05.11.2024 yildagi O‘RQ-989-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 06.02.2025 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga psixologik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 23-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2024-yil 20-sentabrda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi aholiga psixologik yordam koʻrsatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Aholiga psixologik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonunchilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga psixologik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining aholiga psixologik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixolog — ushbu Qonunga muvofiq psixologik yordam koʻrsatish huquqiga ega boʻlgan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam — tang (krizisli) vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etishga, shaxslararo munosabatlarni hamda ruhiy salomatlikni yaxshilashga, shaxsiyatni rivojlantirishga yoki insonning ijtimoiy moslashuvini yaxshilash uchun psixologik taʼsir koʻrsatishga qaratilgan, psixologik yordam koʻrsatish standartlariga muvofiq amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam koʻrsatish standartlari — aholiga psixologik yordam koʻrsatishga doir yagona talablarni belgilovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik muammo — shaxsning oʻzidan, oʻz kasbiy faoliyatidan, boshqa shaxslar bilan munosabatlaridan, oilasidagi vaziyatdan qoniqmasligi va (yoki) shaxsiy hayotidagi boshqa muammolar tufayli yuzaga kelgan ruhiy noqulaylik holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tang (krizisli) vaziyat — shaxs oʻzi uchun odatiy boʻlgan usullar bilan kurasha olmaydigan hayotiy oʻzgarishlarga hamda psixologik muammolar yuzaga kelishiga olib keluvchi omillar va shart-sharoitlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Aholiga psixologik yordam koʻrsatishning asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga psixologik yordam koʻrsatishning asosiy prinsiplari qonuniylik, ixtiyoriylik, ijtimoiy himoya, inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish, kasbiy mahorat hamda axborotning maxfiyligidan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Aholiga psixologik yordam koʻrsatilishini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Psixologik yordam koʻrsatishning asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik yordam koʻrsatishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ruhiy salomatligini qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga uning hayotida yuzaga kelgan psixologik muammolarni hal etishda hamda tang (krizisli) vaziyatlarning oldini olishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik muammolari mavjud boʻlgan shaxslarning ijtimoiy moslashishi va reabilitatsiyasida yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy rivojlanish, oʻzini ifoda eta olish bilan bogʻliq individual koʻnikmalarni mustahkamlashga, shuningdek hayot tarzini yaxshilashga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Psixologik yordamning turlari va shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik yordam turlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik profilaktika;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik koʻrik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik reabilitatsiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik korreksiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik maslahat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik trening.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik muammolarni keltirib chiqaruvchi omillar va shart-sharoitlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar psixologik profilaktikadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik koʻrik shaxsning normal hayot kechirishiga xalal beruvchi, uning xulq-atvoriga va boshqa shaxslar bilan oʻzaro munosabatlariga salbiy taʼsir qiluvchi muammolarni aniqlash, shaxsga koʻrsatilishi kerak boʻlgan psixologik yordamning turini, shaklini, hajmini va muddatlarini belgilash uchun zarur boʻlgan xususiyatlarni baholash maqsadida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik reabilitatsiya psixologik muammolari mavjud boʻlgan shaxsning ijtimoiy moslashishiga yordam koʻrsatishga hamda unga ushbu sohadagi qobiliyatlarini tiklashda koʻmaklashishga qaratilgandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik korreksiya shaxsning psixologik muammolarga olib keluvchi oʻziga xos shaxsiy xususiyatlari va xulq-atvorini tuzatishga (oʻzgartirishga) qaratilgan tadbirlar majmuidan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsning psixologik muammolarini tushunishga va ularni yechishda koʻmaklashishga qaratilgan psixologik yordam psixologik maslahatdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik trening insonda shaxsiy rivojlanishi uchun zarur boʻlgan muayyan koʻnikmalarni, xulq-atvorni yoki psixologiya sohasiga taalluqli yangi bilimlarni shakllantirishga yoki uni tang (krizisli) vaziyatlardan chiqarishga, shuningdek shaxsning maʼnaviy kamol topishini psixologik jihatdan qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlardan, shu jumladan