Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 12-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2024-yil 21-sentabrda maʼqullangan
Keyingi yillarda mamlakatimizda qishloq xoʻjaligiga bozor mexanizmlarini joriy etish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek suvdan tejamli va samarali foydalanish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga quyi boʻgʻinda suv bilan taʼminlovchi tashkilotlar va suv isteʼmolchilari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni tartibga solgan holda, suv resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish, shuningdek paxta xomashyosi va don yetishtirishdagi davlat buyurtmasi amaliyotini qonunchilik darajasida bekor qilish yoʻli bilan davlatning qishloq xoʻjaligi sohasini boshqarishdagi rolini yanada kamaytirish zaruriyati mavjud.
Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining bir qator qonunlariga Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi irrigatsiya boʻlimlari hamda maxsus xizmatlar negizida tashkil etilgan “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalarining vazifalari va vakolatlarini, shuningdek qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv olish limitlari xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Bundan tashqari tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetkazib berilishini taʼminlash boʻyicha fermer xoʻjaliklarining majburiyati va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga suv yetkazib berish xizmatlari uchun toʻlovlar bekor qilinmoqda.
Ushbu Qonun suv resurslarini samarali boshqarish tizimi joriy etilishiga, qishloq xoʻjaligida erkin raqobatni taʼminlashga hamda mahsulot ishlab chiqaruvchilarning manfaatdorligini oshirishga xizmat qiladi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi 837-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 221-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 5, 261-modda, № 11, 791-modda; 2020-yil, № 9, 539-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda, № 11, 1065-modda; 2022-yil, № 11, 1061-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 1, 7-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 21-moddaning:
oʻn beshinchi xatboshisidagi “tumanlarning irrigatsiya boʻlimlari” degan soʻzlar “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn toʻqqizinchi xatboshisi “suv yetkazib berish boʻyicha xizmatlar” degan soʻzlardan keyin “(bundan suv xoʻjaligining foydalanuvchi tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan, qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv yetkazib berish xizmatlari mustasno)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 7-modda:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“suv isteʼmolchilarining qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv olish limitlarini ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda tasdiqlash”;
toʻrtinchi — sakkizinchi xatboshilari tegishincha beshinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
3) 27-modda uchinchi qismining:
toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“suv isteʼmolchilari uyushmalariga, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilarga va suv isteʼmolchilariga — tuman ahamiyatiga molik suv obyektlaridan, shu jumladan qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tomonidan beriladi”;
beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
4) 30-moddaning:
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fermer va dehqon xoʻjaliklari hamda boshqa suv isteʼmolchilarining qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv olish limitlari tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va hududiy qishloq xoʻjaligi boshqarmalari tomonidan ishlab chiqiladi hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi”;
oltinchi qismi “suvni yetkazib berish boʻyicha xizmatlari” degan soʻzlardan keyin “(bundan suv xoʻjaligining foydalanuvchi tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan, qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv yetkazib berish xizmatlari mustasno)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
5) 351-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi “suvni yetkazib berish boʻyicha xizmatlar” degan soʻzlardan keyin “(bundan suv xoʻjaligining foydalanuvchi tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan, qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv yetkazib berish xizmatlari mustasno)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
6) 48-modda:
uchinchi va toʻrtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suv isteʼmoli rejalari “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi. “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari suv isteʼmoli rejalarini umumlashtiradi va suvdan foydalanish rejalarini tuzadi.
“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalarining suvdan foydalanish rejalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan umumlashtiriladi”;
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi bilan kelishilgan holda — suv isteʼmolchilari boʻyicha”;
uchinchi xatboshisidagi “tuman (Quvasoy shahar) irrigatsiya boʻlimi boʻyicha” degan soʻzlar “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi boʻyicha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 53-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jamoa bogʻlari, tokzorlari, ekinzorlarini va tomorqa yer uchastkalarini suv bilan taʼminlash belgilangan tartibda “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tomonidan suv yetkazib berish va suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaga asosan amalga oshiriladi.
