Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining
ILOVA
T/r | Ish turlari | Vaqt meʼyori, soat | Ish turlarining bajarilganligini aniqlash |
1. | Oʻquv (nazariy, amaliy, seminar va laboratoriya) mashgʻulotlarini oʻtkazish. | Oʻquv mashgʻulotlari oʻquv rejaga muvofiq tanaffussiz ikki akademik soatdan (80 minut) oʻtkaziladi. Bir akademik soatga 1 soat oʻquv yuklamasi yoziladi. | Oʻquv mashgʻulotlarining oʻtkazilganligi oʻquv mashgʻulotlari jurnali yoki elektron tizimda qayd etiladi. |
2. | Fanlar boʻyicha konsultatsiyalar oʻtish. | Shaxsiy ish rejasida belgilangan auditoriyadagi oʻquv soatlarining 5 foizi hajmida. | Konsultatsiyalar oʻtish jurnalida qayd etiladi. |
3. | Oraliq va yakuniy nazoratlarni baholash, shuningdek oʻquvchi qoldirgan (oʻzlashtirmagan) darslarining qayta topshirilishini qabul qilish. | Har bir oʻquvchi uchun: oraliq nazoratni baholashda — 0,2 soat; yakuniy nazoratni baholashda — 0,3 soat; qoldirilgan (oʻzlashtirilmagan) darslarni qayta topshirishni qabul qilishda — 0,3 soat. Oʻquvchi qoldirgan (oʻzlashtirmagan) darslarining qayta topshirilishini qabul qilishda bir oʻquv semestri davomida bir pedagog xodimga koʻpi bilan 20 soat beriladi. | Qoldirilgan (oʻzlashtirilmagan) darslarni qayta topshirish tegishli jurnal yoki qaydnomalarda aks ettiriladi. |
4. | Yakuniy davlat attestatsiyasini (bundan buyon matnda YADA deb yuritiladi) oʻtkazish. | Bitta bitiruvchi uchun: yozma va amaliy ishga 0,2 soat, ogʻzaki savol-javobga 0,3 soat va test sinoviga 0,1 soat ajratiladi. YADA komissiyasi aʼzosining bir kunlik oʻquv yuklamasi 6 soatdan oshmasligi lozim. Ogʻzaki va test shaklda oʻtkazilgan YADA sinovlarining jami soati unda ishtirok etgan komissiyaning har bir aʼzosiga beriladi. Yozma ish shaklida oʻtkazilgan YADA sinovlarining jami soati yozma ishni tekshirishda ishtirok etgan komissiya aʼzolari umumiy soniga boʻlinadi hamda ularga teng taqsimlanadi. | YADAda ishtirok etish tegishli buyruq va qaydnomalarda aks ettiriladi. |
5. | Zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida ochiq, muammoli, integratsiyalashgan oʻquv mashgʻulotlari va master-klasslarga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish. | Bitta ochiq, muammoli, integratsiyalashgan oʻquv mashgʻuloti uchun 10 soat. Bir oʻquv yilida koʻpi bilan 30 soat. Bitta master-klass uchun 10 soat. Oʻrta maxsus taʼlim muassasasi miqyosida oʻtkazilganda bir oʻquv yilida koʻpi bilan 30 soat, respublika miqyosida koʻpi bilan 40 soat, xalqaro miqyosda koʻpi bilan 60 soat. | Oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida oʻtkazilgan ochiq, muammoli, integratsiyalashgan oʻquv mashgʻuloti va master-klasslar tegishli rejalar va ularning oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi. |
6. | Malaka oshirish kurslarida oʻqish. | Malaka oshirish uchun bir oʻquv yilida 24 soat. | Malaka oshirish kurslarida oʻqiganligini tasdiqlovchi hujjat asosida aniqlanadi. |
7. | Fanga ajratilgan mustaqil ishni qabul qilish. | Har bir mustaqil ishni tekshirib, qabul qilish uchun 0,2 soat. | Oʻquv rejadagi mustaqil ishlarga ajratilgan soat asosida aniqlanadi. |
T/r | Ish turlari | Ish turlarining bajarilganligini aniqlash |
Oʻquv-metodik ishlari | ||
1. | Darslik va oʻquv qoʻllanmalarni yozish. | Joriy oʻquv yilida tegishli tashkilotlar (Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, oliy taʼlim muassasalari) tomonidan nashr etishga tavsiya etilgan darslik va oʻquv qoʻllanmalar asosida aniqlanadi. |
