi | |
5. | Bank hisobvaragʻi | |
6. | Hisobvaragʻidagi qoldiq mablagʻlar | |
7. | Hisobvaraq ochilgan sana | |
8. | Hisobvaraq toʻxtatilgan sana | |
9. | 2-kartoteka boʻyicha qarzdorlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (mavjud boʻlsa) |