Fuqarolarning ekinzorlarini va tomorqa yer uchastkalarini sugʻorish uchun suv resurslarini ajratish xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlanadigan fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining suv olish limitlarida nazarda tutiladi. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari fuqarolarning ekinzorlarni va tomorqa yer uchastkalarini sugʻorish uchun suvga boʻlgan ehtiyojlarini umumlashtiradi, suv yetkazib berish va suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisida shartnomalar tuzadi, ular oʻrtasidagi suvni isteʼmol qilish tartibini belgilaydi, shuningdek sugʻorish tarmoqlarida taʼmirlash-tiklash ishlarini tashkil etadi”;
8) 54-moddaning birinchi qismidagi “suv isteʼmolchilari uyushmalari hamda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
9) 82-moddaning:
ikkinchi qismidagi “Suv isteʼmolchilari uyushmalari, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilarning” degan soʻzlar “Suvdan foydalanuvchilarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “suv isteʼmolchilari uyushmalari hamda boshqa” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
10) 106-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi “suvni yetkazib berish boʻyicha xizmatlar” degan soʻzlardan keyin “(bundan suv xoʻjaligining foydalanuvchi tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan, qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv yetkazib berish xizmatlari mustasno)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi 602-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan 662-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 162-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 4, 199-modda, № 12, 886-modda; 2020-yil, № 1, 2-modda, № 9, 540-modda, № 11, 652-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 6, 570-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 6-moddaning ikkinchi qismidagi “belgilangan tartibda” degan soʻzlar “ushbu Qonunning 11-moddasida belgilangan tartibda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 15-moddaning matnidagi “ularga xizmat koʻrsatuvchi suv isteʼmolchilari uyushmalari tomonidan belgilanadigan” degan soʻzlar “tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va hududiy qishloq xoʻjaligi boshqarmalari tomonidan ishlab chiqiladigan hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlanadigan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 17-modda birinchi qismining:
sakkizinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
toʻqqizinchi — oʻn sakkizinchi xatboshilari tegishincha sakkizinchi — oʻn yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“suvni tejash, suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanish chora-tadbirlarini koʻrishi;
suv resurslaridan “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi bilan tuzilgan suv yetkazib berish va suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaga binoan foydalanishi, shuningdek fermerlararo ichki sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlarini, ulardagi inshootlarni taʼmirlash hamda tiklashda ishtirok etishi, ularni texnik jihatdan soz holatda saqlashi, ulardan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etishi”;
4) 24-moddaning birinchi qismidagi “shu jumladan davlat ehtiyojlari uchun realizatsiya qilish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
5) 30-moddaning matnidagi “davlat ehtiyojlari uchun mahsulot realizatsiya qilish shartnoma majburiyatlari bajarilmagan yoki” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
6) 35-moddaning birinchi qismidagi “tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsuloti nazarda tutilgan hajmlarda yetkazib berilishini taʼminlash boʻyicha, shuningdek” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi 69-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 2-mayda qabul qilingan OʻRQ-328-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 5, 133-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 384, 385-moddalar; 2018-yil, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 3, 166-modda, № 12, 886-modda; 2020-yil, № 1, 2-modda, № 11, 652-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 213-modda, № 6, 577-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda) 28-moddasining birinchi qismidagi “ularga xizmat koʻrsatuvchi suv isteʼmolchilari uyushmalari tomonidan belgilanadigan” degan soʻzlar “tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va hududiy qishloq xoʻjaligi boshqarmalari tomonidan ishlab chiqiladigan hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlanadigan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 7, 431, 433-moddalar, № 12, 783-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 5, 265-modda, № 8, 470-modda, № 9, 588-modda, № 11, 791-modda, № 12, 884, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 203-modda, № 11, 652-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 7, 13-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 803, 804-moddalar, № 10, 973-modda, № 12, 1198-modda; 2022-yil, № 5, 464-modda, № 6, 577-modda; 2023-yil, № 4, 272-modda, № 11, 923-modda) 72-moddasi 2-bandining ikkinchi xatboshisidagi “irrigatsiya tizimlarining havza boshqarmalari huzuridagi tumanlar (Quvasoy shahri) irrigatsiya boʻlimlarini” degan soʻzlar “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 1-aprelda qabul qilingan “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-680-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 4, 286-modda; 2022-yil, № 11, 1061-modda; 2023-yil, № 11, 919-modda) 11-moddasining birinchi qismidagi “unga xizmat koʻrsatuvchi suv isteʼmolchilari uyushmasi tomonidan belgilanadigan” degan soʻzlar “tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va hududiy qishloq xoʻjaligi boshqarmalari tomonidan ishlab chiqiladigan hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlanadigan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
8-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 22-oktabr,
OʻRQ-981-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son; 30.07.2025-y., 03/25/1076/0672-son)