Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yildagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yildagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova berilmaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Nazorat-tahlil boʻlimi (J. Jumayev) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yildagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarida belgilangan vazifalarning bajarilish holati yuzasidan har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Rahbariyatiga umumlashtirilgan maʼlumot kiritib borsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Devoni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yildagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridagi chora-tadbirlarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan sarf-xarajatlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yildagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarida nazarda tutilgan vazifalar va tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
5. Ushbu Qaror tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 14-fevral,
4034-IV-son