Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining
qarori
Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan tahlil (oʻrganish, koʻrik) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 14-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2196-5]
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-sentabrdagi OʻRQ-955-son “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2011-yil 10-fevraldagi 1-son qarori (roʻyxat raqami 2196, 2011-yil 18-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 7-8-son, 73-modda) bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan tahlil (oʻrganish, koʻrik) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais H. TURAXUJAYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 8-noyabr,
04/26-05/01-son
Kelishildi:
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2024-yil 31-oktabr
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2024-yil 8-noyabrdagi 04/26-05/01-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan tahlil (oʻrganish, koʻrik) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandning uchinchi va beshinchi xatboshilaridagi, 4-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “davlat boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 6-bandning ikkinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organi” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2024-y., 10/24/2196-5/0919-son)