12.09.2024 yildagi PQ-323-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulugʻbek tavalludining 630 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbek xalqining buyuk qomusiy olimi, Temuriylar davlatining mashhur hukmdori Muhammad Taragʻay Mirzo Ulugʻbek oʻzining boy ilmiy-maʼrifiy merosi hamda mislsiz bunyodkorlik faoliyati bilan yurtimiz taraqqiyoti va jahon sivilizatsiyasi rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan ulkan tarixiy siymodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta asrlarda ona zaminimizda yuzaga kelgan ikkinchi Uygʻonish davrining yorqin namoyandasi hisoblangan Mirzo Ulugʻbek uzoq yillar oʻz saltanatini adolat va insonparvarlik gʻoyalari asosida boshqarish va keng koʻlamli bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish bilan birga ilm-fan, madaniyat va sanʼat sohalarini yuksaltirishga alohida eʼtibor qaratdi. Uning tashabbusi va homiyligi ostida koʻplab madrasalar, maktablar, kutubxonalar, masjidlar, karvonsaroylar, koʻpriklar hamda soʻlim bogʻlar barpo etildi. Natijada oʻlkamiz har tomonlama taraqqiy etib, Sharqdagi yirik madaniyat va ilm-fan diyoriga aylandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mirzo Ulugʻbek matematika, fizika, tarix, meʼmorchilik sohalarida ulkan natijalarni qoʻlga kiritdi. Buyuk alloma, ayniqsa, Samarqand shahridagi oʻzi bunyod ettirgan rasadxonada amalga oshirgan keng qamrovli ilmiy tadqiqotlari va kashfiyotlari bilan jahon astronomiya fanining rivojida tub burilish yasadi. Ulugʻ vatandoshimizning ana shunday izlanishlari natijasida yuzaga kelgan “Ziji jadidi Koʻragoniy” asari hozirgi paytda ham yulduzlar ilmi sohasida dunyodagi eng buyuk asarlardan biri sifatida eʼtirof etilib, olimlar tomonidan katta qiziqish bilan oʻrganilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqillik yillarida Mirzo Ulugʻbekning hayoti va faoliyatini har tomonlama oʻrganish va ommalashtirish maqsadida koʻplab tadqiqotlar, mahalliy va xalqaro miqyosda ilmiy-amaliy anjumanlar muntazam oʻtkazib kelinmoqda. Uning davrida bunyod etilgan meʼmoriy obidalarni asrab-avaylashga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda yurtimizdagi koʻplab aholi yashash maskanlari, taʼlim muassasalari, poytaxtimizdagi yirik tuman Mirzo Ulugʻbek nomi bilan ataladi. Mamlakatimiz va xorijda olimning muazzam haykallari oʻrnatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyuk ajdodimiz asarlarining milliy va umuminsoniy mazmun-mohiyatini, ularning yosh avlod intellektual va maʼnaviy salohiyatini oshirish va shu asosda Yangi Oʻzbekistonning munosib bunyodkorlari etib tarbiyalash borasidagi beqiyos oʻrni va ahamiyatini inobatga olib hamda Mirzo Ulugʻbek ilmiy-maʼrifiy merosini mamlakatimiz va xalqaro miqyosda yanada chuqur oʻrganish va targʻib etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti, Samarqand viloyati hokimligi hamda keng jamoatchilikning 2024-yilda Samarqand shahrida Mirzo Ulugʻbek tavalludining 630 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mirzo Ulugʻbek tavalludining 630 yilligiga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashkiliy qoʻmita (A. Aripov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir hafta muddatda Mirzo Ulugʻbek tavalludining 630 yilligini nishonlash boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini masʼul ijrochilar va moliyalashtirish manbalarini belgilagan holda tasdiqlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizdagi Mirzo Ulugʻbek nomi bilan bogʻliq obyektlarni, shu jumladan, Mirzo Ulugʻbek sharafiga barpo etilgan yodgorlik majmualarini mukammal taʼmirlash va ularning hududlarini obodonlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alloma ilmiy-ijodiy merosiga mansub qoʻlyozma va boshqa madaniy boyliklarni restavratsiya qilish, ularni ishonchli saqlash uchun zarur sharoit yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mirzo Ulugʻbek tavalludining 630 yilligiga bagʻishlab “Jahon tamadduni rivojida Mirzo Ulugʻbek ilmiy-maʼrifiy merosining oʻrni va ahamiyati” mavzusida ilmiy-adabiy tadbirlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat teatrlari va talabalar teatr-studiyalarida Mirzo Ulugʻbek hayoti va faoliyatiga oid spektakllar sahnalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mirzo Ulugʻbekning boy merosini oʻrganish maqsadida xalqaro miqyosda keng koʻlamli ilmiy izlanishlar olib borish va ularning natijalarini eʼlon qilish, shu mavzuda ilmiy, badiiy-publitsistik asarlar yaratish, xorijiy olimlarning asarlarini oʻzbek tilida nashr qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mirzo Ulugʻbek siymosi tasvirlangan, uning shaxsi, davlat arbobi sifatidagi