30.09.2024 yildagi PQ-344-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi “Respublikada agrosanoat sohasiga yangi bozor mexanizmlarini joriy etish hamda sanoatlashgan bogʻ va tokzorlarni barpo qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-151-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda Agentlikning hududiy boʻlinmalari ish faoliyatini tashkil etish uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bogʻdorchilik, uzumchilik, issiqxona xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish hamda tizim faoliyatini tubdan takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024 — 2027-yillarda anjir, funduk va zaytunzorlarni tashkil etishning maqsadli koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma)ni shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi va Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasining qoldiq mablagʻlari hamda avval ajratilgan resurslarning (ssuda, subsidiyalardan qaytgan, qarzlar) qaytishidan tushadigan mablagʻlar, xizmat koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar, vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklarining depozitiga joylashtirish hisobidan tushadigan foizlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslariga muvofiq yaratiladigan yangi bogʻ va tokzorlardan undiriladigan bir martalik yigʻimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan transfertlar va ssudalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining kreditlari (qarz mablagʻlari) va grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tayyor holda barpo etish” tamoyiliga asosan tashabbuskorlarga lizing asosida ochiq elektron auksion savdolari orqali bogʻ va tokzorlarni sotishdan tushgan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida Jamgʻarmaga 150 milliard soʻm budjetdan transfert rejalashtirib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Davlat budjeti hisobidan, xususan, avvalgi yillarda Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga ajratilgan budjet ssudalarining qaytgan qismi hisobidan har yili qoʻshimcha ravishda 300 milliard soʻm budjet transfertlari Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladi va ushbu mablagʻlar, shuningdek, Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasidan Jamgʻarmaga oʻtkazilgan mablagʻlar maqsadli ravishda respublika hududida yangi bogʻ va tokzorlar yaratish loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ilmiy va taʼlim tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislari hamda ekspertlarini maslahatchi sifatida jalb qilishga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qishloq xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda Agentlik va Jamgʻarma toʻgʻrisidagi nizomlarni oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan Agentlik huzuridagi koʻchat yetishtirish va namunaviy bogʻlarni barpo etishga ixtisoslashgan korxona tomonidan namunaviy sanoatlashgan plantatsiya yaratish hamda uni “tayyor holda barpo etish” tamoyiliga asosan tashabbuskorlarga lizing asosida ochiq elektron auksion savdolari orqali berish koʻzda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda Agentlik tomonidan Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat yoʻnalishidagi subsidiyalar turlarini bir oy muddatda maqbullashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2025-yil 1-yanvardan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intensiv mevali bogʻ va uzumzorlarda tomchilatib sugʻorish tizimlari oʻrnatgani uchun subsidiya sifat darajasini belgilovchi koeffitsiyentni qoʻllagan holda 1 gektar uchun 16 million soʻmdan oshmagan miqdorda belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv tejovchi texnologiyalarni qoʻllash uchun subsidiya suv quvurlarining oʻlchamidan (diametri) kelib chiqib, 40 ming soʻmdan 250 ming soʻmgacha belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“in-vitro” usulida yaratilgan mevali payvandtagli koʻchatlarni sotib olish xarajatlari uchun subsidiya ushbu xarajatlarning 50 foizi, biroq har bir mevali payvandtagli koʻchatga 25 ming soʻmdan, uzumning danaksiz va yangi nav koʻchatlariga 7,5 ming soʻmdan, mahalliy uzum koʻchatlariga 2 ming soʻmdan oshmagan miqdorda belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekish sxemalari hududlarning tuproq va iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, Agentlik tavsiyasi bilan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) koʻchat payvandtaglari uchun beriladigan barcha turdagi subsidiyalar 2024-yil 1-oktabrdan bekor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Agentlik tomonidan beriladigan barcha turdagi subsidiya mablagʻlari talabgorlarning