13.09.2024 yildagi 574-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta xom ashyosi yetishtiruvchilarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon bozorida paxta tolasiga talab va taklif oʻzgarishlari natijasida paxta tolasining narxlari 2024-yil hosili prognoz narxlariga nisbatan pasayib ketganligi sababli respublikadagi paxta xom ashyosi yetishtiruvchilarning kafolatli miqdorda daromad olishlarini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-son Farmoniga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yildan boshlab paxta xom ashyosini yetishtiruvchi xoʻjaliklar (keyingi oʻrinlarda — paxta yetishtiruvchilar) va klasterlar hamda paxta xom ashyosini qayta ishlash va ip kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega toʻqimachilik korxonalari (keyingi oʻrinlarda — qayta ishlovchilar) oʻrtasida paxta xom ashyosini yetkazib berish boʻyicha fyuchers shartnomalari tuproq hosildorligi normativlari doirasida Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining “paxta xom ashyosi seksiyasi”da har bir hudud boʻyicha alohida oʻtkaziladigan savdolar natijalariga koʻra tuzilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fyuchers shartnomasiga muvofiq yetkazib berilishi lozim boʻlgan hajmdan ortiqcha yetishtirilgan, shuningdek qayta ishlovchilar bilan fyuchers shartnomasi tuzmagan holda, oʻz mablagʻlari, shu jumladan jalb qilingan mablagʻlari va tijorat kreditlari hisobiga yetishtirilgan paxta xom ashyosi yetishtiruvchilar tomonidan birja orqali tadbirkorlik subyektlariga sotilishi yoki (va) qayta ishlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2024-yil hosili yigim-terim davrida jahon bozoridagi paxta tolasining shakllangan fyuchers kotirovkalari boʻyicha paxta xom ashyosining boshlangʻich fyuchers narxlari bir tonnasi uchun 6 mln 800 ming soʻm atrofida shakllanayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida 2024-yil hosilidan birinchi nav ikkinchi sinf bir tonna paxta xom ashyosining boshlangʻich fyuchers narxi, jahon bozoridagi paxta tolasi kotirovkalaridan kelib chiqib 7 mln 800 ming soʻm miqdorida eʼlon qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 2024-yilda paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun tijorat banklariga joylashtirilgan Jamgʻarmaning kredit resurslarini qaytarish muddati, istisno tariqasida, Jamgʻarma va tijorat banklari oʻrtasida tuzilgan bitimlarda belgilangan kredit resursini qaytarishning oxirgi muddatidan boshlab mutanosib ravishda 2025-yil 1-sentabrga qadar uzaytirilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-maydagi 345-sonli qaroriga asosan “g” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2025-y., 09/25/345/0491-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston fermerlari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining jahon bozorida paxta tolasining narxi keskin pasayishi natijasida yuzaga kelgan vaziyatda paxta yetishtiruvchilar va qayta ishlovchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqilgan quyidagi takliflari maʼqullansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-apreldagi 221-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2025-y., 09/25/221/0335-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta yetishtiruvchilar tomonidan birja savdolari orqali 2024-yil 31-dekabrga qadar realizatsiya qilingan (elektron hisob-faktura asosida) bir tonna paxta xom ashyosi (paxta-toʻqimachilik korxonalari tomonidan yetishtirilgan paxta xom ashyosi hamda urugʻlik paxta bundan mustasno) uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan 2025-yil 1-martgacha 1 mln soʻm miqdorida subsidiya ajratish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PF-7-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2025-y., 06/25/7/0051-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil uchun paxta yetishtiruvchilar va qayta ishlovchilar oʻrtasida birja savdolarida tuzilgan shartnomalar boʻyicha qoʻshimcha kelishuv tuzish, bunda paxta xom ashyosining sotish narxi 6 mln 800 ming soʻmdan kam boʻlmasligini inobatga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil hosilidan fyuchers shartnomalaridan tashqari paxta xom ashyosini birja savdolariga chiqarishda uning boshlangʻich narxini bir tonnasi uchun 6 mln 800 ming soʻmdan kam boʻlmagan miqdorida eʼlon qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilda barcha hududlarda paxta terish mashinalari tomonidan terilgan har bir tonna paxta xomashyosini yigʻib-terib olish xizmati bahosining 20 foizini, biroq 250 ming soʻmdan oshmagan qismini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston fermerlari kengashi, “Oʻzagroinspeksiya” va Soliq qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari hamda tijorat banklari va paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan tasdiqlangan hisob-kitoblarga asosan 2025-yilning 1-iyuligacha Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplab berish.