05.09.2024 yildagi O‘RQ-955-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 23-aprelda qabul qilingan

Senat tomonidan 2024-yil 21-iyunda maʼqullangan

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi umumeʼtirof etilgan xalqaro normalar va standartlarni milliy qonunchilikka izchil implementatsiya qilish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga nogironligi boʻlgan shaxslarga boshqa fuqarolar bilan teng ravishda inson huquqlari va erkinliklarini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun bilan “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga nogironligi boʻlgan shaxslarning odil sudlovdan foydalanishga, saylash va saylanishga, referendumda ishtirok etishga, shuningdek taʼlim olishga boʻlgan huquqlarini taʼminlash uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyaga asosan “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni nogironligi boʻlgan shaxslar bilan muloqot qilish uchun qulay muloqot shakllarini, shuningdek ijtimoiy infratuzilma obyektlarini nogironligi boʻlgan shaxslarning ularga moneliksiz kirishi uchun moslashtirish asoslarini belgilovchi normalar bilan toʻldirilmoqda. Shuningdek maʼmuriy islohotlarni amalga oshirish maqsadida “davlat boshqaruvi organlari” degan tushuncha “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan tushuncha bilan almashtirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qonun inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi umumeʼtirof etilgan xalqaro normalar va standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish orqali nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari himoya qilinishini taʼminlashga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrda qabul qilingan “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-641-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 10, 594-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 6, 570-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muloqot — tillardan, matnlardan, Brayl alifbosidan, taktil muloqotdan, yirik shriftdan, qulay multimedia vositalaridan, xuddi shuningdek bosma materiallardan, audiovositalardan, odatiy tildan, shuningdek muloqotning kuchaytiruvchi va muqobil usullari, vositalari hamda shakllaridan, shu jumladan qulay axborot-kommunikatsiya texnologiyasidan foydalanish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi — oʻn ikkinchi xatboshilari tegishincha uchinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oqilona moslashtirish — nogironligi boʻlgan shaxslarning boshqalar bilan teng ravishda inson huquqlari va erkinliklarini amalga oshirishi uchun aniq bir holatda tuzatishlar kiritish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchi — oʻn uchinchi xatboshilari tegishincha toʻqqizinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 12-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlarining” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomidagi “Davlat boshqaruvi organlarining” degan soʻzlar “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “Davlat boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismidagi “Davlat boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga, xoʻjalik boshqaruvi organlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismidagi “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 23-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlar nogironligi boʻlgan shaxslarning, shu jumladan oʻrindiqli aravachalardan hamda yetaklovchi itlardan foydalanuvchi shaxslarning barcha ijtimoiy infratuzilma obyektlariga (turar joylarga, jamoat va ishlab chiqarish binolariga, imoratlar va inshootlarga, sogʻliqni saqlash va sport obyektlariga, madaniy-tomosha muassasalariga hamda boshqa muassasalarga) moneliksiz kirishi uchun shart-sharoitlar yaratishi hamda ijtimoiy infratuzilma obyektlarini oqilona moslashtirish boʻyicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirishi shart”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 3-bob quyidagi mazmundagi 301 va 302-moddalar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
301-modda. Odil sudlovdan foydalanish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat nogironligi boʻlgan shaxslar uchun boshqalar bilan teng ravishda odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini taʼminlaydi, shu jumladan sud protsessining barcha bosqichlarida, shuningdek surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida nogironligi boʻlgan shaxslarning qonunda belgilangan tartibda bevosita yoki bilvosita ishtirok etishini taʼminlashga qaratilgan choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
302-modda. Ijtimoiy-siyosiy hayotda ishtirok etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida bevosita yoki oʻz vakillari orqali ishtirok etishi, shu jumladan qonunda belgilangan tartibda saylash va saylanish, referendumlarda ishtirok etish huquqi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat saylov uchastkalarida (referendum uchastkalarida) nogironligi boʻlgan shaxslarning barcha toifalari, shu jumladan eshitish, koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan, oʻrindiqli aravachalardan foydalanuvchi shaxslar ovoz berishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) 31-moddaning oʻn birinchi qismidagi “Davlat boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi qismidagi “davlat boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn ikkinchi qismi “muloqot qilish usullari va vositalarini” degan soʻzlardan keyin “qulay multimedia vositalari va raqamli texnologiyalarini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) 48-moddaning uchinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 5-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-955-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/955/0688-son)