Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“TOShKENTUYJOYINVESTQURILISh” TOShKENT MOLIYA-QURILISh KORPORATSIYASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA”
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 13-apreldagi 145-sonli “Toshkentuyjoyinvestqurilish” Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasini tugatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi (“Toshkentuyjoyinvestqurilish”)ni tashkil qilish toʻgʻrisida”gi Farmonni bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Toshshaharloyiha” instituti, Kapital qurilish bosh boshqarmasi va “Farois” firmasining “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasiga ixtiyoriy ravishda kirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
* 2a-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
“Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasiga raisining toʻrt nafar oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻlishi tavsiya qilinsin.
Korporatsiya raisi va uning oʻrinbosarlariga Oʻzbekiston Respublikasi vazirlari va vazirlarning oʻrinbosarlari uchun belgilangan moddiy-maishiy va tibbiy xizmat koʻrsatish shart-sharoitlari saqlab qolinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4 va 5-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 17-maydagi 181-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
6. “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda uy-joy obligatsiyasi va uy-joy obligatsiyalariga egalik qilish toʻgʻrisidagi guvohnoma namunalarini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar;
bir oy muddatda uy-joy obligatsiyasi zayomi emissiya prospektini ishlab chiqsinlar va uni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsinlar. Zayom emissiyasi prospekti roʻyxatga olingandan keyin uy-joy obligatsiyalari va uy-joy obligatsiyalariga egalik qilish toʻgʻrisidagi guvohnomalar nusxalari “Goznak” fabrikasida tayyorlanishiga buyurtma bersinlar va uning haqini toʻlasinlar.
7. Toshkent shahar hokimligiga “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasining uy-joy obligatsiyasi egasiga Toshkent shahri hududida kvartira berish boʻyicha majburiyatlari yuzasidan kafil boʻlishga ruxsat berilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasiga xorijiy investitsiyalarni jalb etishda, “Oʻzbekinvest” milliy sugʻurta kompaniyasi esa ularning sugʻurta qilinishini taʼminlashda koʻmaklashsinlar.
9. Xorijiy investitsiyalar jalb etilishini taʼminlash uchun garov sifatida foydalanish mumkin boʻlgan obyektlar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Toshkent shahar hokimligi koʻrsatib oʻtilgan asosiy fondlari tasarruf etish huquqini “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasiga bersin;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Toshkent shahar hokimligi garov shartnomasi tuzilishi va amalga oshirilishi boʻyicha tashkiliy-huquqiy masalalarni belgilangan tartibda hal etsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 26-dekabrdagi 475-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
11. Pul-kredit siyosati boʻyicha komissiya “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasiga oʻzini tiklab olish davrida ishlab chiqarish faoliyatini taʼminlash uchun belgilangan tartibda kredit ajratishni nazarda tutsin.