asosiy hisob raqamiga oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi Agentlik bilan hamkorlikda respublikaning turli tuproq va iqlim sharoitlariga mos mevali bogʻ va tok koʻchatlari navlarini xorijiy davlatlardan olib kelgan holda introduksiya qilsin hamda ilmiy asosda intensiv bogʻ va tokzorlar turlari boʻyicha koʻrgazmali maydonlar tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, koʻchatchilik xoʻjaliklari bilan birgalikda rivojlangan davlatlardan “in-vitro” laboratoriyasi uchun mevali daraxtlarning kasalliklarga immuniteti yuqori boʻlgan yangi nav va klonlari olib kelinishini hamda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda 2025-yilning 1-iyuniga qadar zamonaviy “in-vitro” laboratoriyasini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev) Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda Bektemir tumanidan 50 gektar yer maydonini, shundan, istisno tariqasida, 5 gektar maydonning yer toifasini oʻzgartirgan holda “in-vitro” laboratoriyasi uchun hamda 45 gektarda onalik koʻchatzorlarini tashkil etish uchun yer maydoni ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Agentlik uch oy muddatda Italiya, Fransiya, AQSH, Ispaniya, Portugaliya va boshqa davlatlarning ilgʻor tajribalarini oʻrgangan holda respublikada meva va tok koʻchatlarini sertifikatlashtirish tartibini ishlab chiqib, 2025-yil sentabrdan boshlab koʻchatlarni sertifikatlashtirish tizimini joriy qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda koʻchatlarni sertifikatlashtirish Agentlik tuzilmasidagi “Qishloq xoʻjaligini standartlashtirish va sertifikatlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Agentlik, Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 1-dekabrga qadar sohada amalga oshirilayotgan ishlar, yangiliklar, bilim va koʻnikmalarni doimiy foydalanuvchilarga yetkazib berish uchun elektron platforma ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mazkur platformada qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari, ularning yer uchastkasi, bogʻlarning holati, barpo qilingan vaqti va boshqa koʻrsatkichlarni oʻz ichiga olgan bogʻ va tok plantatsiyalarining yagona elektron xaritasini, shuningdek, hududlar va mahsulot ishlab chiqaruvchilar kesimida yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining navlari, turlari va prognozi, pishish vaqti toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni berib borish tizimi yaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov, J. Xodjayev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmonov) 2025-yil 1-iyunga qadar Jahon banki bilan muzokaralar oʻtkazgan holda Jahon bankining “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida tayyor kichik agrologistika loyihalari uchun ajratilgan 65 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlardan maqsadli foydalanish va agrologistika sohasiga yoʻnaltirish boʻyicha aniq mexanizmlarni joriy qilsin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-dekabrdagi PQ-431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2024-y., 07/24/431/1026-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston milliy axborot agentligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida respublikada sanoatlashgan intensiv bogʻ va tokzorlar, namunali bogʻ va tok plantatsiyalari, issiqxonalar, “in-vitro” laboratoriyalari va dehqonlarning ilgʻor tajribasini keng targʻib qilsin, xalqaro yetakchi nashrlar, radiolar, telekanallar va boshqa ommaviy axborot vositalari vakillari uchun mamlakat boʻylab press-turlarni doimiy tashkil etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, “Oqibat” MFY, Markaz-1 Buyuk Ipak yoʻli mavzesi, 42-uy manzilida joylashgan binoning noturar boʻlgan 1-qavati va yertoʻlasi Agentlikka operativ boshqaruv huquqi asosida berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Agentlikning asoslantirilgan hisob-kitoblariga binoan Davlat budjetidan uning maʼmuriy binosini taʼmirlash hamda moddiy-texnik bazasini shakllantirish uchun zarur uskunalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini sotib olishga mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasida bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4246-son qarorining 2, 4 va 6-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Xodjayev va J.A. Qoʻchqorov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 30-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-344-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-344-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AGROSANOATNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGINING TASHKILIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻlimlari

“Qishloq xoʻjaligini standartlashtirish va sertifikatlashtirish markazi” DUK

Tumanlar (Quvasoy shahri) loyiha ofislari

Koʻchat yetishtirish va namunaviy bogʻlarni barpo etishga ixtisoslashgan korxona

“Oʻzagrologistik” MCHJ

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-344-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bogʻdorchilik, uzumchilik, issiqxona xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish hamda tizim faoliyatini tubdan takomillashtirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbai

Ijro muddati

Masʼullar

1.

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash hamda Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

1. Agentlik toʻgʻrisidagi nizomni hamda Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini tasdiqlashni nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2024-yil oktabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abduraxmonov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xaydarov),

Agentlik

(Abdullayev)

2. Hujjat loyihasini oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil noyabr

2.

Agentlikning respublika va hududiy boʻlinmalari xodimlarining ish samaradorligini oshirish.

1. Xodimlar faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy qilish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2024-yil dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abduraxmonov),

Agentlik

(Abdullayev)

2. Agentlik xodimlari faoliyatining natijadorligiga qarab (KPI) ragʻbatlantirish koʻrsatkichlarini belgilash.

Doimiy

3.

Yangidan tashkil etiladigan sanoatlashgan intensiv mevali bogʻ va tokzorlarni namunaviy texnik-iqtisodiy asosda tashkil qilish mexanizmini ishlab chiqish.

1. Yangidan tashkil etiladigan sanoatlashgan intensiv mevali bogʻ va tokzorlarning namunaviy texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2024-yil noyabr

Agentlik

(Abdullayev),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abduraxmonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Sanoatlashgan intensiv mevali bogʻ va tokzorlarni barpo etishning ichki nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil dekabr

4.

Koʻchatchilikka ixtisoslashgan xoʻjalik yoki “In-vitro” laboratoriyasiga tegishli boʻlgan va muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlgan yangi koʻchatchilik tizimini ishlab chiqish.

1. Respublikada mavjud koʻchatchilikka ixtisoslashgan koʻchatchilik xoʻjaligi yoki “In-vitro” laboratoriyalari roʻyxatini va ularning yagona reyestrini shakllantirish.

Xalqaro moliya institutlarining grant mablagʻlari

2024-yil dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abduraxmonov),

Agentlik

(Abdullayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Sertifikatlangan koʻchatlar yetishtiradigan “In-vitro” laboratoriyalari va koʻchatchilik majmualarini barpo etish.

2025-2026-yillar

3. Agentlik tomonidan doimiy ravishda sertifikatlanadigan koʻchatlar ekilishi va agrotexnik tadbirlar oʻtkazilishini monitoring qilish.

Doimiy

5.

Turkiyaning “Worldagro Sonsultancy Organizasyona.Ş.” kompaniyasi bilan hamkorlikda zamonaviy “in-vitro” laboratoriyasini tashkil etish.

1. Turkiyalik hamkor bilan kelishuvlarni amalga oshirish va memorandum imzolash.

Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar

2024-yil oktabr

Vazirlar Mahkamasi

(J. Xodjayev),

Toshkent shahri hokimligi

(Umurzakov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abduraxmonov),

Agentlik

(Abdullayev)

2. Toshkent shahri hokimligi tomonidan Bektemir tumanidan 50 gektar yer maydonini, shundan, istisno tariqasida, 5 gektar maydonda yer toifasini oʻzgartirgan holda “in-vitro” laboratoriyasini hamda 45 gektarda onalik koʻchatzorlarini tashkil etish uchun yer maydonini ajratish.

2025-yil mart

3. Loyihani amalga oshirishni boshlash.

2025-yil iyun

6.

Namangan viloyatida “Worldagro Sonsultancy Organizasyona.Ş.”kompaniyasi bilan hamkorlikda sanoatlashgan bogʻ plantatsiyasini tashkil etish.

1. Xorijiy kompaniya bilan birgalikda intensiv bogʻ barpo etish loyihasini amalga oshirishni kelishish.

34,0 mln dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya

2024-yil noyabr

Vazirlar Mahkamasi

(J. Xodjayev),

Namangan viloyati hokimligi

(Abdurazzoqov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abduraxmonov),

Agentlik

(Abdullayev)

2. Loyihani amalga oshirish uchun Namangan viloyati tumanlaridan 4 ming gektar yer maydonini (past hosilli paxta va gʻalla hamda boshqa ekinlar) aniqlash.