2. | Uslubiy qoʻllanmalarni tayyorlash. | Oliy taʼlim muassasasi oʻquv-uslubiy kengashi qarori bilan nashr etishga tavsiya etilgan uslubiy qoʻllanmalar asosida aniqlanadi. |
3. | Laboratoriya ishlariga uslubiy ishlanmalar tayyorlash, shuningdek virtual laboratoriya ishini tayyorlash va joriy etish. | Joriy oʻquv yilida tayyorlangan hamda oʻrta maxsus taʼlim muassasasi pedagogik kengashining qaroriga muvofiq maʼqullangan uslubiy ishlanmalar va virtual laboratoriya ishi ishlanmasi asosida aniqlanadi. |
Ilmiy-tadqiqot ishlari | ||
4. | Ilmiy va ilmiy-metodik maqola, tezis yozish. | Joriy oʻquv yilida tayyorlangan va nashr etilgan maqola, tezislar asosida aniqlanadi. |
5. | Falsafa doktori (PhD), fan doktori (DS) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tayyorlash va himoya qilish. | Avtoreferat, ilmiy daraja olish uchun dissertatsiya himoya qilganlik toʻgʻrisidagi oliy taʼlim muassasasi ilmiy kengashi bayonnomasi asosida. |
6. | Oʻquvchilarning fan, sport va ijodiy toʻgaraklariga rahbarlik qilish. | Toʻgaraklarga rahbarlik qilganlikni tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi. |
7. | Oliy taʼlim muassasasi oʻquv-uslubiy va ilmiy kengashlari, seminar, konferensiyalar va vebinarlarda ishtirok etish. Tashkilotlarda maʼruzalar qilish, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilish, shu jumladan huquqiy targʻibot ishlarini amalga oshirish. | Oliy taʼlim muassasasi oʻquv-uslubiy va ilmiy kengashlari, seminar, konferensiyalar va vebinarlardagi ishtiroki, tashkilotlarda maʼruzalar qilganligi, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilganligi, shu jumladan huquqiy targʻibot ishlarini tasdiqlovchi maʼlumotlar asosida aniqlanadi. |
Tashkiliy-pedagogik ishlar | ||
8. | Oʻrta maxsus taʼlim muassasasida jamoatchilik asosida yuklatilgan vazifalarni bajarish. | Oʻrta maxsus taʼlim muassasasi pedagogik kengashining qarori asosida aniqlanadi. |
9. | Oʻrta maxsus taʼlim muassasasiga iqtidorli oʻquvchilarni qabul qilish boʻyicha seleksiya ishlarida ishtirok etish. | Oʻrta maxsus taʼlim muassasasi pedagogik kengashining qarori asosida aniqlanadi. |
10. | Oʻquvchilarni fan olimpiadasiga, shuningdek xorijiy til va umumtaʼlim fanlaridan xorijiy va milliy sertifikat olish uchun tayyorlash. | Oʻquvchilarning fan olimpiadasida ishtiroki, shuningdek xorijiy til va umumtaʼlim fanlaridan xorijiy va milliy sertifikati asosida aniqlanadi. |
11. | Oʻzaro oʻquv mashgʻulotlari tahlilini olib borish. | Oʻzaro oʻquv mashgʻulotlariga kirish jadvali va tegishli rasmiylashtirilgan maʼlumotlar asosida aniqlanadi. |
12. | Ekspert komissiyalari faoliyatida ishtirok etish. | Ekspert komissiyalarini tashkil etish boʻyicha yuqori turuvchi tashkilotlarning hamda oʻrta maxsus taʼlim muassasasining buyruqlari asosida aniqlanadi. |
T/r | Ish turlari | Vaqt meʼyori, soat | Ish turlarining bajarilganligini aniqlash |
1-§. Oʻquv yuklamasining nazariy va amaliy komponentlari — 820 soat (oʻquv rejasi asosida) | |||
1. | Nazariy, amaliy, laboratoriya va seminar mashgʻulotlari hamda oʻquv, ishlab chiqarish va diplom oldi (pedagogik) amaliyotlarini oʻtkazish. | 1 akademik soat uchun — 1 soat | Oʻquv mashgʻuloti jurnali asosida. |
2-§. Oʻquv-metodik va ilmiy-tadqiqot ishlari — 560 soat * | |||
