12.12.2023 yildagi 3774-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruzasi haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, shuningdek davlat hamda jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiyaviy omillarga chek qoʻyishga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan muhim preventiv mexanizmlarni yaratish, davlat boshqaruvida byurokratiyani kamaytirish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini yaxshilash, raqamlashtirish orqali “inson omili”ni kamaytirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat siyosatining muhim jihatlarini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning 30-aprel kuni umumxalq ovozi — referendum orqali qabul qilingan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bilan korrupsiya illatiga qarshi kurashishda parlamentning roli yana bir bor mustahkamlab qoʻyildi. Xususan, bevosita xalq vakillari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi har yilgi milliy maʼruza har tomonlama muhokama qilinadi hamda uning yakunlari boʻyicha korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan koʻplab takliflar ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini reyting baholashga hamda davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi joriy etildi. Shuningdek davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish boʻyicha “E-Antikorrupsiya” loyihasi ishga tushirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlarini koʻrsatish sifati yaxshilanib, ortiqcha tartib-taomillar qisqartirildi hamda elektron shaklda koʻrsatiladigan davlat xizmatlarining soni oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, 73 turdagi hujjat va maʼlumotlarni aholidan talab qilish tartibi bekor qilinib, taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar soni 221 tadan 95 taga (43 %) qisqartirildi, 6 ta litsenziya va ruxsatnomaning 17 ta talab va shartlari bekor qilindi. Shuningdek 771 ta davlat xizmatlarining 261 tasi (33,8 %) Davlat xizmatlari markazi orqali, 360 dan ortigʻi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda koʻrsatilmoqda. Bundan tashqari 59 turdagi davlat xizmatlarini koʻrsatish muddatlari qisqartirildi, mazkur xizmatlar avval 30 kundan 90 kungacha muddatda koʻrsatilgan boʻlsa, endilikda ushbu muddat 1 kundan 30 kungacha kamaytirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamlashtirish orqali “inson omili”ni kamaytirish maqsadida barcha sohalarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish ishlari jadallashtirildi. Xususan, “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi doirasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini raqamlashtirish bilan bogʻliq 369 ta loyiha amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil uchun “Transparency International” tashkilotining “Korrupsiyani qabul qilish” indeksi yangi reytingida Oʻzbekiston 14 pogʻonaga koʻtarilib, indeks bahosida qatorasiga 9 yil davomida barqaror oʻsishga erishildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan jami 17 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilib, ulardan 13 tasi qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan maʼlumotlar asosida, shuningdek davlat xaridlarini amalga oshirishda qonunbuzilishi holatlari boʻyicha hududlar va sohalar kesimida 60 ga yaqin oʻrganishlar oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan masalalar ham mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, bugungi kunga qadar Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy strategiya qabul qilinmasdan qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek Agentlik korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining birgalikdagi samarali faoliyatini taʼminlashga masʼul boʻlsa-da, bu jarayonda nodavlat notijorat tashkilotlarining rolini yetarli deb boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayniqsa, professional tahlillar asosida korrupsiyaviy sxemalarni fosh etishga qodir boʻlgan, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan takliflarni tashabbus qilib chiqa oladigan, normativ-huquqiy hujjatlarni va ularning loyihalarini jamoatchilik ekspertizasidan oʻtkazgan holda ulardagi korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish borasidagi tavsiyalarni ishlab chiqa oladigan nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati sezilmayapti. Ular faqat treninglar oʻtkazish, targʻibot ishlarida ishtirok etish bilan cheklanib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumki, normativ-huquqiy hujjatlarni va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish samaradorligini taʼminlash, shuningdek korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish Agentlikning asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan. Biroq, bugungi kunda ayrim sohalar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarda korrupsiyaga sharoit yaratuvchi normalar hanuzgacha saqlanib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, 2022-yil davomida oʻtkazilgan ekspertiza natijalariga koʻra, ijtimoiy taʼminot, ijtimoiy sugʻurta va ijtimoiy himoya, moliya, kredit va bank faoliyati, tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati hamda bojxona ishi va tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi 238 ta normativ-huquqiy hujjatda 339 ta korrupsiyaviy omil aniqlangan boʻlsa-da, ularni bartaraf etish ishlari yakuniga yetkazilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ilmiy, uslubiy va amaliy ishlanmalarni tarqatish, erishilgan yutuqlar va tajriba bilan almashish, davlat xizmatchilari va fuqarolarning ushbu boradagi bilimlarini