12.09.2024 yildagi 564-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirishlar kiritilishi munosabati bilan Oʻlchash natijalari davlat ahamiyatiga ega boʻlgan oʻlchash vositalari turkumlarining roʻyxatini tasdiqlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga metrologiya tekshiruvi hamda davlat metrologiya nazorati funksiyalarining ajratilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy rivojlanishni taʼminlashda xususiy sektorning oʻrnini yanada oshirish, davlat ishtiroki ustuvorligi saqlanib qolayotgan xizmatlar bozorini erkinlashtirish, monopoliyaga qarshi organning institutsional salohiyati va vakolatini kuchaytirish orqali sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, shuningdek, amaldagi qonunchilik hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻlchash vositalarini qiyoslashdan oʻtkazish sohasiga xususiy sektor jalb qilinishi munosabati bilan “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2023-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-872-son Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻlchash natijalari davlat ahamiyatiga ega boʻlgan oʻlchash vositalari turkumlarining roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga metrologiya tekshiruvi hamda davlat metrologiya nazorati funksiyalarining ajratilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A.R. Jumanazarov hamda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.D. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 12-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
564-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 564-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻlchash natijalari davlat ahamiyatiga ega boʻlgan oʻlchash vositalari turkumlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Oʻlchash vositalari nomi

Sogʻliqni saqlash sohasida faoliyatni amalga oshirishda qoʻllaniladigan oʻlchash vositalari

1.

Rentgen-diagnostika tadqiqotlarida qoʻllaniladigan rentgen nurlanish dozasini oʻlchash vositalari

2.

Qon saturatsiyasini tekshiradigan oʻlchash vositalari (pulsoksimetrlar)

3.

Oʻpka hajmining oʻzgarishini tavsiflaydigan oʻlchash vositalari (spirograflar)

4.

Arterial bosimni oʻlchash vositalari (tonometrlar)

5.

Hayot uchun muhim funksiyalar koʻrsatkichlarini monitoring qilish imkonini beradigan oʻlchash vositalari (kardiomonitorlar, reograflar, xolterlar, elektromiograflar, elektroensefalograflar, elektrokardiograflar, reanimatsiya va anesteziologiya monitorlari)

6.

Ultratovushli diagnostika oʻlchash vositalari (UTT-apparatlar, doplerlar, exoyeensefaloskoplar, exoensefalograflar)

7.

Gamma, beta, alfa va rentgen-nurlanishlarining dozimetrlari va radiometrlari

8.

Gamma va beta-nurlanish spektrometrlari

9.

Rentgen-nurlanish bilan diagnostika qilish uskunalari (rentgen apparatlar, kompyuter rentgen tomograflari)

10.

Biologik namunalarning optik zichligini oʻlchash vositalari, biokimyo, immunoferment, peshob va gematologik analizatorlar, shuningdek, spektrofotometrlar, fotometrlar, spektrometrlar, fotokolorimetrlar

11.

Eshitish organlari diagnostikasida qoʻllanadigan tovush signallarining intensivligini oʻlchash vositalari (audiometrlar, timpanometrlar, impedansometrlar)

12.

Foton va elektron nurlanishning yutilgan dozasini oʻlchash vositalari

13.

Xodimlarning ish joylarida radiatsion nazorat uchun qoʻllanadigan yutilgan dozani, foton-nurlanish dozasining quvvatini oʻlchash vositalari

14.

Tibbiy biologik tadqiqotlar, kasalliklar diagnostikasi va ularni davolashda qoʻllaniladigan radionuklidlar faolligini oʻlchash vositalari

Atrof-muhitni muhofaza qilish, neft va kimyo, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va qurilish sohasida qoʻllaniladigan oʻlchash vositalari

15.

Gamma va beta-nurlanish spektrometrlari

16.

Gamma, beta, alfa va rentgen-nurlanish dozimetrlari va radiometrlari

17.

Gidrometeorologik va gidrologik oʻlchash vositalari

18.

Mass-spektrometrlar, spektrometrlar, spektrofotometrlar va xromatograflar*

19.

