05.11.2024 yildagi O‘RQ-989-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 23-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2024-yil 20-sentabrda ma’qullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi aholiga psixologik yordam ko‘rsatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonunchilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixolog — ushbu Qonunga muvofiq psixologik yordam ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam — tang (krizisli) vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etishga, shaxslararo munosabatlarni hamda ruhiy salomatlikni yaxshilashga, shaxsiyatni rivojlantirishga yoki insonning ijtimoiy moslashuvini yaxshilash uchun psixologik ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan, psixologik yordam ko‘rsatish standartlariga muvofiq amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam ko‘rsatish standartlari — aholiga psixologik yordam ko‘rsatishga doir yagona talablarni belgilovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik muammo — shaxsning o‘zidan, o‘z kasbiy faoliyatidan, boshqa shaxslar bilan munosabatlaridan, oilasidagi vaziyatdan qoniqmasligi va (yoki) shaxsiy hayotidagi boshqa muammolar tufayli yuzaga kelgan ruhiy noqulaylik holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tang (krizisli) vaziyat — shaxs o‘zi uchun odatiy bo‘lgan usullar bilan kurasha olmaydigan hayotiy o‘zgarishlarga hamda psixologik muammolar yuzaga kelishiga olib keluvchi omillar va shart-sharoitlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Aholiga psixologik yordam ko‘rsatishning asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga psixologik yordam ko‘rsatishning asosiy prinsiplari qonuniylik, ixtiyoriylik, ijtimoiy himoya, inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish, kasbiy mahorat hamda axborotning maxfiyligidan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Aholiga psixologik yordam ko‘rsatilishini ta’minlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Psixologik yordam ko‘rsatishning asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik yordam ko‘rsatishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ruhiy salomatligini qo‘llab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga uning hayotida yuzaga kelgan psixologik muammolarni hal etishda hamda tang (krizisli) vaziyatlarning oldini olishda ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik muammolari mavjud bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy moslashishi va reabilitatsiyasida yordam ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy rivojlanish, o‘zini ifoda eta olish bilan bog‘liq individual ko‘nikmalarni mustahkamlashga, shuningdek hayot tarzini yaxshilashga ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Psixologik yordamning turlari va shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik yordam turlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik profilaktika;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik ko‘rik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik reabilitatsiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik korreksiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik maslahat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik trening.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik muammolarni keltirib chiqaruvchi omillar va shart-sharoitlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar psixologik profilaktikadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik ko‘rik shaxsning normal hayot kechirishiga xalal beruvchi, uning xulq-atvoriga va boshqa shaxslar bilan o‘zaro munosabatlariga salbiy ta’sir qiluvchi muammolarni aniqlash, shaxsga ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan psixologik yordamning turini, shaklini, hajmini va muddatlarini belgilash uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarni baholash maqsadida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik reabilitatsiya psixologik muammolari mavjud bo‘lgan shaxsning ijtimoiy moslashishiga yordam ko‘rsatishga hamda unga ushbu sohadagi qobiliyatlarini tiklashda ko‘maklashishga qaratilgandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik korreksiya shaxsning psixologik muammolarga olib keluvchi o‘ziga xos shaxsiy xususiyatlari va xulq-atvorini tuzatishga (o‘zgartirishga) qaratilgan tadbirlar majmuidan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsning psixologik muammolarini tushunishga va ularni yechishda ko‘maklashishga qaratilgan psixologik yordam psixologik maslahatdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik trening insonda shaxsiy rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan muayyan ko‘nikmalarni, xulq-atvorni yoki psixologiya sohasiga taalluqli yangi bilimlarni shakllantirishga yoki uni tang (krizisli) vaziyatlardan chiqarishga, shuningdek shaxsning ma’naviy kamol topishini psixologik jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlardan, shu jumladan mashg‘ulotlardan iborat bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish bevosita yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, shuningdek yakka tartibda yoki guruhlarda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish shoshilinch, bir martalik, qisqa muddatli va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik yordamning aniq turi va shakli psixologik yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilgan shaxsning ruhiy holatidan hamda psixologik muammolarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, psixologning tavsiyalariga asosan ushbu shaxs tomonidan tanlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Psixologik yordam ko‘rsatish standartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik yordam ko‘rsatish standartlari O‘zbekiston Respublikasining Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik yordam ko‘rsatish standartlari quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam ko‘rsatishning ruxsat etilgan usullari va vositalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam ko‘rsatishning turlariga, shakllariga va davomiyligiga oid talablarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologlarga qo‘yiladigan malaka talablarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam ko‘rsatish joyiga doir talablarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qilgan shaxsni axborot bilan ta’minlash bo‘yicha talablarni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik yordam davlat organlarida yoki boshqa tashkilotlarda ishlovchi psixologlar yoxud ushbu sohada xususiy tartibda faoliyat olib boruvchi yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan bepul yoki pullik asosda ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pullik asosdagi psixologik yordam yozma shakldagi shartnomaga asosan ko‘rsatiladi, bundan psixologik yordam anonim tarzda ko‘rsatiladigan hollar mustasno. Voyaga yetmagan shaxsga psixologik yordam ko‘rsatishda shartnoma uning qonuniy vakili bilan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik yordam shaxs tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmasdan aytilgan familiya, ism, yosh va yashash joyi ko‘rsatiladigan shaxsiy kartani rasmiylashtirish yo‘li bilan anonim tarzda ko‘rsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomada taraflarning nomi (jismoniy shaxsning shaxsga doir ma’lumotlari), manzili, ularning huquq va majburiyatlari, javobgarligi, to‘lovni amalga oshirish tartibi, psixologik yordamning turi va shakli, nizolarni hal etish tartibi, shartnomani bekor qilish shartlari va boshqa axborot ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik yordam ushbu yordamni so‘rab murojaat qilgan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining roziligi bilan ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan shaxsga psixologik yordam uning qonuniy vakilining roziligi bilan ko‘rsatiladi. O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsga uning qonuniy vakillarining roziligisiz psixologik yordam ko‘rsatishga unga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik o‘tkazish hollari aniqlanganda, shuningdek favqulodda holatda, favqulodda vaziyatda yoki baxtsiz hodisalarda yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aholiga malakali psixologik yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Bepul psixologik yordam ko‘rsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tomonidan quyidagi toifadagi shaxslarga bepul psixologik yordam kafolatlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun bilan belgilangan bepul tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi doirasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holatdan va favqulodda vaziyatlardan jabrlangan shaxslarga, ularning oila a’zolariga, shuningdek favqulodda holat va favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilik harakati natijasida jabrlangan shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan kam ta’minlangan oilalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalarga, yolg‘iz yashovchi keksalarga va nogironligi bo‘lgan shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchi shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odam savdosidan jabrlangan shaxslarga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunda bepul psixologik yordam olish huquqiga ega shaxslarning boshqa toifalari ham belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tomonidan kafolatlangan bepul psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik yordam ko‘rsatish sohasidagi nodavlat tashkilotlar o‘z ichki hujjatlariga muvofiq bepul psixologik yordam ko‘rsatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Ta’lim tashkilotlarida psixologik yordam ko‘rsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida (bundan buyon matnda ta’lim tashkilotlari deb yuritiladi) ta’lim oluvchilarning psixologik salomatligini saqlash, sog‘lom psixologik muhit yaratish va ularning shaxsiy rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida psixologik yordam ko‘rsatish tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ta’lim tashkilotlarida psixologik yordam ko‘rsatish psixologik xizmatlar faoliyatini tashkil etish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ta’lim tashkilotlarida psixologik yordam ko‘rsatuvchi psixolog tegishli fan bo‘yicha o‘qituvchi, ta’lim tashkiloti rahbari, ta’lim oluvchining qonuniy vakillari bilan doimiy hamkorlikda ish olib borishi, ularga kasbiy maslahatlar berishi, ta’lim oluvchilarning psixologik holati va ehtiyojlari haqida ularning qonuniy vakillariga ma’lumotlar berishi, shuningdek zarur hollarda psixologik yordam ko‘rsatishni ular bilan birgalikda tashkil etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Psixologik yordam ko‘rsatish sohasidagi tadqiqot va ilmiy tajribalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxs psixologik yordam ko‘rsatish sohasidagi tadqiqotlarga yoki ilmiy tajribalarga faqat ixtiyoriy ravishdagi yozma roziligi yoki o‘z qonuniy vakillarining yozma roziligi olinganidan keyin jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik yordam ko‘rsatish sohasida tadqiqotlar yoki ilmiy tajribalar o‘tkazuvchi shaxslar uning ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik yordam ko‘rsatish sohasida shaxsning sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmatiga zarar yetkazadigan tadqiqotlar yoki tajribalar o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Psixologlarning jamoat birlashmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan, kamida uch yuz nafar a’zoga ega bo‘lgan nodavlat notijorat tashkiloti psixologlarning jamoat birlashmasidir. Psixologlarning jamoat birlashmasi psixologlarning kasbiy darajasini oshirish va saqlab turishga ko‘maklashish, ularning kasbiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxs bir vaqtning o‘zida faqat bitta psixologlarning jamoat birlashmasiga a’zo bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologlarning jamoat birlashmalari o‘z faoliyatini nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologlarning jamoat birlashmalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologlarning odob-axloq kodeksini tasdiqlaydi hamda unga rioya etilishining tizimli monitoringini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarni belgilangan tartibda a’zolikka qabul qiladi va a’zolikdan chiqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy tartibda psixologik yordam ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun o‘z a’zolariga malaka sertifikatini (bundan buyon matnda malaka sertifikati deb yuritiladi) beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z a’zolarining reyestrlarini yuritadi va ularni o‘z rasmiy veb-saytiga joylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z a’zolari tomonidan ushbu Qonun, psixologlarning odob-axloq kodeksi, psixologik yordam ko‘rsatish sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni psixologik yordam ko‘rsatish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun a’zolikdan chiqaradi, ularga berilgan malaka sertifikatlarining amal qilishini to‘xtatadi yoki tugatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
