11.10.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3030-9
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 11-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3030-9]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Markaziy bank boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/18-son qarori (roʻyxat raqami 3030, 2018-yil 2-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 10/18/3030/1440-son) bilan tasdiqlangan Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais M. NURMURATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 9-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28/1-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 9-sentabrdagi 28/1-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 5-bob quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5-bob. Murojaatlarni koʻrib chiqishga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Murojaatlar bilan ishlashga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Bank mazkur Nizomga va qonunchilik hujjatlariga muvofiq murojaatlarni koʻrib chiqish tartibiga ega boʻlishi hamda ushbu tartibda kamida quyidagilar nazarda tutilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankda murojaatlar bilan ishlashni tashkillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlarni qabul qilish va roʻyxatga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlari va ularga javob berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlarni koʻrmay qoldirish va koʻrib chiqishni tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilarni va ularning vakillarini qabul qilishni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank tomonidan murojaatlarni koʻrib chiqish tartibining toʻliq matni bankning rasmiy veb-saytida barcha uchun ochiq shaklda, shuningdek, bankning murojaatlarni qabul qilish manzillari (pochta va elektron manzillari, telefon raqamlari, ijtimoiy kanallardagi manzillar, mobil ilova va boshqalar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bank (filial)ning stendlarida isteʼmolchiga koʻrinarli joyda oʻqish imkoniyati boʻlgan holda joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolchining talabiga muvofiq bank xodimi isteʼmolchiga murojaatlarni koʻrib chiqish tartibini tushuntirib berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Bank isteʼmolchining murojaat qilish huquqini cheklashga haqli emas va murojaatni qabul qilishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank tomonidan murojaatlarni koʻrib chiqish bepul amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Bank isteʼmolchilarning murojaatlarini koʻrib chiqishi va koʻrib chiqish natijalari boʻyicha murojaat etuvchilarga javob berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank ogʻzaki, yozma yoxud elektron shakldagi murojaatlarni qabul qilish uchun sharoitlar yaratishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish ofislarida (yoki markazlarida), filiallarida va oʻzining rasmiy veb-sayti orqali murojaatlarni qabul qilishni yoʻlga qoʻyadi. Bank rasmiy veb-saytining bosh sahifasida yoki saytning oʻzgarmas yuqori qismida (ushbu sahifada) yaqqol koʻrinarli tarzda joylashtirilgan havola orqali toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtish mumkin boʻlgan boshqa sahifasida murojaatlarni qabul qilishni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank mobil ilovasida isteʼmolchilar tomonidan murojaat qoldirilishi uchun imkoniyat yaratadi va/yoki murojaat yuborilishi uchun aloqa kanallarini koʻrsatishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank isteʼmolchilar bilan telefon aloqasi orqali bogʻlanishini taʼminlovchi Call-markazlarni tashkil etib, u orqali isteʼmolchilarga bank faoliyati bilan bogʻliq maslahatlar va tushuntirishlar beradi hamda ogʻzaki shakldagi murojaatlarni qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Telefon orqali murojaat etilsa yoki murojaatni koʻrib chiqish jarayonida telefon orqali murojaat qiluvchi bilan suhbatlashilsa, ushbu murojaatni keyinchalik koʻrib chiqishda foydalanish maqsadida isteʼmolchini oldindan xabardor qilgan holda suhbat maxsus (audio, video) texnika vositalari yordamida yozib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Call-markaz telefonlarining raqamlari bank rasmiy veb-saytining bosh sahifasida, shuningdek, bank va uning filiallaridagi axborot stendlarida hamda bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan bank xizmatlari markazlari va kassalarning isteʼmolchiga koʻrinarli joyda oʻqishga imkoniyati boʻlgan holda joylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Call-markaz orqali tushayotgan murojaatlar kamida ish vaqti davomida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank kartasining emitenti bank kartasini saqlovchini bank kartasi yoʻqolganligi va (yoki) bank kartasidan ruxsatsiz foydalanilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani tunu kun yuborish imkoniyati bilan taʼminlashi va ushbu xabarnoma olinganidan keyin bank kartasini darhol blokirovka qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Isteʼmolchining ogʻzaki murojaatida bayon etilgan masala qoʻshimcha oʻrganishni yoki qoʻshimcha tekshirish oʻtkazishni talab etmasa, ushbu murojaatga javob shaxsiy qabul davomida telefon orqali yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ogʻzaki berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Real vaqt rejimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda chat yoki bot orqali berilgan matnli murojaatda keltirilgan masala qoʻshimcha oʻrganishni yoki qoʻshimcha tekshirish oʻtkazishni talab etmasa, ushbu murojaatga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda javob beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar isteʼmolchining mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshlarida keltirilgan murojaatida bayon etilgan masalasi qoʻshimcha oʻrganishni talab etsa, isteʼmolchiga murojaatida keltirilgan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda yozma yoki elektron shaklda taqdim etish taklif qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Barcha yozma va elektron murojaatlar oʻsha kunning oʻzida, ish vaqti tugaganidan keyin kelib tushgan taqdirda esa keyingi ish kuni mazkur Nizomning 5815-bandida keltirilgan bankning elektron axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankda murojaat, uni koʻrib chiqish natijalariga oid hujjatlar va unga berilgan javob xati murojaat kelib tushgan kundan eʼtiboran kamida uch yil saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Bank isteʼmolchiga uning roʻyxatga olingan murojaati raqami va sanasi haqidagi maʼlumotni uch ish kuni ichida yozma yoki elektron yoxud SMS-xabarnoma orqali maʼlum qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Murojaatlar bank rahbariyati (tegishli tartibda vakolat berilgan mansabdor shaxs) koʻrsatmasiga asosan belgilangan ijrochi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Bank xodimining harakatlari yoki harakatsizligi ustidan kelib tushgan murojaat aynan ushbu xodimning oʻziga koʻrib chiqish uchun topshirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Murojaatlar bankka kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kundan kechiktirmay, qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda esa bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqilishi va yozma yoki elektron shaklda javob berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
581. Bank murojaatlarni quyida keltirilgan asosiy tamoyillarga amal qilgan holda koʻrib chiqadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonuniylik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlarni oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlarga nisbatan talablarning bir xilligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlarni koʻrib chiqishda byurokratizm va sansalorlikka yoʻl qoʻyilmasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
582. Quyidagi murojaatlar koʻrib chiqilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
anonim murojaatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatlar koʻrmay qoldirilganda tegishli xulosa tuziladi, u bankning rahbari yoki vakolat berilgan mansabdor shaxsi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxs vakilining vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi sababli murojaatlar koʻrmay qoldirilganligi toʻgʻrisida murojaat etuvchi xabardor qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
583. Murojaatlarni koʻrib chiqish quyidagi hollarda tugatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar takroriy murojaatlarda yangi vajlar yoki yangidan ochilgan holatlar keltirilmagan boʻlsa, ilgarigi murojaat materiallarida esa tekshiruvlarning toʻla-toʻkis materiallari mavjud boʻlsa va murojaat qiluvchiga belgilangan tartibda javoblar berilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar murojaat qiluvchi oʻz murojaatini belgilangan tartibda chaqirib olgan boʻlsa yoki uni koʻrib chiqishni tugatish toʻgʻrisida iltimos qilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashash joyi, turgan joyi (pochta manzili), elektron pochta manzili yoki boshqa rekvizitlari oʻzgarganligi toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilmaganligi tufayli chaqirishning imkoni yoʻqligi sababli murojaatni murojaat qiluvchining ishtirokisiz koʻrib chiqish imkoniyati boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatni murojaat qiluvchining ishtirokisiz koʻrib chiqish imkoniyati mavjud emasligi sababli, bank yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan chaqirilgan murojaat qiluvchi kelmay qolgan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatni koʻrib chiqishni tugatish toʻgʻrisidagi qarorni bankning rahbari yoki uning vakolat berilgan mansabdor shaxsi qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takroriy murojaatni koʻrib chiqish ushbu bandning ikkinchi xatboshisiga muvofiq tugatilganda, murojaat qiluvchi takroriy murojaatning asossizligi va ushbu masala yuzasidan u bilan yozishmalar tugatilishi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilinadi. Yozishmalar olib borish tugatilgan murojaat qiluvchidan takroriy murojaat kelib tushgan taqdirda, bunday murojaatni koʻrib chiqish murojaat qiluvchini bu haqda xabardor qilmasdan tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatni koʻrib chiqish uni chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza boʻyicha tugatilganda murojaat murojaat qiluvchiga bankning yoki bank mansabdor shaxsining xati bilan birga uch kun ichida qaytariladi. Murojaatni chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza qonun, shuningdek, isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishlarini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrilishini istisno etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat qiluvchi chaqirilgan jismoniy shaxsning yoki yuridik shaxs vakilining kelmay qolganligi sababli murojaatni koʻrib chiqishni tugatish toʻgʻrisida xabardor qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
584. Bankning mansabdor shaxslari bankning rasmiy veb-sayti va axborot stendlarida joylashtirilgan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvaliga muvofiq isteʼmolchilarni shaxsan qabul qilishlari shart. Shaxsiy qabul bayonnoma asosida rasmiylashtiriladi yoki isteʼmolchini xabardor qilgan holda maxsus (audio va video) texnika vositalari yordamida ovozlar yozib olinishi yoki videotasvirga tushirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
585. Bankning mansabdor shaxslari tomonidan shaxsiy qabulni oʻtkazishga doir talab bilan jismoniy shaxslardan va yuridik shaxslarning vakillaridan murojaatlar kelib tushganda, bank ushbu murojaatlar kelib tushgan sanadan boshlab yetti kundan kechiktirmagan holda murojaat qiluvchilarga bankning mansabdor shaxslariga qabul sanasi va vaqti koʻrsatilgan holda qabul belgilanganligi toʻgʻrisidagi, shuningdek ushbu qabulga kelganda bogʻlanish uchun telefon raqamlari haqidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda xabarnoma yuborishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
586. Shaxsiy qabul masofaviy tarzda (videokonferensaloqa vositasi orqali) ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
587. Isteʼmolchining murojaati yuzasidan yoʻllanadigan javob xati bank rahbariyati (filial rahbari) yoki bu borada vakolat berilgan mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bankka bir nechta (ikki yoki undan ortiq) shaxs tomonidan murojaat etilganda, agar murojaatda javobni boshqa shaxsga yuborish talab etilmagan boʻlsa, murojaat qiluvchilarning roʻyxatida birinchi koʻrsatilgan shaxsga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
588. Murojaatlarga javoblar mumkin qadar murojaat etilgan tilda bayon qilinadi, javoblar murojaatda koʻrsatilgan har bir masala boʻyicha vajlarni inkor etuvchi yoki tasdiqlovchi aniq asoslarni (zaruratga qarab qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda) oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatga javob, uning kelib tushgan shaklidan qatʼi nazar murojaatda koʻrsatilgan pochta manzilga yoki elektron manzilga yoxud isteʼmolchi va bank oʻrtasida tuzilgan shartnoma shartlarida kelishilgan manzilga imzolangan holda qogʻoz yoki elektron koʻrinishida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
589. Murojaat qiluvchining iltimosiga koʻra bank murojaatga javobni uning mazmunini oʻzgartirmasdan tushuntirishi, shuningdek yoʻl qoʻyilgan xatolar va arifmetik xatolarni oʻz tashabbusiga koʻra yoki murojaat qiluvchining iltimosiga koʻra, murojaatga javobning mazmuniga daxl qilmagan holda tuzatishi shart. Bunda murojaatga javobni tushuntirish va uni tuzatish toʻgʻrisidagi iltimos u kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5810. Bank murojaatlarni koʻrib chiqishda qonunlar talablariga rioya etishi, shuningdek, murojaatlarning toʻliq, xolisona va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi uchun hamda isteʼmolchilarning buzilgan huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini va tiklanishini taʼminlash boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida choralar koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5811. Bank murojaatlarni koʻrib chiqishda murojaat qiluvchiga quyidagi huquqlarni taqdim etishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatni koʻrib chiqishning borishi toʻgʻrisida axborot olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vajlarni shaxsan bayon