Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yildagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining 2024-yilga moʻljallangan ish rejalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Mamlakatimizda joriy yilning 27-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga saylovlar boʻlib oʻtishi belgilangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari hududlarga chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar boʻyicha saylov kampaniyasi doirasida siyosiy partiyalarning saylovoldi tashviqot tadbirlarida ishtirok etmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari hududlarda aholi bilan muloqot qilib, joylarda targʻibot-tashviqot ishlari olib borayotganligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yildagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining 2024-yilga moʻljallangan ish rejalarida belgilangan ayrim tadbirlarning bajarilish muddatlarini qayta koʻrib chiqishni taqozo etmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining takliflariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi, Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi, Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi hamda Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yildagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining 2024-yilga moʻljallangan ish rejalarida nazarda tutilgan ayrim tadbirlar ijrosini 2025-yilga koʻchirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2024-yil 14-fevralda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yildagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi 4034-IV-sonli Qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2024-yil, № 2, 211-modda) ilova 4-bandining 4 va 5-kichik bandlari, 12-bandining 11-kichik bandi, 25-bandning 20, 24 va 25-kichik bandlari chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2024-yil 14-fevralda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining 2024-yilga moʻljallangan ish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 4035-IV-sonli Qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2024-yil, № 2, 212-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1-ilovaning 9-bandi chiqarib tashlansin;
2-ilovaning 23-bandi chiqarib tashlansin;
4-ilovaning 3 va 4-bandlari chiqarib tashlansin;
6-ilovaning 19-bandi chiqarib tashlansin;
7-ilovaning 19-bandi chiqarib tashlansin;
9-ilovaning 2-band chiqarib tashlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2024-yil 14-fevralda qabul qilingan 4034-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yildagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi, Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi, Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi hamda Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi tegishincha:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yildagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarining 4-bandining 4 va 5-kichik bandlari, 12-bandining 11-kichik bandi, 25-bandning 20, 24 va 25-kichik bandlarida nazarda tutilgan bajarilishi uchun oʻzlari masʼul boʻlgan tadbirlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2025-yildagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari loyihasiga;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2024-yil 14-fevralda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining 2024-yilga moʻljallangan ish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 4035-IV-sonli Qarori 1-ilovasining 9-bandi, 2-ilovasining 23-bandi, 4-ilovasining 3 va 4-bandlari, 6-ilovasining 19-bandi, 7-ilovasining 19-bandi, 9-ilovasining 2-bandida nazarda tutilgan bajarilishi uchun oʻzlari masʼul boʻlgan tadbirlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining 2025-yilga moʻljallangan ish rejalari loyihasiga kiritish choralarini koʻrsin.
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 17-oktabr,
4986-IV-son