24.06.1994 yildagi 175-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro Mehnat Tashkilotining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
175-sonli Konvensiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻliqsiz ish vaqti sharoitlarida ishlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro mehnat tashkilotining Bosh konferensiyasi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro mehnat byurosining Maʼmuriy kengashi tomonidan Jenevada chaqirilib va 1994-yil 7-iyunda oʻzining 81-sessiyasida yigʻilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1951-yildagi “Teng haq toʻlash toʻgʻrisida”gi Konvensiya, 1958-yildagi “Mehnat va mashgʻulotlar sohasidagi kamsitishlar toʻgʻrisida”gi Konvensiya va 1981-yildagi “Oilaviy majburiyatlari boʻlgan xodimlar toʻgʻrisida”gi Konvensiya va Tavsiyalar qoidalarining toʻliqsiz ish vaqtida ishlovchi xodimlarga taalluqliligini hisobga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1988-yildagi “Bandlikka koʻmaklashish va ishsizlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Konvensiya va 1984-yildagi “Bandlik sohasidagi siyosat toʻgʻrisida”gi (qoʻshimcha qoidalar) Tavsiyalarining ushbu xodimlarga tegishliligini hisobga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha xodimlar uchun samarali va erkin tanlangan bandlikning muhimligini, toʻliqsiz ish vaqti sharoitida ishlashning iqtisodiy ahamiyatini, bandlik siyosati sohasida qoʻshimcha ish joylarini yaratishda toʻliqsiz ish vaqti sharoitida ishlashning rolini hisobga olish lozimligini, shuningdek, bandlik, mehnat sharoitlari va ijtimoiy taʼminot kabi sohalarda toʻliqsiz ish vaqti sharoitida ishlovchilar himoyasini taʼminlash zarurligini eʼtirof etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sessiya kun tartibidagi toʻrtinchi masala sifatidagi toʻliqsiz ish vaqti sharoitida ishlashga oid bir qator takliflarni qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur takliflarga xalqaro konvensiya shaklini berishga qaror qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir ming toʻqqiz yuz toʻqson toʻrtinchi yilning iyun oyining yigirma toʻrtinchi kunida 1994-yildagi “Toʻliqsiz ish vaqti sharoitlarida ishlash toʻgʻrisida”gi Konvensiya deb nomlanishi mumkin boʻlgan quyidagi konvensiyani qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiyaga muvofiq quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “toʻliqsiz ish vaqti sharoitida ishlovchilar” atamasi taqqoslangan vaziyatda, normal ish vaqti toʻliq ish vaqtida ishlovchilarning normal ish vaqti davomiyligidan kamroq boʻlgan holda yollanib ishlovchi shaxsni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “a” kichik bandda koʻrsatilgan normal ish vaqti haftalik yoki maʼlum bir davr uchun oʻrtacha hisoblanishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) “taqqoslash mumkin boʻlgan vaziyatda toʻliq ish vaqtida ishlovchilar” atamasi toʻliq ish vaqtida ishlovchi xodimni anglatadi, u:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) bir xil turdagi mehnat munosabatlariga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ii) ish yoki kasbning bir xil yoki oʻxshash turiga ega hamda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iii) xuddi shu boʻlinmada ishlaydi yoki aynan shu korxonada taqqoslash mumkin boʻlgan vaziyatda toʻliq ish vaqtida ishlovchi xodimlar boʻlmasa yoki agar mazkur korxonada taqqoslash mumkin boʻlgan vaziyatda toʻliqsiz ish vaqtida ishlaydigan xodim bilan bir xil iqtisodiy faoliyat sohasida toʻliq ish vaqtida ishlaydigan xodimlar boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) iqtisodiy, texnik yoki tarkibiy sabablarga koʻra normal ish soatlari davomiyligining jamoaviy qisqarishi tufayli qisman ishsizlik sharoitida boʻlgan toʻliq ish vaqtida ishlovchi xodimlar, toʻliqsiz ish vaqtida ishlovchi xodimlar deb hisoblanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiya boshqa xalqaro mehnat konvensiyalari asosida toʻliqsiz ish vaqtida mehnat qiluvchi xodimlarga nisbatan qoʻllaniladigan qulayroq qoidalarga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiya toʻliqsiz ish vaqtida ishlaydigan barcha xodimlarga nisbatan qoʻllaniladi. Bunda har bir aʼzo davlat tegishli ish beruvchilar va xodimlarning vakillik tashkilotlari bilan maslahatlashganidan soʻng, agar ularga nisbatan qoʻllanilishi jiddiy xarakterdagi muayyan muammolarni keltirib chiqarsa, ayrim toifadagi xodimlar yoki boʻlinmalarni qoʻllashdan toʻliq yoki qisman chiqarib tashlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan va oldingi bandda nazarda tutilgan imkoniyatdan foydalanadigan har bir aʼzo davlat Xalqaro mehnat tashkiloti Ustavining 22-moddasiga muvofiq taqdim etilgan mazkur Konvensiyani qoʻllash boʻyicha oʻz maʼruzalarida istisno qilingan barcha alohida toifadagi xodimlar yoki boʻlinmalarni va bunday istisno nima uchun zarur deb hisoblanganligi yoki hali ham zarur deb hisoblanilishi sabablarni koʻrsatishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilarga