19.05.2016 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkilotining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hadli bitimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo-Tinch okeani mintaqasida transchegaraviy qogʻozsiz savdoni soddalashtirish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo-Tinch okeani mintaqasida transchegaraviy qogʻozsiz savdoni soddalashtirish haqidagi hadli bitim (bundan keyin “hadli bitim” deb ataladi)ni imzolovchi tomonlari (bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar),
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdoning oʻsish va rivojlanish drayveri sifatidagi muhimligini va mintaqaning raqobatbardoshligini saqlash va oshirish uchun xalqaro bitimlar samaradorligini oshirish zarurligini anglab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqada savdoning oshishiga va yangi oʻsishga olib keluvchi toʻsiqsiz savdo inklyuziv aloqani ragʻbatlantirish uchun muhim ahamiyatga egaligini qayd etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qogʻozsiz savdo xalqaro savdoning samaradorligi va shaffofligini oshirishi, shu bilan birga tartibga soluvchi talablarga, ayniqsa, savdo maʼlumotlari va hujjatlarini elektron shaklda transchegaraviy almashishga yanada qatʼiy rioya qilishga zamin yaratishini tan olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik eksport bozorlarida amalga oshirilgan savdo va taʼminot xavfsizligi tashabbuslari xalqaro taʼminot zanjirining barcha ishtirokchilarini maʼlumotlar va hujjatlarni elektron shaklda almashishga tobora koʻproq hissa qoʻshishini taʼkidlab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi koʻplab mamlakatlar hozirda savdo hujjatlarini qayta ishlashni tezlashtirish uchun milliy darajada tegishli elektron tizimlarni yaratish choralarini koʻrayotganligini hisobga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari oʻzlarining savdo shartnomalariga elektron maʼlumot almashish bilan bogʻliq qoidalarni tobora koʻproq kiritayotganini hisobga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon savdo tashkilotining toʻqqizinchi Vazirlar konferensiyasida Savdoni osonlashtirish toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha muzokaralar yakunlanganini va mazkur Bitimni amalga oshirishning ahamiyatini hisobga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dengizga chiqish imkoni boʻlmagan va tranzit mamlakatlar oʻrtasida elektron shaklda savdo maʼlumotlari va hujjatlarini oʻzaro tan olish va almashishni osonlashtirish tranzit vaqtlari va ular bilan bogʻliq xarajatlarni sezilarli darajada qisqartirishini hamda dengizga chiqish imkoni boʻlmagan mamlakatlarning savdo imkoniyatlarini oshirishga va rivojlanishga hissa qoʻshishini anglab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shuningdek, savdo maʼlumotlari va hujjatlarini elektron shaklda almashishni osonlashtirish, ayniqsa, kichik va oʻrta korxonalarning xalqaro savdoda yanada samarali ishtirok etishiga va ularning raqobatbardoshligini oshirishga yordam berishini anglab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning iqtisodiy, shuningdek, ularning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini turli rivojlanish darajalarini hisobga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir qator mamlakatlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tegishli jismoniy infratuzilmaning mavjudligi biznesning barqaror rivojlanishini taʼminlash uchun yetarli omil emasligini tan olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transchegaraviy qogʻozsiz savdodan maksimal foyda olish uchun qulay huquqiy muhit yaratish zarurligini taʼkidlab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transchegaraviy qogʻozsiz savdo tartibotlarini soddalashtirish, shuningdek, ushbu sohadagi faoliyatning keyingi bosqichlarini belgilash maqsadida Tomonlar oʻrtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish va kengaytirish uchun huquqiy bazani ishlab chiqishga intilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar boʻyicha kelishadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Maqsad
