Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2024-yil 21-sentabr,
SQ-999-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024-yil 21-sentabrdagi SQ-999-IV-sonli Qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi qarorlarining roʻyxati
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 6-sentabrdagi “S.P. Niyazxodjayevni Oʻzbekiston Respublikasining Qirgʻiz Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida”gi KQ-807-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 6-sentabrdagi “X.M. Mirzaxidovni Oʻzbekiston Respublikasining Qirgʻiz Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida”gi KQ-808-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 6-sentabrdagi “O.A. Usmanovni Oʻzbekiston Respublikasining Afgʻonistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida”gi KQ-809-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 6-sentabrdagi “O.A. Usmanovni Oʻzbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida”gi KQ-810-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 6-sentabrdagi “Y.M. Shadmanovni Oʻzbekiston Respublikasining Afgʻonistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida”gi KQ-811-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 10-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki foydasining bir qismini Davlat budjetiga oʻtkazish masalasi toʻgʻrisida”gi KQ-813-IV-sonli qarori.