nisbatan toʻliqsiz ish kunida ishlaydigan xodimlar toʻliq ish kunida ishlaydigan xodimlar bilan bir xil himoyaga ega boʻlishini taʼminlash choralari koʻriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) jamoaviy muzokaralar tashkil etish huquqi, jamoaviy muzokaralar oʻtkazish huquqi va xodimlar vakillari sifatida faoliyat yuritish huquqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mehnat xavfsizligi va gigiyenasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) mehnat va mashgʻulotlar sohasida kamsitish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy qonunchilik va amaliyotga muvofiq toʻliqsiz ish vaqtida ishlaydigan xodimlar faqat toʻliqsiz ish vaqtida band boʻlganliklari sababligina asosiy ish haqini olmasligi, yaʼni bunda toʻliqsiz ish vaqtida ishlovchi xodimlarning asosiy ish haqi soatbay haq toʻlash, ishlab chiqarganiga qarab yoki ishbay hisoblanganda, taqqoslash mumkin boʻlgan vaziyatda va toʻliq ish vaqtida ishlovchilarning asosiy ish haqi bilan bir xil usulda hisoblanganda kamroq boʻlmasligi choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasbiy faoliyat bilan band boʻlgan xodimlar uchun qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy taʼminot tizimlari toʻliqsiz ish vaqtida ishlaydigan xodimlar taqqoslash mumkin boʻlgan vaziyatda toʻliq ish kunida ishlovchilar foydalanadigan sharoitlarga teng sharoitlarga ega boʻlishi uchun oʻzgartirilishi kerak. Mazkur shartlar ish vaqtining davomiyligi, badallar yoki ish haqiga mutanosib ravishda yoki milliy qonunchilik va amaliyotga mos keladigan boshqa usullar bilan belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻliqsiz ish vaqtida ishlaydigan xodimlarga quyidagi sohalarda taqqoslanadigan vaziyatda toʻliq ish vaqtida ishlaydigan xodimlarga teng sharoitlarni taʼminlash choralari quyidagi sohalarda koʻriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) onalikni himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mehnat munosabatlarini tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) har yillik haq toʻlanadigan taʼtil yoki haq toʻlanadigan bayram kunlari va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) kasallik boʻyicha taʼtillar, bunda pul toʻlovlari ish vaqti yoki ish haqiga mutanosib ravishda hisoblanishi mumkinligi tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ish vaqti yoki ish haqi belgilangan minimal normadan past boʻlgan toʻliqsiz ish vaqtida band boʻlgan xodimlar aʼzo davlat tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 6-moddada koʻrsatilgan har qanday qonuniy ijtimoiy taʼminot tizimlari doirasidan chiqarilishi mumkin. Bunda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa va kasb kasalligi bilan bogʻliq xavfsizlikka nisbatan qoʻllanilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 7-moddada koʻrsatilgan sohalarda koʻriladigan har qanday chora-tadbirlar doirasidan chiqarilishi mumkin, qonun bilan belgilangan ijtimoiy taʼminot tizimlarida belgilanganidan tashqari, onalikni himoya qilish choralari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-bandda koʻrsatilgan minimal normalar asossiz ravishda koʻp sonli toʻliqsiz ish vaqtida mehnat qiluvchi xodimlarni istisno qilmaslik uchun yetarli darajada past boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1-bandda koʻzda tutilgan imkoniyatga ega boʻlgan aʼzo davlat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) amaldagi minimal normalarni davriy ravishda koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Xalqaro Mehnat Tashkiloti Ustavining 22-moddasiga muvofiq taqdim etilgan Konvensiyani qoʻllash boʻyicha oʻz maʼruzalarida amaldagi minimal normalarni koʻrsatadi va ularning sabablarini tushuntiradi. Shuningdek, chiqarib tashlangan xodimlarni himoya qilishni bosqichma-bosqich kengaytirish imkoniyati koʻrib chiqilayotganligi yoki chiqilmayotganligi haqida xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu moddada koʻrsatilgan minimal normalarni belgilash, qayta koʻrib chiqish va oʻzgartirish boʻyicha ish beruvchilar va xodimlarning eng maqbul vakillik tashkilotlari bilan maslahatlashuvlar oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yuqoridagi 4 — 7-moddalarda nazarda tutilgan himoyani hisobga olgan holda, ham ish beruvchilar, ham xodimlar manfaatlariga mos keladigan samarali va erkin tanlangan toʻliqsiz ish vaqti sharoitlariga kirishni osonlashtirish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bu choralarga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) toʻliqsiz ish vaqtiga toʻsqinlik qiladigan yoki unga rozilik berishi mumkin boʻlgan yoki unga nisbatan salbiy munosabatni keltirib chiqaradigan qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bandlik xizmatlaridan, ular mavjud boʻlganda, toʻliqsiz ish vaqtida ishlash imkoniyatlarini aniqlash va maʼlumotlarni tarqatish va ishga joylashtirish faoliyati davomida ular bilan tanishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) bandlik