O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 11-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2024-yil 28-avgustda ma’qullangan
Senat tomonidan 2024-yil 28-avgustda ma’qullangan
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengligiga, shuningdek davlat xizmatiga kirishda fuqarolarning teng huquqliligiga hamda ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligiga taalluqli bir qator normalar mustahkamlangan.
Shu bilan birga amaldagi qonun hujjatlarini yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalariga muvofiqlashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Ushbu Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan, ommaviy axborot vositalarining faoliyati hamda insonning asosiy huquq va erkinliklari bilan, shuningdek qarindoshining sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish va uni o‘tash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi bilan bog‘liq huquqiy normalar belgilanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Ushbu Qonun fuqarolar himoyasining huquqiy kafolatlarini yanada mustahkamlashga, ularning huquqlarini amalga oshirishda, shu jumladan ishga qabul qilishda teng imkoniyatlarni ta’minlashga, shuningdek ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligi kafolatlarini kuchaytirishga xizmat qiladi.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi 915-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 22-aprelda qabul qilingan O‘RQ-350-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 96-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda, № 10, 674-modda, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 9, 588, 591-moddalar; 2021-yil, 4-songa ilova, № 12, 1194-modda; 2022-yil, № 3, 213-modda, № 6, 570-modda, № 10, 984-modda; 2023-yil, № 4, 265-modda, № 5, 316-modda, № 10, 794-modda) 4-moddasining ikkinchi qismidagi “ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar “e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 471-modda, № 9, 592-modda, № 11, 787-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 204-modda, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, № 3, 217-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 966, 968, 973-moddalar, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 2, 81-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 466-moddalar, № 6, 575-modda, № 10, 981-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 187, 188-moddalar, № 4, 265-modda, № 5, 319-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921-modda; 2024-yil, № 1, 8-modda, № 2, 111-modda, № 3, 245-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
1) 5-moddaning matnidagi “ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar “e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 141-modda birinchi qismining dispozitsiyasidagi “ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy yoki ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar “e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 592-moddalar, № 10, 671-modda, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 204-modda, № 5, 296-modda, № 12, 689-modda; 2021-yil, № 1, 5, 11, 13, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 973-modda, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 2, 81-modda, № 3, 216-modda, № 4, 337-modda, № 6, 575-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185-moddalar, № 4, 265, 269-moddalar, № 5, 319-modda, № 9, 713-modda; 2024-yil, № 1, 8-modda, № 2, 115-modda) 16-moddasining matnidagi “ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar “e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar) 272-moddasining matnidagi “ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyi, irqi, millati, tili, dini va e’tiqodidan” degan so‘zlar “irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 128-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 10, 473-modda; 2010-yil, № 5, 177-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 265, 267-moddalar, № 9, 589, 592-moddalar; 2020-yil, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 797-modda; 2022-yil, № 5, 464-modda, № 11, 1061-modda; 2023-yil, № 1, 2-modda) 13-moddasining ikkinchi qismidagi “dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar “dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi 392-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustda qabul qilingan 669-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 169-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 8, 385-modda; 2019-yil, № 3, 165-modda, № 9, 588-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2024-yil, № 2, 109-modda) 19-moddasining ikkinchi qismidagi “ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyiga” degan so‘zlar “e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi 472-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-oktabrda qabul qilingan O‘RQ-502-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 10, 678-modda; 2019-yil, № 5, 265-modda, № 9, 588-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 2, 82-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda) 13-moddasining birinchi qismidagi “ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar “e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi 541-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 15-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-78-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 1, 4-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2024-yil, № 2, 105-modda) 5-moddasiga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
birinchi qismdagi “erkindir” degan so‘z “erkindir va qonunga muvofiq ish olib boradilar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismning birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishini, ommaviy axborot vositalarining mulk huquqini, davlat organlarining g‘ayriqonuniy qarorlaridan, ular mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlaridan (harakatsizligidan) himoya qilinishini kafolatlaydi”.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi 721-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 12-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 641-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 8, 787-modda) 1-moddasining birinchi qismidagi “ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar “e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi 69-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-mayda qabul qilingan O‘RQ-328-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 5, 133-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 384, 385-moddalar; 2018-yil, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 3, 166-modda, № 12, 886-modda; 2020-yil, № 1, 2-modda, № 11, 652-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 213-modda, № 6, 577-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda) 18-moddasiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlari qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va o‘z faoliyati yo‘nalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqli”;
ikkinchi — beshinchi qismlar tegishincha uchinchi — oltinchi qismlar deb hisoblansin.
