20.09.2024 yildagi 595-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻsimliklarni himoya qilishda biologik kurash tadbirlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, oʻsimliklarni himoya qilishning ekologik xavfsiz boʻlgan biologik usulini keng targʻib qilish, biologik himoya vositalarini ishlab chiqaradigan biolaboratoriyalar tizimini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Biologik himoya vositalarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan biologik himoya vositalarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biologik himoya vositalarini ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan biologik himoya vositalariga sertifikat berish va uni rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlikni baholash organlari va inspektorlar tomonidan biologik himoya vositalarini ishlab chiqarish bilan bogʻliq jarayonlarning sohadagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biologik himoya vositalarini ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan biologik himoya vositalariga sertifikatni qayta rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biologik himoya vositalarini ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan biologik himoya vositalariga sertifikatlar reyestrini yuritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, mazkur Nizom ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) 2024-yil yakuniga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Biosifat” respublika markazi laboratoriyasini zamonaviy asbob-uskunalar va jihozlar bilan taʼminlasin hamda biologik himoya vositalarining sifatini joyida aniqlaydigan ekspress-mobil laboratoriya xizmatini yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda “Biosifat” respublika markazi laboratoriyasini akkreditatsiyadan oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-moddasiga muvofiq respublikada faoliyat yuritayotgan biolaboratoriyalar tomonidan oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi texnik reglamentlarda koʻrsatilgan xavfsizlik talablariga rioya etgan holda fitosanitariya tadbirlarini oʻz vaqtida amalga oshirilishi, biomahsulotlarning sifati va dalaga tarqatish meʼyori boʻyicha sertifikatlangan biologik himoya vositalarini tarqatilishi yoʻlga qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2024-2025-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda biologik himoya vositalarini koʻpaytirishning prognoz koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda 2024-2025-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda viloyatlar Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari muqaddam biolaboratoriya sifatida foydalanib kelingan bino va inshootlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat-xususiy sheriklik shartlarida tadbirkorlik subyektlariga ajratish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Agentlik bilan birgalikda biolaboratoriyalar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar oʻrtasida biomahsulotlarni yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnomalarning tuzilishi va biolaboratoriyalarning moliyalashtirilishi hamda biomahsulotlarning dalaga tarqatilishi boʻyicha maʼlumotlarni “Raqamli qishloq xoʻjaligi” platformasiga joylashtirib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agentlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2024-2025-yillarda xorijiy (xalqaro) moliya institutlari, boshqa xorijiy donorlarning texnik koʻmaklari hamda grantlarini jalb etgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda kamida bittadan namunali zamonaviy biolaboratoriyalarni tashkil etsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
entomofaglarning yangi turlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish hamda onalik materiallarini yangilab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunali zamonaviy biolaboratoriyalarda ishlab chiqariladigan entomofaglarni dalaga tarqatishda ilgʻor texnika va texnologiyalardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimlik zararkunandalariga qarshi kurashda qoʻllaniladigan foydali nematodalarni (oʻsimlik) koʻpaytirish va dalaga tarqatish nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 20-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
595-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-sentabrdagi 595-son qaroriga

1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biologik himoya vositalarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan koʻpaytirilgan biologik himoya vositalarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NIZOM

