23.08.2024 yildagi 4772-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Qoʻshma Qarori, 23.08.2024 yildagi 4772-IV-son
Кучга кириш санаси
23.08.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xiva shahrida Markaziy Osiyo davlatlarining ikkinchi parlamentlararo forumini oʻtkazish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirish, mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda parlamentlararo komissiyalar, doʻstlik guruhlari, davlat hokimiyati vakillik organlari, yoshlar parlamentlari hamda xotin-qizlarning ishtirokini kengaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2024-yilning 12-13-sentabr kunlari Xiva shahridagi “Farovon” mehmonxonasida Markaziy Osiyo davlatlarining ikkinchi parlamentlararo forumi oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy Osiyo davlatlarining ikkinchi parlamentlararo forumini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (bundan buyon matnda Tashkiliy qoʻmita deb yuritiladi) tarkibi 1-ilovaga*;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy Osiyo davlatlarining ikkinchi parlamentlararo forumini oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga*;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy Osiyo davlatlarining ikkinchi parlamentlararo forumini yoritish boʻyicha media-reja 3-ilovaga*;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy Osiyo davlatlarining ikkinchi parlamentlararo forumi konsepsiyasi 4-ilovaga*;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy Osiyo davlatlarining ikkinchi parlamentlararo forumining dasturi loyihasi 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qarorning 2* va 3-ilovalarida* belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida bajarilishini muvofiqlashtirib borish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi hamda Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasiga, shuningdek, Oliy Majlis palatalari devonlari Axborot xizmatlariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashkiliy qoʻmita:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qarorning 2-ilovasi* bilan tasdiqlangan Markaziy Osiyo davlatlarining ikkinchi parlamentlararo forumini oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 5-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy Osiyo davlatlarining ikkinchi parlamentlararo forumi (bundan buyon matnda Forum deb yuritiladi) ishtirokchilarining kelib-ketishi, transport bilan taʼminlanishi va ularga tibbiy xizmatlar koʻrsatish masalalarini muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Forum oʻtkaziladigan joylarning texnika va telekommunikatsiyalar bilan jihozlanishini, obodonlashtirish va yoʻl taʼmirlash ishlari olib borilishini tashkil etish, shuningdek Toshkent va Xiva shaharlarida zarur mehmonxonalarning tayyor boʻlishi va band qilinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Forumni oʻtkazish bilan bogʻliq axborot-tahliliy va boshqa hujjatlarning oʻz vaqtida hamda sifatli tayyorlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Uzbekistan airways”, “Uzbekistan airports” va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatlari tegishincha Islom Karimov nomidagi “Toshkent” va Urganch xalqaro aeroportlarini, Toshkent va Xorazm temir yoʻl vokzallarini, ulardagi VIP zallarini Forum ishtirokchilarini kutib olish, kuzatish va ularga xizmat koʻrsatish uchun tayyorlash choralarini koʻrsin hamda VIP zallaridan yigʻim va bojlar, shuningdek, zal xizmati uchun toʻlovlar undirilmay foydalanilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent, Urganch va Xiva shaharlarida, tadbir oʻtkaziladigan joylarda Forum ishtirokchilari xavfsizligini, shuningdek ular uchun ajratilgan avtobuslarning harakatlanishi xavfsizligini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda Markaziy Osiyo davlatlari delegatsiyalari aʼzolari uchun mamlakatimizning boy turistik salohiyatini, xususan, uning tarixi va madaniy merosini aks ettiruvchi tarqatma materiallarni tayyorlash va tarqatish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita hamda Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda anjuman ishtirokchilarini barcha tarixiy-madaniy meros obyektlariga kirish chiptalari bilan bepul taʼminlasin, tashrif mobaynida foto va videolavhalarni suratga olish imkoniyatini yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Forumining ochilish marosimida, tanaffus va tushlik, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati nomidan Forum ishtirokchilari uchun tashkil etiladigan rasmiy kechki qabul davomida konsert dasturi taqdimotini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xiva shahridagi Ichan qalʼa majmuasiga Markaziy Osiyo davlatlari delegatsiyalari aʼzolarining tashrifi doirasida Xiva tarixi va uning fan rivojiga qoʻshgan hissasi, shuningdek, hududning boy madaniyati va sanʼati haqidagi hikoyalar taqdim etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Axborot xizmati bilan birgalikda 2024-yil 1-sentabrga qadar Forumini keng yoritish boʻyicha davlat organlarining axborot xizmatlari rahbarlari, faol jurnalist va blogerlardan iborat Matbuot-shtabini tashkil etish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Matbuot-shtabining asosiy vazifasi etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Forumdan oldi, Forum vaqti va undan keyingi jarayonlarni keng yoritib borish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Forumning mazmun-mohiyati va ahamiyatini milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari va Internet jahon axborot tarmogʻida oʻzbek va xorijiy tillarda keng yoritish maqsadida forum boʻlib oʻtadigan joyda Matbuot markazini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Forumning ochilishi marosimini ommaviy axborot vositalari orqali jonli namoyish etish va ish jarayonini yoritib borishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Forum ishtirokchilari, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari delegatsiyalari aʼzolari bilan intervyular, maxsus reportajlar, brifing, press-klub koʻrsatuvlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi parlamentlararo aloqalar, mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda parlamentlararo komissiyalar, doʻstlik guruhlari, davlat hokimiyati vakillik organlari, yoshlar parlamentlari hamda xotin-qizlarning ishtirokini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida xolis va toʻliq maʼlumotlarning keng jamoatchilikka tezkor yetkazilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasi Oliy Majlis palatalari devonlarining Axborot xizmatlari bilan birgalikda 2024-yil 1-sentabrga qadar Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi parlamentlararo aloqalarni, jumladan mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda parlamentlararo komissiyalar, doʻstlik guruhlari, davlat hokimiyati vakillik organlari, yoshlar parlamentlari hamda xotin-qizlarning ishtirokini aks ettiruvchi 2-3 daqiqali videorolikni tayyorlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi hamda Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi 2024-yil 5-sentabrga qadar Forum yakuni boʻyicha qabul qilinadigan Xiva kommyunikesi loyihasini ishlab chiqib, Markaziy Osiyo davlatlari parlamentlari bilan kelishsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati binolaridan foydalanish va xoʻjalik faoliyati boshqarmasi 2024-yil 30-avgustga qadar Forumining xarajatlar smetasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur Qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasin Spikerining birinchi oʻrinbosari A. Saidov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 23-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4772-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA

KQ-805-IV-son