2025-yil yanvar

3. Yerni qonunchilikda belgilangan tartibda ajratish chorasini koʻrish hamda loyihani amalga oshirishni boshlash.

2024-2025-yillar

7.

Agentlik tomonidan meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilar reytingi balli baholash tizimini joriy etish.

1. Fermer va dehqon xoʻjaliklarining nufuzini oshirish hamda qayta ishlovchi va eksportyor korxonalarga koʻmaklashish maqsadida bogʻdorchilik, uzumchilik va issiqxona xoʻjaliklarining samaradorligini belgilovchi Tartib loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

“yashil” toifadagi (90 foizdan oshgan) qishloq xoʻjaligi mahsulot yetishtiruvchi xoʻjaliklarni 2 yil davomida xoʻjalik faoliyatiga aloqador barcha turdagi tekshiruvlardan ozod etish;

“qizil” toifadagi qishloq xoʻjaligi mahsulot yetishtiruvchi xoʻjaliklarga 3 yil davomida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat subsidiyasining barcha turlarini olishga cheklovlar kiritish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2025-yil yanvar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abduraxmonov),

Agentlik

(Abdullayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilar reytingi toʻgʻrisidagi tartibini tasdiqlash uchun Qishloq xoʻjaligi vaziriga kiritish.

2025-yil yanvar

3. Aniqlangan reyting natijasini yil oxirida Agentlik saytida eʼlon qilib borish.

Har yili 1-dekabrga qadar

8.

Mavjud bogʻ va tokzorlarni xatlovdan oʻtkazib borish.

1. Respublikada mavjud mevali bogʻ va uzumzorlarni xatlovdan oʻtkazish va ularning roʻyxatini shakllantirish.

Mablagʻ talab etilmaydi

Har yili yanvar — aprel

Agentlik

(Abdullayev),

Oʻzagroinspeksiya

(Vaxabov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. Bogʻ va uzumzorlarning elektron roʻyxatini raqamlashgan (geoportal) axborot tizimiga doimiy joylashtirish.

Doimiy

9.

Iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosil beradigan bogʻ yoki tokzor maydonlarining manzilli roʻyxatini mavsumga qarab shakllantirish.

1. Meva va uzum bogʻlarining pishiqchilik davriga mos ravishda iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosil beradigan bogʻ yoki tokzor maydonlarining manzilli roʻyxatini shakllantirish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2024-yil noyabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abduraxmonov),

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev),

Agentlik

(Abdullayev),

Oʻzagroinspeksiya

(Vaxabov)

2. Agentlik tomonidan iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosil beradigan deb topilgan bogʻlar va tokzorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq toʻlovchilar kesimida Soliq qoʻmitasiga tegishli axborot tizimlarini integratsiya qilish orqali taqdim etib borilishini taʼminlash.

Har yili 1-dekabrga qadar

10.

“Tayyor holda barpo etish” tamoyili asosida bogʻ va uzumzor barpo etish bilan shugʻullanuvchi korxonani (injiniring kompaniyasini) tashkil etish va loyihalarni amalga oshirish.

1. Yangi korxonani oʻrnatilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish va nizomini ishlab chiqish.

Agentlik jamgʻarma mablagʻlari

2024-yil oktabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abduraxmonov),

Agentlik

(Abdullayev),

Adliya vazirligi

(Toshkulov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov)

2. Korxona ustav fondini Agentlikning jamgʻarma mablagʻlari hisobidan shakllantirish va malakali mutaxassislar bilan taʼminlash.

2024-yil noyabr

3. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan bogʻlarni barpo etish loyihalarini Agentlik tizimidagi korxona orqali moliyalashtirish chorasini koʻrish.

Belgilangan muddatda

11.

“Tayyor holda barpo etish” tamoyili asosida bogʻ barpo etish va aholiga lizing shartlari asosida berish boʻyicha (2021-2023-yillar) loyihalarni yangi mexanizm asosida qayta tashkil qilish.

2021 — 2023-yillar davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Toshkent, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida “Tayyor holda barpo etish” tamoyili asosida bogʻ barpo etish va aholiga lizing shartlari asosida berish boʻyicha berilgan topshiriqlar oʻrniga yangi mexanizm asosida 2025 — 2027-yillarda sanoatlashgan yangi bogʻlarni tashkil etish choralarini koʻrish.