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom biologik himoya vositalarini koʻpaytirishning texnologik jarayonlari hamda sifat koʻrsatkichlari boʻyicha sertifikatlashtirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — biologik himoya vositalariga sertifikat olish (yoki sertifikatni qayta rasmiylashtirish) maqsadida muvofiqlikni baholash organiga ariza bilan murojaat qiluvchi tadbirkorlik subyekti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biolaboratoriyalar — qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari zararkunandalariga qarshi kurashishda qoʻllaniladigan entomofaglarni (foydali hasharotlar) koʻpaytirish bilan shugʻullanadigan hamda zararkunandalarga qarshi biologik himoya vositalari bilan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi subyektlar va aholini taʼminlaydigan tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biologik himoya vositalari — qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari va oʻsimlik mahsulotlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish uchun qoʻllaniladigan foydali organizmlar yoki ularning yashash faoliyati mahsulotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biologik himoya vositalarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan koʻpaytirilgan biologik himoya vositalariga sertifikat (keyingi oʻrinlarda — sertifikat) — biolaboratoriyalarning faoliyat yuritishi va sifatli biologik himoya vositalarini koʻpaytirishi uchun talab etiladigan asbob-uskuna va jihozlarning mavjudligi, ish sharoitlari hamda koʻpaytirilgan biologik himoya vositalarining qishloq xoʻjaligida foydalanishga yaroqliligi va ekin dalalariga tarqatishi meʼyori boʻyicha muvofiqligini belgilaydigan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biologik entomofaglar — biofabrika va biolaboratoriyalarda koʻpaytirilib, qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari zararkunandalariga qarshi kurashishda qoʻllaniladigan biologik himoya vositalari (trixogramma, oltinkoʻz, brakon va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inspektor — biologik himoya vositalarining samaradorligini monitoring qilishga masʼul boʻlgan oʻsimliklar karantini davlat inspektori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring — biologik himoya vositalarini koʻpaytirishning barcha jarayonlarini mazkur Nizom va entomofaglarni koʻpaytirishni tartibga soluvchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiqligini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlikni baholash organi — Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi huzuridagi “Biosifat” respublika markazi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartib-taomil hujjatlari — muvofiqlikni baholash organi tomonidan olib boriladigan jarayonlar ketma-ketlikda amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Biologik himoya vositalarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan koʻpaytirilgan biologik himoya vositalarini sertifikatlashtirish ishlari muvofiqlikni baholash organi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Biologik himoya vositalarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan koʻpaytirilgan biologik himoya vositalarini sertifikatlashtirish ishlari mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Sertifikat berish va uni rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ariza beruvchi sertifikat olish uchun muvofiqlikni baholash organiga biolaboratoriya faoliyatini boshlagan vaqtdan boshlab bir oy muddatda Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud “Biosifat” respublika markazining “ebiosifat.uz” elektron tizimi orqali mazkur Nizomga 2-ilovadagi shaklda arizani hamda mavjud asbob-uskunalar va jihozlar boʻyicha tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchidan ariza shaklida koʻrsatilmagan hujjatlar va maʼlumotlarni talab qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Muvofiqlikni baholash organi oʻn ish kuni ichida ariza va unga ilova qilingan hujjatlarning biologik himoya vositalarini koʻpaytirish bilan bogʻliq texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligini hamda ariza beruvchi arizada koʻrsatilgan xizmatni koʻrsata olishini oʻrganib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda biolaboratoriya faoliyati uchun talab etiladigan bino va uning zarur asbob-uskunalar va jihozlar bilan texnik jihozlanishi holatlari oʻrganiladi hamda mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq monitoring dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monitoring dalolatnomasi natijalarining ishonchliligi va saqlanishi uchun muvofiqlikni baholash organi masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Muvofiqlikni baholash organi tuzilgan dalolatnoma asosida ariza beruvchiga sertifikat berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va ushbu qarorni bayonnoma shaklida rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Muvofiqlikni baholash organi sertifikat berishni rad etish toʻgʻrisida qabul qilingan qarorga koʻra, ariza beruvchiga asoslangan kamchiliklarni koʻrsatgan holda mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq xabarnomani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali tizimi orqali yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sertifikatni berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining oʻz arizasiga asosan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilganda yoki maʼlumotlarni buzib koʻrsatish holatlari aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlikni baholash organi tomonidan biologik himoya vositalarini koʻpaytirish uchun zarur asbob-uskuna va jihozlar mavjudligi hamda biologik himoya vositalarining sifatini aniqlash boʻyicha oʻtkazilgan oʻrganishlarning yakuni boʻyicha asoslantirilgan salbiy xulosa berilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi xabarnomada koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etmasa yoki qayta murojaat qilish uchun belgilangan muddat oʻtgandan keyin arizani taqdim etganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyekti tugatilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ariza beruvchi xabarnoma yuborilgan kundan boshlab bir oy muddat ichida xabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda muvofiqlikni baholash organiga sertifikat olish uchun takroran murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda arizani takroran koʻrib chiqish uchun toʻlovlar undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikat olish uchun berilgan arizani oʻrganish natijasida aniqlangan kamchiliklar boʻyicha xabarnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar bilan sertifikat berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlikni baholash organi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga malakali xodimlarni izlashda, hujjatlar hamda dasturlarni mukammal ishlab chiqish uchun mutaxassislarni jalb etishda, shuningdek, sertifikatni olish uchun boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratishda amaliy yordam koʻrsatishi va tavsiyalar berishi kerak (ariza beruvchining taklif etilgan yordamni rad etgan hollari bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ariza beruvchi muvofiqlikni baholash organining sertifikatni berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sertifikat olish uchun toʻlovlar ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq miqdorlarda amalga oshiriladi. Bunda ariza beruvchida bir nechta biolaboratoriya mavjud boʻlsa, ularning har biriga alohida-alohida sertifikat olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Toʻlovlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar — “Biosifat” respublika markazining hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar — “Biosifat” respublika markazining hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “Biosifat” respublika markazining ebiosifat.uz elektron tizimi orqali murojaat etilganda, koʻrsatilgan xizmatning 100 foizi “Biosifat” respublika markazining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Agar muvofiqlikni baholash organi tomonidan ariza beruvchiga sertifikatni berish rad etilganda, toʻlangan toʻlovning 70 foizi bir oy muddatda ariza beruvchiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qolgan 30 foizi muvofiqlikni baholash organi tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar xarajati uchun ushlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Muvofiqlikni baholash organi va ariza beruvchi oʻrtasida sertifikat olish toʻgʻrisida shartnoma rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda shartnoma predmeti, bahosi, shartnomaning bajarish muddati, hisob-kitob qilish tartibi, taraflarning majburiyatlari, fors-major holatlari, shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda taraflarning javobgarligi, nizolarni hal etish tartibi hamda taraflarning rekvizitlari, shartnoma tuzilgan sana va joy koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Muvofiqlikni baholash organi tomonidan uch ish kuni ichida sertifikat rasmiylashtiriladi va elektron imzo bilan tasdiqlanadi hamda sertifikatlar reyestrga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sertifikat mazkur Nizomga 6-ilovaga muvofiq shaklda davlat tilida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sertifikat rasmiylashtirilgandan soʻng elektron tizimga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Sertifikat kalendar yil yakuniga qadar muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Muvofiqlikni baholash organi hamda inspektor tomonidan biologik himoya vositalarini koʻpaytirish bilan bogʻliq jarayonlarni monitoring qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Monitoring muvofiqlikni baholash organi hamda inspektor tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlikni baholash organi hamda inspektor monitoringni amalga oshirishda biologik himoya vositalarini koʻpaytirish bilan bogʻliq jarayonlarning mazkur Nizomga va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ariza beruvchiga sertifikat berilgandan keyin har mavsumda monitoring oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Monitoringni amalga oshirishda muvofiqlikni baholash organi, inspektor hamda ariza beruvchi yoki uning vakili ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlikni baholash organi va inspektor monitoring davrida aniqlangan nomuvofiqliklar boʻyicha bayonnomani rasmiylashtiradi. Rasmiylashtirilgan bayonnomaning bir nusxasi ariza beruvchiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda salbiy xulosa berilgan taqdirda, biolaboratoriya uchun olingan sertifikat muvofiqlikni baholash organi tomonidan bekor qilinadi hamda bu toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga, boʻysunuvi boʻyicha yuqori turuvchi tashkilotga va ariza beruvchi bilan shartnoma tuzgan tadbirkorlik subyektiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Monitoring boʻyicha muvofiqlikni baholash organi tomonidan hisobot rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobotda quyidagilar aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoringni amalga oshirish sanasi va muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoringni amalga oshirgan muvofiqlikni baholash organi xodimining va inspektorning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlab olingan yer maydoni va mahsulot ishlab chiqarish obyekti toʻgʻrisida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan nomuvofiqliklarning ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilganligi haqida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari aniqlangan nomuvofiqliklarning bartaraf etilishini tekshirish natijalari boʻyicha maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biologik himoya vositalarini koʻpaytirishni sertifikatlashtirish maqsadida mahsulotdan olingan namunaning laboratoriya tahlili natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring davrida oʻrganilgan hujjatlar (mahsulotlarni topshirish, qabul qilish, biologik himoya vositalarini koʻpaytirish jarayonini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar), shu jumladan, tekshirish tafsilotlari hamda hisobotning qisqacha mazmuni va xulosalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Muvofiqlikni baholash organi sinovlarni oʻtkazish uchun namuna tanlash hamda sinovlarni oʻtkazish boʻyicha monitoringni amalga oshirish davrida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Syertifikatni qayta rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ariza beruvchi sertifikatning amal qilish muddati tugaguniga qadar (kamida bir oy oldin) uni qayta rasmiylashtirish uchun ariza bilan muvofiqlikni baholash organiga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur muddatni oʻtkazib yuborilgan holda taqdim etilgan ariza muvofiqlikni baholash organi tomonidan mazkur Nizomning 2-bobida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Sertifikat