anonim tarzda psixologik yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat etgan shaxsga rasmiylashtiriladigan shaxsiy karta namunasini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologlarning jamoat birlashmalari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida qabul qilinadigan qarorlar ularning barcha a’zolari uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologlar jamoat birlashmalarining faoliyati ularga kirish va a’zolik badallari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi. Bunda badallarning va to‘lovlarning miqdorlari psixologlar jamoat birlashmalari a’zolarining umumiy yig‘ilishi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologlar jamoat birlashmasining ijroiya organi rahbari va xodimi psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxsning ta’sischisi bo‘lishga, unda ishlashga, u bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar tuzishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish sohasi ishtirokchilari, ularning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Psixologik yordam ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologiyadan boshqa ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar psixologiya mutaxassisligi bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini o‘taganligi to‘g‘risidagi tegishli hujjatni olganidan keyin davlat organlarida, shu jumladan ta’lim tashkilotlarida tegishli psixologik yordam turlarini belgilangan tartibda ko‘rsatishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy tartibda psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat bilan shug‘ullanishga O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan psixologlarning jamoat birlashmasi tomonidan malaka sertifikati berilgan psixologlarga ruxsat etiladi. Bunda talabgor O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan faqat bitta psixologlarning jamoat birlashmasidan malaka sertifikatini olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologiyadan boshqa ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar xususiy tartibda psixologik yordam ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun psixologiya mutaxassisligi bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini o‘taganligi to‘g‘risidagi tegishli hujjatga, shuningdek malaka sertifikatiga ega bo‘lishi kerak. Bunda ushbu shaxslar psixologik yordamning faqat psixologik maslahat va psixologik trening turlarini ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini to‘xtatish va tugatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik yordam ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan o‘z xizmatlarini reklama qilishda yoki firma nomida “psixolog” degan so‘zdan, shuningdek unga o‘xshash bo‘lgan boshqa so‘zlardan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Psixologning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixolog quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologlarning jamoat birlashmalarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam ko‘rsatganligi uchun shartnomaga muvofiq haq olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra psixologik yordam ko‘rsatishni rad etish yoki tugatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixolog qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixolog:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilgan shaxsga psixologik yordamning shakli, turi to‘g‘risidagi axborotni va boshqa zarur axborotni taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam ko‘rsatishda psixologik yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qilgan shaxsga nisbatan insoniy muomalada bo‘lishi, uning sha’ni, qadr-qimmatini va ishchanlik obro‘sini hurmat qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam ko‘rsatish jarayonida o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan kasbiy sirni va shaxsga doir ma’lumotlarni qonunchilik talablariga muvofiq oshkor etmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pullik asosda psixologik yordam ko‘rsatilganda psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzish talabiga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam ko‘rsatish standartlariga va psixologlarning odob-axloq kodeksi talablariga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam ko‘rsatishning ruxsat etilmagan usullari va vositalaridan foydalanmasligi, shu jumladan jismoniy yoki ruhiy zo‘ravonlik ishlatmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam ko‘rsatish chog‘ida vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi, shu jumladan diniy ta’limotdan saboq bermasligi, diniy aqida va g‘oyalarni targ‘ib qilmasligi, diniy mazmundagi materiallarni tarqatmasligi, u yoki bu dinga ustuvorlik bermasligi yoxud uni kamsitmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam ko‘rsatishda huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir etishga, o‘z joniga suiqasd qilishga, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarda ishtirok etishga yoki g‘ayriijtimoiy xulq-atvorning boshqa shakllariga da’vat qilmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilgan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining talabiga ko‘ra malaka sertifikatini ko‘rsatishi, shuningdek psixologik yordamning shakli, turi va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilgan hujjatdan ko‘chirma berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Psixologik yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilgan shaxsning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilgan shaxs quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologni, psixologik yordamning shakli va turini, uning ko‘rsatilish