Gaz analizatorlari va tutun oʻlchagichlar

20.

Portlash xavfi boʻlgan konsentratsiya signalizatorlari

21.

Shovqin va tebranishni oʻlchash vositalari

22.

Ichimlik, tabiiy va oqova suvlardagi ifloslantiruvchi moddalar tarkibini tadqiq qilish (sinash) va oʻlchash uchun qoʻllanadigan oʻlchash vositalari

23.

Atmosfera holati parametrlarini tadqiq qilish (sinash) va oʻlchash uchun qoʻllaniladigan oʻlchash vositalari

24.

Kuch va burovchi kuch momenti oʻlchash vositalari

25.

2000 ml gacha kichik sigʻimdagi suyuqlik oʻlchagichlari

26.

2000 ml dan yuqori sigʻimdagi suyuqlik oʻlchagichlari

27.

Sathni oʻlchash vositalari

28.

Barometrlar

29.

Suyuqlik qovushqoqligini oʻlchash vositalari

30.

Kapillyar viskozimetrlar

31.

Namunaviy kapillyar viskozimetrlar

32.

Zichlik oʻlchash vositalari (areometrlar, piknometrlar, neftedensimetrlar, densimetrlar va spirt oʻlchagichlar)

33.

Namunaviy areometrlar, piknometrlar, neftedensimetrlar, densimetrlar, spirt oʻlchagichlar, sut oʻlchagichlar va shakar oʻlchagichlar

34.

Neft va neft mahsulotlari tarkibi, xossalari va sifat koʻrsatkichlari analizatorlari

35.

Neft va neft mahsulotlarining chaqnash harorati, past haroratli xossalari, anilin nuqtasi analizatorlari

36.

rN-metrlar va ion oʻlchagichlar

37.

Termojuftliklar va qarshilik termometrlari

38.

Platinorodiy-platinali namunaviy termoelektr termooʻzgartirgichlar

39.

Oʻlchash elaklari

40.

I (Ia) va II razryadli namunaviy tarozilar

41.

1 razryadli namunaviy purka

42.

2 razryadli namunaviy purka

43.

Qattiq va sochiluvchan material va moddalar namligini oʻlchash vositalari

44.

Moydorlikni aniqlash uchun yadroviy magnitli rezonans analizatorlari

45.

Toʻlqin uzunligi yoʻnalgan oʻtkazishning diffuziya va teskari tasvirlarning spektral, integral va reduksiya koeffitsiyentlarini oʻlchash vositalari

46.

Materiallarning optik zichligi, yorugʻlik, oʻtkazish (oq rangda) va sinish koeffitsiyentlarini oʻlchash vositalari

47.

Qattiq va suyuq shaffof moddalarning sinish koʻrsatkichini oʻlchash vositalari

48.

Qutblanish tekisligining aylanish burchagi, chiziqli ikki nur sinishida fazalar farqini, chiziqli va aylana dixroik yutilish koeffitsiyentlarini oʻlchash vositalari

49.

Refraktometrlar

50.

Refraktometrik plastinalar (prizmalar)

51.

Namunaviy svetofiltrlar

52.

Namunaviy polyarimetrik plastinalar (PPO-1 va TK)

53.

Rang va rangdorlik koordinatalar birligi hamda aks ettirish spektral koeffitsiyent oʻlchagichlari

54.

Qurilish materiallarining geometrik parametrlarini oʻlchash vositalari

55.

Beton mustahkamligi oʻlchagichlari

56.

Armatura choʻzilishini aniqlash uchun sinov mashinalari

57.

Troslarning tortilishdagi tarangligini oʻlchagich

58.

Zarbli harakatda tezlanishni oʻlchash vositalari

59.

Massa komparatorlari

60.

Gaz namligini oʻlchash vositalari

61.

Konduktometrlar, tuz oʻlchagichlar

62.

Titratorlar

63.

Nitrat oʻlchagichlar

64.

Shishali namunaviy termometrlar

65.