arizaga tegishli hujjatlar ilova qilingan holda, muvofiqlikni baholash organi tomonidan qabul qilib olingan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida qayta rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikat qayta rasmiylashtirilganda, muvofiqlikni baholash organi tomonidan sertifikatlar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Sertifikatni qayta rasmiylashtirish uchun ariza beruvchining sertifikatni berish toʻgʻrisidagi arizasi muvofiqlikni baholash organi tomonidan koʻrib chiqilganda va sertifikat qayta rasmiylashtirib berilganda, mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq belgilangan summaning ellik foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Syertifikatning amal qilish muddatini toʻxtatib turish, tugatish va uni bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Sertifikatning amal qilishi muvofiqlikni baholash organi tomonidan quyidagi hollarda oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring davrida bartaraf etish mumkin boʻlgan shartnoma shartlariga hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga nomuvofiqliklar aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtiyoriy ravishda sertifikatning amal qilishini toʻxtatib turish haqida ariza bilan murojaat qilinganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Sertifikatning amal qilishi muvofiqlikni baholash organi tomonidan quyidagi hollarda tugatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biologik himoya vositalarini ishlab chiqaradigan tadbirkorlik subyekti monitoringni amalga oshirishdan bosh tortganda yoki monitoringni talab etilgan muddatda amalga oshirishga ruxsat bermaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring davrida biologik himoya vositalarini ishlab chiqaradigan tadbirkorlik subyekti tomonidan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlikni baholash organining biologik himoya vositalari sifatini aniqlash va tahlil qilish laboratoriyasining tadbirkorlik subyekti tomonidan koʻpaytirilayotgan biologik himoya vositalari namunalarini tahlil qilish asosida bergan salbiy xulosasiga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyekti tomonidan koʻpaytirilayotgan biologik himoya vositalarining kasallik va parazitlari koʻpaygan holatda, ayniqsa zararli “qorindor kana”larning (klesh — kana) paydo boʻlish hamda tarqalish holati fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, jamoat xavfsizligiga va atrof-muhitga zarar yetkazilishiga olib keladigan holatlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikat talablarining bir yil mobaynida muntazam ravishda (ikki yoki undan ortiq) buzilishiga yoʻl qoʻyilganda, ushbu qoidabuzarliklar natijasida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, jamoat xavfsizligiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazilishiga olib keladigan holatlar aniqlanganda, kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biologik himoya vositalarini ishlab chiqaradigan tadbirkorlik subyekti sertifikatning amal qilishini tugatish haqida ariza bilan murojaat qilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biologik himoya vositalarini ishlab chiqaradigan tadbirkorlik subyektining faoliyati tugatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar belgilangan muddatda tadbirkorlik subyekti tomonidan bartaraf etilmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Sertifikatning amal qilishi uni tugatish haqida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Sertifikat muvofiqlikni baholash organi yoki sud tomonidan quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatni olish jarayonida soxta hujjatlardan foydalanilganligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlikni baholash organining sertifikatni berish haqidagi qarori noqonuniy deb topilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Sertifikatni bekor qilish haqida muvofiqlikni baholash organi yoki sudning qarori qabul qilinganda, u berilgan sanadan eʼtiboran bekor qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Sertifikatni amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish muvofiqlikni baholash organining qarori bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi muvofiqlikni baholash organining qarorlaridan norozi boʻlgan taqdirda, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ariza beruvchining shikoyati Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi mutaxassisi, muvofiqlikni baholash organining masʼul xodimi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi yer egasi hamda boshqa xolis biolaboratoriya mutaxassislari ishtirokida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi koʻrib chiqish natijasidan norozi boʻlganda, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoki bevosita sudga murojaat etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sertifikatning amal qilish muddati tugagan yoki uning amal qilishi toʻxtatib qoʻyilgan boʻlsa, biologik himoya vositalarini dalaga tarqatilishi qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Syertifikatlar reyestrini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Muvofiqlikni baholash organi biologik himoya vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan koʻpaytirilgan biologik himoya vositalariga berilgan sertifikatlar reyestrini yuritadi va oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtirib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikatlar reyestrida ariza beruvchilar toʻgʻrisidagi quyidagi asosiy maʼlumotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektining nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), telefon raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatning berilgan sanasi va raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatning amal qilish muddati haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, sertifikatlar reyestrida bekor qilingan va toʻxtatib qoʻyilgan sertifikatning raqami, tadbirkorlik subyektining nomi, yuridik manzili, asoslari va sanasi koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Sertifikatlar reyestridagi maʼlumotlar manfaatdor shaxslar tanishishi uchun ochiq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Sertifikat berish jarayonida yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Biologik himoya vositalarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan koʻpaytirilgan biologik himoya vositalarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