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu hadli bitimning maqsadi xalqaro savdo operatsiyalarining samaradorligi va shaffofligini oshirish hamda ularni tartibga solish talablariga yanada qatʼiy rioya qilishni taʼminlash maqsadida, elektron shaklda hujjatlar va savdo maʼlumotlarini oʻzaro tan olish va almashish uchun shart-sharoitlar yaratish hamda milliy va submintaqaviy “yagona darcha” va/yoki boshqa qogʻozsiz savdo tizimlarining oʻzaro muvofiqligini oshirishga koʻmaklashish orqali qogʻozsiz transchegaraviy savdoni rivojlantirishga koʻmaklashish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Qoʻllanish sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur hadli bitim Tomonlar oʻrtasidagi transchegaraviy qogʻozsiz savdoga nisbatan amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Taʼriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur hadli bitim maqsadlari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Transchegaraviy qogʻozsiz savdo” tovarlar savdosini, shu jumladan, ularning importi, eksporti, tranziti va tegishli xizmatlarni elektron xabarlar asosida amalga oshirish, shu jumladan elektron shaklda hujjatlar va savdo maʼlumotlarini almashishni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Elektron aloqa” Tomonlar tarafidan maʼlumotlar uzatish orqali amalga oshiriladigan har qanday aloqani anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) “Maʼlumotlar xabari” elektron, magnit, optik yoki shunga oʻxshash vositalar yordamida yaratilgan, yuborilgan, qabul qilingan yoki saqlanadigan maʼlumotlarni, shu jumladan elektron maʼlumotlar almashinuvini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “Savdo maʼlumotlari” savdo hujjatida mavjud boʻlgan yoki bunday hujjat bilan bogʻliq holda uzatiladigan maʼlumotlarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) “Savdo hujjatlari” tijorat operatsiyalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tijorat va normativ hujjatlarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) “Tijorat kelishuvlari” savdo joylari turli hududlarda joylashgan Tomonlar oʻrtasidagi tovarlar savdosi bilan bogʻliq kelishuvlarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “Oʻzaro tan olish” ikki yoki undan ortiq mamlakatlar oʻrtasida transchegaraviy almashilgan elektron shakldagi savdo maʼlumotlari va hujjatlarining haqiqiyligini oʻzaro tan olishni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) “Yagona darcha” savdo operatsiyalarida ishtirok etuvchi tomonlarga import, eksport va tranzit bilan bogʻliq barcha meʼyoriy talablarga rioya qilish maqsadida maʼlumotlar va hujjatlarni yagona kirish punkti orqali elektron shaklda taqdim etish imkonini beruvchi mexanizmni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) “Oʻzaro hamkorlik” ikki yoki undan ortiq tizim yoki komponentlarning axborot almashish va almashish natijasida olingan axborotdan foydalanish imkoniyatini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Talqin qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu hadli bitimni sharhlashda uning asosi boʻlgan umumiy tamoyillarga, uning xalqaro xarakteriga va uni qoʻllashda bir xillikni taʼminlash zaruratiga eʼtibor qaratish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Umumiy tamoyillar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu hadli bitimni amalga oshirishda quyidagi umumiy tamoyillarga amal qilish kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) funksional ekvivalentlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) elektron aloqa vositalaridan foydalanishda kamsitish boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) texnik betaraflik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) oʻzaro muvofiqlik darajasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) savdoni soddalashtirishning samaradorligini oshirish va meʼyoriy hujjatlarga yanada qatʼiy rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) davlat va xususiy sektor oʻrtasidagi hamkorlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) transchegaraviy ishonch makonini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar ushbu tamoyillarni savdo maʼlumotlari va hujjatlarini elektron shaklda almashishda qoʻllashni nazarda tutuvchi milliy qonunlar va meʼyoriy hujjatlarning qabul qilinishi umumiy ishonch darajalarini yaratishga va oʻzaro hamkorlikni kuchaytirishiga kelishib oldilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Milliy siyosat asoslari, qulay milliy normativ-huquqiy muhit va Qogʻozsiz savdo boʻyicha qoʻmita