Uzunlik oʻlchash vositalari. Optik-mexanik asboblar

66.

Rang koordinatalari va rangdorlik koordinatalarini oʻlchash vositalari

67.

Rang oʻlchagichlar, rang komparatorlari, densitometrlar

68.

Qattiq jismlarning solishtirma issiqlik sigʻimini oʻlchash vositalari

69.

Infraqizil pirometrlar va termometrlar

70.

Teplovizorlar

71.

Harorat lampalari

72.

Chegaraviy yassi uzunlik oʻlchash vositalari

73.

0,025 dan 600 µm gacha boʻlgan diapazonda Rmax, Rz, Ra gʻadir-budurlik parametrlarini oʻlchash vositalari

74.

Interferometrlar

75.

Yassi shisha plastinalar

76.

Yassi parallel shisha plastinalar

77.

Yassi burchakni oʻlchash vositalari

78.

Qalinlik oʻlchagichlari

79.

Deformatsiyani oʻlchash vositalari

80.

Qattiqlik oʻlchash vositalari

81.

Avtoservis tizimining oʻlchash vositalari

82.

24 dan 75000 m gacha boʻlgan diapazonda uzunlik oʻlchash vositalari

83.

Kosmik navigatsiya tizimlarining signallari boʻyicha koordinatalar farqini oʻlchash vositalari

84.

Geodezik oʻlchash vositalari (nivelir, teodolit)

85.

Seysmosiljishlar, seysmotezlik va seysmotezlanishni oʻlchash vositalari

Mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllaniladigan oʻlchash vositalari

86.

Qattiq muhitda boʻylama tovush darajasi tebranishlarining soʻnish koeffitsiyentini oʻlchash vositalari

87.

Ekspozitsion doza, ekspozitsion dozaning quvvati hamda rentgen va gamma-nurlanish energiyasining oqimini oʻlchash vositalari

88.

Rentgen nurli nazorat uskunalari

89.

Beta-nurlanish yutilgan dozasini va nurlanish yutilgan dozasining quvvatini oʻlchash vositalari

90.

Fotonli ionlovchi-nurlanish yutilgan dozasining quvvatini oʻlchash vositalari

91.

Maksimal fotonlar energiyasi bilan tormozli nurlanish energiyasining oqimini oʻlchash vositalari

92.

Neytron-nurlanishning yutilgan va ekvivalent dozasi quvvatini oʻlchash vositalari

93.

Ekspozitsion (yutiladigan) doza, ekspozitsion (yutiladigan) dozaning oʻrtacha quvvati, impulsli rentgen-nurlanish energiyasining oʻrtacha oqimi va oqimning oʻrtacha zichligini oʻlchash vositalari

94.

Radionuklidlarning faolligi va solishtirma faolligini oʻlchash vositalari

95.

Alfa-aktiv va beta-aktiv gazlarda nuklidlar faolligini oʻlchash vositalari

96.

Radioaktiv aerozol hajmiy faolligini oʻlchash vositalari

97.

Yuzaning radioaktiv moddalar bilan ifloslanganligini oʻlchash vositalari

98.

Radiy massasini oʻlchash vositalari

99.

Neytronlar oqimi va uning zichligini oʻlchash vositalari

100.

Radiatsiyaviy nazorat tizimlarining oʻlchash kanallari

101.

Ionlovchi-nurlanish parametrlarini oʻlchash uchun funksional uzellar, bloklar va qurilmalar

102.

Gamma, beta va alfa-spektrometrlar, detektorlar, hisoblagichlar

103.

Haydovchi nafasida spirt bugʻlari konsentratsiyasini oʻlchash vositalari

104.

Shovqin va tebranishni oʻlchash vositalari

105.

Portlash xavfi boʻlgan konsentratsiya signalizatorlari

106.

Taxometrlar, spidometrlar, taksometrlar, taxograflar

107.

Transport vositalarining harakat tezligini foto va videoqayd etish vositalari (radarlar)

108.

Vibrosiljishlarni oʻlchash vositalari

109.