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-apreldagi 221-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2025-y., 09/25/221/0335-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda paxta yetishtiruvchilar va qayta ishlovchilar oʻrtasida tuzilgan qoʻshimcha kelishuvlarni (miqdor va narx boʻyicha) birja savdolari elektron axborot tizimida bir hafta muddatda roʻyxatga olinishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari qayta ishlovchilarga yetkazib berilgan paxta xom ashyosi boʻyicha ilovaga muvofiq namunaviy shaklda paxta yetishtiruvchilar kesimida tasdiqlangan reyestrni 2024-yil 1-dekabrdan 2025-yil 1-fevralgacha Jamgʻarmaga hamda tegishli tijorat banklariga taqdim etilishini taʼminlasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PF-7-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2025-y., 06/25/7/0051-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamgʻarma Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan reyestrga asosan ikki bank ish kunida subsidiyani paxta yetishtiruvchilarning maxsus hisobvaraqlariga (23410) toʻlab berish uchun tegishli tijorat banklariga mablagʻlarni oʻtkazib bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qaror doirasida ajratilgan subsidiya birinchi navbatda paxta yetishtiruvchilarning 2024-yil hosili paxta xom ashyosini yetishtirish uchun olgan imtiyozli kreditlar boʻyicha qarzdorligini soʻndirishga yoʻnaltiriladi. Bunda imtiyozli kreditlar boʻyicha qarzdorlikni soʻndirish uchun toʻlangan mablagʻlar tijorat banklarining Jamgʻarma oldidagi qarzdorligini qoplashga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtiyozli kreditlar boʻyicha qarzdorlik qoplangandan soʻng, subsidiya soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni qoplashga yoʻnaltiriladi, qolgan mablagʻlar paxta yetishtiruvchilarning asosiy hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorga muvofiq subsidiya toʻlash uchun ajratiladigan mablagʻlarning hisobvaraqlardagi debet aylanmasidan bank xizmatlari uchun haq undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror doirasida subsidiya uchun ajratiladigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga asosan soliq solishda hisobga olinmaydigan daromad (aylanma) hisoblanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Jamgʻarmaning mazkur qaror doirasida yuzaga keladigan qoʻshimcha xarajatlarini qoplash uchun Jamgʻarmaga Davlat budjetidan 3,5 trln soʻmgacha begʻaraz mablagʻlar ajratsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Jamgʻarma hamda Markaziy bankning 2024-yil hosili paxta yigʻim-terimini qisqa muddatlarda tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyuldagi 452-son qaroriga asosan sogʻlomlashtirilayotgan paxta-toʻqimachilik klasterlari bilan 2024-yil hosili boʻyicha shartnoma (fyuchers, spot va vaqtincha saqlashga) tuzgan fermer xoʻjaliklariga, shuningdek, oʻz yer maydonlarida paxta xom ashyosi yetishtirgan paxta-toʻqimachilik klasterlari va fermer xoʻjaliklariga yigʻim-terim xarajatlarini moliyalashtirish uchun Jamgʻarma resurslari hisobidan imtiyozli kreditlar ajratish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda imtiyozli kreditlar elektron tarozi orqali qabul qilingan paxta xom ashyosi uchun — 10 oy muddatga, yillik 10 foiz stavkada (2 foiz bank marjasi) paxta qiymatining 20 foizi miqdorida 3 oylik imtiyozli davr va soʻnggi 7 oyda teng ulushlarda qaytarish sharti bilan ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi ushbu qaror doirasida ajratilgan subsidiya toʻgʻri hisoblanishi va maqsadli sarflanishi yuzasidan nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilansinki, paxta xom ashyosi narxlari shakllanishiga davlat boshqaruvi, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining aralashuvi qatʼiyan man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari paxta-toʻqimachilik klasterlari va fermer xoʻjaliklari oʻrtasidagi oʻzaro iqtisodiy munosabatlarni toʻgʻri yoʻlga qoʻyilishiga hamda yuzaga keladigan muammoli masalalarni tezkor hal qilinishiga shaxsan javobgar ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 13-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
574-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-sentabrdagi 574-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

