02.10.2024 yildagi 622-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxtachilikda urug‘chilik tizimini rivojlantirish hamda paxta hosildorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 15-dekabrdagi PQ-391-son, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlarni amalga oshirishning 2024-yildagi ustuvor chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 4-martdagi PQ-109-son hamda “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 19-apreldagi PQ-162-son qarorlari ijrosini ta’minlash, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi tizimini yangi bosqichga olib chiqish, ilm-fan va ishlab chiqarishni o‘zaro integratsiya qilish hamda sohada xususiy sektor ulushini bosqichma-bosqich oshirib borish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tarkibidagi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi 13 ta urug‘chilik xo‘jaligini birlashtirish orqali elita urug‘chilik korxonalarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy savdolar orqali davlat ulushi to‘liq sotiladigan elita urug‘chilik korxonalarining ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” tarkibidagi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar bilan urug‘chilik xo‘jaliklarini birlashtirish orqali tashkil etilgan elita urug‘chilik korxonalarining 100 foiz davlat ulushidan 49 foizi ommaviy savdolar orqali sotiladiganlarining ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda 1-ilovaga muvofiq elita urug‘chilik korxonalarining davlat ulushi to‘liq Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazilishini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil yakuniga qadar 2-ilovaga muvofiq elita urug‘chilik korxonalarini tashkil etsin va ularning sotilishi belgilangan davlat ulushini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elita urug‘chilik korxonalari ulushini xususiylashtirish shartlari bo‘yicha takliflarni Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2-ilovaga muvofiq elita urug‘chilik korxonalarining sotilishi belgilangan davlat ulushi ommaviy savdolarga chiqarilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, elita urug‘chilik korxonalarining sotilishi belgilangan davlat ulushi 2025-yildan boshlab ommaviy savdolarga chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Markazga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarini yetishtirish, tayyorlash va ulardan foydalanishning zamonaviy tizimini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarini ichki va tashqi bozorlarga milliy brend ostida sotishni yo‘lga qo‘yish maqsadida xususiy urug‘chilik korxonalari faoliyatini ko‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi ekinlarining muqobil yangi navlari urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish va tinim davrini to‘liq o‘tagan urug‘liklarni ekish maqsadida “tindirilgan urug‘liklar” zaxirasini yaratib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklari bo‘yicha bozor konyunkturasini prognoz qilib borish va zarur urug‘liklar turlarini (assortimenti) shakllantirishda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, 2025-yildan boshlab qishloq xo‘jaligi ekinlarining (g‘o‘za, boshoqli don ekinlari va kartoshka) yangi navlarini sinash, birlamchi va avlodli urug‘chiligini tashkil etishning quyidagi tartibi joriy etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) nav va duragaylarni sinash bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi navlari sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazining kamida uchta hududda joylashgan davlat nav sinash stansiyalari va uchastkalarida nav originatori yoki joriy etuvchi xususiy subyektlar bilan tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi hamda “Agrotest.uz” ochiq elektron platformasiga joylashtiriladi, sinov natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari davlat reyestriga (keyingi o‘rinlarda — Davlat reyestri) kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markaziga murojaat etuvchi rezident yoki norezident (yuridik va jismoniy shaxslar) tomonidan urug‘lik materiallari taqsimotga asosan yetkazib beriladi va sinov ishlari belgilangan usullar yoki dasturga muvofiq amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) g‘o‘za