OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 25 sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3555]
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga (roʻyxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunining 8-moddasiga asosan davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining hujjatlari davlat tilida qabul qilinishi va eʼlon etilishi kerakligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga asosan Adliya vazirligiga vazirlik va idoralarning qonunchilikka nomuvofiq boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarini Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat reyestridan chiqarishga haqli ekanligi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan ilovaga muvofiq chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. TASHKULOV
Toshkent sh.,
2024-yil 24-sentabr,
25-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-sentabrdagi 25-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilayotgan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan 1999-yil 26-yanvarda tasdiqlangan Statsionar davolash-profilaktika muassasalarida budjet mablagʻlari hisobiga sotib olinadigan dori vositalari va tibbiy mahsulotlarni berish, hisobga olish va ulardan foydalanish ustidan nazorat qilish tartibi (roʻyxat raqami 639, 1999-yil 18-fevral).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2003-yil 23-iyundagi 39-son “Kinologiya xizmati xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1254, 2003-yil 3-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-yil., 13-14-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2004-yil 28-yanvardagi 23-son”Tavakkalchilikka asoslangan oʻyin avtomatlari zalini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1313, 2004-yil 17-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 7-son, 91-modda).
4. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2005-yil 25-fevraldagi 59-son “Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1458, 2005-yil 18-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 10-11-son, 86-modda).
5. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2015-yil 3-martdagi 88-son “Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1458-1, 2015-yil 27-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 12-son, 147-modda).
6. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2016-yil 1-iyundagi 316-son “Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1458-2, 2016-yil 1-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 26-son, 323-modda).
7. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2017-yil 23-noyabrdagi 571-son “Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1458-3, 2017-yil 7-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 10/17/1458-3/0390-son).
8. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2018-yil 29-maydagi 190-son “Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1458-4, 2018-yil 13-iyun) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/1458-4/1347-son).
9. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2020-yil 22-yanvardagi 4-son “Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1458-5, 2020-yil 5-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2020-y., 10/20/1458-5/0129-son).
10. Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining 2023-yil 27-apreldagi 2023/92-1-son “Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1458-6, 2023-yil 15-may) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2023-y., 10/23/1458-6/0280-son).
11. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2005-yil 4-martdagi 83-son “Mahsulotning xavfsizlik talablariga muvofiqligini deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1465, 2005-yil 6-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 107-modda).
12. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2015-yil 3-martdagi 86-son “Mahsulotning xavfsizlik talablariga muvofiqligini deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1465-1, 2015-yil 27-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 12-son, 149-modda).
13. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2016-yil 25-fevraldagi 98-son “Mahsulotning xavfsizlik talablariga muvofiqligini deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1465-2, 2016-yil 18-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 11-son, 108-modda).
14. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2017-yil 31-iyuldagi 451-son “Mahsulotning xavfsizlik talablariga muvofiqligini deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1465-3, 2017-yil 4-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 36-son, 966-modda).
15. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2018-yil 8-yanvardagi 4-son “Mahsulotning xavfsizlik talablariga muvofiqligini deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1465-4, 2018-yil 8-fevral) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2018-y., 10/18/1465-4/0674-son).
16. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2005-yil 7-sentabrdagi 340-son “Majburiy tartibda sertifikatlanadigan bir turdagi mahsulotlarning alohida turlarini sertifikatlash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1513, 2005-yil 28-sentabr) Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 39-son, 299-modda; 2008-y., 39-son, 404-modda).
17. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2008-yil 3-sentabrdagi 352-son “Majburiy tartibda sertifikatlanadigan bir turdagi mahsulotlarning alohida turlarini sertifikatlash qoidalariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1513-1, 2008-yil 26-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 39-son, 404-modda).
18. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2015-yil 3-martdagi 89-son “Majburiy tartibda sertifikatlanadigan bir turdagi mahsulotlarning alohida turlarini sertifikatlash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1513-2, 2015-yil 27-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 12-son, 150-modda).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 10/24/3555/0752-son)