O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKADA SAVDONI ERKINLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘FRISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Iste’mol bozorini oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan to‘ldirishda savdo tashkilotlarining manfaatdorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qo‘yilsinki, 1995-yil 1-yanvardan boshlab savdo ustamalari tovarlarni tashish, saqlash va sotish xarajatlaridan kelib chiqqan holda savdo korxonalari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi savdo ustamalarini belgilash tartibini 10 kun muddatda manfaatdor tashkilotlarga yetkazsin.
2. Chakana savdo tarmog‘ida mavjud bo‘lishi majburiy bo‘lgan oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Bu bandning so‘zsiz bajarilishi uchun javobgarlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda shaxsan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M.3. Usmonov zimmasiga yuklansin.
3. 1995-yil 1-yanvardan boshlab aholiga belgilangan normalarga muvofiq oziq-ovqat va kundalik ehtiyojdagi nooziq-ovqat tovarlarini sotish bo‘yicha cheklashlar olib tashlansin.
4. “O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi, O‘zbekbirlashuv, savdo tarmog‘iga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
savdo korxonalarining yangi egalari bilan shartnomalar tuzilayotganda ilovada ko‘rsatilgan tovarlarning erkin savdoda mavjud bo‘lishini majburiy ravishda nazarda tutsinlar;
tovar resurslarini qidirib topish, iste’mol bozorini to‘ldirish ishlarini davom ettirsinlar, ularning respublika aholisiga uzluksiz sotilishini ta’minlasinlar.
5. Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 6-martdagi 59-son, 1991-yil 1-apreldagi 80-son qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-fevraldagi 98-son qarorining 1 va 7-bandlari, Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 30-maydagi 199-f-son farmoyishi 1995-yil 1-yanvardan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari M.3. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 14-dekabr,
604-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 14-dekabrdagi 604-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Chakana savdo tarmog‘ida mavjud bo‘lishi majburiy bo‘lgan asosiy oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari
RO‘YXATI
1. Un
2. Makaron mahsulotlari
3. O‘simlik yog‘i
4. Qand-shakar
5. Choy
6. Tuz
7. Kir sovun
8. Gugurt