navining dastlabki urug‘chiligini tashkil etish bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g‘o‘za navining dastlabki urug‘chiligi Markazning zamonaviy infratuzilmaga va yuqori malakali mutaxassislarga ega elita urug‘chilik xo‘jaliklari va nav originatori tomonidan tashkil etiladi, bunda dastlabki urug‘chilik 2 yillik ko‘paytirish ko‘chatzorlari shaklida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi yil ko‘paytirish ko‘chatzorlari — 5 tagacha yangi navning har biri 1 gektar maydonda 300 ta yakka tanlov va 50 ta oilaviy terim namunalari ekilgan shaklda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi yil ko‘paytirish ko‘chatzorlari — 1 ta yangi navning 4 gektar maydonda 1 500 ta yakka tanlov va 400 ta oilaviy terim namunalari ekilgan shaklda tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g‘o‘za navining dastlabki urug‘chiligini tashkil etishda nav originatori tomonidan Markazga shartnoma asosida buyurtma beriladi, bunda Markaz va nav originatori yagona ijrochi tashkilot sifatida belgilanadi;​​​​​​
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir vaqtning o‘zida Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markaziga taqdim qilingan yangi navlarning dastlabki urug‘chiligini tashkil etishga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) g‘o‘za navining birlamchi urug‘chiligini tashkil etish bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g‘o‘za navining birlamchi urug‘chiligi muayyan nav Davlat reyestriga kiritilgandan so‘ng Markaz, xususiy urug‘chilik korxonalari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — urug‘chilik subyektlari) tomonidan nav originatori bilan kelishilgan holda tashkil etiladi, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori avlodli (elita) urug‘liklar xususiy urug‘chilik korxonalari va nav originatori o‘rtasida kelgusida muayyan nav urug‘liklarini ko‘paytirish (kengaytirish) maqsadida tuzilgan litsenziya shartnomasiga muvofiq royalti to‘lovlari asosida nav originatorining buyurtmasiga ko‘ra Markaz tomonidan tayyorlanadi, bunda subyektlar o‘rtasida o‘zaro kelishuv shartnomasi asosida royalti to‘lovlari 3 — 12 foiz miqdorida belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlamchi elita urug‘chilik xo‘jaligi navga xos bo‘lgan qimmatli belgi va xususiyatlarga ega 3 000 ta yakka tanlov, 700 ta oilaviy terim hamda 250 ta urug‘ ko‘paytirish ko‘chatzori namunalari asosida nav originatori ishtirokida tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya shartnomasi asosida urug‘lik paxta yetishtiradigan urug‘chilik subyektlariga nisbatan Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududlarida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilariga berilgan maydonlarda urug‘lik paxta xom ashyosini yetishtirishni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 2-yanvardagi 2-son qarori bilan urug‘lik paxta xomashyosiga belgilangan ustamalarni to‘lash tartibi qo‘llanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Boshoqli don ekinlari urug‘chiligi bilan shug‘ullanuvchi ilmiy tashkilot — nav originatori tomonidan birlamchi urug‘lik materiallarining (birinchi va ikkinchi yil ko‘paytirish ko‘chatzori) urug‘chilik subyektlariga sotilishi 2025-yildan boshlab to‘xtatiladi va birlamchi urug‘chilik (ikkinchi yil ko‘paytirish ko‘chatzori) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining taqsimotiga asosan elita urug‘chilik xo‘jaligi maqomiga ega bo‘lgan tashkilotlar va ilmiy-tajriba stansiyalarida yo‘lga qo‘yiladi hamda boshoqli don ekinlarining original (super elita) va elita urug‘liklari urug‘chilik subyektlariga shartnoma asosida sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining sinovi bo‘yicha ma’lumotlarni va Davlat reyestrini elektron ko‘rinishda shakllantirish hamda yangilab borishning avtomatlashtirilgan “Agrotest.uz” axborot tizimini ishga tushirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2025-yil hosilidan boshlab qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarini yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun o‘tkaziladigan tanlovlarda urug‘chilik subyektlarini belgilangan talablar asosida tanlash va ularning reyestrini shakllantirish