1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Muddat | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar |
I. Fizika-texnika va materialshunoslik sohalarida ilmiy faoliyatni jadallashtirish chora-tadbirlari | ||||
1. | Materialshunoslik institutida materiallarni tabiiy sharoitlarda quyosh nurlanishiga turgʻunligini oʻrganish sertifikatsion laboratoriyasini tashkil etish. | 2025-yil noyabr | Materialshunoslik instituti mablagʻlari, xalqaro hamkorlar mablagʻlari | Fanlar akademiyasi, Materialshunoslik instituti |
2. | Materialshunoslik institutida kompozit nanokukunlarni ishlab chiqarish tajriba-sanoat maydonini tashkil etish. | 2025-yil dekabr | Materialshunoslik instituti mablagʻlari, xalqaro hamkorlar mablagʻlari | Fanlar akademiyasi, Materialshunoslik instituti |
3. | “Katta Quyosh qurilmasi” noyob ilmiy obyektida vodorod energetikasi uchun yangi yashil texnologiyalari va materiallarini yaratish boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish. | 2025 — 2027-yillar | Davlat ilmiy dasturlari doirasida | Fanlar akademiyasi, Fizika-texnika instituti, Materialshunoslik instituti |
4. | “Uzbekistan GTL” MChJ korxonasi texnogen chiqindilaridan qimmatbaho metallarini ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish. | 2025-2026-yillar | “Uzbekistan GTL” MChJ mablagʻlari | Fanlar akademiyasi, Materialshunoslik instituti, “Uzbekneftgaz” AJ |
5. | Havo, suv va tuproqda radonning hajmiy faolligini oʻlchashga moʻljallangan va onlayn rejimda ishlovchi takomillashgan radonometr oʻlchov vositasini yaratish. | 2025-yil dekabr | Davlat ilmiy dasturlari doirasida | Fanlar akademiyasi, Fizika-texnika instituti, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ |
6. | Fizika-texnika va materialshunoslik sohalarining dolzarb mavzulari boʻyicha qoʻshma ilmiy va ommabop seminarlar oʻtkazish. | reja-grafik asosida | Mablagʻ talab etilmaydi | Fanlar akademiyasi, Fizika-texnika instituti, Materialshunoslik instituti |
7. | Xususiyatlari oldindan belgilangan funksional materiallarni yaratish boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish. | 2025 — 2027-yillar | Davlat ilmiy dasturlari doirasida | Fanlar akademiyasi, Materialshunoslik instituti, Fizika-texnika instituti |
8. | Elektronika, kon-metallurgiya va qurilish yoʻnalishlari uchun “aqlli” materiallar boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish. | 2025 — 2027-yillar | Davlat ilmiy dasturlari doirasida | Fanlar akademiyasi, Materialshunoslik instituti, Fizika-texnika instituti |
9. | Yangi turdagi yuqori samarali fotoelektrik va fotoissiqlik qurilmalarini yaratish. | 2025 — 2027-yillar | Davlat ilmiy dasturlari doirasida, xususiy buyurtmachilar mablagʻlari | Fanlar akademiyasi, Fizika-texnika instituti |
10. | Yangi turdagi yuqori samarali yarimoʻtkazgichli datchiklarni yaratish. | 2025 — 2027-yillar | Davlat ilmiy dasturlari doirasida | Fanlar akademiyasi, Fizika-texnika instituti |
II. Fizika-texnika va materialshunoslik sohalarida kadrlarni tayyorlash chora-tadbirlari | ||||
11. | Yarimoʻtkazgichlar fizikasi, qayta tiklanuvchi, jumladan, vodorod energetikasi ilmiy yoʻnalishlarida oliy malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash. | reja-grafik asosida | Davlat budjeti mablagʻlari | Fanlar akademiyasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fizika-texnika instituti, Materialshunoslik instituti |
12. | Materialshunoslik instituti va Toshkent kimyo texnologiyalari instituti oʻrtasida “Materialshunoslik” qoʻshma kafedrasini tashkil etish. | 2025-yil sentabr | Mablagʻ talab etilmaydi | Fanlar akademiyasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Materialshunoslik instituti |
13. | Fizika-texnika instituti va Toshkent davlat texnika universiteti oʻrtasida “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” qoʻshma kafedrasini tashkil etish. | 2025-yil sentabr | Mablagʻ talab etilmaydi | Fanlar akademiyasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fizika-texnika instituti |