siyosatida ishsizlar, oilaviy majburiyatlari boʻlgan xodimlar, keksa xodimlar, nogiron xodimlar va taʼlim olayotgan yoki tayyorgarlikdan oʻtayotgan xodimlar kabi muayyan guruhlarning ehtiyojlari va istaklariga alohida eʼtibor berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu chora-tadbirlar, shuningdek, toʻliqsiz ish vaqti sharoitlarida ish beruvchilar va xodimlarning iqtisodiy va ijtimoiy maqsadlariga qanchalik mos kelishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻrganish va tarqatishni oʻz ichiga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, milliy qonunchilik va amaliyotga muvofiq, toʻliq ish vaqtidan toʻliqsiz ish vaqtiga yoki aksincha, ixtiyoriy ravishda oʻtishni taʼminlovchi choralar koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiya qoidalari, agar ular jamoaviy shartnomalar yoki milliy amaliyotga mos keladigan boshqa usulda qoʻllanilmasa, qonun hujjatlari bilan amalga oshiriladi. Bunday qonun hujjatlari qabul qilinishidan oldin ish beruvchilar va xodimlarning eng maqbul vakillik tashkilotlari bilan maslahatlashuvlar oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi rasmiy yorliqlar roʻyxatdan oʻtkazish uchun Xalqaro mehnat byurosi Bosh direktoriga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiya faqat Xalqaro Mehnat Tashkilotining ratifikatsiya yorliqlari Bosh direktor tomonidan roʻyxatga olingan aʼzolari uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konvensiya Tashkilotning ikki aʼzosi ratifikatsiya yorliqlari Bosh direktor tomonidan roʻyxatga olingan kundan boshlab oʻn ikki oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Keyinchalik, ushbu Konvensiya Tashkilotga aʼzo har bir davlat uchun ratifikatsiya yorligʻi roʻyxatga olingan sanadan boshlab oʻn ikki oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilotning har bir aʼzosi Konvensiya dastlabki kuchga kirgan kundan boshlab oʻn yil oʻtgandan keyin Xalqaro mehnat byurosi Bosh direktoriga roʻyxatdan oʻtkazish uchun yuborilgan denonsatsiya qilish toʻgʻrisidagi ariza orqali denonsatsiya qilishi mumkin. Denonsatsiya roʻyxatga olingan kundan boshlab bir yil oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan va oldingi bandda koʻrsatilgan oʻn yil oʻtgandan keyin bir yil ichida ushbu moddada nazarda tutilgan denonsatsiya qilish huquqidan foydalanmagan har bir aʼzo uchun Konvensiya yana oʻn yil davomida amal qiladi. Keyinchalik aʼzolar ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda har oʻn yillik tugashi bilan uni denonsatsiya qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalqaro mehnat byurosining Bosh direktori Xalqaro Mehnat Tashkilotining barcha aʼzolarini Tashkilot aʼzolari tomonidan unga yuborilgan barcha ratifikatsiya yorliqlari va denonsatsiya toʻgʻrisidagi arizalar roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tashkilot aʼzolarini oʻzi olgan ikkinchi ratifikatsiya yorligʻi roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida xabardor qilganda, Bosh direktor ularning eʼtiborini ushbu Konvensiya kuchga kiradigan sanaga qaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro mehnat byurosining Bosh direktori Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining 102-moddasiga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazish uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga oldingi moddalar qoidalariga muvofiq u tomonidan roʻyxatga olingan barcha ratifikatsiya yorliqlari va denonsatsiya toʻgʻrisidagi arizalarining toʻliq tafsilotlarini yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro mehnat byurosining Maʼmuriy kengashi zarur deb topsa, u Bosh konferensiyaga ushbu Konvensiyani qoʻllash toʻgʻrisida maʼruzani taqdim etadi va Konferensiya kun tartibiga uni toʻliq yoki qisman qayta koʻrib chiqish masalasini kiritish maqsadga muvofiqligini koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar Konferensiya ushbu Konvensiyani toʻliq yoki qisman qayta koʻrib chiqadigan yangi konvensiyani qabul qilsa va agar yangi konvensiyada boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, u holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qaysidir aʼzo tomonidan qayta koʻrib chiqiladigan yangi Konvensiyani ratifikatsiya qilish, 14-moddaning qoidalaridan qatʼi nazar, yangi qayta koʻrib chiqiladigan konvensiya kuchga kirgan taqdirda, ushbu Konvensiyani darhol denonsatsiya qilishga olib keladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yangi qayta koʻrib chiqilgan konvensiya kuchga kirgan kundan boshlab ushbu Konvensiya Tashkilot aʼzolari tomonidan ratifikatsiya qilish uchun yopiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Konvensiya har qanday holatda ham uni ratifikatsiya qilgan, lekin qayta koʻrib chiqilayotgan Konvensiyani ratifikatsiya qilmagan Tashkilotning aʼzolari uchun shaklan va mazmunan kuchda qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Konvensiyaning inglizcha va fransuzcha matnlari bir xil kuchga ega.

(imzolar)