oshirishda foydalanishga moʻljallangan yagona interaktiv maydoncha — “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual platformasi” loyihasi hanuzga qadar ishga tushirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 13-dekabrdagi Qarori bilan Agentlikka korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasidagi ishlar samaradorligini taʼminlash yuzasidan berilgan ayrim tavsiyalar eʼtiborsiz qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Agentlikka korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar boʻyicha maʼmuriy surishtiruvlar oʻtkazish, korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etilishining sabablari va bunga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, korrupsiyaning rivojlanish tamoyillarini tizimli ravishda tahlil qilish imkoniyatini taʼminlash maqsadida qonunchilikka, shu jumladan jinoyat-protsessual qonunchilikka muvofiq jinoyat ishlari materiallarini oʻrganishga doir vakolatlarni amalga oshirishning huquqiy asoslarini ishlab chiqish borasidagi ishlar yakuniga yetkazilmasdan qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 2021-2022-yillarga moʻljallangan davlat dasturida daromad va mol-mulk deklaratsiyalari boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirish, ularni qayta ishlash va tekshirishning elektron axborot tizimini yaratish bugungi kunga qadar amalga oshmasdan qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari Agentlik davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish holatlari boʻyicha maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzish huquqidan samarali foydalana olmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, 2022-yil davomida oʻtkazilgan monitoring davomida 42 ta davlat organi va tashkilotlarida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish hollari aniqlangan boʻlsa-da, aybdor shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish choralari koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning korrupsiyaga oid jinoyatlarni, birinchi navbatda, Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlari va xalqaro maydondagi nufuziga zarar yetkazuvchi jinoyatlarni tergov qilish natijalarini kompleks tahlil qilish borasidagi ishlarini ham qoniqarli deb boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari budjet mablagʻlarining sarflanishi, davlat aktivlarining realizatsiya qilinishi, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi bilan bogʻliq materiallarni oʻrganish, shuningdek ijro etuvchi hokimiyat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaxslari qarorlarining qonuniyligi yuzasidan oʻtkazilayotgan nazorat ishlari samaradorligini oshirish maqsadga muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikni korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi bilan hamkorligi talab darajasida emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlarni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 82-moddasiga “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 262-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Oʻzbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruzasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agentlikka:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy strategiyani qabul qilish ishlarini yakuniga yetkazish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy sheriklik tamoyili asosida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarida professional tarzda ishtirok etishi uchun koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 13-dekabrdagi Qarori bilan Agentlikka korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasidagi ishlarni samaradorligini taʼminlash yuzasidan berilgan tavsiyalarning amalga oshirilish holatini tanqidiy jihatdan qayta koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini monitoring qilish va baholashda ishtirok etadigan davlat organlari faoliyatini samarali muvofiqlashtirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish hollari boʻyicha aybdor shaxslarning muqarrar javobgarligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual platformasi” loyihasini toʻliq ishga tushirish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa nodavlat sektor vakillarining birgalikdagi samarali faoliyatini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish natijasida aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish boʻyicha “yoʻl xaritalari” ijrosini tanqidiy oʻrganib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi bilan yaqindan hamkorlik qilish boʻyicha hamkorlik memorandumi loyihasini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruzani Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish muddatini aniq belgilashga qaratilgan qonun loyihasi yuzasidan takliflar tayyorlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari parlament nazoratini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruzada qayd etilgan maʼlumotlardan oʻz faoliyat yoʻnalishlarining oʻziga xos jihatlarini inobatga olgan holda foydalansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalarning fraksiyalariga, Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasiga oʻtkazilayotgan parlament nazorati tadbirlari va deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari yakunlaridan kelib chiqqan holda, korrupsiya holatlarini bartaraf qilish boʻyicha tegishli vazirliklar va idoralarga takliflar kiritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari Z. Ibragimova zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 12-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3774-IV-son