10.09.2024 yildagi 4821-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruzasi haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning huquqiy hamda institutsiyaviy asoslari takomillashtirilib, jamiyatda korrupsiya illatiga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirishga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizmlari keng joriy etilib, ularning faoliyatida ochiqlikni taʼminlash hamda jamoatchilik oldida hisobdorlikni oshirish boʻyicha zarur choralar koʻrilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvida byurokratiyani kamaytirish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini yaxshilash, raqamlashtirish orqali “inson omili”ni kamaytirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat siyosatining muhim jihatlaridan biridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinib, ushbu Qonun bilan normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazuvchi subyektlar, shuningdek korrupsiyaga qarshi ekspertiza toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini monitoring qilish tartibi hamda normativ-huquqiy hujjatlardagi va ularning loyihalaridagi korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar belgilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Natijada 2023-yilda 1979 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazildi va ularda 571 ta korrupsiya omili aniqlanib, ularning bartaraf etilishi taʼminlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimi samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan maqsadli koʻrsatkichlar belgilab berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish, davlat xaridlari, sogʻliqni saqlash va oliy taʼlim sohasida “korrupsiyasiz soha” loyihalari amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish sohasida loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish toʻliq raqamlashtirildi, davlat xaridlari axborot portalida tovarlarning narxlarini taqqoslash moduli ishga tushirildi, oliy taʼlimda imtihon jarayonlarini real vaqt rejimida kuzatish tizimi yoʻlga qoʻyildi, tibbiyot muassasalarida har bir moliyaviy operatsiyani nazorat qilib borish imkoniyatini beruvchi “Situatsion markaz” tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sohada davlat siyosati izchilligini taʼminlash maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 2023-2024-yillarga moʻljallangan davlat dasturi qabul qilindi, ochiq eʼlon qilinishi lozim boʻlgan maʼlumotlar roʻyxati 35 tadan 40 tagacha kengaytirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat fuqarolik xizmatiga ishga kirishni ochiq tanlov asosida amalga oshirish, tanlov jarayonlarida inson omilini kamaytirish boʻyicha choralar koʻrildi. Jumladan, ishga kirish boʻyicha barcha vazirlik va idoralar uchun yagona “Davlat xizmatchisi” testi joriy etildi hamda test topshirishni maxsus jihozlangan test markazlarida amalga oshirish, Internet jahon axborot tarmogʻi orqali real vaqt rejimida kuzatish tizimi yaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil uchun “Transparency International” tashkilotining “Korrupsiyani qabul qilish” indeksi yangi reytingida Oʻzbekiston 5 pogʻonaga koʻtarilib, indeks bahosida qatorasiga 10 yil davomida barqaror oʻsishga erishildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek Jahon boshqaruv sifati indikatorlarining (WGI) korrupsiyani nazorat qilish yoʻnalishida mamlakatimiz 15 pogʻonaga yuqoriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari “Open data inventory” reytingida Oʻzbekiston 195 ta davlat ichida 30-oʻrinni egallab, avvalgi yillarga nisbatan 15 pogʻonaga koʻtarildi, Markaziy Osiyo davlatlari ichida esa 1-oʻrinni egalladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga 2023-yilda korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar soni 879 nafarga yoki 2022-yilga nisbatan 12 foizga kamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda ushbu sohada ham toʻliq foydalanilmagan imkoniyatlar va eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan masalalar mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, normativ-huquqiy hujjatlarni va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish samaradorligini taʼminlash, shuningdek korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq davlat organlari va tashkilotlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni va ularning loyihalarini ishlab chiqishda qonunchilik talablariga rioya etilmaganligi natijasida 2023-yilda qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish jarayonida aniqlangan korrupsiyaviy omillar 571 tani tashkil etib, 2022-yilga nisbatan sezilarli koʻpaygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek normativ-huquqiy hujjatlar bilan bevosita Agentlikning zimmasiga yuklatilgan vazifalarning ijrosi taʼminlanmasdan qolmoqda. Xususan, davlat organlari va tashkilotlari kesimida sodir etilgan korrupsiyaga oid jinoyatlarni tahlil qilish hamda ushbu jinoyatlar koʻrsatkichi oshgan davlat organlari va tashkilotlariga kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar belgilash uchun koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritish borasidagi ishlar sustligicha qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatida manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq omillar toʻliq bartaraf etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari davlat xaridlari tartib-taomillarini amalga oshirishda tovarning (ishning, xizmatning) boshlangʻich narxini davlat xaridlarining maxsus axborot portalida eʼlon qilingan narxlar asosida shakllantirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aytish joizki, Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy strategiya bugungi kunga qadar qabul qilinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil 12-dekabrdagi 3774-IV-sonli Qarori bilan Agentlikka korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasidagi ishlar samaradorligini taʼminlash yuzasidan berilgan ayrim tavsiyalar eʼtibordan chetda qolgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar boʻyicha maʼmuriy surishtiruvlar oʻtkazish, korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etilishining sabablari va bunga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, korrupsiyaning rivojlanish tamoyillarini tizimli ravishda tahlil qilish imkoniyatini taʼminlash maqsadida qonunchilikka, shu jumladan jinoyat-protsessual qonunchiligiga muvofiq jinoyat ishlari materiallarini oʻrganishga doir vakolatlarni amalga oshirishning huquqiy asoslarini ishlab chiqish borasidagi ishlar Agentlik tomonidan yakuniga yetkazilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 2021-2022-yillarga moʻljallangan davlat dasturida daromad va mol-mulk deklaratsiyalari boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirish, ularga ishlov berish va ularni tekshirishning elektron axborot tizimini yaratish bugungi kunga qadar amalga oshirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida nodavlat notijorat tashkilotlarining rolini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi darajasi pastligicha qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek Agentlik davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish hollari boʻyicha maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzish huquqidan samarali foydalanmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari budjet mablagʻlarining sarflanishi, davlat aktivlarining realizatsiya qilinishi, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi bilan bogʻliq materiallarni oʻrganish, shuningdek ijro etuvchi hokimiyat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaxslari qarorlarining qonuniyligi yuzasidan oʻtkazilayotgan nazorat ishlari samaradorligini oshirish maqsadga muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga Milliy maʼruzani Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalariga taqdim etish muddatlarini aniq belgilashga qaratilgan qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish ishlari yakuniga yetkazilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlarni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 82-moddasiga “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 262-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Oʻzbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruzasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agentlikka:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reyestrini yuritish tartibini joriy etish ishlarini yakuniga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy strategiyani qabul qilish ishlarini yakuniga yetkazish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil 12-dekabrdagi 3774-IV-sonli Qarori bilan Agentlikka korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasidagi ishlar samaradorligini taʼminlash yuzasidan berilgan tavsiyalarning amalga oshirilish holatini tanqidiy jihatdan qayta koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlarni va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish ishlari samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish natijasida aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish boʻyicha “yoʻl xaritalari” ijrosini tanqidiy oʻrganib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaviy huquqbuzarliklar statistikasini shakllantirish tizimini tanqidiy jihatdan oʻrganib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa nodavlat sektor vakillarining birgalikdagi samarali faoliyatini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatini yanada takomillashtirish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruzani Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish muddatini aniq belgilashga qaratilgan qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga qisqa muddatlarda kiritilishi yuzasidan choralar koʻrish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari parlament nazoratini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruzada qayd etilgan maʼlumotlardan oʻz faoliyat yoʻnalishlarining oʻziga xos jihatlarini inobatga olgan holda foydalansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga, Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasiga oʻtkazilayotgan parlament nazorati tadbirlari va deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari yakunlaridan kelib chiqqan holda, korrupsiya holatlarini bartaraf etish boʻyicha tegishli vazirliklar va idoralarga takliflar kiritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari Z. Ibragimova zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 10-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4821-IV-son