elektron shaklda amalga oshirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki, 2025-yil hosilidan boshlab tayyorlanadigan urug‘lik chigit va urug‘lik don uchun ustama haqlari quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urug‘lik chigit avlodidan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasining davlat standarti talablariga mos bo‘lganda, paxta xom ashyosi qiymatiga nisbatan super elita va elita urug‘lik chigit uchun 50 foiz, birinchi avlod (R-l) uchun 35 foiz, ikkinchi avlod (R-2) uchun 25 foiz va uchinchi avlod (R-3) uchun 15 foiz miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urug‘lik don avlodidan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasining davlat standarti talablariga mos bo‘lganda, original (super elita) don urug‘i uchun 130 foiz, elita uchun 80 foiz va birinchi avlod (R-l) uchun 60 foiz miqdorida ustama hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mazkur ustamalarni hisoblash tartibi nav originatori va urug‘chilik subyekti (agroklasterlar, elita urug‘chilik xo‘jaliklari, xususiy urug‘chilik korxonalari) o‘rtasidagi munosabat royalti tizimiga bosqichma-bosqich o‘tkazilgunga qadar amal qiladi hamda urug‘lik chigit va urug‘lik don uchun to‘lanadigan ustama haqlari 2027-yil yakuni bilan qayta ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq ekish uchun tayyorlangan urug‘liklarning ortib qolgan qismini standart talablar asosida saqlashga hamda keyingi hosil yili uchun “tindirilgan urug‘” sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalar xulosasi asosida ekilishiga ruxsat etiladi. Bunda mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha urug‘lik tayyorlash korxonalari tomonidan ekish maqsadida tayyorlanadigan urug‘liklar realizatsiyasi uchun muvofiqlik sertifikati olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Urug‘lik tayyorlash korxonalari tomonidan ekish uchun sarflangan (sotilgan) urug‘lik (chigit, don) miqdorlari bo‘yicha “hisob-dalolatnoma”ni Markazga, nav originatori va muallifiga hamda urug‘chilik subyektlariga topshirish muddati har yili 1-iyulga qadar, ustama haqlarini yakuniy to‘lab berish muddati har yili 1-avgustga qadar etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligi ekinlarining birlamchi urug‘chiligi bilan shug‘ullanadigan hamda oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli urug‘shunos mutaxassislarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun umumiy davlat granti asosidagi qabul parametrlari doirasida “Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha maqsadli qabul parametrlarini tasdiqlash yuzasidan takliflarni shakllantirsin hamda har yili 1-aprelga qadar O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligiga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlarini rivojlantirish bo‘yicha 2024 — 2027-yillarga mo‘ljallangan dastur (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Dasturni amalga oshirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va boshqa nav originatorlari bilan Markaz, paxtachilik, don-dukkakli, sabzavotchilik, oziqa va moyli ekinlar yo‘nalishidagi dastlabki elita urug‘chilik xo‘jaliklari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlarning qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligini o‘rganish, nav originatori bilan urug‘lik yetishtiruvchi subyektlar o‘rtasidagi munosabatlarni bozor tamoyillariga asoslangan holda shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi ekinlarining navlari va urug‘liklari bo‘yicha marketing tizimini shakllantirish, urug‘chilik yo‘nalishida axborot tarqatishni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sabzavot, poliz, kartoshka, moyli, dukkakli, sholi va oziqa ekinlarining yuqori avlodli urug‘liklarini yetishtirishni tizimli yo‘lga qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi ekinlarining nav mualliflari hamda urug‘chilik yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Xodjayev, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri I.Y. Abduraxmonov hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 2-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
622-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-oktabrdagi 622-son qaroriga