faoliyati va allomaning ilmiy-maʼrifiy merosiga bagʻishlangan koʻrgazmali axborot vositalarini tayyorlash, media mahsulotlar va audiovizual asarlar yaratish, ularni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, internet hamda ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi elchixonalari, oʻzbek milliy madaniy markazlari, vatandoshlar jamiyatlarida Mirzo Ulugʻbekning davlat arbobi sifatidagi faoliyati va ilmiy-maʼrifiy merosi, uning insonparvarlik gʻoyalarini keng oʻrganish va targʻib qilish maqsadida ilmiy anjumanlar va davra suhbatlari tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Samarqand viloyati hokimligi tomonidan Samarqand shahrida 2024-yil 10-11-oktabr kunlari “Mirzo Ulugʻbek: buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi” mavzusidagi xalqaro konferensiya oʻtkazilishini tashkil etsin. Bunda xalqaro konferensiyani oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Samarqand viloyati hokimligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan teng ulushda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Mirzo Ulugʻbek hayoti va ilmiy-maʼrifiy merosini tadqiq etishga oid ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha davlat buyurtmasi talablariga muvofiq ilmiy loyihalar tanlovini eʼlon qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti tomonidan allomaning “Ziji jadidi Koʻragoniy” asarini oʻzbek, rus va ingliz tillarida, “Toʻrt ulus tarixi” nomli tarixiy asarining oʻzbek tiliga tarjimasi qayta nashr qilinishini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mirzo Ulugʻbek hayoti va ilmiy-maʼrifiy merosini oʻrganishga bagʻishlangan eng yaxshi ilmiy maqolalar tanlovini oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Fanlar akademiyasi 2024-yil oktabr oyida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida Mirzo Ulugʻbek asarlari nashrining taqdimotlarini oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Mirzo Ulugʻbek davriga oid asarlar qoʻlyozmalarining koʻrgazmasini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy media birlashmasi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda Mirzo Ulugʻbek haqida yaratilgan “Osmon toqiga qoʻyilgan narvon” nomli hujjatli film taqdimotini uyushtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda boshqa vazirlik, idora va tashkilotlar Mirzo Ulugʻbekning hayoti, uning davlat arbobi sifatidagi faoliyati hamda jahon ilm-fani va tamadduni rivojiga qoʻshgan ulkan hissasini aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida, shuningdek, taʼlim tashkilotlari va mehnat jamoalarida keng targʻib qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy media birlashmasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Mirzo Ulugʻbek tavalludining 630 yilligini nishonlash bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarga ajratilgan budjet mablagʻlari, ularning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 12-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-323-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-sentabrdagi PQ-323-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mirzo Ulugʻbek tavalludining 630 yilligiga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

A. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi

2.

X. Sultonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi

3.

O. Abduraxmanov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari

4.

B. Abduhalimov

Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, Tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari

5.

E. Turdimov

Samarqand viloyati hokimi, Tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari

6.

X. Umarova

maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

7.

Q. Sharipov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

8.

A. Xodjayev

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori

9.

A. Saʼdullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori

10.

O. Xasanov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

11.

B. Abdullayev

ichki ishlar vazirining oʻrinbosari

12.

B. Aʼloyev

tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

13.

J. Choriyev

transport vazirining oʻrinbosari

14.

A. Koʻchimov

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

15.

A. Joʻraboyev

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

16.

Sh. Egamberdiyev

Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti direktori

17.

R. Xolmurodov

Samarqand davlat universiteti rektori

18.

B. Onorboyev

Vazirlar Mahkamasi boʻlim boshligʻi, Tashkiliy qoʻmita kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2024-y., 07/24/323/0712-son)