Akustika emission defekt oʻlchash vositalari

110.

Ultratovushli qalinlik oʻlchash vositalari

Savdo va tovar ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish, tovarlarni qadoqlash boʻyicha ishlarni bajarishda qoʻllaniladigan oʻlchash vositalari

111.

Chakana savdoda qoʻllanadigan tovarlar massasini, shu jumladan narxi va qiymatini koʻrsatgan holda oʻlchash uchun tarozilar

112.

Ulgurji savdoda tovarlar massasini oʻlchashda qoʻllaniladigan va avtomobil yoʻllarida foydalaniladigan tarozilar, shuningdek, avtomobil va temir yoʻl vagoni tarozilari**

113.

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kommunal xizmatlar uchun toʻlovlarni hisoblashda qoʻllaniladigan elektr energiyasi, tabiiy gaz, sovuq va issiq suv miqdorini hamda issiqlik energiyasini oʻlchash vositalari

114.

Suyuqlik va gazlarning sarfi va hajmi, issiqlik energiyasi miqdorini oʻlchash vositalari (sarf oʻlchagichlar, hisoblagichlar, oʻlchash tizimlari, oʻlchash uzellari, issiqlik hisoblagichlari)

115.

Yoqilgʻi quyish shoxobchalaridagi avtotransportga yoqilgʻi quyish uchun qoʻllaniladigan gaz hajmini oʻlchash vositalari (siqilgan va suyultirilgan gaz, yoqilgʻi va moy tarqatish kolonkalari)

116.

Suyuq neft mahsulotlari uchun hisoblagichlar, sarf oʻlchagichlar

117.

Kuchlanish va tok oʻlchash transformatorlari

118.

Namunaviy oʻlchash transformatorlari

119.

Oʻlchash nazorat vositalari

Mudofaa, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohalarida qoʻllaniladigan oʻlchash vositalari

120.

Impulsli generatorlar

121.

Ossillograflar

122.

Fider va antenna analizatorlari, televizion va radiosignallar analizatorlari, sunʼiy yoʻldosh va radiosignallar analizatorlari, chastota modulyatsiyasi va stereosignallar oʻlchagichlari (analizatorlar)

123.

Past, yuqori va oʻta yuqori chastotali oʻlchash generatorlari

124.

Tovushli generatorlar

125.

Signal generatorlari va uskunalar

126.

Trassa va kabel qidiruv uskunalari (lokatorlar)

127.

Reflektometrlar

128.

Kabel va antenna parametrlarini oʻlchash vositalari

129.

Past, yuqori va oʻta yuqori chastotali attenyuatorlar

130.

Signal soʻnishini oʻlchash vositalari

131.

Yuqori va oʻta yuqori chastotali chiziqli oʻlchash vositalari

132.

Chastota va kuchlanish oʻzgartirgichlari

133.

Signal formalari va parametrlarini oʻlchash vositalari

134.

Simli aloqa tizimlarida foydalaniladigan oʻlchash vositalari va tizimlari

135.

Past, yuqori va oʻta yuqori chastotali selektiv voltmetrlar

136.

Impuls hisoblagichlari

137.

Taxograf programmatorlari (dasturlovchi tizimlar)

138.

Past, yuqori va oʻta yuqori chastotali tebranishlarning amplituda modulyatsiyasi koeffitsiyentlarini oʻlchash vositalari

139.

Past, yuqori va oʻta yuqori chastotali nochiziqli buzilishlar koeffitsiyentini oʻlchash vositalari

140.

Past, yuqori va oʻta yuqori chastotali deviatsiya (ogʻish) oʻlchash vositalari, shuningdek chastotali tezlik parametrlarini oʻlchash vositalari

141.

Past, yuqori va oʻta yuqori chastotali elektr kuchlanishni oʻlchash vositalari

142.

Amplituda va chastota tavsifini oʻlchash vositalari

143.

Koaksial (bir oʻqda yotuvchi) toʻlqin uzatgichda chetki elementlarining toʻliq qarshiligini oʻlchash vositalari

144.