1-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biologik himoya vositalarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan koʻpaytirilgan biologik himoya vositalarini sertifikatlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyekt

Amalga oshirish jarayoni

Muddati

1-bosqich

Tadbirkorlik subyekti

(keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi)

Biologik himoya vositalarini sertifikatlashtirish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali “Biosifat” respublika markaziga (keyingi oʻrinlarda — muvofiqlikni baholash organi) ariza bilan (arizaga tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda) murojaat qiladi.

Biolaboratoriya faoliyatini boshlagan kundan eʼtiboran 1 oy muddatda

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Arizani muvofiqlikni baholash organiga yuboradi.

Ariza toʻldirilgandan keyin avtomatik tarzda

3-bosqich

Muvofiqlikni baholash organi

1. Arizani oʻrganib chiqadi.

Ariza kelib tushgan kunda

2. Biologik himoya vositalarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan koʻpaytirilgan biologik himoya vositalariga sertifikatni berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda ariza beruvchini bu haqida elektron shaklda xabardor qiladi.

10 ish kuni ichida

3. Biologik himoya vositalarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan koʻpaytirilgan biologik himoya vositalariga sertifikatni rasmiylashtiradi va sertifikatlar reyestriga kiritadi.

3 ish kuni ichida

4-bosqich

Ariza beruvchi

Avval berilgan biologik himoya vositalarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan koʻpaytirilgan biologik himoya vositalariga sertifikatni qayta rasmiylashtirish uchun muvofiqlikni baholash organiga murojaat qiladi.

Sertifikatning amal qilish muddati tugashidan kamida 1 oy oldin

5-bosqich

Muvofiqlikni baholash organi

Biologik himoya vositalarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan koʻpaytirilgan biologik himoya vositalariga sertifikatlar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.

Sertifikat qayta rasmiylashtirilgan kundan eʼtiboran 5 ish kuni ichida

6-bosqich

Muvofiqlikni baholash organi

Biologik himoya vositalarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan koʻpaytirilgan biologik himoya vositalariga sertifikatning amal qilish muddati monitoring davomida shartnoma shartlariga hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga nomuvofiqliklar aniqlanganda toʻxtatib turiladi.

10 ish kuni ichida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Biologik himoya vositalarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan koʻpaytirilgan biologik himoya vositalarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

2-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Biologik himoya vositalarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan koʻpaytirilgan biologik himoya vositalariga sertifikat olish uchun

ARIZA

(Davlat xizmatlari markaziga kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud “Biosifat” respublika markazining “ebiosifat.uz” elektron tizimi orqali elektron shaklda taqdim etiladi)

1. Yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi haqidagi maʼlumotlar:

yuridik shaxs;

INN raqami

berilgan: kun

oy

yil

2. Biolaboratoriyadagi asbob-uskuna va jihozlar roʻyxati

T/r

Talab etiladigan asbob-uskunalar va jihozlar roʻyxati

Mavjudligi

(bor yoki yoʻq)

1.

Biologik himoya vositalari koʻpaytirish uchun zarur boʻlgan muhit (havo harorati 24-26°S, 30-32°S, namlik 50-60, 70-75%) saqlab turadigan maxsus xonalar

2.

Trixogrammani koʻpaytirish uchun mexanik liniya (moslama)

3.

Arpani tozalash uchun moslama

4.

Arpani zararlash uchun moslama (stellaj va podnoslar)

5.

Bokslar va don solish uchun maxsus moslamalar

6.

Don kuyasi tuxumini tozalovchi moslama (separator)

7.