TASDIQLAYMAN

Namunaviy shakl

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining (viloyat hokimining) qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari

_______________________

(F.I.Sh.)

“___” __________ 2024-yil

M.Oʻ.

________________________________da (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar) 2024-yil hosilidan

paxta-toʻqimachilik klasterlariga birja savdolari orqali paxta xom ashyosini sotgan subsidiya oluvchi paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar

REYESTRI

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tuman nomi

Qayta ishlovchi korxona

(klaster, toʻqimachilik korxonasi va h.k.)

Paxta yetishtiruvchi xoʻjalik

Xoʻjalikka xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki

Birja savdolarida tuzilgan shartnoma

(fyuchers, spot va boshq.)

Qabul qilingan paxta xom ashyosi boʻyicha rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq fakturalarga asosan

(elektron tarozi orqali qabul qilingan paxta xom ashyosi boʻyicha rasmiylashtirilgan kvitansiyalarga solishtirilgan holda)

Hisoblangan subsidiya ming soʻmda

(yetkazib berilgan 1 tn paxta xom ashyosi uchun 1 mln soʻmdan)

Nomlanishi

STIR

Nomlanishi

STIR

Raqami va sanasi

miqdori

(tonna)

qiymati

(ming.soʻm)

miqdori

(tonna)

qiymati

(ming.soʻm)

................... tumani

...................

...................

x

................... korxona boʻyicha jami

x

x

x

x

x

x

0

0

0

...................

...................

x

................... korxona boʻyicha jami

x

x

x

x

x

x

0

0

0

x

Tuman boʻyicha jami

Hudud boʻyicha jami

x

x

x

x

x

x

x

0

0

0

x

shu jumladan tijorat banklari kesimida

x

x

x

x

x

x

x

0

0

0

x

____________ banki boʻyicha

x

x

x

x

x

x

x

0

0

0

x

____________ banki boʻyicha

x

x

x

x

x

x

x

0

0

0

x

____________ banki boʻyicha

x

x

x

x

x

x

x

0

0

0

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri

(viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi)

_____________

M.Oʻ.

_____________________

imzo

F.I.Sh.

“Oʻzagroinspeksiya” hududiy boʻlinmasi boshligʻi

_____________

M.Oʻ.

_____________________

imzo

F.I.Sh.

Soliq qoʻmitasi hududiy boshqarmasi boshligʻi

_____________

M.Oʻ.

_____________________

imzo

F.I.Sh.

banki hududiy boʻlinmasi rahbari

_____________

M.Oʻ.

_____________________

imzo

F.I.Sh.

banki hududiy boʻlinmasi rahbari

_____________

M.Oʻ.

_____________________

imzo

F.I.Sh.

qayta ishlovchi korxona (klaster, toʻqimachilik korxonasi va x.k.) rahbari

_____________

M.Oʻ

_____________________

imzo

F.I.Sh.

qayta ishlovchi korxona (klaster, toʻqimachilik korxonasi va x.k.) rahbari

_____________

M.Oʻ

_____________________

imzo

F.I.Sh.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/574/0719-son; 20.01.2025-y., 06/25/7/0051-son; 12.04.2025-y., 09/25/221/0335-son; 04.06.2025-y., 09/25/345/0491; 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son)