etish va tushuntirishlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatni tekshirish materiallari va uni koʻrib chiqish natijalari bilan tanishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha materiallar taqdim etish yoki bunday materiallarni boshqa organlardan talab qilib olish toʻgʻrisida iltimos qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokat yordamidan foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5812. Bankka isteʼmolchini, uning vakilini, ularning oila aʼzolarini ular oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarish yoki himoya qilish maqsadida bankka yoki davlat organlariga, tashkilotlarga va ularning mansabdor shaxslariga murojaat etganligi, shuningdek murojaatlarda oʻz fikrini bildirganligi va tanqid qilganligi munosabati bilan taʼqib etish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5813. Bank murojaatlarni koʻrib chiqishda quyidagilarga amal qilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) murojaatlar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) murojaat qiluvchiga uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini, agar ular qonun bilan qoʻriqlanadigan sir boʻlgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olmasa, uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazmasa, taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) murojaat qiluvchiga koʻrib chiqish natijalari hamda qabul qilingan qaror haqida murojaat koʻrib chiqilganidan soʻng yozma yoxud elektron shaklda darhol xabar qilishi, ommaviy qabullar vaqtida tushgan va joyida hal qilingan ogʻzaki murojaatlar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) murojaat yuzasidan qabul qilingan qarorga yoki murojaatni koʻrib chiqish natijalaridan rozi boʻlmasa, quyidagilarga shikoyat berish huquqi mavjudligi toʻgʻrisida bankning javob xatida tushuntirish berishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning tegishli ichki appelyatsiya organiga (agar mavjud boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suddan tashqari nizolarni muqobil hal qilish organlarga (agar mavjud boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yoki moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish vakolati berilgan davlat organlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) murojaatni koʻrib chiqish natijalariga koʻra qabul qilingan qarorning ijrosini nazorat qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) qonunga xilof harakatlarni (harakatsizlikni) bartaraf etish yuzasidan darhol chora-tadbirlar koʻrishi, isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablar va sharoitlarni oʻz vakolatlari doirasida aniqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) isteʼmolchi, uning vakili, ularning oila aʼzolari ularning murojaatlari sababli taʼqib etilishini belgilangan tartibda bartaraf etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) agar isteʼmolchiga uning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi natijasida moddiy zarar yoki maʼnaviy ziyon yetkazilgan boʻlsa, qonunchilikda belgilangan tartibda moddiy zararning oʻrnini qoplash yoki maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish choralarini koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5814. Bank Markaziy bank orqali kelib tushgan murojaatni qonunchilik hujjatlari va mazkur Nizom talablari asosida koʻrib chiqishi hamda murojaatga berilgan javob xati (xabarnoma) va/yoki uni koʻrib chiqishga taalluqli boʻlgan barcha hujjatlar nusxalarini murojaat qiluvchiga javob xati berilgan kuni Markaziy bankka taqdim etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Murojaatlar koʻrib chiqilishini monitoring va nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5815. Bank murojaatlarni koʻrib chiqish boʻyicha ichki nazoratni taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank kelib tushayotgan murojaatlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida roʻyxatga olish, qabul qilish, toʻplash, tasniflash va tizimlashtirish, shuningdek, ularning toʻliq, oʻz vaqtida hamda sifatli koʻrib chiqilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirish imkonini beruvchi mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan minimal talablarga javob beruvchi elektron axborot tizimini joriy qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankning ichki nazorat tizimi isteʼmolchilarning shikoyatlarini qayta ishlash va uni hal etishdagi kamchiliklar va xatoliklarni oʻz vaqtida aniqlashga qaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatlarni koʻrib chiqish boʻyicha ichki nazoratni amalga oshiruvchi ichki audit xizmati kamida quyidagilarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankda isteʼmolchilarning shikoyatlarini koʻrib chiqish va hal etish uchun huquqiy asoslar va tashkiliy jarayonlarning