Bikompleks oʻtkazuvchanlik va qaytarish koeffitsiyentining modulini oʻlchash vositalari

145.

Koaksial (bir oʻqda yotuvchi) va toʻlqin uzatish traktlarida oʻzgaruvchan tok quvvatini oʻlchash vositalari

146.

Toʻlqin uzatish traktlarida elektromagnit tebranishlar quvvatini oʻlchash vositalari

147.

Plezioxron va sinxron aloqa tizimlaridagi oʻlchash vositalari, shuningdek, ulanish davomiyligini oʻlchash tizimlari va vositalari

148.

Elektr magnit maydoni quvvatining zichligini oʻlchash vositalari

149.

Shovqinli radionurlanish quvvatining spektral zichligini oʻlchash vositalari

150.

Past, yuqori va oʻta yuqori chastotali spektr analizatorlari

151.

Optik tolali aloqa tizimlarida qoʻllaniladigan oʻlchash vositalari, shuningdek maʼlumotlar uzatish tezligi va hajmini oʻlchash tizimlari va vositalari

152.

Past, yuqori va oʻta yuqori chastotali maxsus qabul qiluvchi, uzatuvchi oʻlchash antennalari

153.

Unifikatsiyalangan (birxillashtirilgan) signallarning elementlarini oʻlchash tizimi

154.

Massa oʻzgartirgichlari sifatida qoʻllanadigan tenzorezistor datchiklari (tenzodatchik)

155.

Vaqt va chastota oʻlchash vositalari (qum soatlardan tashqari)

156.

Ulanish davomiyligini oʻlchash tizimlari va vositalari

157.

Maʼlumotlar uzatish tezligi va hajmini oʻlchash tizimlari va vositalari

158.

Chastotali tezlik parametrlarini oʻlchash vositalari va uskunalari

159.

Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi oʻlchash kanallari

160.

Tovush darajasini emission toʻgʻri birlashtirilgan pyezoelektrik oʻzgartirgichlarning ikki karra oʻzgarish koeffitsiyentini va akustik maydon yoʻnalganlik diagrammasining kengligini oʻlchash vositalari

161.

Qattiq muhitlarda boʻylama ultratovushli toʻlqinlar tarqalish tezligini oʻlchash vositalari

162.

Elektr koʻpriklar

163.

Taʼminot manbalari, stabilizatorlar

164.

Elektr signal oʻzgartirgichlari

165.

Elektr signal registratorlari

166.

Elektr signal manbalari (kalibratorlar va komparatorlar)

167.

Elektr namlik oʻlchagichlar

168.

Kalibrlash shuntlari

169.

Uzluksiz va impulsli nurlanish yorugʻlik kattaliklarini oʻlchash vositalari

170.

0,3 dan 10 µm gacha toʻlqin uzunligi diapazonida quyosh nurlanishi bilan energetik yoritilganligini oʻlchash vositalari

171.

0,4 dan 10,6 µm gacha toʻlqin uzunligi diapazonida impulsli lazer nurlanish qabul qilgichlarning quvvati va dinamik parametrlarini oʻlchash vositalari

172.

0,4 dan 1,4 µm gacha toʻlqin uzunligi diapazonida 10-6 dan 10-2 W gacha nurlanish oqimini oʻlchash vositalari

173.

0,3 dan 12 µm gacha toʻlqin uzunligi diapazonida lazer nurlanishning oʻrtacha quvvatini oʻlchash vositalari

174.

0,3 dan 12 µm gacha toʻlqin uzunligi diapazonida impulsli lazer nurlanish energiyasini oʻlchash vositalari

175.

0,5 dan 1,6 µm gacha toʻlqin uzunligi diapazonida impulsli optik nurlanish oqimini oʻlchash vositalari

176.

Tolali-optik uzatish tizimlarining komponentlaridagi optik olib kiriladigan yoʻqotishlarni oʻlchash vositalari

177.

Yorugʻlik oʻtkazish oʻlchash vositalari

Bank, soliq, bojxona va pochta operatsiyalarini amalga oshirishda qoʻllaniladigan oʻlchash vositalari

178.