mashgʻulotlardan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga psixologik yordam koʻrsatish bevosita yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, shuningdek yakka tartibda yoki guruhlarda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga psixologik yordam koʻrsatish shoshilinch, bir martalik, qisqa muddatli va uzoq muddatli boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik yordamning aniq turi va shakli psixologik yordam koʻrsatilishini soʻrab murojaat qilgan shaxsning ruhiy holatidan hamda psixologik muammolarining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, psixologning tavsiyalariga asosan ushbu shaxs tomonidan tanlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Psixologik yordam koʻrsatish standartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik yordam koʻrsatish standartlari Oʻzbekiston Respublikasining Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik yordam koʻrsatish standartlari quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam koʻrsatishning ruxsat etilgan usullari va vositalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam koʻrsatishning turlariga, shakllariga va davomiyligiga oid talablarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologlarga qoʻyiladigan malaka talablarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam koʻrsatish joyiga doir talablarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam koʻrsatishni soʻrab murojaat qilgan shaxsni axborot bilan taʼminlash boʻyicha talablarni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Aholiga psixologik yordam koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik yordam davlat organlarida yoki boshqa tashkilotlarda ishlovchi psixologlar yoxud ushbu sohada xususiy tartibda faoliyat olib boruvchi yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan bepul yoki pullik asosda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pullik asosdagi psixologik yordam yozma shakldagi shartnomaga asosan koʻrsatiladi, bundan psixologik yordam anonim tarzda koʻrsatiladigan hollar mustasno. Voyaga yetmagan shaxsga psixologik yordam koʻrsatishda shartnoma uning qonuniy vakili bilan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik yordam shaxs tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmasdan aytilgan familiya, ism, yosh va yashash joyi koʻrsatiladigan shaxsiy kartani rasmiylashtirish yoʻli bilan anonim tarzda koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomada taraflarning nomi (jismoniy shaxsning shaxsga doir maʼlumotlari), manzili, ularning huquq va majburiyatlari, javobgarligi, toʻlovni amalga oshirish tartibi, psixologik yordamning turi va shakli, nizolarni hal etish tartibi, shartnomani bekor qilish shartlari va boshqa axborot koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik yordam ushbu yordamni soʻrab murojaat qilgan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining roziligi bilan koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan shaxsga psixologik yordam uning qonuniy vakilining roziligi bilan koʻrsatiladi. Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan shaxsga uning qonuniy vakillarining roziligisiz psixologik yordam koʻrsatishga unga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik oʻtkazish hollari aniqlanganda, shuningdek favqulodda holatda, favqulodda vaziyatda yoki baxtsiz hodisalarda yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aholiga malakali psixologik yordam koʻrsatish tizimini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Bepul psixologik yordam koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tomonidan quyidagi toifadagi shaxslarga bepul psixologik yordam kafolatlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun bilan belgilangan bepul tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holatdan va favqulodda vaziyatlardan jabrlangan shaxslarga, ularning oila aʼzolariga, shuningdek favqulodda holat va favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilik harakati natijasida jabrlangan shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan kam taʼminlangan oilalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalarga, yolgʻiz yashovchi keksalarga va nogironligi boʻlgan shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida va umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida taʼlim oluvchi shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odam savdosidan jabrlangan shaxslarga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunda bepul psixologik yordam olish huquqiga ega shaxslarning boshqa toifalari ham belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tomonidan kafolatlangan bepul psixologik yordam koʻrsatish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik yordam koʻrsatish sohasidagi nodavlat tashkilotlar oʻz ichki hujjatlariga muvofiq bepul psixologik yordam koʻrsatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Taʼlim tashkilotlarida psixologik yordam koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida (bundan buyon matnda taʼlim tashkilotlari deb yuritiladi) taʼlim oluvchilarning psixologik salomatligini saqlash, sogʻlom psixologik muhit yaratish va ularning shaxsiy rivojlanishiga koʻmaklashish maqsadida psixologik