shartlarini mustaqil tanlash, shuningdek psixologning malaka sertifikati bilan tanishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixolog tomonidan o‘ziga nisbatan insoniy muomalada bo‘linishini, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si hurmat qilinishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshi, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, malakali psixologik yordam olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam ko‘rsatish vaqtida foto-, video- va ovoz yozilishini rad etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam ko‘rsatishning istalgan bosqichida uni rad etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘ziga ko‘rsatilgan psixologik yordamning shakli, turi va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilgan hujjatdan ko‘chirma olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam ko‘rsatilishi natijasida ma’lum bo‘lib qolgan shaxsga doir ma’lumotlarining sir saqlanishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilgan shaxs qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilgan shaxs:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologga nisbatan insoniy munosabatda bo‘lishi, uning sha’ni, qadr-qimmatini va ishchanlik obro‘sini hurmat qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam olganlik uchun psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq to‘lovni amalga oshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilgan shaxsning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Psixologik yordam ko‘rsatishni rad etish yoki tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixolog quyidagi hollarda psixologik yordam ko‘rsatishni rad etishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar psixologik yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilgan shaxsning muammolari uning psixologik holati bilan bog‘liq bo‘lmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar psixolog psixologik yordam ko‘rsatish so‘ralayotgan psixologik yordam ko‘rsatish sohasida malakali psixologik yordam ko‘rsatish uchun zarur bilimlar va ko‘nikmalarga ega bo‘lmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixolog quyidagi hollarda psixologik yordam ko‘rsatishni tugatishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar psixologik yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilgan shaxs psixologning tavsiyalariga rioya etmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar psixologik yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilgan shaxs psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma shartlarini buzsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar uning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid yuzaga kelsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik yordam ko‘rsatish rad etilgan yoki tugatilgan taqdirda, psixolog buning sabablari to‘g‘risida psixologik yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilgan shaxsga, uning qonuniy vakillariga yoki o‘zi ishlayotgan tashkilotning rahbariga ma’lum qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Psixologik yordam ko‘rsatish natijasida ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar bilan ishlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsning psixologik yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilganligi fakti, psixologik yordam natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar va psixologik yordam ko‘rsatish chog‘ida olingan boshqa ma’lumotlar psixologning kasbiy sirini tashkil etadi hamda shifokor siriga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologning kasbiy sirini psixologik yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilgan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining roziligisiz oshkor etish taqiqlanadi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologning kasbiy sirini psixologik yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilgan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining roziligisiz oshkor etishga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv, tergov organlarining, prokuraturaning va sudning ishni sudga qadar yuritish yoki sud muhokamasi o‘tkazilishi munosabati bilan yozma so‘rovi bo‘yicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning so‘roviga ko‘ra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik yordam sifatini oshirish, ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlash maqsadida ma’lumotlarni egasizlantirib, ularning muayyan shaxsga tegishliligini aniqlash imkonini bermaydigan holda ulardan foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologning kasbiy siri bo‘lgan ma’lumotlarni qonunda belgilangan tartibda olgan shaxs bu ma’lumotlarni oshkor qilishga va uchinchi shaxslarga taqdim etishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar, № 6, 530, 532-moddalar) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) quyidagi mazmundagi 593-modda bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
593-modda. Psixologik yordam ko‘rsatish tartibini buzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixologik yordamni bunday huquqqa ega bo‘lmagan shaxs tomonidan ko‘rsatish yoxud aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etmaslik, basharti jinoyat alomatlari, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari mavjud bo‘lmasa, —
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, —
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 245-moddaning birinchi qismidagi “592” raqami “592, 593 raqamlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 248-modda to‘rtinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “564” raqami “564, 593” raqamlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonun 7-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan psixologik yordam ko‘rsatish standartlarining ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonun 13-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan psixologlarga malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini to‘xtatish va tugatish tartibini ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 5-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘RQ-989-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.11.2024-y., 03/24/989/0890-son)