1-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy savdolar orqali davlat ulushi to‘liq sotiladigan elita urug‘chilik korxonalarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

T/r

STIR

Nomi

Tashkiliy-huquqiy shakli

Sotiladigan ulushi, %

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1.

1

309590108

“Xalqabad-best-seeds” elita urug‘chilik xo‘jaligi

MChJ

100

2.

2

306828934

“Chimboy” elita urug‘chilik xo‘jaligi

MChJ

100

3.

3

308458562

“To‘rtko‘l” elita urug‘chilik xo‘jaligi

MChJ

100

4.

4

306934859

“Xo‘jayli” elita urug‘chilik xo‘jaligi

MChJ

100

Andijon viloyati

5.

1

306831608

“Baliqchi” elita urug‘chilik xo‘jaligi

MChJ

100

6.

2

306800922

“Oltinko‘l” elita urug‘chilik xo‘jaligi

MChJ

100

Buxoro viloyati

7.

1

307291164

“Buxoro asl elita” elita urug‘chilik xo‘jaligi

MChJ

100

8.

2

306972947

“Vobkent asl elita” elita urug‘chilik xo‘jaligi

MChJ

100

9.

3

306718294

“G‘ijduvon super elita” elita urug‘chilik xo‘jaligi

MChJ

100

Jizzax viloyati

10.

1

306945780

“Do‘stlik” elita urug‘chilik xo‘jaligi

MChJ

100

11.

2

309439015

“G‘allaorol oltin boshoq” elita urug‘chilik xo‘jaligi

MChJ

100

12.

3

306878549

“Sh. Rashidov” elita urug‘chilik xo‘jaligi

MChJ

100

Qashqadaryo viloyati

13.

1

310267270

“Kasbi don best seeds” elita urug‘chilik xo‘jaligi

MChJ

100

14.

2

309588740

“Beshkent best seeds” elita urug‘chilik xo‘jaligi

MChJ

100

15.

3

306797246

“Mirishkor” elita urug‘chilik xo‘jaligi

MChJ

100

Navoiy viloyati

16.

1

306803055

“Qiziltepa” elita urug‘chilik xo‘jaligi

MChJ

100

17.

2

306795454

“Xatirchi” elita urug‘chilik xo‘jaligi

MChJ

100

Namangan viloyati

18.

1

309589479

“Namangan best seeds” elita urug‘chilik xo‘jaligi

MChJ

100

19.

2

306799654

“Mingbuloq” elita urug‘chilik xo‘jaligi

MChJ

100

20.

3

306806881

“Chust” elita urug‘chilik xo‘jaligi

MChJ

100

Samarqand viloyati

21.

1

309587354

“Samarqand best seeds” elita urug‘chilik xo‘jaligi

MChJ

100

22.

2

306803388

“Pastdarg‘om” elita urug‘chilik xo‘jaligi

MChJ

100

23.

3

306803404

“Payariq” elita urug‘chilik xo‘jaligi

MChJ

100

24.

4

308463082

“Tayloq yangi hayot” elita urug‘chilik xo‘jaligi

MChJ

100

25.

5

308463074

“Bog‘izag‘on” elita urug‘chilik xo‘jaligi

MChJ

100

26.

6

308502950

“Tayloq meva-sabzavot” elita urug‘chilik xo‘jaligi

MChJ

100

27.

7

308319473

“Samarqand-Ishtixon elita urug‘chilik xo‘jaligi”

MChJ

100

Surxondaryo viloyati

28.

1

306832954

“Denov” elita urug‘chilik xo‘jaligi

MChJ

100

29.

2

306808475

“Termiz” elita urug‘chilik xo‘jaligi

MChJ

100

30.

3

306802112

“Qumqo‘rg‘on” elita urug‘chilik xo‘jaligi

MChJ

100

31.

4

308664007

“Denov minora agro elita urug‘chilik xo‘jaligi”

MChJ

100

Sirdaryo viloyati

32.

1

306804569

“Boyovut” elita urug‘chilik xo‘jaligi

MChJ

100

33.

2

306340934

“Sirdaryo” ilmiy-tajriba stansiyasi

MChJ

100

Toshkent viloyati

34.

1

306867704

“Chinoz” elita urug‘chilik xo‘jaligi

MChJ

100

Farg‘ona viloyati

35.

1

306803808

“Quva” elita urug‘chilik xo‘jaligi

MChJ

100

36.

2

306804932

“Toshloq” elita urug‘chilik xo‘jaligi

MChJ

100

Xorazm viloyati

37.

1

309590409

“Xorazm best seeds” elita urug‘chilik xo‘jaligi

MChJ

100

38.