Hisob-kitoblarga asosan

2024-2025-yillar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abduraxmonov),

Agentlik

(Abdullayev),

Adliya vazirligi

(Toshkulov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

12.

Milliy brendlarni targʻib qilish, eksport geografiyasi va mahsulot turlarini kengaytirishda marketing tadqiqotlarni oʻtkazish.

1. Mahalliy qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati korxonalarining brend mahsulotlari roʻyxatini shakllantirish hamda yangi brend mahsulotlari yaratishga koʻmaklashish.

Agentlik jamgʻarma mablagʻlari

2024-2025-yillar davomida

Agentlik

(Abdullayev),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Xorijiy marketologlar bilan muzokaralar oʻtkazish, mavjud va yangi tashqi bozorlarning mahsulotlarga boʻlgan talabini oʻrganish, marketing tadqiqotlarini amalga oshirish.

Doimiy

3. Marketing tadqiqotlar natijasiga koʻra sifatli va eksportbop qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.

2024-2025-yillar

13.

Mahalliy korxonalarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilishga koʻmaklashish.

Xorijiy davlatlar bilan savdo munosabatlarini rivojlantirish uchun mahalliy eksportyorlarga koʻmaklashish maqsadida “Agrokoʻmakchi” mobil ilovasida meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilinishi mumkin boʻlgan davlatlar va ularning talablari boʻyicha maʼlumotlar kiritib borilishini taʼminlash.

Mablagʻ talab etilmaydi

Doimiy

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

(Ergashev)

14.

Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini uzoq muddat saqlashning innovatsion yechimlarini joriy etishda amaliy yordam berish.

1. Xorijiy davlatlarning qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini uzoq muddat saqlash boʻyicha zararli bakteriya va mikroorganizmlarni radiatsion (nurlantirish) sterilizatsiya (fumigatsiya) qilish usullarini oʻrganish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2024-yil dekabr

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

(Ergashev),

Agentlik

(Abdullayev),

Tashqi ishlar vazirligi

(Saidov),

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

(Turdikulova),

Yadro fizikasi instituti

2. Rossiya, AQSH, Eron, Pokiston va Xitoy davlatlariga soha mutaxassislarini jalb etib, tajribalarini oʻrganish.

2024-yil dekabr

3. Radiatsiya orqali sterilizatsiya qilishni tashkil etish toʻgʻrisida oʻrganilgan tajribalarni maqbullashtirish va jalb qilinadigan grantlar toʻgʻrisidagi taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil mart

15.

Sohaga xorijdan malakali mutaxassislarni jalb etish, mahalliy mutaxassislarni oʻqitish va ilm-fan yangiliklarini ishlab chiqarishga joriy etish.

1. Mahalliy va xorijiy qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati sohasidagi taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikni yoʻlga quyish.

Innovatsion rivojlanish agentligi va boshqa moliyaviy manbalar hisobidan

2024-2025-yillar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi,

(Otajonov),

Agentlik

(Abdullayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Hududlarning tuproq va tabiiy iqlim sharoitlarini hisobga olib, ilmiy yutuqlar, ilgʻor ilmiy ishlanmalar va intensiv agrotexnologiyadan foydalanish boʻyicha xorijlik malakali mutaxassislarni jalb etish, joylarda chet el tajribasi asosida seminar va treninglar oʻtkazish.

2025-yil davomida

16.

Issiqxona xoʻjaliklarida yetishtiriladigan mahsulotlar sifatini yaxshilash va hajmini oshirishni taʼminlash.

1. Issiqxona xoʻjaliklariga malakali agronomlarni jalb etib, sifati va hajmini oshirish uchun malaka treninglarini oʻtkazish.

Agentlik jamgʻarma mablagʻlari

Doimiy

Agentlik

(Abdullayev),

Energetika vazirligi

(Mirzamahmudov),

Markaziy bank

(Nurmuratov),

tijorat banklari,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. Issiqxonada mahsulotlarni yetishtirish hosildorligini oshirish hamda ichki va tashqi bozorlarda realizatsiyasiga koʻmaklashish.

