Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining
Qarori
Ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan qayta ishlanishi toʻgʻrisidagi maʼlumot koʻrsatilishi majburiy boʻlgan tovarlarning roʻyxati va ularning belgilarini tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 19-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3576]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-son “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi qaror qiladi:
1. Ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan qayta ishlanishi toʻgʻrisidagi maʼlumot koʻrsatilishi majburiy boʻlgan tovarlarning roʻyxati va ularning belgilari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oʻn sakkiz oydan keyin kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
Toshkent sh.,
2024-yil 18-oktabr,
14-mh-son
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A. JUMANAZAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 18-oktabr,
55-son
Kelishildi:
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi H. TURAXUJAYEV
2024-yil 5-oktabr
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil D. KASIMOV
2024-yil 11-oktabr
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
2024-yil 19-sentabr
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi D. VAXABOV
2024-yil 7-oktabr
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining
2024-yil 18-oktabrdagi 14-mh, 55-son qaroriga
ILOVA
2024-yil 18-oktabrdagi 14-mh, 55-son qaroriga
ILOVA
Ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan qayta ishlanishi toʻgʻrisidagi maʼlumot koʻrsatilishi majburiy boʻlgan tovarlarning roʻyxati va ularning belgilari







(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 10/24/3576/0946-son)