yordam koʻrsatish tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat taʼlim tashkilotlarida psixologik yordam koʻrsatish psixologik xizmatlar faoliyatini tashkil etish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim tashkilotlarida psixologik yordam koʻrsatuvchi psixolog tegishli fan boʻyicha oʻqituvchi, taʼlim tashkiloti rahbari, taʼlim oluvchining qonuniy vakillari bilan doimiy hamkorlikda ish olib borishi, ularga kasbiy maslahatlar berishi, taʼlim oluvchilarning psixologik holati va ehtiyojlari haqida ularning qonuniy vakillariga maʼlumotlar berishi, shuningdek zarur hollarda psixologik yordam koʻrsatishni ular bilan birgalikda tashkil etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Psixologik yordam koʻrsatish sohasidagi tadqiqot va ilmiy tajribalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxs psixologik yordam koʻrsatish sohasidagi tadqiqotlarga yoki ilmiy tajribalarga faqat ixtiyoriy ravishdagi yozma roziligi yoki oʻz qonuniy vakillarining yozma roziligi olinganidan keyin jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik yordam koʻrsatish sohasida tadqiqotlar yoki ilmiy tajribalar oʻtkazuvchi shaxslar uning ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik yordam koʻrsatish sohasida shaxsning sogʻligʻi, shaʼni va qadr-qimmatiga zarar yetkazadigan tadqiqotlar yoki tajribalar oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Psixologlarning jamoat birlashmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan, kamida uch yuz nafar aʼzoga ega boʻlgan nodavlat notijorat tashkiloti psixologlarning jamoat birlashmasidir. Psixologlarning jamoat birlashmasi psixologlarning kasbiy darajasini oshirish va saqlab turishga koʻmaklashish, ularning kasbiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxs bir vaqtning oʻzida faqat bitta psixologlarning jamoat birlashmasiga aʼzo boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologlarning jamoat birlashmalari oʻz faoliyatini nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologlarning jamoat birlashmalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologlarning odob-axloq kodeksini tasdiqlaydi hamda unga rioya etilishining tizimli monitoringini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarni belgilangan tartibda aʼzolikka qabul qiladi va aʼzolikdan chiqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy tartibda psixologik yordam koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish uchun oʻz aʼzolariga malaka sertifikatini (bundan buyon matnda malaka sertifikati deb yuritiladi) beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz aʼzolarining reyestrlarini yuritadi va ularni oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz aʼzolari tomonidan ushbu Qonun, psixologlarning odob-axloq kodeksi, psixologik yordam koʻrsatish sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam koʻrsatish boʻyicha faoliyat bilan shugʻullanuvchi shaxslarni psixologik yordam koʻrsatish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun aʼzolikdan chiqaradi, ularga berilgan malaka sertifikatlarining amal qilishini toʻxtatadi yoki tugatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
anonim tarzda psixologik yordam koʻrsatishni soʻrab murojaat etgan shaxsga rasmiylashtiriladigan shaxsiy karta namunasini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga psixologik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologlarning jamoat birlashmalari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida qabul qilinadigan qarorlar ularning barcha aʼzolari uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologlar jamoat birlashmalarining faoliyati ularga kirish va aʼzolik badallari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi. Bunda badallarning va toʻlovlarning miqdorlari psixologlar jamoat birlashmalari aʼzolarining umumiy yigʻilishi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologlar jamoat birlashmasining ijroiya organi rahbari va xodimi psixologik yordam koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxsning taʼsischisi boʻlishga, unda ishlashga, u bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar tuzishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Aholiga psixologik yordam koʻrsatish sohasi ishtirokchilari, ularning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Psixologik yordam koʻrsatish huquqiga ega boʻlgan shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologiya yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar psixologik yordam koʻrsatish boʻyicha faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologiyadan boshqa taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar psixologiya mutaxassisligi boʻyicha qayta tayyorlash kurslarini oʻtaganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatni olganidan keyin davlat organlarida, shu jumladan taʼlim tashkilotlarida tegishli psixologik yordam turlarini belgilangan tartibda koʻrsatishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy tartibda psixologik yordam koʻrsatish boʻyicha faoliyat bilan shugʻullanishga Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan psixologlarning jamoat birlashmasi tomonidan malaka sertifikati berilgan psixologlarga ruxsat etiladi. Bunda