2024-2025-yillar

3. Koʻmir yoqilgʻisida faoliyat yuritayotgan issiqxonalar samaradorligini oshirish, ekologiya xavfsizligi uchun chang-gaz filtrini oʻrnatishda amaliy yordam berish.

2024-2025-yillar

17.

Agentlik tizimidagi korxonalar faoliyatini takomillashtirish.

1. Agentlik tasarrufidagi “Agroservis operator” DUK korxonasini Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markaziga oʻtkazish.

7,6 milliard soʻm grant mablagʻlari

2024-yil oktabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abduraxmonov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Ortiqov),

Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi,

Agentlik

(Abdullayev)

2. “Agroservis operator” DUKning mavjud qarzdorligini Yevropa Ittifoqining grant mablagʻlari hisobidan kelgusidagi daromadidan qaytarib berish sharti bilan qoplash chorasini koʻrish.

2024-yil noyabr

18.

Oziq-ovqat xavfsizligi sohasida mahalliy va xorijiy muassasalarda ilmiy tadqiqotchi hamda laboratoriya mutaxassislarini tayyorlash.

1. Respublika miqyosida oziq-ovqat sohasidagi yosh, qobiliyatli xodimlar va laboratoriya mutaxassislari roʻyxatini shakllantirish.

Agentlik jamgʻarmasi mablagʻlari va xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

2024-yil noyabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abduraxmonov),

Agentlik

(Abdullayev)

2. Oziq-ovqat xavfsizligi sohasida rivojlangan xorij davlatlaridagi ilmiy tadqiqot boʻyicha ixtisoslashgan yetuk ilmiy-tadqiqot institutlari, laboratoriyalari va ishlab chiqarish korxonalarini aniqlash.

2025-yil yanvar

3. Ilmiy-tadqiqot institutlari, laboratoriyalari yoki ishlab chiqarish korxonalarini tajribasiga va salohiyatiga koʻra tanlab olish hamda ular bilan shartnomalar tuzgan holda hamkorlikni amalga oshirish.

Doimiy

19.

Eksportbop mahsulotlar yetishtirish, iqtisodiy samara beradigan mevali bogʻ va uzumzorlarni barpo qilish, sogʻlom sifatli koʻchatlarni koʻpaytirish maqsadida ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

Hududlarda bogʻdorchilik, uzumchilik va issiqxona xoʻjaliklaridagi muammolarga ilmiy-amaliy yechim topish maqsadida koʻchatchilik, agrotexnik tadbirlar oʻtkazilishi, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish hamda mahsulotlarni qayta ishlashni ichiga olgan 2024 — 2026-yillarga moʻljallangan fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion ilmiy-texnik loyihalarni shakllantirish hamda ularning grant tanlovlari asosida amalga oshirilishini taʼminlash.

Ilm-fanni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

2024-yil oktabr

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Agentlik

(Abdullayev),

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

(Otajonov)

20.

Bogʻdorchilik va uzumchilik sohasida xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

Mevali bogʻ va uzumning hosildorligi yuqori, sovuqqa va kasallikka chidamli hamda danaksiz yangi navlarini yaratish boʻyicha ilgʻor xorijiy mamlakatlar, jumladan, AQSH, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya va boshqa mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

Xalqaro moliya institutlarining grant mablagʻlari va Jamgʻarma mablagʻlari

2024-2025-yillar

Agentlik

(Abdullayev),

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

(Ergashev)

21.

Respublikada sanoatlashgan intensiv mevali bogʻ va uzumzorlarning koʻrgazmali maydonlari, issiqxonalar, “in-vitro” laboratoriyalari va dehqonlarning ilgʻor tajribasini keng targʻib qilish, xalqaro yetakchi nashrlar, telekanallar va boshqa ommaviy-axborot vositalari xodimlari uchun mamlakat boʻylab press turlarni tashkil etish.