yetarliligini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilarning shikoyatlarini keltirib chiqaruvchi tizimli kamchiliklarni aniqlash jarayonlarini va ularni bartaraf etish maqsadida koʻrilayotgan choralarni tahlil qilish va baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish siyosati samaradorligini baholash maqsadida bank xizmatlari va mahsulotlarini tavakkalchilikka asoslangan tekshirishlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5816. Bank muntazam ravishda kelib tushgan murojaatlarning statistik hisobini yuritadi. Statistik hisobga olishda kelib tushgan, koʻrib chiqilgan, qanoatlantirilgan, qanoatlantirish rad etilgan, koʻrmay qoldirilgan murojaatlarning soni, shuningdek, mazkur Nizomga muvofiq boshqa maʼlumotlar nazarda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5817. Bank har chorak (yil) natijalariga koʻra murojaatlarni umumlashtiradi va tahlil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish natijalariga koʻra maʼlumotnomalar (sharhlar) tuziladi, ularda murojaatlar bilan ishlashning umumiy koʻrsatkichlari, murojaatlarning turlari, soni va kelib chiqish sabablari, murojaatlarda tez-tez koʻtarilgan masalalar, murojaatlar bank xizmat turlari (mahsulotlari) boʻyicha qaysi hududlardan kelib tushishi, ushbu bank xizmatlari isteʼmolchilar talablaridan kelib chiqib ularga mos ishlab chiqilganligi va isteʼmolchilar bilan adolatli munosabat qurilganligi toʻgʻrisida tahliliy maʼlumotlar, murojaatlarni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha aniqlangan asosiy kamchiliklar va qoidabuzarliklar, isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish maqsadida koʻrilgan chora-tadbirlar aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank boshqaruvi bank faoliyatining chorak (yil) natijalarini koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi oʻz yigʻilishlarida bankda murojaatlar bilan ishlash holatini, shu jumladan murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish natijalari boʻyicha maʼlumotnomalarni (sharhlarni), murojaatlarda koʻtarilgan salbiy holatlarni, tizimli kamchiliklarni va oʻziga xos tavakkalchiliklarni muhokama qilishi hamda isteʼmolchilarning huquqlari buzilishiga olib keluvchi tizimli kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha harakatlar rejalarini tasdiqlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, bank boshqaruvi qarorlari, shuningdek, murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish natijalari boʻyicha maʼlumotnomalar (sharhlar) ichki audit xizmatiga taqdim etiladi. Ichki audit xizmati bankda murojaatlar bilan ishlash holatini tekshirish oʻtkazish boʻyicha ish rejalarini tuzishda va monitoring faoliyatini amalga oshirishda foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish natijalariga koʻra tuzilgan choraklik maʼlumotnomalar (sharhlar) hisobot choragidan keyingi oyning 20-sanasiga va yillik maʼlumotnomalar (sharhlar) fevral oyining 15-sanasiga qadar bankning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishida tasdiqlanadigan yillik hisobotda bankning murojaatlar bilan ishlash faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Murojaatlar bilan ishlash boʻyicha boʻlinmani tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5818. Bank bosh ofisida murojaatlarni koʻrib chiqish uchun alohida boʻlinmani (bundan buyon matnda Boʻlinma deb yuritiladi) (bankning operatsion biznes boʻlinmalaridan mustaqil) tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5819. Boʻlinma xodimlari bankning murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi doirasida shikoyatlarni oʻrganish (surishtiruv oʻtkazish) uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni olish, alohida holatlar va tizimli muammolar boʻyicha choralar koʻrish huquqiga ega boʻlishi, shuningdek, shikoyatning xususiyatiga koʻra isteʼmolchilar bilan nizolarni hal qilish boʻyicha bir qator vakolatlarga ega boʻlishi kerak (huquqiy himoya qilish vositalariga, jumladan moliyaviy kompensatsiya qilish, shartnomalarni rad etish, toʻxtatib turish yoki bekor qilish hamda bank tomonidan hisoblangan jarima yoki yigʻimlarni bekor qilish yoki ulardan voz kechishlar misol boʻladi)kechish kabi takliflarni bank boshqaruviga kiritish vakolatlarga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank shikoyatlar bilan ishlaydigan barcha xodimlar uchun murojaat qiluvchilarning avvalgi shikoyatlari haqidagi maʼlumotlarning ochiqligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5820. Boʻlinma bank boshqaruvi raisi tomonidan nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5821. Murojaatlar va ularning kelib chiqish sabablari boʻyicha hisobotlarni tayyorlash Boʻlinmaning asosiy majburiyati boʻlishi va bu hisobotlar har chorakda kamida bir marta bank Boshqaruviga taqdim etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5822. Boʻlinma:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻlinmasi tomonidan taqdim etilgan nizolarni hal qilish jarayonlarining yaxlitligini zarur tarzda koʻrib chiqilishini taʼminlashga masʼul boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank boshqaruviga hisobot berishga hamda shikoyatlarni oʻrganish (tekshirish) jarayonida aniqlangan bank faoliyatidagi kamchiliklarni tuzatish rejalarini ishlab chiqilishi va ularni amalga oshirilishi uchun javobgar hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning xizmat koʻrsatish ofislariga/filiallariga kelib tushgan murojaatlarning belgilangan tartibda koʻrib chiqilishini muvofiqlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5823. Bank boshqaruvi bankda murojaatlarni koʻrib chiqish tartiblarini samarali joriy qilish uchun javobgar hisoblanadi, shuningdek, boshqaruv bankda majburiy qoidalar va koʻrsatmalarga rioya etilishini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5824. Bank shikoyatlarni koʻrib chiqish uchun yetarli xodimlarga ega boʻlishi va ularni doimiy (yillik) ravishda tegishli tarzda oʻqitishi lozim. Bunda oʻquv dasturi xodimlarning isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishga doir qonunchilik va bankning ichki hujjatlarini, bank mahsulotlari va xizmatlarini, shikoyatlarni koʻrib chiqishda amal qilish lozim boʻlgan jarayonlarni, maʼlumotlarni himoya qilish masalalarini bilishi va tushunishiga, shuningdek, vositachilik, muzokaralar olib borish, shaxsiy halollik va mijozlar bilan munosabatda boʻlishida boshqa koʻnikmalarini oshirishiga qaratilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv tadbirlari oʻquv rejalari va davomat varaqalari, shuningdek, oʻqitish samaradorligini baholash va zaruriyatga koʻra tegishli tuzatishlar va takomillashtirishlar orqali nazorat qilinishi kerak. Oʻquv dasturlari natijalarini baholash tizimi joriy qilinishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5825. Shikoyatlarni koʻrib chiqish majburiyati yuklatilgan lavozimlarga tayinlanuvchi shaxs:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy iqtisodiy yoki yuridik maʼlumotga va tijorat bankining bank operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlinmasida kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank va moliya sohasidagi qonunchilik hujjatlarini bilishi shart.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchaning ilovasiga muvofiq tahrirdagi 4-ilova bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchaga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatlarni koʻrib chiqish va ular bilan ishlash boʻyicha elektron axborot tizimiga qoʻyiladigan minimal talablar*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Murojaatni roʻyxatga olish. Axborot tizimida bankning bosh ofisiga, hududlardagi boʻlinmalariga (filial yoki bank xizmatlari ofisi) kelib tushgan murojaatlar boʻyicha quyidagi maʼlumotlar roʻyxatga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatning shakli (yozma, elektron, ogʻzaki);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatning turi (ariza, shikoyat, taklif);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatning sanasi va raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatning bankka kelib tushgan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatning roʻyxatga olish sanasi va raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatga berilgan identifikatsiya raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatni roʻyxatga olgan bank boʻlinmasining nomi (filial yoki bank xizmatlari ofisi) va raqami, xodimning ismi-sharifi va lavozimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat manbasi (murojaat qiluvchidan toʻgʻridan toʻgʻri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi, Virtual qabulxonasi, murojaat.gov.uz), Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, vazirlik, idoralar va qoʻmitalar (nomi koʻrsatilishi kerak), sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar (nomi koʻrsatilishi kerak), ommaviy-axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar, nodavlat va notijorat tashkilotlari (nomi koʻrsatilishi kerak) va boshqa manbalar (bank lozim deb topgan taqdirda manbalar roʻyxati qoʻshimcha qilinishi mumkin) orqali kelib tushgan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatning takroriyligi, dublikatligi yoki birinchi martaligini qayd etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat qiluvchining shaxsi (jismoniy shaxs, yuridik shaxs, tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda yuritayotgan jismoniy shaxs);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat qiluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi (yuridik shaxsning nomi va uning nomidan imzolagan shaxsning F.I.O), murojaat etuvchini identifikatsiya qiluvchi maʼlumotlar (STIR, murojaat