2

306807571

“Xiva” elita urug‘chilik xo‘jaligi

MChJ

100

39.

3

306804845

“Xonqa” elita urug‘chilik xo‘jaligi

MChJ

100

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-oktabrdagi 622-son qaroriga

2-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” tarkibidagi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar bilan urug‘chilik xo‘jaliklarini birlashtirish orqali tashkil etilgan elita urug‘chilik korxonalarining 100 foiz davlat ulushidan 49 foizi ommaviy savdolar orqali sotiladiganlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

T/r

STIR

Birlashtiriladigan tashkilotlar nomi

Birlashtirish orqali tashkil etiladigan korxonalar nomi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1.

1

310114571

“Nukus best seeds” MChJ

“Nukus best seeds” MChJ

2.

2

306828926

“EllikqaPa elita urug‘chilik xo‘jaligi” MChJ

3.

3

306976173

“Mo‘ynoq ozuqa ekinlari elita urug‘chilik xo‘jaligi” MChJ

Andijon viloyati

4.

1

302425330

“Andijon paxta urugchiligi” MChJ

“Andijon paxta urugchiligi” MChJ

5.

2

306800487

“Buloqboshi elita urug‘chilik xo‘jaligi” MChJ

Buxoro viloyati

6.

1

310103926

“Buxara best seeds” MChJ

“Buxara best seeds” MChJ

7.

2

307292598

“Romitan super elita urug‘chilik xo‘ialigi” MChJ

8.

3

306839761

“Kogon asl elita urug‘chilik xo‘jaligi” MChJ

Jizzax viloyati

9.

1

309587663

“Djizzakh best seeds” MChJ

“Djizzakh best seeds” MChJ

10.

2

307160026

“Paxtakor elita urug‘chilik xo‘jaligi” MChJ

11.

3

309439015

“G‘allaorol oltin boshoq elita urug‘chilik xo‘jaligi” MChJ

12.

310101042

“Do‘stlik best seeds” MChJ

Qashqadaryo viloyati

13.

1

310261802

“Yakkabog‘ best seeds” MChJ

“Yakkabog‘ best seeds” MChJ

14.

2

306795605

“Koson elita urug‘chilik xo‘jaligi” MChJ

15.

3

306800090

“Kasbi elita urug‘chilik xo‘jaligi” MChJ

16.

4

310277766

“Nishon new don best seeds” MChJ

Navoiy viloyati

17.

1

309588353

“Navoiy best seeds” MChJ

“Navoiy best seeds” MChJ

18.

2

306807556

“Karmana elita urug‘chilik xo‘jaligi” MChJ

19.

3

310124188

“Navoiy-g‘alla best seeds” MChJ

Namangan viloyati

20.

1

310102230

“Uchqo‘rg‘on best seeds” MChJ

“Uchqo‘rg‘on best seeds” MChJ

21.

2

306805804

“Namangan elita urug‘chilik xo‘jaligi” MChJ

22.

3

306812170

“Uychi elita urug‘chilik xo‘jaligi” MChJ

23.

4

306823711

“Uchqo‘rg‘on elita urug‘chilik xo‘jaligi” MChJ

24.

5

310102531

“Chortoq don best seeds” MChJ

Samarqand viloyati

25.

1

310124884

“Motrid best seeds” MChJ

“Motrid best seeds” MChJ

26.

2

306803364

“Paxtachi elita urug‘chilik xo‘jaligi” MChJ

27.

3

306803395

“Kattaqo‘rg‘on elita urug‘chilik xo‘jaligi” MChJ

28.

4

310103664

“Zirabuloq best seeds” MChJ

Surxondaryo viloyati

29.

1

309588796

“Surxondaryo best seeds” MChJ

“Surxondaryo best seeds” MChJ

30.

2

307928365

“Termiz do‘stlik elita urug‘chilik xo‘jaligi” MChJ

31.