1. Xalqaro yetakchi nashrlar, telekanallar, mashhur agroblogerlarni aniqlab, ular bilan intensiv bogʻ va uzumzorlar, namunali bogʻlar, issiqxonalar, “in-vitro” laboratoriyalari va dehqonlarning ilgʻor tajribasini keng targʻib qilish maqsadida muzokaralar olib borish va ularni jalb qilish.

Agentlik jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan

2024-yil dekabr

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abduraxmonov),

Agentlik

(Abdullayev)

2. Xalqaro yetakchi nashrlar, telekanallar vakillari, mashhur agroblogerlar ishtirokida intensiv bogʻ va uzumzorlar, namunali bogʻlar, issiqxonalar, “in-vitro” laboratoriyalari va dehqonlarning ilgʻor tajribasini koʻrsatish uchun press turlar tashkil etish.

2024-2025-yillar oktabr

3. Press turlar natijasida qilingan ishlarni ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida doimiy ravishda namoyish etishni tashkillashtirish.

Doimiy

22.

Mevali bogʻ va uzumzorlarni ijara huquqi bilan rasmiylashtirib berishning soddalashtirilgan tartibini ishlab chiqish.

1. Mevali bogʻ va uzumzorlarni ijara huquqi bilan rasmiylashtirib berish tartibini soddalashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2024-yil noyabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abduraxmonov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xaydarov),

Kadastr agentligi

(Poʻlatov),

Agentlik

(Abdullayev)

2. Ishlab chiqilgan takliflarga asosan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2024-yil dekabr

23.

Respublikada anjir, funduk va zaytunzorlarni barpo etish choralarini koʻrish.

1. Turkiya, Ozarbayjon, Gruziya, Ispaniya va Italiya davlatlariga anjir, funduk va zaytun yetishtirish texnologiyalarini oʻrganish boʻyicha mutaxassislarni xizmat safariga yuborish, ular bilan tajribalar almashish va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi jamgʻarmasi mablagʻlari

2024-2025-yillar davomida

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abduraxmonov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Xolmurodov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xaydarov),

Andijon viloyati hokimligi

(Abduraxmonov)

2. Andijon viloyatida 100 gektar maydonda plantatsiya usulida “Andijon anjirzorlari” bogʻini tashkil etish.

Hisob-kitoblarga asosan

2025-yil aprel

3. Jalaquduq, Xoʻjaobod, Romitan, Vobkent, Xatirchi, Nurota, Konimex, Karmana, Qiziltepa, Nurota, Namangan, Uchqoʻrgʻon, Boyovut, Sayxunobod, Guliston, Jarqoʻrgʻon, Uzun, Boʻstonliq, Parkent, Buvayda, Beshariq, Uchkoʻprik, Urganch tumanlari va Samarqand shahrida anjir yetishtirishga ixtisoslashgan mahallalarni tanlab olib, anjirzorlar maydonini kengaytirish, ushbu tumanlarda anjirni qayta ishlash, saqlash, saralash va eksport qilish bilan shugʻullanuvchi kichik korxonalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil sentabr

24.

Respublikaning 24 ta tumanidagi anjirchilik bilan toʻliq va qisman shugʻullanayotgan 102 ta mahalladagi 20 ming aholi tomorqalarida Romitan va Urganch tajribasi asosida anjir yetishtirishni rivojlantirish.

1. Mahallalarda anjir ekadigan xonadonlar roʻyxatini shakllantirish va koʻchat yetkazib beruvchi subyektlarni aniqlash.

Tijorat banklarining imtiyozli kreditlari, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

2025-yil yanvar

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Zaxidov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. Anjir koʻchatini ekadigan xonadonlar talabidan kelib chiqib, moliyaviy (kredit) resurslar ajratish choralarini koʻrish.

2025-yil may

3. Tumanlarda anjir koʻchatlarini parvarishlash boʻyicha Romitan va Urganch tumanining usta dehqonlari ishtirokida amaliy seminarlar oʻtkazish.

Reja-grafik asosida

25.

Aholi xonadonlariga 2025 — 2028-yillar davomida 1 mln tup anjir, zaytun va funduk koʻchatlarini ekish.