Termostat

8.

Don kuyasi kapalaklarini yigʻish uchun moslama va ularni joylash uchun shkaflar

9.

Trixogrammani zararlash uchun moslama (vivariy) yoki shisha ballonlar

10.

Biologik himoya vositalarini saqlash uchun sovutkichlar

11.

Mum kuyasi qurtlarini koʻpaytirish uchun vannalar yoki boshqa moslamalar

12.

Mum kuyasi qurtlariga ozuqa tayyorlash uchun avtoklav yoki boshqa moslamalar

13.

Har xil aniqlikdagi tarozilar

14.

Mikroskop, binokulyar, lupalar

15.

Gigrometr-psixrometr

16.

Respiratorlar

3. Biologik himoya vositalarining nomi va miqdori:

Biologik himoya vositalari nomi

Oʻlchov birligi

(mln dona, kg, mln dona)

Miqdori

Xizmat koʻrsatish maydoni

(gektar)

Kun

oy

yil

Elektron imzo bilan tasdiqlanadi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Biologik himoya vositalarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan koʻpaytirilgan biologik himoya vositalarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

3-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Biologik himoya vositalarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan koʻpaytirilgan biologik himoya vositalarini sertifikatlashtirish boʻyicha monitoring haqida

_____-son DALOLATNOMA

20___ yil “____” ___________

____________________

Biz, “Biosifat” respublika markazi masʼul xodimi ________________, ___________________________ viloyatidan biriktirilgan vakil (inspektor) __________________________ va __________________ tumanida joylashgan “_________________________________________” biolaboratoriyasi rahbari yoki masʼul xodimi ______________________ bilan birgalikda mazkur biolaboratoriyada 20___ yilda biolaboratoriya faoliyatini yuritish va sifatli biologik himoya vositalarini koʻpaytirish uchun talab etiladigan asbob-uskunalar va jihozlarning mavjudligi hamda ish sharoitlari oʻrganilganda quyidagilar aniqlandi:

T/r

Talab etiladigan asbob-uskuna va jihozlar turi

Mavjudligi

(bor yoki yoʻq)

1.

Biologik himoya vositalarini koʻpaytirish uchun zarur boʻladigan havo harorati 24-26°S, 30-32°S, namligi 50-60, 70-75% ushlab turiladigan maxsus xonalar

2.

Trixogrammani koʻpaytirish uchun mexanik liniya (moslama)

3.

Arpani tozalash uchun moslama

4.

Arpani zararlash uchun moslama (stellaj va podnoslar)

5.

Bokslar va don solish uchun maxsus moslamalar

6.

Don kuyasi tuxumini tozalovchi moslama (separator)

7.

Termostat

8.

Don kuyasi kapalaklarini yigʻish uchun moslama va shkaflar

9.

Trixogrammani zararlash uchun moslama (vivariy) yoki shisha ballonlar

10.

Biologik himoya vositalarini saqlash uchun sovutkichlar

11.

Mum kuyasi qurtlarini koʻpaytirish uchun vannalar yoki boshqa moslamalar

12.

Mum kuyasi qurtlariga ozuqa tayyorlash uchun avtoklav yoki boshqa moslamalar

13.

Har xil aniqlikdagi tarozilar

14.

Mikroskop, binokulyar, lupalar

15.

Gigrometr-psixrometr

16.

Respiratorlar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Asbob-uskuna va jihozlar soni biolaboratoriyaning ishlab chiqarish quvvatiga qarab belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Biologik himoya vositalarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan koʻpaytirilgan biologik himoya vositalarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

4-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

_________ viloyati_______ tumani “____________________”ga INN:_____________

Biologik himoya vositalarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan koʻpaytirilgan biologik himoya vositalariga sertifikat olish uchun berilgan arizani oʻrganish natijasida aniqlangan kamchiliklar boʻyicha

XABARNOMA

Sizning 20 ___ yil “___” _______________da Davlat xizmatlari markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali tizimi orqali bergan _______-son arizangiz va unga ilova qilingan hujjatlarda quyidagi kamchiliklar aniqlanganligini maʼlum qilamiz:

1. ________________________________________________________________________

2. ________________________________________________________________________

3. ________________________________________________________________________

4. ________________________________________________________________________

5. ________________________________________________________________________

Siz ushbu xabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bir oy muddat bartaraf etgan holda sertifikat olish uchun takroran ariza berish huquqiga ega ekanligingizni bildiramiz.