qiluvchining telefon raqami, elektron pochtasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat vakil orqali berilganligi (ha/yoʻq) hamda vakilning F.I.O;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat qiluvchi kichik tadbirkorlik subyekti ekanligi (ha/yoʻq);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat qiluvchining (yuridik shaxs nomidan imzolagan shaxsning) jinsi (ayol/erkak);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat qiluvchining (yuridik shaxs nomidan imzolagan shaxsning) yoshi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat qiluvchining yashash manzili va hududi (yuridik shaxsning manzili) (viloyat, tuman va boshqalar) belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatlarni roʻyxatga olish — murojaat kelib tushgan bankning bosh ofisi yoki hududlardagi boʻlinmalarining (filial yoki bank xizmatlari ofisi) vakolat berilgan masʼul xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankning bosh ofisiga, hududlardagi boʻlinmalariga (filial yoki bank xizmatlari ofisi) kelib tushgan murojaatlar bir marta roʻyxatga olinishi lozim, yaʼni bosh ofisdan (yuqori turuvchi tuzilmadan) koʻrib chiqish uchun quyi tarkibiy tuzilmasiga (filial yoki bank xizmatlari ofisi) yuborilgan murojaat ushbu tarkibiy tuzilmasi tomonidan roʻyxatga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda elektron axborot tizimda bankning barcha roʻyxatga olgan murojaatlari yagona baza sifatida bankning bosh ofisiga koʻrinib turishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatni roʻyxatga olishda tizim murojaat qiluvchining ismi-sharifini (STIR) solishtirish orqali bank tizimiga avval ushbu murojaat qiluvchining murojaati mavjudligini tekshiradi va natijasi boʻyicha maʼlumot taqdim etadi. Shunga koʻra, roʻyxatga oluvchi kelib tushgan murojaatni takroriyligi, dublikatligi yoki birinchi martaligini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Murojaat mazmunini yoritish. Bunda quyidagilar inobatga olinishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatda keltirilgan bank xizmati bankning qaysi xizmat koʻrsatish kanali (mobil ilova, bank sayti, telefon, ijtimoiy tarmoqlar, bank agentlari, bank binosi va boshqalar) orqali koʻrsatilganligini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatda qayd etilgan bank xizmati (operatsiya) turini (kredit, mikrokredit, mikroqarz, onlayn mikroqarz, kredit karta, overdraft, lizing, isteʼmol krediti, avtokredit, ipoteka krediti, taʼlim krediti, oilaviy tadbirkorlik boʻyicha imtiyozli kredit, kafillik, garov, sugʻurta, omonat va depozitlar, onlayn omonat, milliy valyutadagi bank kartalari, xorijiy valyutadagi bank kartalari, valyuta ayirboshlash, xalqaro pul oʻtkazmalari, valyuta amaliyotlari, bank hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatish, kassa xizmatlari, bir martalik chakana toʻlovlarni amalga oshirish, bankomat, mobil ilova, veb-sayt, call-markaz, murojaat va qabul masalasi, bank xodimlarining xatti-harakatlari, bank xodimlarining malakasini va boshqalar) belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatda koʻtarilgan masalalarni umumlashtirish maqsadida bank xizmati (operatsiya) turi boʻyicha murojaat masalalari roʻyxatini shakllantirish va uni tanlash imkoniyatini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning masʼul xodimi tomonidan murojaat bilan tanishib chiqqan holda “Roʻyxat”ga qoʻshimcha ravishda murojaatda koʻtarilgan masala (muammo) mazmunini (qoʻlda yoki dasturiy taʼminot orqali) kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatning pdf-faylini yoki/va word matnini koʻrish imkoniyatini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatda qayd etilgan bank nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatda qayd etilgan bank tuzilmasining (bosh ofis, filial yoki bank xizmatlari ofisi) nomi, kodi, ularning joylashgan manzilini (viloyat va tuman), murojaatda keltirilgan bank xodimlari ismi-sharifini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning ushbu boʻlimi murojaat kelib tushgan bankning bosh ofisi yoki hududlardagi boʻlinmalarining (filial yoki bank xizmatlari ofisi) vakolat berilgan masʼul xodimlari tomonidan toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Murojaatlarning koʻrib chiqilishini tashkil etish (monitoring). Bunda quyidagilar inobatga olinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatni bevosita koʻrib chiqayotgan tarkibiy tuzilma va xodimlarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatda koʻtarilgan masala (muammo) yuzasidan taalluqli boʻlgan bankning boshqaruv raisi oʻrinbosarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat yuzasidan kim bilan va qachon yozishmalar olib borilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlarni koʻrsatish, ularning pdf-faylini yoki/va word matnini koʻrish