1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oliy va professional taʼlim tashkilotlari talabalari hamda oʻquvchilariga taʼlim krediti ajratish tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy va professional taʼlim tashkilotlari talabalari va oʻquvchilariga budjet mablagʻlari hisobidan taʼlim kreditini ajratish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2024-yil 27-maydagi PF-82-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda oliy va professional taʼlim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqiyotgan talaba va oʻquvchilarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun ajratilayotgan budjet mablagʻlaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy va professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olish uchun taʼlim kreditini faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba va oʻquvchilarga ajratish tizimini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi “3” dan past boʻlgan taqdirda, toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida taʼlim kreditini ajratish amaliyotini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, oliy taʼlim tashkilotlari talabalari uchun taʼlim krediti ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (NEMIS) axborot tizimida, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun esa ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Professional taʼlim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) axborot tizimida mavjud boʻlgan taqdirda ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 16-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
579-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-sentabrdagi 579-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti filialini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 17-iyundagi 389-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Filialga abituriyentlar qabuli va bitiruvchilar attestatsiyasi amaldagi qonunchilikka, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda, Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitet) tomonidan belgilangan talab, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialning bitiruvchilariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim olganda, Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasida oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan belgilangan namunadagi Filial diplomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining davlat taʼlim standarti asosida taʼlim olganda, Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan belgilangan namunadagi diplom beriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 9-banddagi “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi” soʻzlari “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent shahridagi filialining vasiylik kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI

1.
A.I. Ikramov
—
Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent shahridagi filiali rektori, Vasiylik kengashi raisi
2.
Yusuf Sarinay
—
Turkiya savdo palatalari va tovar birjalari ittifoqining Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti rektori, Vasiylik kengashi hamraisi
3.
D.A. Vaxabov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi
4.
S.M. Buzrukxonov
—
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari
5.
Olgan Bekar
—
Turkiya Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Elchisi (kelishuv asosida)
6.
Ali Riza Tazjan
—
Turkiyaning Hamkorlik va muvofiqlash agentligining (TIKA) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari (kelishuv asosida)
7.
O.R. Rijichenko
—
“U-ENTER” innovatsion tadbirkorlik markazi direktori
8.
Volkan Gyuldermez
—
“Ziraat Bank Uzbekistan” AJ boshqaruvi raisi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun taʼlim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 18-avgustdagi 527-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 21 — 23-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“21. 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab taʼlim krediti ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi (grade point average):

“3” dan past boʻlgan taqdirda, toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi, bunda kredit toʻlov-kontrakt summasining dastlabki 20 foizi talaba tomonidan toʻlangandan keyin ajratiladi;

“3” va undan yuqori boʻlgan taqdirda va (yoki) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalarning taʼlim olayotgan aʼzolari uchun taʼlim krediti toʻlov-kontrakt summasi miqdorida ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Joriy oʻquv yili uchun taʼlim kreditini olmoqchi boʻlgan talabaning fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi (grade point average) avvalgi oʻquv yili yakuni boʻyicha “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (NEMIS) axborot tizimidan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Talabaning fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi (grade point average) koʻrsatkichi va tegishli maʼlumotlari “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (NEMIS) axborot tizimi, toʻlov-kontrakt toʻgʻrisidagi maʼlumotlari esa “Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda nodavlat va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari talabalarining toʻlov-kontrakt toʻgʻrisidagi maʼlumotlari ularning axborot tizimlarini “Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimiga integratsiya qilish yoki mazkur axborot tizimidan foydalanish orqali shakllantiriladi”;

2-bob quyidagi mazmundagi 171 — 174-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“171. Toʻlov-kontrakt shartnomasini olish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim tashkiloti talabasi “Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi orqali;

professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari esa “Professional taʼlim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) axborot tizimi orqali ariza yuboradi.

172. Arizani oliy taʼlim tashkiloti “Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi orqali, professional taʼlim tashkiloti “Professional taʼlim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) axborot tizimi orqali koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit oluvchi oliy taʼlim tashkilotining talabalarni oʻqishga qabul qilish yoki oʻqishni davom ettirish boʻyicha tegishli ichki tartib yoki qoidalariga (keyingi oʻrinlarda — ichki tartib qoidalar) muvofiq deb topilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqichga tavsiya etilgan kredit oluvchini “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (NEMIS) axborot tizimidan roʻyxatdan oʻtkazadi hamda belgilangan tartibda toʻlov-kontrakt shartnomasini imzolaydi;

ikkinchi va undan yuqori bosqich talabasi bilan belgilangan tartibda toʻlov-kontrakt shartnomasini imzolaydi.

Kredit oluvchi ichki tartib yoki qoidalarga muvofiq emas deb topilganda, unga toʻlov-kontrakt shartnomasini taqdim etish rad etilganligi haqida asoslantirilgan sabablarni koʻrsatgan holda belgilangan tartibda xabardor qiladi.

Kredit oluvchi professional taʼlim tashkilotining ichki tartib yoki qoidalariga muvofiq deb topilganda:

birinchi bosqichga tavsiya etilgan kredit oluvchini “Professional taʼlim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) axborot tizimidan roʻyxatdan oʻtkazadi hamda belgilangan tartibda toʻlov-kontrakt shartnomasini imzolaydi;

ikkinchi va undan yuqori bosqich oʻquvchisi bilan belgilangan tartibda toʻlov-kontrakt shartnomasini imzolaydi.

