Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Qarori
Lizing xizmatlari koʻrsatuvchi tashkilotlarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024 yil 4-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2265-4]
Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2011-yil 25-avgustdagi 56, 28-son qarori bilan tasdiqlangan Lizing xizmatlari koʻrsatuvchi tashkilotlarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga (roʻyxat raqami 2265, 2011-yil 22-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y. 38-son, 394-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 26-sentabr,
179-son
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi S. SOXIBNAZAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 13-sentabr,
29-son
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 26-sentabrdagi 179-son hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2024-yil 13-sentabrdagi 29-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Lizing xizmatlari koʻrsatuvchi tashkilotlarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Muqaddimaning ikkinchi xatboshisidagi “mikrokredit” degan soʻz “mikromoliya” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. 1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“uchinchi tomon — Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan va pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasida koʻrsatilgan tashkilotlar.”.
3. 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligiga” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41. Masʼul shaxs bevosita lizing beruvchining ijro etuvchi organi rahbariga hisobdor va tashkilotning boshqa boʻlinmalaridan mustaqildir.”.
5. 6-bandda:
birinchi xatboshidagi “Moliya vazirligiga” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Moliya vazirligini” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligini” degan soʻz bilan almashtirilsin.
6. 7-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 12-banddagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 121-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Lizing beruvchilarning ichki qoidalari mazkur Qoidalarga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlishi hamda aniqlangan tavakkalchiliklar va ularning bahosidan kelib chiqib tuzilishi kerak. Ichki qoidalar, ularga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar lizing beruvchining tegishli yuqori boshqaruv organi tomonidan tasdiqlanadi.”.
9. 122-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“122. Lizing beruvchilar xodimlarini, shu jumladan, masʼul shaxslarini jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning, terrorizmni moliyalashtirishning va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishning zamonaviy usullari, uslublari va yoʻnalishlari haqidagi axborotga ega boʻlishlarini taʼminlash, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi qonunchilik hujjatlari va majburiyatlarning barcha jihatlarini aniq tushuntirib berish maqsadida qayta tayyorgarlikdan oʻtkazishlari shart.”.
10. Quyidagi mazmundagi 123-band bilan toʻldirilsin:
“123. Lizing beruvchilarning nazorati ostida yoki ahamiyatli taʼsiri doirasida bitta yoki bir nechta pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar boʻlgan taqdirda, ichki qoidalar guruhiy yondashuv asosida ishlab chiqilishi va quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni boshqarish va mijozlarni lozim darajada tekshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni almashish qoidalari va tartib-taomillari;
komplayens nazoratni, auditni va (yoki) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish funksiyalarini guruh darajasida taʼminlash, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadlari uchun zarur boʻlgan hollarda filiallardan va shuʼba korxonalardan ularning mijozlari, moliyaviy hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning olinishini taʼminlash;
maxfiylik va maʼlumotlardan foydalanishni yetarli darajada himoya qilish.”.
11. 15-bandning ikkinchi xatboshisi “pasport” degan soʻzdan keyin “, identifikatsiya ID-kartasi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
12. 195-bandning ikkinchi xatboshisi va 196-banddagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. Quyidagi mazmundagi 211-band bilan toʻldirilsin:
“211. Lizing beruvchilar mazkur Qoidalarning 132-bandi ikkinchi — beshinchi xatboshilarida hamda 181-bandida nazarda tutilgan mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirgan uchinchi tomonlarning lozim darajada tekshirish natijalariga ishonishlari mumkin.
Mazkur hollarda mijozlarni lozim darajada tekshirish natijalari boʻyicha soʻnggi javobgarlik lizing beruvchilarning zimmasida qoladi.
Bunda, lizing beruvchilar:
mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha identifikatsiyalash maʼlumotlari va boshqa tegishli hujjatlar nusxalarini soʻrov asosida darhol olish imkoniyatiga ega boʻlishiga;
uchinchi tomon jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari asosida ishlashiga ishonch hosil qilishlari kerak.
Mazkur bandning yuqorida koʻrsatilgan talablaridan biriga rioya qilinmagan taqdirda, lizing beruvchilar mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni mustaqil ravishda amalga oshirishlari kerak.”.
14. 22-bandda:
beshinchi xatboshidagi “boʻlsa.” degan soʻz “boʻlsa;” degan soʻz bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk Roʻyxatga kiritilgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita tegishli yoxud nazorati ostida boʻlgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkidan foydalanish natijasida olingan yoxud sotib olingan boʻlsa.”;
oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing beruvchilar toʻxtatilgan operatsiyani oʻtkazishni tiklashni Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish, ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 3327, 2021-yil 19-oktabr) belgilangan tartibda amalga oshiradi.”
15. 251-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
16. 29-bandning birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
17. 291-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ichki nazorat tizimining samaradorligini monitoring qilish ichki audit xizmati tomonidan, u mavjud boʻlmaganda esa “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 35-moddasiga muvofiq tashqi audit xizmati tomonidan amalga oshiriladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2024-y., 10/24/2265-4/0898-son)