14. | Materialshunoslik instituti va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Nazariy va amaliy tadqiqotlar instituti oʻrtasida nanotexnologiyalar boʻyicha qoʻshma laboratoriyani tashkil etish. | 2025-yil sentabr | Mablagʻ talab etilmaydi | Fanlar akademiyasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Materialshunoslik instituti |
15. | “Katta Quyosh qurilmasi” noyob ilmiy obyektida oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun “Yozgi maktab”larni tashkil etish. | reja-grafik asosida | Mablagʻ talab etilmaydi | Fanlar akademiyasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Materialshunoslik instituti, Fizika-texnika instituti |
III. Fizika-texnika va materialshunoslik sohalarida xalqaro ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantirish chora-tadbirlari | ||||
16. | “Katta Quyosh qurilmasi” noyob ilmiy obyekti negizida yangi materiallar sintezi boʻyicha xalqaro ilmiy xab tashkil etish. | 2025-yil dekabr | Xalqaro hamkorlar mablagʻlari | Fanlar akademiyasi, Materialshunoslik instituti, Fizika-texnika instituti |
17. | Materialshunoslik institutini “Kam karbonli texnologiyalar va innovatsiyalar xalqaro alyansi (ALTIC)”ra aʼzo boʻlish choralarini koʻrish. | 2025-yil dekabr | Mablagʻ talab etilmaydi | Fanlar akademiyasi, Materialshunoslik instituti |
18. | “Katta Quyosh qurilmasi” noyob ilmiy obyektida Butunrossiya aviatsiya materiallari instituti bilan uchuvchi apparatlar elementlarini yuqori haroratlarga bardoshligini sinovlardan oʻtkazish. | 2025-yildan boshlab reja-grafik asosida | Buyurtmachilar mablagʻlari | Fanlar akademiyasi, Materialshunoslik instituti |
19. | Materialshunoslik instituti yosh olimlarini Koreya sanoat texnologiyalari institutida vodorod energetikasi materiallarini yaratish yoʻnalishida amaliyotlarini tashkil etish. | 2025-yildan boshlab reja-grafik asosida | Innovatsion rivojlanish agentligi mablagʻlari hisobidan | Fanlar akademiyasi, Materialshunoslik instituti, Innovatsion rivojlanish agentligi |
20. | Yangi yarimoʻtkazgichli tuzilma va materiallarni yaratish boʻyicha xalqaro hamkorlikda (Italiya, Germaniya, Shveysariya, Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya v.b.) ilmiy tadqiqotlarini amalga oshirish. | 2025-yildan boshlab reja-grafik asosida | Davlat ilmiy dasturlari va loyihalari doirasida | Fanlar akademiyasi, Fizika-texnika instituti, Materialshunoslik instituti |
IV. Akademik S.A. Azimovning xotirasini abadiylashtirish chora-tadbirlari | ||||
21. | “Katta Quyosh qurilmasi” noyob ilmiy obyekti hududida S.A. Azimovning byustini oʻrnatish. | 2025-yil iyun | Tashabbuskorlar mablagʻlari | Fanlar akademiyasi, Madaniy meros agentligi |
22. | Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti binosining kirish qismiga akademik S.A. Azimovning xotirasiga bagʻishlangan yodgorlik lavhasini oʻrnatish. | 2025-yil iyun | Tashabbuskorlar mablagʻlari | Fanlar akademiyasi, Yadro fizikasi instituti |
23. | Akademik S.A. Azimov hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan xotira kitobini tayyorlash va chop etish. | 2025-yil iyun | Tashabbuskorlar mablagʻlari | Fanlar akademiyasi, Fizika-texnika instituti, Materialshunoslik instituti |
24. | S.A. Azimov xotirasiga fizikaning zamonaviy muammolariga bagʻishlangan xalqaro konferensiya oʻtkazish. | 2025-yil oktabr | Fanlar akademiyasi mablagʻlari | Fanlar akademiyasi, Fizika-texnika instituti, Materialshunoslik instituti |
25. | S.A. Azimov xotirasiga bagʻishlangan hujjatli film yaratish. | 2025-yil oktabr | Fanlar akademiyasi mablagʻlari | Kinematografiya agentligi, Fanlar akademiyasi |
26. | S.A. Azimov hayoti va ilmiy ijodiga bagʻishlangan telekoʻrsatuvlar ruknini tayyorlash. | 2025-yil davomida | Mablagʻ talab etilmaydi | Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi |
2-ILOVA