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar qogʻozsiz savdo uchun milliy siyosat asoslarini ishlab chiqishga intilishadi, bunda ularga erishish maqsadlari va strategiyalari, ajratiladigan resurslar va qonunchilik asoslari aniqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar, birinchi navbatda, agar mavjud boʻlsa ilgʻor xalqaro standartlar va amaliyotlarni hisobga olgan holda, transchegaraviy qogʻozsiz savdo tizimlarining milliy operatorlari funksiyalariga taʼsir koʻrsatadigan qogʻozsiz savdo boʻyicha ijobiy milliy qonunchilikni yaratishga intilishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlar oʻzlarining milliy sharoitlarini hisobga olgan holda Hukumat va xususiy sektorning tegishli vakillaridan iborat milliy qoʻmitalarni tuzishlari mumkin. Ushbu qoʻmitalar savdo maʼlumotlari va hujjatlarni elektron shaklda almashish uchun qulay milliy meʼyoriy-huquqiy muhitni yaratishga, shuningdek, transchegaraviy qogʻozsiz savdoning operatsion muvofiqligini oshirishga yordam beradi. Alohida qoʻmita tuzish oʻrniga, tomonlar mamlakatda faoliyat yuritayotgan shunga oʻxshash organlardan ham foydalanishlari mumkin va ushbu organni yoki tegishli tashkiliy tuzilmani yoki unda tashkil etilgan ishchi guruhni ushbu hadli bitim uchun milliy qoʻmita sifatida belgilashlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Transchegaraviy qogʻozsiz savdo jarayonlarini soddalashtirish va “yagona darcha” tizimlarini yaratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar savdo maʼlumotlari va hujjatlarni elektron shaklda almashish uchun sharoit yaratish, buning uchun mavjud tizimlardan foydalanish yoki yangilarini yaratish orqali transchegaraviy qogʻozsiz savdoni rivojlantirishga koʻmaklashishga intilishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlarga “yagona darcha” tizimlarini yaratish va ularni transchegaraviy qogʻozsiz savdoni amalga oshirishda foydalanish tavsiya etiladi. “Yagona darcha” tizimlarini yaratishda yoki mavjud tizimlarni modernizatsiya qilishda ularning ushbu hadli bitimda koʻrsatilgan umumiy tamoyillarga muvofiqligini taʼminlash tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Savdo maʼlumotlari va hujjatlarni elektron shaklda transchegaraviy oʻzaro tan olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar boshqa Tomonlardan keladigan elektron shakldagi savdo maʼlumotlari va hujjatlarni, ekvivalent ishonchlilik darajasi asosida oʻzaro tan olinishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar ishonchlilikning ekvivalentlik darajasini ushbu hadli bitimda belgilangan institutsional jarayonlar orqali oʻzaro kelishib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlar transchegaraviy ishonch makonining tamoyillari va boshqa barcha umumiy tamoyillarga muvofiq, elektron shaklda savdo hujjatlari va maʼlumotlarni transchegaraviy oʻzaro tan olinishini taʼminlash maqsadida ikki tomonlama va koʻp tomonlama bitimlar tuzishi mumkin, bunda ikki tomonlama va koʻp tomonlama bitimlarning qoidalari ushbu hadli bitim qoidalariga zid boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Savdo maʼlumotlari va hujjatlarni elektron shaklda almashishning xalqaro standartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar qogʻozsiz savdo sohasida tezkor muvofiqlikni taʼminlash va maʼlumotlar almashish uchun xavfsiz va ishonchli aloqa vositalarini ishlab chiqish uchun xalqaro standartlar va koʻrsatmalarni qoʻllashga intilishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar xalqaro standartlarni ishlab chiqishda va transchegaraviy qogʻozsiz savdo sohasidagi ilgʻor amaliyotlarni ishlab chiqishda ishtirok etishga intilishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Transchegaraviy qogʻozsiz savdoni rivojlantirishga yordam beradigan boshqa xalqaro huquqiy hujjatlar bilan aloqa
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti organlari va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan tegishli xalqaro huquqiy hujjatlarni zaruriyat mavjud boʻlgan hollarda qabul qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar savdo maʼlumotlari va hujjatlarining transchegaraviy almashinuvini elektron shaklda xalqaro huquq normalariga, shuningdek ushbu hadli bitimga muvofiq yaratilgan institutsional mexanizmlar tomonidan belgilangan mintaqaviy va xalqaro meʼyoriy hujjatlar va ilgʻor amaliyotlarga muvofiqligini taʼminlashga intilishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Transchegaraviy qogʻozsiz savdoni rivojlantirishga yordam beradigan boshqa xalqaro huquqiy hujjatlar bilan aloqa