Kun

oy

yil

F.I.O.

(elektron imzo bilan tasdiqlanadi)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Biologik himoya vositalarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan koʻpaytirilgan biologik himoya vositalarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

5-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biologik himoya vositalarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan koʻpaytirilgan biologik himoya vositalariga sertifikat berish uchun koʻrsatiladigan xizmatlar toʻlovi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MIQDORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xizmat koʻrsatiladigan maydon, gektar

Koʻrsatilgan xizmatlar toʻlovi, bazaviy hisoblash miqdori hisobida

Biologik himoya vositalarini koʻpaytirishda biolaboratoriyadan talab etiladigan asbob-uskuna va jihozlarning mavjudligini oʻrganish boʻyicha monitoring uchun

1.

Har bir biolaboratoriya uchun

Bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari

Biologik himoya vositalarining yaroqliligi va ekin dalalariga tarqatish meʼyori boʻyicha muvofiqligini oʻrganish uchun

Trixogramma uchun

2.

1 gektardan 500 gektargacha

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

3.

501 gektardan 1 000 gektargacha

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari

4.

1 001 gektardan 2 000 gektargacha

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

5.

2 001 gektardan 5 000 gektargacha

Bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari

6.

5 001 gektardan yuqori boʻlgan

Bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari

Oltinkoʻz uchun

Brakon uchun

Boshqa turdagi entomafaglar uchun

17.

1 gektardan 500 gektargacha

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

18.

501 gektardan 1 000 gektargacha

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari

19.

1 001 gektardan 2 000 gektargacha

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

20.

2 001 gektardan 5 000 gektargacha

Bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari

21.

5 001 gektardan yuqori boʻlgan

Bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Biologik himoya vositalarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan koʻpaytirilgan biologik himoya vositalarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

6-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“BIOSIFAT” RESPUBLIKA MARKAZI

Biologik himoya vositalarini ishlab chiqaruvchilar

tomonidan koʻpaytirilgan biologik himoya vositalariga

_____-son SERTIFIKAT

“_______________________________” ga qarashli biolaboratoriya

Manzili: ___________ viloyati, ___________ tumani

Ushbu sertifikat biologik himoya vositalarida (oltinkoʻz, trixogramma, brokon va boshqalar) oʻtkazilgan tahlil natijalarining sinov bayonnomalari boʻlgan taqdirda haqiqiy hisoblanadi.

Berilgan sana: __________ “_____” ____________ 20 ___ y.

Amal qilish muddati: ____ “_____” ____________ 20 ___ yilgacha.

Biologik himoya vositalarining sifat koʻrsatkichlari OʻzDSt 2918:2015 Oʻzbekiston Respublikasi davlat standartlari talablariga muvofiq.

“Biosifat” respublika

markazi direktori

(elektron imzo tasdiqlanadi)

F.I.O.

kun

oy

yil

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-sentabrdagi 595-son qaroriga

2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

2024-2025-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda biologik himoya vositalarini koʻpaytirishning

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar nomi

2024-yilda biologik himoya vositalarini koʻpaytirish

2025-yilda biologik himoya vositalarini koʻpaytirish

oltinkoʻz,

mln dona

trixogramma,

kg

brakon,

mln dona

oltinkoʻz,

mln dona

trixogramma,

kg

brakon,

mln dona

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

438

836

385

482

920

424

2.

Andijon viloyati

1 097

1 308

351

1 206

1 439

386

3.

Buxoro viloyati

330

737

187

363

811

206

4.

Jizzax viloyati

794

635

291

873

699

320

5.

Qashqadaryo viloyati

704

600

644

774

659

708

6.

Navoiy viloyati

176

179

79

194

197

87

7.

Namangan viloyati

641

725

244

705

798

269

8.

Samarqand viloyati

354

505

319

390

555

351

9.

Surxondaryo viloyati

447

555

393

492

611

432

10.

Sirdaryo viloyati

463

387

327

509

426

359

11.

Toshkent viloyati

518

503

311

570

554

342

12.

Fargʻona viloyati

458

550

451

504

605

496

13.

Xorazm viloyati

516

1 238

490

568

1 362

539

Jami:

6 936

8 758

4 472

7 630

9 636

4 919

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2024-y., 09/24/595/0738-son)