12. “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasining Toshkent shahri, Oʻzbekiston koʻchasi, 16-uyga joylashishi belgilab qoʻyilsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 27-dekabr,
622-son
Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi — “Toshkentuyjoyinvestqurilish”
tuzilmasi
“Qurilishmexanizatsiya” aksionerlik jamiyati
“12-trest” aksionerlik jamiyati
“Toshkentmaxsuspardozqurilish” aksionerlik jamiyati
“Uyjoyqurilish” aksionerlik jamiyati
“Toshkentmuhandisqurilish” aksionerlik jamiyati
“1-Toshkent uysozlik kombinati” aksionerlik jamiyati
“Sanoatqurilishindustriya” aksionerlik jamiyati
“Maxsusavto” aksionerlik jamiyati
“Tuzatishqurilish” aksionerlik jamiyati
“1-temir-beton buyumlar zavodi” aksionerlik jamiyati
“8-temir-beton buyumlar zavodi” aksionerlik jamiyati
“Keramzitbeton” aksionerlik jamiyati
“Sirgʻali binokorlik materiallari va konstruksiyalar zavodi” aksionerlik jamiyati
“Altemir (1-tajriba-mexanika zavodi)” aksionerlik jamiyati
“Noruda” (Qoʻyliq binokorlik materiallari kombinati)
“Qurilish komplekti bosh boshqarmasi” aksionerlik jamiyati
“4-qurilish tresti” aksionerlik jamiyati
“Hajmli-blokli-uysozlik tajriba kombinati” aksionerlik jamiyati
“Toshqurilishtrans” aksionerlik jamiyati
“Avtotuzatishxizmatlar” aksionerlik jamiyati
“71-qurilish boshqarmasi” aksionerlik jamiyati
“Toshxorijiyqurilish” aksionerlik jamiyati
“Sifat” aksionerlik jamiyati
“Turon” aksionerlik jamiyati
“Toshkent yogʻochga ishlov berish zavodi” aksionerlik jamiyati
“159-trest” aksionerlik jamiyati
“Kotong” korxonasi (AHM)
“Qurilishtrans” korxonasi
“2-tajriba-eksperimental-mexanika zavodi”
“2-uysozlik kombinati”
“Sanoatenergiya” korxonasi
Temir yoʻl transporti birlashgan xoʻjaligi
“Toshkentqurilishloyiha” instituti
Uy-joylardan foydalanish tresti
Aloqaning dispetcherlik vositalari boshqarmasi
“Doʻstlik” trest-maydoni (Nyagan shahri)
Oʻquv kombinati
“Hamkorlik” uyushmasi
“Toshsotsuyjoybank” banki
Investitsiya-tijorat boshqarmasi
“Farois” firmasi
Kapital qurilish bosh boshqarmasi
“Toshshaharloyiha” instituti
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi — “Toshkentuyjoyinvestqurilish” ijroiya apparati
tuzilmasi
Rahbariyat
Ishlab chiqarish — texnika boshqarmasi
Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi boʻlimi
Kapital qurilish boʻlimi
Mexanizatsiya va transport boʻlimi
Sanoat ishlab chiqarishini tayyorlash boʻlimi
Qurilishlarni butlash bosh boshqarmasi
Moliya-iqtisod boshqarmasi
Qurilishni mablagʻ bilan taʼminlash va kreditlar boʻlimi
Tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmasi
Iqtisodiy tahlil va rivojlantirish boʻlimi
Marketing va sotish boshqarmasi
Ishlar boshqarmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 8-fevraldagi 52-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Garov sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan obyektlar
roʻyxati
1. Sirgʻali-8 mikrorayonidagi 16 qavatli 124 kvartirali uy
2. Chorbogʻdagi uchta mehmonxona
3. Xoʻjayev koʻchasidagi rigelsiz sinchli 16 qavatli uy
4. “Boshliq” mikrorayonidagi Jamoatchilik markazi
5. Algoritm-2 mikrorayoni (II-navbati) 16-18 ming kishiga xizmat koʻrsatadigan savdo markazi
6. Markaz-15 mikrorayonidagi 16 qavatli 124 kvartirali 1-uy
7. Chimyonsoydagi 52-oromgoh
8. Chimyonsoydagi 4-oromgoh
9. Chotqoldagi sogʻlomlashtirish kompleksi
10. Baqachoʻldagi jamoatchilik markazi
11. “Rossiya” mehmonxonasi
12. “Zarafshon” mehmonxonasi
13. Yangi-Oʻzbekiston koʻchasidagi 14 qavatli bino
14. “Turon” mehmonxonasi
15. Shahar arxitektura bosh boshqarmasining Navoiy koʻchasi, 2-uydagi maʼmuriy binosi
16. H.Olimjon maydonidagi kompleks
17. “Shodlik” kafesi
18. Furqat koʻchasi, 1-uydagi maʼmuriy bino
19. “Olmazor” restorani
20. “Bahor” restorani
21. Xalqlar doʻstligi koʻchasidagi 12 qavatli 55 kvartirali 1-uy
22. Xalqlar doʻstligi koʻchasidagi 12 qavatli 55 kvartirali 2-uy