ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
1. |
Markaziy Osiyo davlatlari bilan oliy darajada erishilgan kelishuvlar ustidan hamkorlikda parlament nazoratini taʼminlash. |
1. Parlamentlararo komissiyalar (doʻstlik guruhlari) majlislarini oʻtkazish. |
kelishilgan muddatlarda |
Oʻzbekiston-Qirgʻiziston parlamentlararo komissiyasi (S. Safoyev), Oʻzbekiston-Qozogʻiston |
|
2. Majlis kun tartibiga ushbu masalalarni doimiy tarzda kiritib borish. |
doimiy |
|||
|
2. |
Mintaqaning barcha mamlakatlari uchun dolzarb boʻlgan hamkorlikdagi loyiha va dasturlar roʻyxatini shakllantirish, ijrosi ustidan monitoring olib borish. |
1. Hamkorlikdagi loyiha va dasturlar roʻyxatini shakllantirish. |
2024-yil yakuniga qadar |
parlamentlararo komissiyasi (A. Tuychiyev), Oʻzbekiston-Turkmaniston parlamentlararo komissiyasi (B. Tajiyev), Senatning Tojikiston Respublikasi Majlisi Oli bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhi (K. Tursunov) |
|
2. Hamkorlikdagi loyiha va dasturlarning ijro holatini tahlil qilish hamda tegishli vazirlik va idoralarning axborotlarini eshitish. |
2025-yil davomida |
|||
|
3. |
Savdo-iqtisodiy, transport-logistika, agrar, suv, energetika, gender tenglik, yoshlar faolligini oshirish, fan-taʼlim, axborot siyosati, sud-huquq, mudofaa va xavfsizlik sohalarida qonunchilikni (huquqiy asoslarni) takomillashtirish boʻyicha mintaqa mamlakatlari bilan tajriba almashish. |
1. Markaziy Osiyo davlatlarida qabul qilinayotgan yangi qonunlarni oʻrganib borish. |
Doimiy |
Senatning barcha qoʻmitalari |
|
2. Qonunchilik sohasida ilgʻor tajribalarni tatbiq etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
har chorakda |
|||
|
3. Qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha mintaqa mamlakatlari bilan tajriba almashish. |
2025-yil davomida |
|||
|
4. |
Markaziy Osiyo davlatlarining mahalliy vakillik organlari oʻrtasida hamkorlik va tajriba almashish. |
1. Mahalliy vakillik organlari oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish boʻyicha anglashuv memorandumi loyihasini ishlab chiqish va Markaziy Osiyo davlatlari parlamentlari bilan kelishish. |
2025-yil II chorak |
Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi (Q. Muqumov), Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiya (T. Madumarov) |
|
2. Mintaqa mamlakatlarining mahalliy vakillik organlari oʻrtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida tashrif dasturlarini ishlab chiqish hamda delegatsiya tarkibini shakllantirish va kelishish. |
2025-yil II chorak |
|||
|
3. Markaziy Osiyo davlatlariga tashrifni amalga oshirish. |
kelishuv asosida |
|||
|
4. Tashrif yakunlari boʻyicha axborot tayyorlash. |
tashrif yakunidan soʻng bir kun muddatda |
|||
|
5. |
Qozogʻistonning Chimkent shahrida boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Qozogʻiston parlamentlararo komissiyaning navbatdagi majlisiga (2024-yil noyabr) tayyorgarlik koʻrish. |
1. Senat Raisi boshchiligidagi delegatsiya tarkibini shakllantirish, tashrif dasturini ishlab chiqish va kelishish. |
2024-yil oktabr-noyabr |
Xalqaro aloqalar boshqarmasi (M. Mirxamidov), Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi (A. Tuychiyev), Tashqi ishlar vazirligi |
|
2. Tashrif doirasida Oliy Majlis Senati hamda Qozogʻiston Parlamenti Senati oʻrtasida 2025-2026-yillarga moʻljallangan amaliy hamkorlik boʻyicha “yoʻl xarita” imzolash masalasini ishlab chiqish. |
tashrifdan ikki hafta oldin |
|||
|
3. Qozogʻistonga tashrifni amalga oshirish. |
kelishilgan muddatda |
|||
|
4. Tashrif yakuni boʻyicha axborot tayyorlash. |
tashrif yakunidan soʻng bir kun muddatda |
|||
|
6. |
Oʻzbekiston-Qozogʻiston parlamentlararo forumi birinchi majlisini 2025-yilda Oʻzbekistonda oʻtkazish, ikki mamlakatning mahalliy vakillik organlari faoliyatini kuchaytirish boʻyicha birgalikdagi ishlarni tashkil etish. |
1. Forumni oʻtkazishga oid hujjatlarni (konsepsiya, dastur, takliflar va b.) tayyorlash hamda kelishish. |
2025-yil III chorak |
Xalqaro aloqalar boshqarmasi (M. Mirxamidov), Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi (A. Tuychiyev), Tashqi ishlar vazirligi |
|
2. Forumni tashkil etish boʻyicha tashkiliy qoʻmitani tuzish, chora-tadbirlarni belgilash. |
kelishilgan muddatda |
|||
|
3. Forumni oʻtkazish va yakuni yuzasidan axborot tayyorlash. |
tadbir yakunidan soʻng bir kun muddatda |
|||
|
7. |
Qirgʻizistonda boʻlib oʻtadigan Markaziy Osiyo davlatlarining uchinchi parlamentlararo forumini tashkil etishga koʻmaklashish. |
1. Forumning konsepsiya va dasturiga takliflar berish. |
kelishilgan muddatda |
Xalqaro aloqalar boshqarmasi (M. Mirxamidov), Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi (R. Alimov), Tashqi ishlar vazirligi |
|
2. Senat Raisi boshchiligidagi delegatsiya tarkibini shakllantirish, tashrif dasturini ishlab chiqish va kelishish. |
||||
|
3. Qirgʻizistonga tashrifni amalga oshirish va tashrif yakuni boʻyicha axborot tayyorlash. |
tashrif yakunidan soʻng bir kun muddatda |
|||
|
8. |
Markaziy Osiyo davlatlari parlamentlari devonlari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, oʻzaro tajriba almashish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. |
1. Markaziy Osiyo davlatlari parlamentlari devonlari oʻrtasida tajriba almashish tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha tegishli hujjatlarni ishlab chiqish, bunda: tajriba almashish boʻyicha nizom loyihasini ishlab chiqish; tajriba almashish boʻyicha moliyaviy xarajatlar manbasini aniqlash; tajriba almashish dasturi loyihasini ishlab chiqishga alohida eʼtibor qaratish. |
2025-yil 1-yanvarga qadar |
Senat devoni rahbari (Q. Nurullayev), Yuridik boshqarma (A. Xodjaniyazov), Xalqaro aloqalar boshqarmasi (M. Mirxamidov), Buxgalteriya xizmati (B. Xolikov) |
|
2. Markaziy Osiyo davlatlari parlamentlari devonlari tarkibiy boʻlinmalari rahbar-xodimlarini Oʻzbekistonga taklif etish. |
2025-yil II chorak |