Kredit oluvchi ichki tartib yoki qoidalarga muvofiq emas deb topilganda, unga toʻlov-kontrakt shartnomasini taqdim etish rad etilganligi haqida asoslantirilgan sabablarini koʻrsatgan holda belgilangan tartibda xabardor qiladi.

173. Kredit oluvchi taʼlim krediti olish uchun belgilangan tartibda Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan tijorat banklariga “Yagona interaktiv davlat xizmatlari” (my.gov.uz) portali, “Taʼlim krediti” (taʼlim-krediti.mf.uz) axborot tizimi yoki toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
174. Kredit oluvchi tomonidan taʼlim kreditini olish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri tijorat bankiga murojaat qilinganda, tijorat banki ular uchun ochilgan “Taʼlim krediti” (taʼlim-krediti.mf.uz) axborot tizimidagi shaxsiy kabinet orqali taʼlim krediti olish toʻgʻrisidagi arizani shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tijorat banki oʻzining ichki tartib qoidalaridan kelib chiqib, kredit oluvchining shaxsiy maʼlumotlarini qayta ishlash uchun roziligini oladi va “Taʼlim krediti” (taʼlim-krediti.mf.uz) axborot tizimida roziligi olinganligini koʻrsatib oʻtadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“18. Kredit oluvchi taʼlim kreditini olish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri tijorat bankiga murojaat qilishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olishi uchun taʼlim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 18-avgustdagi 457-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-banddagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 21 va 23-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“21. 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab taʼlim krediti ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi (grade point average):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3” dan past boʻlgan taqdirda, toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi, bunda kredit toʻlov-kontrakt summasining dastlabki 20 foizi talaba tomonidan toʻlangandan keyin ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3” va undan yuqori boʻlgan taqdirda hamda/yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalarning taʼlim olayotgan aʼzolari uchun taʼlim krediti toʻlov-kontrakt summasi miqdorida ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Joriy oʻquv yili uchun taʼlim krediti olmoqchi boʻlgan talabaning fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi (grade point average) avvalgi oʻquv yili yakuni boʻyicha “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (NEMIS) axborot tizimidan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Talabaning fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi (grade point average) va tegishli maʼlumotlari “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (NEMIS) axborot tizimida, toʻlov-kontrakt toʻgʻrisidagi maʼlumotlari esa “Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda nodavlat va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari talabalarining toʻlov-kontrakt toʻgʻrisidagi maʼlumotlari ularning axborot tizimlarini “Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimiga integratsiya qilish yoki mazkur axborot tizimidan foydalanish orqali shakllantiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 151 — 154-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“151. Toʻlov-kontrakt shartnomasini olish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim tashkiloti talabasi “Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari esa “Professional taʼlim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) axborot tizimi orqali ariza yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
152. Arizani oliy taʼlim tashkiloti “Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi orqali, professional taʼlim tashkiloti “Professional taʼlim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) axborot tizimi orqali koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit oluvchi oliy taʼlim tashkilotining talabalarni oʻqishga qabul qilish yoki oʻqishni davom ettirish boʻyicha tegishli ichki tartib yoki qoidalariga (keyingi oʻrinlarda — ichki tartib yoki qoidalar) muvofiq deb topilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqichga tavsiya etilgan kredit oluvchini “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (NEMIS) axborot tizimidan roʻyxatdan oʻtkazadi hamda belgilangan tartibda toʻlov-kontrakt shartnomasini imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va undan yuqori bosqich talabasi bilan belgilangan tartibda toʻlov-kontrakt shartnomasini imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit oluvchi ichki tartib yoki qoidalarga muvofiq emas deb topilganda, unga toʻlov-kontrakt shartnomasini taqdim etish rad etilganligi haqida asoslantirilgan sabablarni koʻrsatgan holda belgilangan tartibda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit oluvchi professional taʼlim tashkilotining ichki tartib yoki qoidalariga muvofiq deb topilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqichga tavsiya etilgan kredit oluvchini “Professional taʼlim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) axborot tizimidan roʻyxatdan oʻtkazadi hamda belgilangan tartibda toʻlov-kontrakt shartnomasini imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va undan yuqori bosqich oʻquvchisi bilan belgilangan tartibda toʻlov-kontrakt shartnomasini imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit oluvchi ichki tartib yoki qoidalarga muvofiq emas deb topilganda, unga toʻlov-kontrakt shartnomasini taqdim etish rad etilganligi haqida asoslantirilgan sabablarini koʻrsatgan holda belgilangan tartibda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
153. Kredit oluvchi taʼlim krediti olish uchun belgilangan tartibda Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan tijorat banklariga “Yagona interaktiv davlat xizmatlari” (my.gov.uz) portali, “Taʼlim krediti” (taʼlim-krediti.mf.uz) axborot tizimi yoki toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
154. Kredit oluvchi tomonidan taʼlim kreditini olish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri tijorat bankiga murojaat qilinganda, tijorat banki ular uchun ochilgan “Taʼlim krediti” (taʼlim-krediti.mf.uz) axborot tizimidagi shaxsiy kabinet orqali taʼlim krediti olish toʻgʻrisidagi arizani shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tijorat banki oʻzining ichki tartib qoidalaridan kelib chiqib, kredit oluvchining shaxsiy maʼlumotlarini qayta ishlash uchun roziligini oladi va “Taʼlim krediti” (taʼlim-krediti.mf.uz) axborot tizimida roziligi olinganligini koʻrsatib oʻtadi;