imkoniyatini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatning koʻrib chiqish muddatini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatni koʻrib chiqishni uzaytirilgan muddatini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatni koʻrib chiqish bosqichi (koʻrib chiqish jarayonida, toʻliq koʻrib chiqildi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat koʻrib chiqish uchun bankning Bosh ofisidan (yuqori tarkibiy tuzilmasidan) quyi tarkibiy tuzilmalariga dasturiy taʼminot orqali yuborilishi va ushbu harakatlarni dasturda amalga oshirish imkoniyati yaratilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning ushbu boʻlimida keltirilgan vazifalarni murojaat kelib tushgan bankning bosh ofisi yoki hududlardagi boʻlinmalarining (filial yoki bank xizmatlari ofisi) vakolat berilgan masʼul xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Murojaatni koʻrib chiqish natijasi. Bunda quyidagilarni inobatga olinishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) murojaatda keltirilgan vajlarning tasdiqlanganligi yoki tasdiqlanmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) murojaat qiluvchining huquqi buzilganligi holati (Buzilgan/Buzilmagan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) murojaat qiluvchiga yuborilgan javob xati raqami va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat qiluvchiga yuborilgan javob xatining hamda murojaatni oʻrganish davomida rasmiylashtirilgan tegishli hujjatlarning (dalolatnoma, maʼlumotnomalarning) pdf-faylini yoki/va word matnini koʻrish imkoniyatini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) murojaatda keltirilgan masalani hal etish holati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qanoatlantirilgan, masala qanday hal qilinganligini toʻliq yoritish lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qanoatlantirish rad etilgan, rad etilganligining sabablarini yoritish lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tushuntirish berilgan, tushuntirishning asosiy jihatlarini yoritish lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat vakolati doirasiga kirmasligi sababli boshqa tashkilotga yuborilgan, qaysi tashkilotga yuborilganligini va uning sababini yoritish lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatni koʻrmay qoldirish yoki murojaatni koʻrib chiqishni tugatish boʻyicha qaror qabul qilinganligini qayd etish va ularni rasmiylashtirish hujjatlarining pdf-faylini yoki/va word matnini koʻrish imkoniyatini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning ushbu boʻlimini murojaatni koʻrib chiqayotgan bankning bosh ofisi yoki hududlardagi boʻlinmalarining (filial yoki bank xizmatlari ofisi) vakolat berilgan masʼul xodimlari tomonidan toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Murojaat koʻrib chiqilishini nazorat qilish. Bunda, quyidagilarni inobatga olinishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat koʻrib chiqilishini muddat nuqtai nazaridan nazorat qilish (bunda tegishli hisobot shakllanishi va ijro muddati yaqinlashayotganligini xabar beruvchi maʼlumot chiqarilishi lozim);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatni koʻrib chiqish bosqichi “koʻrib chiqildi” jarayonidagi murojaatlar qonunchilikka muvofiq, mazmunan, toʻliq va oʻz vaqtida koʻrib chiqilganligi tekshiriladi va nazoratdan chiqariladi. Aks holda, murojaat qayta koʻrib chiqish boʻyicha tegishli eʼtiroz xati rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturiy taʼminotda murojaatni qonunchilik hujjatlariga rioya etmagan holda koʻrib chiqqan bank xodimiga koʻrilgan har bir intizomiy choralar kiritilishi lozim. Bunda xodimga koʻrilgan choralar yuzasidan chiqarilgan buyruqning pdf-fayli bilan tanishish imkoniyati boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning ushbu boʻlimida keltirilgan vazifalarni bosh ofisining vakolat berilgan masʼul xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) Mazkur dasturda bankka kelib tushgan murojaatlarni tahlil etish, tegishli qarorlar qabul qilish va bankda tizimli kamchiliklarni aniqlash uchun tegishli (hudud, tuman, filial, bank xizmatlari (mahsulotlar) turi, murojaat masalalari, davr, sanalar va boshqa koʻrsatkichlar qirqimida tahliliy) hisobotlarni shakllantirish imkoniyatini beruvchi funksiya yaratilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning ushbu boʻlimida keltirilgan vazifalarni bosh ofisining vakolat berilgan masʼul xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) Elektron axborot tizimi toʻliq axborot xavfsizligi taʼminlangan holda yuritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: axborot tizimida roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan, maʼlumotlarni tanlash orqali koʻrsatish imkoniyati yaratiladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2024-y., 10/24/3030-9/0821-son)