talabgor Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan faqat bitta psixologlarning jamoat birlashmasidan malaka sertifikatini olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologiyadan boshqa taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar xususiy tartibda psixologik yordam koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanish uchun psixologiya mutaxassisligi boʻyicha qayta tayyorlash kurslarini oʻtaganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatga, shuningdek malaka sertifikatiga ega boʻlishi kerak. Bunda ushbu shaxslar psixologik yordamning faqat psixologik maslahat va psixologik trening turlarini koʻrsatish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini toʻxtatish va tugatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik yordam koʻrsatish huquqiga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan oʻz xizmatlarini reklama qilishda yoki firma nomida “psixolog” degan soʻzdan, shuningdek unga oʻxshash boʻlgan boshqa soʻzlardan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Psixologning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixolog quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologlarning jamoat birlashmalarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam koʻrsatganligi uchun shartnomaga muvofiq haq olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslarga koʻra psixologik yordam koʻrsatishni rad etish yoki tugatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixolog qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixolog:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam koʻrsatilishini soʻrab murojaat qilgan shaxsga psixologik yordamning shakli, turi toʻgʻrisidagi axborotni va boshqa zarur axborotni taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam koʻrsatishda psixologik yordam koʻrsatishni soʻrab murojaat qilgan shaxsga nisbatan insoniy muomalada boʻlishi, uning shaʼni, qadr-qimmatini va ishchanlik obroʻsini hurmat qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam koʻrsatish jarayonida oʻziga maʼlum boʻlib qolgan kasbiy sirni va shaxsga doir maʼlumotlarni qonunchilik talablariga muvofiq oshkor etmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pullik asosda psixologik yordam koʻrsatilganda psixologik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma tuzish talabiga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam koʻrsatish standartlariga va psixologlarning odob-axloq kodeksi talablariga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam koʻrsatishning ruxsat etilmagan usullari va vositalaridan foydalanmasligi, shu jumladan jismoniy yoki ruhiy zoʻravonlik ishlatmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam koʻrsatish chogʻida vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi, shu jumladan diniy taʼlimotdan saboq bermasligi, diniy aqida va gʻoyalarni targʻib qilmasligi, diniy mazmundagi materiallarni tarqatmasligi, u yoki bu dinga ustuvorlik bermasligi yoxud uni kamsitmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam koʻrsatishda huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir etishga, oʻz joniga suiqasd qilishga, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarda ishtirok etishga yoki gʻayriijtimoiy xulq-atvorning boshqa shakllariga daʼvat qilmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam koʻrsatilishini soʻrab murojaat qilgan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining talabiga koʻra malaka sertifikatini koʻrsatishi, shuningdek psixologik yordamning shakli, turi va boshqa maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjatdan koʻchirma berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Psixologik yordam koʻrsatilishini soʻrab murojaat qilgan shaxsning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik yordam koʻrsatilishini soʻrab murojaat qilgan shaxs quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologni, psixologik yordamning shakli va turini, uning koʻrsatilish shartlarini mustaqil tanlash, shuningdek psixologning malaka sertifikati bilan tanishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixolog tomonidan oʻziga nisbatan insoniy muomalada boʻlinishini, shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsi hurmat qilinishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshi, jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, malakali psixologik yordam olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam koʻrsatish vaqtida foto-, video- va ovoz yozilishini rad etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam koʻrsatishning istalgan bosqichida uni rad etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga koʻrsatilgan psixologik yordamning shakli, turi va boshqa maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjatdan koʻchirma olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam koʻrsatilishi natijasida maʼlum boʻlib qolgan shaxsga doir maʼlumotlarining sir saqlanishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik yordam koʻrsatilishini soʻrab murojaat qilgan shaxs qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik yordam koʻrsatilishini soʻrab murojaat qilgan shaxs:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologga nisbatan insoniy munosabatda boʻlishi, uning shaʼni, qadr-qimmatini va ishchanlik obroʻsini hurmat qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam olganlik uchun psixologik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq toʻlovni amalga oshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik yordam koʻrsatilishini soʻrab murojaat qilgan shaxsning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Psixologik yordam koʻrsatishni rad etish yoki tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixolog quyidagi hollarda psixologik yordam koʻrsatishni rad etishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar psixologik yordam koʻrsatilishini soʻrab murojaat qilgan shaxsning muammolari uning psixologik holati bilan bogʻliq boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar psixolog psixologik yordam koʻrsatish soʻralayotgan psixologik yordam koʻrsatish sohasida malakali psixologik yordam koʻrsatish uchun zarur bilimlar va koʻnikmalarga ega boʻlmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixolog quyidagi hollarda psixologik yordam koʻrsatishni tugatishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar psixologik yordam koʻrsatilishini soʻrab murojaat qilgan shaxs psixologning tavsiyalariga rioya etmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar psixologik yordam koʻrsatilishini soʻrab murojaat qilgan shaxs psixologik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma shartlarini buzsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar uning hayoti va sogʻligʻiga tahdid yuzaga kelsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik yordam koʻrsatish rad etilgan yoki tugatilgan taqdirda, psixolog buning sabablari toʻgʻrisida psixologik yordam koʻrsatilishini soʻrab murojaat qilgan shaxsga, uning qonuniy vakillariga yoki oʻzi ishlayotgan tashkilotning rahbariga maʼlum qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Psixologik yordam koʻrsatish natijasida maʼlum boʻlgan maʼlumotlar bilan ishlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsning psixologik yordam koʻrsatilishini soʻrab murojaat qilganligi fakti, psixologik yordam natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va psixologik yordam koʻrsatish chogʻida olingan boshqa maʼlumotlar psixologning kasbiy sirini tashkil etadi hamda shifokor siriga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologning kasbiy sirini psixologik yordam koʻrsatilishini soʻrab murojaat qilgan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining roziligisiz oshkor etish taqiqlanadi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologning kasbiy sirini psixologik yordam koʻrsatilishini soʻrab murojaat qilgan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining roziligisiz oshkor etishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv, tergov organlarining, prokuraturaning va sudning ishni sudga qadar yuritish yoki sud muhokamasi oʻtkazilishi munosabati bilan yozma soʻrovi boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida fuqarolik ishlari boʻyicha sudning soʻroviga koʻra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam sifatini oshirish, ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlash maqsadida maʼlumotlarni egasizlantirib, ularning muayyan shaxsga tegishliligini aniqlash imkonini bermaydigan holda ulardan foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologning kasbiy siri boʻlgan maʼlumotlarni qonunda belgilangan tartibda olgan shaxs bu maʼlumotlarni oshkor qilishga va uchinchi shaxslarga taqdim etishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga psixologik yordam koʻrsatish sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Aholiga psixologik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga psixologik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar, № 6, 530, 532-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) quyidagi mazmundagi 593-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
593-modda. Psixologik yordam koʻrsatish tartibini buzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik yordamni bunday huquqqa ega boʻlmagan shaxs tomonidan koʻrsatish yoxud aholiga psixologik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etmaslik, basharti jinoyat alomatlari, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari mavjud boʻlmasa, —
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, —
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 245-moddaning birinchi qismidagi “592” raqami “592, 593 raqamlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 248-modda toʻrtinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “564” raqami “564, 593” raqamlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonun 7-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan psixologik yordam koʻrsatish standartlarining ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonun 13-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan psixologlarga malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini toʻxtatish va tugatish tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 5-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-989-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2024-y., 03/24/989/0890-son)