Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan otinoyilarga maxsus litsenziyalar berish tartibini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 11-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 978-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi tomonidan 2000-yil 16-oktabrda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan otinoyilarga maxsus litsenziyalar berish tartibi (roʻyxat raqami 978, 2000-yil 16-oktabr) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais S. TOSHBOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 2-oktabr,
2-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi K. KURANBAYEV
2024-yil 30-sentabr
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi O. PARPIBAYEVA
2024-yil 17-sentabr
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy N. XOLIQNAZAR
2024-yil 16-sentabr
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 10/24/978-1/0815-son)