11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi to‘g‘risida”gi 166-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 14-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; 2019-yil, № 9, 588-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 8-moddasining ikkinchi qismidagi “ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyiga” degan so‘zlar “e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
12-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrda qabul qilingan “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-298-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 9, 251-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 8, 469-modda, № 9, 592-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda; 2022-yil, № 5, 464-modda) 7-moddasining to‘rtinchi qismidagi “ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyiga” degan so‘zlar “e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
13-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-378-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrda qabul qilingan O‘RQ-445-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 9, 509-modda; 2018-yil, № 1, 5-modda; 2020-yil, № 3, 199-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 16-moddasining matnidagi “ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyiga” degan so‘zlar “e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
14-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 271-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 1, 5-modda) 22-moddasining uchinchi qismidagi “ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar “e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
15-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-407-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 272-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 588, 591-moddalar, № 10, 674-modda, № 12, 891-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 466-modda, № 6, 570-modda, № 10, 984-modda; 2023-yil, № 7, 537-modda; 2024-yil, № 3, 244-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
1) 8-moddaning ikkinchi qismidagi “ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar “e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 25-moddaning matnidagi “ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar “e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
16-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi O‘RQ-427-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 4, 135-modda; 2019-yil, № 9, 591-modda; 2020-yil, № 11, 652-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 9, 904-modda) 19-moddasining matnidagi “ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar “e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
17-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791, 792-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1, 3-moddalar, № 3, 198, 199-moddalar; 2021-yil, № 1, 8-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 8, 787-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda, №12, 1007-modda; 2024-yil, № 2, 115-modda) 8-moddasining matnidagi “ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar “e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
18-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261, 266-moddalar, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, № 1, 10-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 463-modda, № 6, 577-modda, № 8, 787-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda, № 12, 1008-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda) 7-moddasining matnidagi “ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar “e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
19-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 25-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 3-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda; 2021-yil, № 1, 9-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 8, 787-modda, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 185-modda, № 4, 269-modda, № 11, 923-modda, № 12, 1009-modda; 2024-yil, № 2, 115-modda) 9-moddasining matnidagi “ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar “e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
20-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 15-oktabrda qabul qilingan “Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi O‘RQ-499-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 10, 675-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 213-modda; 2023-yil, № 5, 316-modda) 7-moddasining birinchi qismidagi “ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar “e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
21-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 13-martda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-610-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 3, 201-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 6, 523-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 105-modda) 4-moddasining to‘rtinchi qismidagi “ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar “e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
22-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 9, 538-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 101-modda) 5-moddasining birinchi qismidagi “ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar “e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
23-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 18-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-647-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 11, 653-modda; 2022-yil, № 5, 464-modda, № 6, 570-modda; 2023-yil, № 7, 537-modda, № 11, 923, 924-moddalar) 6-moddasining ikkinchi qismidagi “ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar “e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
24-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 4-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risida”gi O‘RQ-692-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 6, 519-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda) 5-moddasining ikkinchi qismidagi “ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar “e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
25-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 6-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ-700-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 660-modda) 8-moddasining ikkinchi qismidagi “ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar “e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
26-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyulda qabul qilingan “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-703-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 663-modda; 2024-yil, № 2, 117-modda) 11-moddasining matnidagi “ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi hamda ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar “e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
27-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyunda qabul qilingan “Reklama to‘g‘risida”gi O‘RQ-776-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 6, 571-modda; 2024-yil, № 2, 108-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
1) 5-moddaning uchinchi xatboshisidagi “ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyiga” degan so‘zlar “e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 16-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyiga” degan so‘zlar “e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
28-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 8-avgustda qabul qilingan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ-788-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 8, 789-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin:
1) 10-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Qarindoshining sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish va uni o‘tash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lishi mumkin emas”;
uchinchi qismi to‘rtinchi qism deb hisoblansin;
2) 29-moddaning ikkinchi qismidagi “ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar “e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
29-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrda qabul qilingan O‘RQ-798-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, 10-songa ilova; 2023-yil, № 4, 265-modda, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritilsin:
1) 4-moddaning ikkinchi qismi “ijtimoiy kelib chiqishi” degan so‘zlardan keyin “qarindoshlarida sudlanganlikning mavjudligi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
2) 119-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “yaqin” degan so‘z chiqarib tashlansin.
30-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
31-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
32-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 20-sentabr,
O‘RQ-963-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son)