3

310107793

Jarqo‘rg‘on best seeds MChJ

Sirdaryo viloyati

32.

1

309587308

“Sirdaryo best seeds” MChJ

“Sirdaryo best seeds” MChJ

33.

2

308682508

“Guliston ikki elita urug‘chilik xo‘jaligi” MChJ

34.

3

306801288

“Sirdaryo elita urug‘chilik xo‘jaligi” MChJ

35.

4

310106810

“Oqoltin best seeds” MChJ

Toshkent viloyati

36.

1

309586997|

“Tashkent best seeds” MChJ

“Tashkent best seeds” MChJ

37.

2

307102904

“O‘rtachirchiq elita urug‘chilik xo‘jaligi” MChJ

38.

3

306822966

“Oqqo‘rg‘on elita urug‘chilik xo‘jaligi” MChJ

39.

4

310128094

“Yuqorichirchiq best seeds” MChJ

Farg‘ona viloyati

40.

1

309588456

“Rishtan best seeds” MChJ

“Rishtan best seeds” MChJ

41.

2

306805259

“Beshariq elita urug‘chilik xo‘jaligi” MChJ

42.

3

310105511

“Bag‘dod best seeds” MChJ

Xorazm viloyati

43.

1

310105377

“Urganch best seeds” MChJ

“Urganch best seeds” MChJ

44.

2

306808278

“Gurlan elita urug‘chilik xo‘jaligi” MChJ

45.

3

306804845

“Xonqa elita urug‘chilik xo‘jaligi” MChJ

46.

4

306805622

“Bog‘ot elita urug‘chilik xo‘ jaligi” MChJ

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-oktabrdagi 622-son qaroriga

3-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligiga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlarini rivojlantirish bo‘yicha 2024 — 2027-yillarga mo‘ljallangan

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTUR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmlari

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Ilmiy-tadqiqot instituti (nav originatori) tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarining birlamchi original (superelita) urug‘liklarini yetishtirish

1.

Ilmiy-tadqiqot institutlari va ularning ilmiy-tajriba stansiyalarida yangi nav va F1 duragaylarini dala tanlov-sinov tajribasini tashkil etish hamda baholash.

1. Yangi nav va F1 duragaylarni xususiyatiga mos holda muallif tavsiyasiga asosan ilmiy-tadqiqot instituti va ularning ilmiy-tajriba stansiyalarida dala tanlov-sinov tajribasini tashkil etish.

2. Yangi nav va F1 duragaylarni morfologik va biologik belgilarini Tarmoqlararo komissiya a’zolari tomonidan baholash hamda Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markaziga topshirish uchun tavsiya etish.

Doimiy

Ilmiy-tadqiqot instituti va ilmiy-tajriba stansiyalari, nav mualliflari,

Tarmoqlararo komissiya a’zolari*

2.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari va F1 duragaylarining Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazining nav sinash stansiyalari va uchastkalarida sinovini tashkil etish.

1. Nav sinash dalasida navning morfologik va biologik xo‘jalik belgilari bo‘yicha baholash.

2. Sinov natijalari bo‘yicha ijobiy baholangan navlarni hududlarga ekishga tavsiya etish hamda Davlat reyestriga kiritish.

Doimiy

Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi

3.

Davlat reyestriga kiritilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining dastlabki urug‘chiligini tashkil etish.

1. Urug‘likka bo‘lgan talab va takliflardan kelib chiqqan holda ilmiy-tadqiqot instituti va uning ilmiy-tajriba stansiyalari hamda hamkor xo‘jaliklarning dala maydonlarida qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining urug‘lik ko‘chatzorlarini tashkil etish.

2. Urug‘lik ko‘chatzorlarida navlarning navdorligini ta’minlashga qaratilgan dala sinov-tahlil ko‘riklarini o‘tkazish, davlat standartlariga muvofiq sifatli dastlabki urug‘liklarni yetishtirish.