2. | Nazariy, amaliy, laboratoriya va seminar mashgʻulotlari boʻyicha konsultatsiyalar oʻtish. | Nazariy, amaliy, laboratoriya va seminar mashgʻulotlariga belgilangan oʻquv yuklamaning 5 foizi hajmida. | Oʻquv rejada har bir fan (modul) boʻyicha belgilangan oʻquv yuklamadan hisoblanadi. Direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosarining bildirgisi asosida. |
Bir guruh uchun YADAda belgilangan fan (modul)lardan umumlashgan maʼruzalar va maslahatlar oʻtkazish — 4 soat. | Professional taʼlim muassasasining pedagogik kengashi qaroriga asosan. | ||
Kasbiy amaliy imtihonlarga oʻquvchilarni tayyorlash — har bir oʻquvchi uchun — 2 soat. | Professional taʼlim muassasasi pedagogik kengashining qaroriga asosan ishlab chiqarish taʼlimi ustasi lavozimi mavjud boʻlmaganda nazarda tutiladi. | ||
3. | Bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish, maslahat va taqriz berish. YADA komissiyasi ishida ishtirok etish. | Har bir bitiruvchiga — 8 soat, jami 120 soatgacha ajratiladi. | Professional taʼlim muassasasi rahbarining tegishli buyrugʻi asosida. |
Har bir bitiruvchining bitiruv malakaviy ishiga taqriz berish — 0,5 soat. | |||
YADA komissiyasida bir kunlik ishtiroki uchun — 6 soat. | |||
4. | Oraliq va yakuniy baholashlarni oʻtkazish, shuningdek oʻquvchining qoldirgan (oʻzlashtirmagan) darslarini qayta topshirishini qabul qilish. | Har bir oʻquvchi uchun: oraliq nazoratga — 0,2 soat; Yakuniy nazoratga — 0,3 soat ajratiladi. | Oʻquv mashgʻuloti jurnali asosida. |
Yakka tartibdagi mashgʻulotlar olib boriladigan guruhdagi har bir oʻquvchi uchun: oraliq nazoratga — 0,5 soat; yakuniy nazoratga — 1 soat ajratiladi. | |||
Qoldirilgan (oʻzlashtirilmagan) darslarni qayta topshirishni qabul qilishda har bir oʻquvchi uchun — 0,2 soat. Bir oʻquv yilida koʻpi bilan 20 soat. | |||
Oʻquvchilarni mustaqil taʼlim ishlari boʻyicha baholash — har bir oʻquvchi uchun 0,4 soat. Bir oʻquv yilida koʻpi bilan 80 soat ajratiladi. | Professional taʼlim muassasasi pedagogik kengashining qarori bilan. | ||
5. | Ochiq darslar yoki master-klasslarga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish. | Bir ochiq dars uchun — 10 soat; | Direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan tasdiqlangan grafik asosida. |
Bir master-klass uchun — 20 soat; | |||
Master-klasslarni ommaviy axborot vositalariga yoritish — 40 soat. Bir oʻquv yilida ochiq dars uchun — 40 soat va master-klasslar oʻtkazish uchun — 80 soatdan oshmasligi kerak. | |||
6. | Nazariy, amaliy, laboratoriya va seminar mashgʻulotlari hamda oʻquv amaliyotlarini oʻtkazishga tayyorlanish. | Nazariy, amaliy, laboratoriya va seminar mashgʻulotlarini oʻtkazishga tayyorlanish uchun — oʻquv rejadagi fanlar (modullar) yuklamasining 50 foizi; | Ishchi oʻquv rejada pedagogga ajratilgan fan (modul) boʻyicha belgilangan soatlar boʻyicha hisoblanadi. |
Bir fan (modul)ning ishchi oʻquv dasturini ishlab chiqish uchun — 10 soat, takomillashtirish uchun — 5 soat. | Professional taʼlim muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlangan oʻqitish materiallari toʻplamlari asosida. Hammualliflikda tayyorlangan oʻqitish materiallari toʻplamlari mualliflar oʻrtasida teng taqsimlanadi. Raqamli taʼlim resurs materiallari ishlab chiqilgan va respublika miqyosida ommalashtirilgan oʻqitish materiallari toʻplamlari Professional taʼlimni rivojlantirish institutining tegishli mualliflik guvohnomasi asosida. | ||
Har bir fan (modul) oʻqitish materiallari toʻplamlari yoki raqamli taʼlim resurs materiallarini ishlab chiqish uchun oʻquv rejada oʻquv yili uchun belgilangan soatning 80 foizi, respublika miqyosida ommalashtirish uchun 100 foizi ajratiladi. | |||