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) ushbu hadli bitim maqsadlari uchun har bir Tomonning bitta (1) yuqori darajadagi vakilidan iborat qogʻozsiz savdo boʻyicha Kengash tuzadi. Kengash oʻz yigʻilishlarini zaruriyatga qarab, lekin yiliga kamida bir marta oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻziga yuklangan funksiyalarni bajarishda qogʻozsiz savdo boʻyicha Kengashga ushbu hadli bitimni amalga oshirishni nazorat qiluvchi va muvofiqlashtiruvchi doimiy Qoʻmita yordam beradi va oʻz tavsiyalarini Kengashga koʻrib chiqish uchun taqdim etadi. Doimiy Qoʻmita har bir Tomonning katta vakillaridan iborat boʻlib, uning yigʻilishlari yiliga kamida bir marta oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu hadli bitimni amalga oshirish uchun doimiy Qoʻmita mazkur hadli bitimga muvofiq tegishli harakatlar rejasini amalga oshirish toʻgʻrisida doimiy Qoʻmitani maʼlumotlar bilan taʼminlaydigan ishchi guruhlarni tuzishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hadli bitim kotibiyatining vazifalari ESCAP kotibiyatiga topshiriladi. Shuningdek, u ushbu hadli bitimga muvofiq tuzilgan organlar uchun kotibiyat vazifasini bajaradi. U mazkur hadli bitimning bajarilishini muvofiqlashtirish, koʻrib chiqish va nazorat qilishni qoʻllab-quvvatlaydi va shu bilan bogʻliq barcha masalalar boʻyicha amaliy yordam koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kengash uchdan ikki qismdan iborat koʻpchilik ovozi bilan oʻz vazifalarini bajarish uchun zarur boʻlishi mumkin boʻlgan jarayonlar qoidalarini, shu jumladan doimiy Qoʻmita va ishchi guruhlarning funksiyalarini qabul qiladi. Ushbu hadli bitimda boshqacha tartib nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, Kengash yigʻilishda ishtirok etayotgan va ovoz berishda ishtirok etayotgan ishtirokchi-davlatlar aʼzolarining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kengash va doimiy Qoʻmita jarayonlar qoidalarida belgilangan vakolatlar doirasida muayyan huquqiy, texnik va tashkiliy masalalar boʻyicha bayonlarni qabul qilishi mumkin. Har bir bayonning kuchga kirishi uchun talablar tegishli hujjatda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Harakatlar rejasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qogʻozsiz savdo boʻyicha Kengash rahbarligida faoliyat yurituvchi doimiy qoʻmita ushbu hadli bitimni amalga oshirish uchun tegishli transparent va bashorat qilinadigan shart-sharoitlarni yaratish uchun zarur bolgan barcha aniq chora-tadbirlar va tadbirlar, vazifalar va ularni amalga oshirish jadvallari hamda amalga oshirish muddatlarini oʻz ichiga olgan keng qamrovli harakatlar rejasini ishlab chiqadi. Tomonlar harakatlar rejasini jadvalga muvofiq amalga oshiradilar va doimiy Qoʻmita har bir Tomonni amalga oshirilayotgan ishlarning joriy holati toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlarning har biri uchun amalga oshirish jadvali ularning tayyorligini mustaqil baholash asosida harakatlar rejasining bir qismi sifatida ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Tajriba loyihalari va olingan saboqlarni almashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar savdo maʼlumotlari va hujjatlarni elektron shaklda, ayniqsa bojxona xizmatlari va boshqa tartibga soluvchi organlarda transchegaraviy almashish sohasida tajriba loyihalarni boshlash va amalga oshirishga intilishadi. Tomonlar ushbu hadli bitimga muvofiq yaratilgan institutsional mexanizm orqali bunday tajriba loyihalarni amalga oshirish doirasida hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar tajriba va olingan saboqlarni almashishga koʻmaklashish, shuningdek, transchegaraviy savdo maʼlumotlari va hujjatlar elektron shaklda tezkor almashinuvini taʼminlash sohasidagi ilgʻor amaliyot namunalarini toʻplash maqsadida tajriba loyihalarini amalga oshirishdagi yutuqlar toʻgʻrisida doimiy ravishda Qoʻmitani xabardor qiladi. Tajriba va olingan saboqlarni almashish faqat ushbu hadli bitimning taraflari bilan cheklanmaydi, balki zaruriyat