Bank, soliq, bojxona va pochta operatsiyalarini amalga oshirishda qoʻllaniladigan massa, hajm, uzunlik oʻlchash vositalari

179.

Soliq va bojxona operatsiyalarini amalga oshirishda qoʻllaniladigan yoqilgʻi-energetika resurslarining parametrlari va miqdorini oʻlchash vositalari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Texnologik jarayonni nazorat qilish uchun foydalaniladigan va ishlab chiqarish jarayonida bevosita qoʻllaniladigan oʻlchash vositalari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Ustav kapitalida davlat ulushi boʻlmagan tadbirkorlik subyektlari oʻrtasidagi oʻzaro savdo va tovar ayirboshlash operatsiyalari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 564-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan metrologiya tekshiruvi hamda davlat metrologiya nazorati funksiyalarining ajratilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1994-yil 12-avgustdagi 410-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-band “g” kichik bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasida qonunchilik hujjatlariga rioya etishlari ustidan davlat nazorati amalga oshirilishida ularga zarur yordam koʻrsatsin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bandning uchinchi xatboshisidan “tekshiruvi va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Etalonlar, oʻlchash vositalari, sinov vositalari, standart namunalar, axborot-oʻlchash tizimlari, oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlari, oʻramlarga qadoqlangan tovarlarning ularni maydalab qadoqlash va sotish chogʻidagi miqdori, metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan boshqa obyektlar metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya nazorati obyektlari hisoblanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini Oʻzbekiston Respublikasida eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandidan “davlat” soʻzi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 112-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻlchash funksiyalariga ega tibbiy texnikaning metrologik nazoratini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya nazorati tatbiq etiladigan sohalardan tashqarida qoʻllanadigan OʻFTT qiyoslashga ushbu Nizomda belgilangan tartibda ixtiyoriy ravishda taqdim etilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 4-banddagi “Davlat metrologik tekshiruvi va” soʻzlari “Metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida metrologiya xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 29-avgustdagi 528-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bandning birinchi xatboshisidagi “davlat metrologik tekshiruvi va” soʻzlari “metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4. Metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya nazorati tatbiq etiladigan sohalarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻlchash vositalari davlat reyestriga (keyingi oʻrinlarda — reyestr) kiritilgan tasdiqlangan turdagi oʻlchash vositalarini qoʻllashga ruxsat beriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2-ilovaning 2-bandi birinchi xatboshisidagi “davlat metrologik tekshiruvi va” soʻzlari “metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bandning birinchi xatboshisidagi “davlat metrologiya tekshiruvi va” soʻzlari “metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 va 6-bandlardagi “Davlat metrologiya tekshiruvi va” soʻzlari “Metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ijrochi — belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan davlat metrologiya xizmati, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari metrologiya xizmatlari, shuningdek respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari hisoblanmaydigan yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qiyoslovchi — akkreditatsiyadan oʻtkazilgan davlat metrologiya xizmati, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari metrologiya xizmatlari, shuningdek respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari hisoblanmaydigan yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlarining zarur malakaga ega boʻlgan, aniq bir oʻlchash turi boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtgan mutaxassisi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-banddagi “davlat metrologik” soʻzlari “metrologiya” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 4-ilovaning 2-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Ushbu Qoidalar metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya nazorati tatbiq etiladigan sohalarda qoʻllanadigan yoki qoʻllanishga moʻljallangan sinov vositalariga taalluqli”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 609-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalarining 154-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“154. Oʻzbekiston Respublikasining “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Qonunining 20-moddasida koʻrsatilgan metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya nazorati tatbiq etiladigan sohalarda foydalaniladigan barcha oʻlchash vositalari va namunaviy OʻV qiyoslashdan oʻtkazilishi shart. Bunda OʻVni qiyoslashdan oʻtkazishni tashkil etish tartibi va uslubi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlishi kerak”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2024-y., 09/24/564/0708-son)