23.09.2024 yildagi 600-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi islohotlarni izchil davom ettirish yo‘lida o‘z yechimini kutayotgan masalalarni hal etish, fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va natijadorlikka yo‘naltirish orqali aholi farovonligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi (keyingi o‘rinlarda — Ishchi guruh) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishchi guruhning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi davlat pensiya ta’minoti tizimida mavjud muammolarni tahlil qilish hamda ilg‘or xorijiy tajriba asosida pensiya ta’minoti tizimining barqarorligini ta’minlash va ijtimoiy adolatni mustahkamlashga qaratilgan takliflarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asoslantirilgan takliflarga muvofiq 2025-yil 1-martga qadar Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishchi guruhga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan vazifalarni amalga oshirishda vazirlik va idoralar, ilmiy va ta’lim tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar mutaxassislarini, shuningdek, mahalliy hamda xorijiy ekspert va maslahatchilarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasi bo‘yicha tayyorlanayotgan takliflarning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritib borish hamda belgilangan vazifalar bo‘yicha so‘rov o‘tkazilishini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarini jalb qilgan holda tegishli masalalar yuzasidan nufuzli xorijiy ekspertlar, olimlar va mutaxassislar bilan uchrashuvlar va muhokamalar o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish maqsadida Ishchi guruhga jalb etilgan mutaxassislarni xorijga qisqa muddatli xizmat safariga yuborish huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Ishchi guruh a’zolarini xorijga qisqa muddatli xizmat safariga yuborish bilan bog‘liq xarajatlar (transport, mehmonxona, seminar va o‘quv kurslari, kunlik va boshqalar) Davlat xizmatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
(3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 126-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/126/0205-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 23-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
600-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 23-sentabrdagi 600-son qaroriga

ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

J.A. Qo‘chqorov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, ishchi guruh rahbari

2.

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari, ishchi guruh rahbari o‘rinbosari

3.

B.B. Raxmatov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi direktori, ishchi guruh rahbari o‘rinbosari (kelishuv asosida)

4.

O.R. Fozilkarimov

iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari

5.

R.E. Turdiboyeva

kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari

6.

Sh.M. Rabiyev

adliya vaziri o‘rinbosari

7.

Sh.V. Davronov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi (kelishuv asosida)

8.

J.R. Siddikov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi (kelishuv asosida)

9.

J.I. Abdiyev

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

10.

R.D. Muxammadiyev

Milliy statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

11.

B.X. Maxmadaliyev

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari

12.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi

kelishuvga ko‘ra ekspert jalb qilinadi

13.

Osiyo taraqqiyot banki

kelishuvga ko‘ra ekspert jalb qilinadi

14.

Xalqaro mehnat tashkiloti

kelishuvga ko‘ra ekspert jalb qilinadi

15.

B.J. Jumamuratov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi boshqarma boshlig‘i, ishchi guruh kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Ishchi guruh a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2024-y., 09/24/600/0748-son; 01.03.2025-y., 09/25/126/0205-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)