va imkoniyatga bogʻliq holda mintaqada va undan tashqarida qogʻozsiz savdoni amalga oshirishga koʻmaklashish uchun boshqa Tomonlarga ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Imkoniyat yaratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar ushbu hadli bitimni amalga oshirishga koʻmaklashish uchun bir-birlariga texnik yordam koʻrsatish va qoʻllab-quvvatlash uchun hamkorlik qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar ushbu hadli bitimga muvofiq yaratilgan institutsional mexanizm orqali imkoniyat yaratish boʻyicha hamkorlik qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlar eng kam rivojlangan va dengizga chiqish imkoni boʻlmagan rivojlanayotgan mamlakatlarning qogʻozsiz savdo sohasida oʻz imkoniyatlarini yaratishda va ushbu hadli bitimning barcha mumkin boʻlgan samarali imkoniyatlaridan foydalanishda qoʻllab-quvvatlash uchun texnik yordam va koʻmak soʻrab murojaat qilishlariga alohida eʼtibor berishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tomonlar ushbu hadli bitimni amalga oshirishda yanada samarali texnik va moliyaviy yordam koʻrsatish uchun rivojlanish boʻyicha hamorlarni jalb qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Ushbu hadli bitimni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Tomon savdo maʼlumotlari va hujjatlarni elektron shaklda transchegaraviy almashishni osonlashtirish uchun qulay meʼyoriy-huquqiy muhitni yaratish va zarur texnik infratuzilmani rivojlantirish orqali ushbu hadli bitimning qoidalarini amalga oshirishga intiladi. Tomonlar eng kam rivojlangan va dengizga chiqish imkoni boʻlmagan rivojlanayotgan mamlakatlar savdo maʼlumotlari va hujjatlarni elektron shaklda transchegaraviy almashishni osonlashtirish uchun zarur boʻlgan texnik infratuzilma va qulay tartibga solish muhitini yaratish uchun texnik va moliyaviy yordamga muhtoj boʻlishi mumkinligini tan olishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Boshqa amaldagi bitimlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu hadli bitim yoki unga muvofiq qabul qilingan har qanday qarorlar Tomonlarning har qanday amaldagi shartnomalar yoki xalqaro konvensiyalar boʻyicha huquqlari va majburiyatlariga taʼsir koʻrsatmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar oʻrtasida ushbu hadli bitimni talqin qilish va qoʻllash boʻyicha yuzaga kelishi mumkin boʻlgan har qanday nizo tegishli Tomonlar oʻrtasida muzokaralar yoki maslahatlashuvlar orqali hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar ushbu hadli bitim bilan bogʻliq nizo yuzaga kelgan Tomonlar uni muzokaralar yoki maslahatlashuvlar orqali hal qila olmasalar, agar ulardan biri bunday iltimos bilan murojaat qilsa, bu nizo yarashuvga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Nizo nizo kelib chiqqan Tomonlar tanlagan bir yoki bir nechta vositachilarga beriladi. Agar ushbu Tomonlar yarashuv soʻrovi taqdim etilgan kundan boshlab uch (3) oy ichida vositachi yoki vositachini tanlash toʻgʻrisida kelisha olmasalar, ushbu Tomonlarning har biri Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibidan nizo hal qilish uchun topshirilgan yagona vositachini tayinlashni soʻrashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilangan vositachi yoki vositachilarning tavsiyasi majburiy ahamiyatga ega emas, ammo nizo yuzaga kelgan Tomonlar nizoni qayta koʻrib chiqish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzaro kelishuvga koʻra, nizo yuzaga kelgan Tomonlar vositachi yoki vositachilarning tavsiyasini majburiy deb qabul qilishga oldindan kelishib olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu moddaning qoidalari nizo kelib chiqqan Tomonlar oʻzaro kelishilgan nizolarni hal qilishning boshqa choralarini istisno etishi lozimligini talqin qilinmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Har qanday davlat ratifikatsiya qilish, qabul qilish, tasdiqlash yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatni saqlash paytida oʻzini ushbu moddaning yarashish bilan bogʻliq qoidalariga qoʻshilmasligi toʻgʻrisida istisno taqdim etishi mumkin. Boshqa Tomonlar ushbu moddaning yarashuvga oid qoidalari yuzasidan bunday istisnoni taqdim etgan har qanday Tomon bilan bogʻliq boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Tomonlar maqomini olish va