1. Aholiga anjir, zaytun va funduk koʻchatlarini “Tomorqa xizmati” MCHJ tomonidan yetkazib berish.

Tijorat banklarining imtiyozli kreditlari, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

2025 — 2028-yillar davomida

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abduraxmonov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Zaxidov),

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

(Ergashev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. Aholiga anjir, zaytun va funduk yetishtirish, parvarishlash va kasalliklarga qarshi kurashish boʻyicha tegishli mutaxassislar tomonidan amaliy yordam koʻrsatib borish.

Reja-grafik asosida

26.

Agentlikning faoliyatini tubdan yaxshilash hamda xodimlariga shart-sharoitlar yaratish uchun bino va zaruriy jihozlar bilan taʼminlash.

1. Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Oqibat” MFY, Markaz-1 Buyuk ipak yoʻli mavzesi, 42-uy manzili boʻyicha joylashgan binoning noturar boʻlgan 1-qavati va yertoʻlasi Agentlikka operativ boshqaruv huquqi asosida berilishini taʼminlash.

Hisob-kitoblarga asosan

2024-yil oktabr

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Ortiqov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov)

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xaydarov),

Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi

(M. Atadjanov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abduraxmonov),

Agentlik

(Abdullayev)

2. Binoni rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash hamda uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan oʻrnatilgan tartibda qoplash.

2024-yil oktabr

27.

Agentlikning hududiy boʻlinmalari xodimlari uchun shart-sharoitlarni yaratish choralarini koʻrish.

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va hududiy boʻlinmalar xodimlari uchun tumanlar hokimliklarining maʼmuriy binosi yoki boshqa idora, tashkilotlardan alohida xona ajratib, zaruriy ish sharoiti, uskuna va jihozlar bilan taʼminlash.

Hisob-kitoblarga asosan

2024-yil oktabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va tumanlar hokimliklari,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abduraxmonov),

Agentlik

(Abdullayev)

2. Agentlik xodimlarining samarali faoliyat olib borishlari uchun mebel, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va boshqa zarur jihozlar bilan taʼminlash uchun xarajatlarni davlat budjeti, grant va boshqa taqiqlanmagan manbalar hisobidan moliyalashtirish.

2024-yil dekabr

(2-ilovaning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-apreldagi PQ-136-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 07/25/136/0321-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-344-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024 — 2027-yillarda anjir, funduk va zaytunzorlarni tashkil etishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud (viloyat)lar nomi

Jami tashkil etiladigan maydon, jami (gektar)

shundan

Shu jumladan, 2024 — 2027-yillarda tashkil etiladigan maydon, gektar

fermer, qishloq xoʻjaligi korxonasi

aholi tomorqasi

Anjir

shundan

Funduk

shundan

Zaytun

shundan

fermer, qishloq xoʻjaligi korxonasi

Aholi tomorqasi

fermer, qishloq xoʻjaligi korxonasi

aholi tomorqasi

fermer, qishloq xoʻjaligi korxonasi

aholi tomorqasi

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

105

35

70

93

35

58

12

12

2.

Andijon

1 035

534

501

788

420

368

184

74

110

63

40

23

3.

Buxoro

723

320

403

640

295

345

83

25

58

4.

Jizzax

757

372

385

603

288

315

154

84

70

5.

Qashqadaryo

1 284

593

691

964

440

524

208

98

110

112

55

57

6.

Navoiy

432

222

210

332

172

160

100

50

50

7.

Namangan

1 059

513

546

792

372

420

185

91

94

82

50

32

8.

Samarqand

1 349

714

635

861

490

371

488

224

264

9.

Surxondaryo

1 420

728

692

1 031

557

474

234

109

125

155

62

93

10.

Sirdaryo

478

218

260

405

185

220

73

33

40

11.

Toshkent

773

373

400

630

310

320

143

63

80

12.

Fargʻona

966

524

442

736

393

343

165

81

84

65

50

15

13.

Xorazm

353

130

223

330

130

200

23

23

JAMI:

10 734

5 276

5 458

8 205

4 087

4 118

2 052

932

1 120

477

257

220

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 07/24/344/0765-son; 14.12.2024-y., 07/24/431/1026-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son; 10.04.2025-y., 07/25/136/0321-son)