Doimiy

Ilmiy tadqiqot instituti va ilmiy-tajriba stansiyalari, nav mualliflari, hamkor tashkilot**

II. Ilmiy-tadqiqot institutlar, xususiy urug‘chilik xo‘jaliklari va elita urug‘chilik xo‘jaliklarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, elita hamda keyingi avlod urug‘liklarini yetishtirish

4.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining urug‘liklarini yetishtirishni nav originatori bilan birga litsenziya shartnomasi asosida yo‘lga qo‘yish.

1. Nav originatori bilan hamkorlikda qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining urug‘liklarini yetishtirishda nomutloq (312% royalti) yoki mutloq asosda litsenziya shartnomasini tuzish hamda Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazish.

2. Litsenziya shartnomasida belgilangan bandlarning bajarilishini ta’minlash, tahlil qilish va buyurtma asosida urug‘liklarni ko‘paytirish rejasini ishlab chiqish.

Ekin turiga muvofiq belgilangan muddatlarda

Urug‘chilik xo‘jaliklari,

agroklasterlar, nav originatori, hamkor tashkilot**

5.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining navdorligi yuqori bo‘lgan elita va keyingi avlodli urug‘liklarini nav originatori bilan hamkorlikda yetishtirish.

1. Urug‘lik ko‘chatzorlarni tashkil etishda nav originatori tomonidan yetarli miqdorda original (superelita) urug‘lik materiallarini yetkazib berish.

2. Urug‘lik maydonlarda navga xos bo‘lgan agrotexnik tadbirlarni nav originatori ishtirokida ilmiy asoslangan tavsiyalarga muvofiq tashkil etish.

3. Urug‘lik ko‘chatzorlarida navning navdorligini oshirish maqsadida dala sinov-tahlil ko‘riklarini o‘tkazish, chiqitga chiqarish (brakovka), tanlash ishlarini amalga oshirish.

4. Urug‘larlikni konditsiyaga (qayta ishlash, saralash, tozalash, dorilash, qadoqlash) yetkazish va ekishga tayyorlash hamda buyurtmachiga sotish.

Ekin turiga muvofiq belgilangan muddatlarda

Urug‘chilikni rivojlantirish markazi,

nav originatori, hamkor tashkilot**

6.

Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining urug‘chiligini takomillashtirish maqsadida yangi usul va standartlarni ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy qilish.

1. Ilmiy-tadqiqot institutlari sohaga tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda qishloq xo‘jaligi ekinlari turidan kelib chiqqan holda urug‘lik yetishtirishning yangi takomillashgan va soddalashtirilgan usullarini ishlab chiqish.

2. Sifatli urug‘lik tayyorlashga bo‘lgan texnik standart talablarini takomillashtirish.

2025 — 2026-yillar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Ilmiy-tadqiqot institutlari va ularning ilmiy-tajriba stansiyalari, elita urug‘chilik xo‘jaliklari va xususiy urug‘chilik xo‘jaliklarini kichik hajmli maxsus texnika va mexanizmlar hamda laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash.

1. Institut va ularning ilmiy-tajriba stansiyalari hamda elita urug‘chilik xo‘jaliklari, xususiy urug‘chilik xo‘jaliklarida urug‘lik materiallarini qayta ishlaydigan kichik mini sexlarni qurish.

2. Institut va ularning ilmiy-tajriba stansiyalarini navlar urug‘liklarini texnologik sifatini aniqlash uchun maxsus zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan ta’minlash.

3. Institut va ularning ilmiy-tajriba stansiyalari uchun urug‘liklarni ekish, ishlov berish, yig‘ib-terib olish uchun maxsus kichik hajmdagi texnika hamda uskunalar olish.

2025 — 2027-yillar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Urug‘chilikni rivojlantirish markazi,

ilmiy-tadqiqot institutlari,

xususiy korxonalar,

xorijiy sarmoyadorlar

III. Urug‘chilikni samarali boshqarish tizimini yo‘lga qo‘yish hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlash

8.