imzolash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu hadli bitim 2024-yil 1 oktabrdan 2017-yil 30-sentabrgacha Nyu-Yorkdagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy muassasalarida ESCARga aʼzo davlatlar tomonidan imzolanish uchun ochiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. ESCARga aʼzo davlatlar quyidagilar orqali ushbu hadli bitimning taraflari boʻlishlari mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) keyinchalik ratifikatsiya qilish, qabul qilish yoki tasdiqlash bilan imzolash; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qoʻshilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ratifikatsiya qilish, qabul qilish, tasdiqlash yoki qoʻshilish Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga tegishli hujjatni saqlash uchun taqdim etish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Amal qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu hadli bitim ESCARga aʼzo kamida besh (5) davlat hukumatlari mazkur hadli bitimni ratifikatsiya qilish, qabul qilish, tasdiqlash yoki unga qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatlarini 18-moddaning 2 va 3-bandlariga muvofiq topshirgan kundan boshlab toʻqson (90) kundan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Hadli bitimga tuzatish kiritish jarayonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu hadli bitimning matni ushbu moddada koʻrsatilgan jarayomlarga muvofiq oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har qanday Tomon ushbu hadli bitimga tuzatishlar kiritish yuzasidan taklif berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Taklif etilayotgan har qanday tuzatishning matni kotibiyat tomonidan qogʻozsiz savdo boʻyicha Kengashining barcha aʼzolari orasida uni tasdiqlash taklif qilingan Kengash yigʻilishidan kamida oltmish (60) kun oldin tarqatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuzatish qogʻozsiz savdo boʻyicha Kengash yigʻilishida va ovoz berishda ishtirok etgan Tomonlarning uchdan ikki qismi tomonidan tasdiqlanadi. Tasdiqlangan tuzatish kotibiyat tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga barcha Tomonlarga tarqatish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu moddaning 4-bandiga muvofiq qabul qilingan tuzatish, uni qabul qilgan Tomonlar uchun tasdiqlash paytida Tomonlarning uchdan ikki qismi tomonidan qabul qilinganidan uch (3) oy oʻtgach kuchga kiradi. Tuzatish kuchga kirgandan keyin uni qabul qilgan har qanday Tomon uchun tegishli tuzatish ushbu Tomon qabul qilganidan keyin uch (3) oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
Istisnolar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-moddaning 7-bandida qayd etilgan hollardan tashqari, ushbu hadli bitimning har qanday qoidalariga nisbatan hech qanday istisnolarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda
Chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har qanday Tomon ushbu hadli bitimdan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga yuborilgan yozma xabarnoma orqali chiqishi mumkin. Chiqish Bosh kotib bunday bildirishnomani olgan kundan boshlab oʻn ikki (12) oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda
Amal qilishini toʻxtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Tomonlar soni oʻn ikki (12) oy davom etadigan har qanday davrda besh (5) tadan kam boʻlsa, ushbu hadli bitim toʻxtatiladi. Bunday holda, kotibiyat bu haqda tomonlarni xabardor qiladi. Agar tomonlar soni beshga (5) yetsa, ushbu hadli bitimning qoidalari yana kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda
Qoʻllashni chegaralash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu hadli bitimning biron bir qoidasi Tomonlarning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustaviga mos keladigan va uning tashqi va ichki xavfsizligini taʼminlash uchun zarur deb hisoblagan qoidalar bilan cheklangan choralarni koʻrishiga toʻsqinlik qiladi deb talqin qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda
Depozitariy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu hadli bitimning depozitariysi etib Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyida imzo chekuvchilar, tegishli ravishda vakolat berilganlar, ushbu hadli bitimni bitta nusxada ingliz, oʻzbek va rus tillarida imzoladilar va uchta matn ham bir xil darajada haqiqiydir.