Oʻqitish materiallari toʻplamlari yoki raqamli taʼlim resurs materiallarini takomillashtirish uchun oʻquv rejada oʻquv yili uchun belgilangan soatning 50 foizi ajratiladi. | |||
7. | Oʻquvchilarni fan (modul) olimpiadasi, kasbiy koʻrik tanlovga tayyorlash. | Tuman miqyosida ishtiroki uchun — 40 soat; | Professional taʼlim muassasasi rahbarining buyrugʻi asosida. Onlayn ishtirok etilgan koʻrik tanlovlarda professional taʼlim muassasaning pedagogik kengashi qarori asosida. Bunda, soatlarni hisobga olishda pedagog tomonidan erishilgan natija (natijalar) uchun eng yuqori boʻlgan bittasi inobatga olinadi. |
Viloyat miqyosida ishtiroki uchun — 80 soat; | |||
Respublika miqyosida ishtiroki uchun — 120 soat. | |||
8. | Taʼlim dasturlarini ishlab chiqish yoki takomillashtirish ishlarida ishtirok etish. | Bir kasb yoki mutaxassislik uchun taʼlim dasturini ishlab chiqishda ishtirok etish uchun — 100 soat, takomillashtirishda ishtirok etish uchun — 50 soat; | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyrugʻi yoki topshirigʻi hamda ishtirok etganligi toʻgʻrisidagi xat asosida. |
Bir fan (modul) yoki amaliyotning namunaviy oʻquv dasturini ishlab chiqish uchun bir fan (modul) yoki amaliyot yuklamasining 25 foizi, takomillashtirish uchun 15 foizi. | |||
Bir fan (modul) yoki amaliyotning ishchi oʻquv dasturini ishlab chiqish uchun bir fan (modul) yoki amaliyot yuklamasining 20 foizi, takomillashtirish uchun 10 foizi. | |||
9. | Ilmiy maqola yoki tezislar yozish va nashr ettirish. | Har bir maqola yoki tezis uchun: xalqaro miqyosda — 80 soat; respublika miqyosida — 60 soat; viloyat (shahar), tuman (shahar) miqyosida — 40 soat. | Joriy oʻquv yilida tayyorlangan va nashr etilgan ishlar asosida. Hammualliflikdagi maqolalarda soatlar mualliflar oʻrtasida teng taqsimlanadi. Davriy toʻplamlarda nashr etilgan ilmiy maqolalar respublika miqyosidagi maqolalarga tenglashtiriladi. Bir oʻquv yilida 180 soat ajratiladi. |
3-§. Tashkiliy-pedagogik ishlar — 100 soat* | |||
10. | Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari, shuningdek katta yoshdagilar oʻrtasida kasbga yoʻnaltirish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish. | Bir targʻibot-tashviqot ishlari uchun — 4 soat. | Professional taʼlim muassasasining rahbari tomonidan tasdiqlangan grafik asosida va amalda bajarilgan ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarining bildirgisi asosida. |
11. | Oʻzaro darslar tahlilini olib borish. | Bitta dars uchun — 2 soat. | Dars tahlili qaydnomasi asosida. |
12. | Professional taʼlim muassasasida tashkil etilgan fan, sport va kasb toʻgaraklarini olib borish. | Har bir toʻgarak uchun — 40 soat. Bir oʻquv yilida 80 soatgacha ajratiladi. | Professional taʼlim muassasasi pedagogik kengashining qaroriga binoan. |
4-§. Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar — 60 soat* | |||
13. | Sport, madaniy-maʼrifiy tadbirlar, koʻrik tanlovlar, seminar, trening va konferensiyalar oʻtkazish va ishtirok etish. | Sport, madaniy-maʼrifiy tadbirlar, koʻrik tanlovlar, seminar, trening va konferensiyalarni tashkil qilish: respublika miqyosida — 60 soat; viloyat (shahar) miqyosida — 40 soat; professional taʼlim muassasasida — 20 soat. bir koʻrik tanlov, seminar, trening va konferensiyalarda ishtirok etish uchun — 6 soat. | Professional taʼlim muassasasining rahbarining tegishli buyrugʻi va oʻtkazilgan tadbirlar bayonnomasi asosida. |