Urug‘chilik kengashini tuzish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

1. Barcha faoliyat turidagi urug‘chilik xo‘jaliklarini yagona uyushmada birlashtirish.

2024-yil

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, tegishli vazirliklar, Urug‘chilikni rivojlantirish markazi, ilmiy-tadqiqot institutlari, xususiy korxonalar

2. Urug‘chilik subyektlarida urug‘chilik yo‘nalishlaridagi yuzaga kelgan turli muammolarni yechimini topish va uni bartaraf etish.

3. Urug‘chilik faoliyatini samarali olib borishda ilg‘or xorijiy tajribalarini ommalashtirish.

4. Yetishtirilgan urug‘liklarni ichki va tashqi bozorlarga olib chiqishda urug‘chilik subyektlariga ko‘maklashish.

Doimiy

9.

Urug‘chilik yo‘nalishida yuqori malakali kadrlar tayyorlash.

1. Oliy ta’lim muassasalarida urug‘chilik va urug‘shunoslik yo‘nalishlarini rivojlantirish va kadrlar tayyorlash.

2. Ilmiy-tadqiqot institutlari va urug‘chilik hamda urug‘shunoslik sohasidagi mutaxassislarni davriy ravishda malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish.

3. Urug‘chilik hamda urug‘shunoslik yo‘nalishida rivojlangan xorijiy kompaniyalar va ilmiy muassasalarda sohadagi mutaxassislarning malakasini oshirishni yo‘lga qo‘yish.

Doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

oliy ta’lim muassasalari,

Urug‘chilikni rivojlantirish markazi,

ilmiy-tadqiqot institutlari,

urug‘chilik subyektlari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Komissiya tarkibiga Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning tegishli tizim tashkilotlaridan xodimlar biriktirilib, ular ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining ilmiy-tajriba stansiyalarini katta nav sinash ko‘chatzorlarida sinalayotgan yangi navlarni o‘rganib, ular orasidan tezpishar, hosildor, tola chiqimi va sifati yuqori g‘o‘za tizmalarini nav sifatida Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markaziga sinash uchun tavsiya etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va xususiy urug‘chilik xo‘jaliklari. Qishloq xo‘jaligi vazirligi navlarni dastlabki urug‘chiligi bo‘yicha rejani tasdiqlaydi. Urug‘chilikni rivojlantirish markazi, nav originatorlari va xususiy urug‘chilik xo‘jaliklari rejaga muvofiq navlarni dastlabki urug‘chiligini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-oktabrdagi 622-son qaroriga

4-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-yanvardagi 2-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika hududlarida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urug‘lik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 14-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“14. Urug‘lik paxta xomashyosiga qonunchilik hujjatlariga asosan yetishtirilgan urug‘lik paxta xomashyosidan tayyorlangan urug‘lik chigit O‘zbekiston Respublikasi Davlat standarti (O‘zDSt-663-2017 “Urug‘lik chigit. Texnikaviy shartlar”) talablariga mos bo‘lganda, paxta xomashyosi qiymatiga nisbatan superelita va elita urug‘lik chigit uchun 50 foiz, I avlod (R1) uchun 35 foiz, II avlod (R2) uchun 25 foiz va III avlod (R3) uchun 15 foiz miqdorida ustamalar hisoblanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 641-son qarori bilan tasdiqlangan Urug‘lik uchun yetishtirilgan boshoqli donning navlariga ustama haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“9. Urug‘lik tayyorlovchi tashkilotlar tomonidan xarid qilingan urug‘lik don O‘zbekiston Respublikasining Davlat standarti (O‘z DSt 2823:2014 “Qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘lari navdorlik va ekish sifatlari. texnikaviy shartlar”) talablariga mos bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “G‘alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-martdagi PQ-4634-son qaroriga muvofiq original (superelita) boshoqli don urug‘i uchun 130 foiz, elita uchun 80 foiz va I-avlod (R-1) uchun 60 foiz miqdorida ustama hisoblanadi”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/622/0789-son)