09.09.2024 yildagi 555-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini kadastr boʻyicha boʻlish va koʻchmas mulk obyektlarining kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, shuningdek, koʻchmas mulk obyektlarini hisobga olish hamda ularga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini kadastr boʻyicha boʻlish va koʻchmas mulk obyektlarining kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadastr va koʻchmas mulklarni roʻyxatdan oʻtkazish integratsion axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — UZKAD tizimi) koʻchmas mulk obyektlarining kadastr raqamlarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadastr raqamlarini koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha toifalashtirish orqali ularni hisobga olish va hisobini yuritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni kadastr boʻyicha boʻlish hamda koʻchmas mulklarning kadastr raqamlarini oʻzgartirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining (keyingi oʻrinlarda — Kadastr agentligi) budjetdan tashqari jamgʻarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasining oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektlarining kadastr raqamlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish natijasida ilgari berilgan kadastr raqami koʻchmas mulkning mulk tarixiga oid maʼlumotlarda saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kadastr agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2024-yil 1-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy birliklarini tuzish, tugatish va ularning chegaralaridagi oʻzgarishlarni inobatga olgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorning talablaridan kelib chiqib, hududlarni kadastr boʻyicha toʻliq qaytadan boʻlinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulklarning yangi kadastr raqamlarini shakllantirish uchun UZKAD tizimiga texnik tuzatishlar kiritilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2024-yil 31-dekabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kadastr raqamlaridagi oʻzgarishlardan kelib chiqib, tegishli axborot tizimlaridagi maʼlumotlarga tuzatishlar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda “davreestr.uz” veb-sayti orqali yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan koʻchmas mulk obyektlarining oʻzgartirilgan kadastr raqamlarini aniqlash va maʼlumotlarni olish imkoniyatini yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2024-yil 1-dekabrga qadar hududlarni kadastr boʻyicha boʻlish hujjatlarini tegishli qarorlari bilan tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 9-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
555-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-sentabrdagi 555-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini kadastr boʻyicha boʻlish va koʻchmas mulk obyektlarining kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini kadastr boʻyicha boʻlish (keyingi oʻrinlarda — kadastr boʻyicha boʻlish) va koʻchmas mulk obyektlarini hisobga olish, ularga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda ularning kadastr raqamlarini shakllantirish va berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kadastr boʻyicha boʻlish koʻchmas mulkni hisobga olishning yagona tizimini yaratish va koʻchmas mulkka kadastr raqamlarini berish maqsadida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadastr boʻyicha boʻlish va kadastr raqamlari tizimi Kadastr va koʻchmas mulklarni roʻyxatdan oʻtkazish integratsion axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — UZKAD tizimi) har qanday yer uchastkalari, binolar va inshootlar, koʻp yillik dov-daraxtlarni bir xilda identifikatsiya qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hududlar kadastr boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining (keyingi oʻrinlarda — Davlat kadastrlari palatasi) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari tomonidan boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kadastr boʻyicha boʻlish materiallari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yer uchastkalariga, yer uchastkalarining bir qismiga, koʻp yillik dov-daraxtlar egallagan yer uchastkalariga, binolar va inshootlarga, binolar va inshootlarning bir qismiga kadastr raqamlari Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalarining tegishli tumanlar (shaharlar) filiallari tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini kadastr boʻyicha boʻlish tarkibi va tamoyillari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar), kadastr zonalari, kadastr massivlari, kadastr mavzelari, yer uchastkalari Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini kadastr boʻyicha boʻlish birliklari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) darajasida kadastr boʻyicha boʻlish chegaralari maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralariga toʻgʻri keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli ravishda tuman (shahar) hududi kadastr zonalariga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tumanlar hududini boʻlishda qishloqlar, ovullar va tumanga boʻysunuvchi shaharlar (shaharchalar), shaharlar hududini boʻlishda shahar tumanlari (mavjud boʻlsa) yoki turli (tabiiy, imoratning qurilishi xususiyati, foydalanish maqsadi kabi) belgilari boʻyicha ajralib turadigan shaharlar qismlari (sanoat zonasi, turar joy massivlari, bogʻ va dam olish zonalari kabilar) kadastr zonalari sifatida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kadastr zonalari chegaralari kadastr massivlarining tashqi chegaralari tegishli geodeziya koordinatlariga ega boʻlgan chegara burilishining biriktirilgan nuqtalari boʻylab yoki tabiiy chegaralar (daryolar, temir yoʻllar, magistral kanallar, kollektorlar va boshqa muntazam obyektlar) boʻylab oʻtishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadastr zonalari tuman yoki shahar hududini uzilishlarsiz va kesib oʻtishlarsiz qoplashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kadastr zonasi hududi kadastr massivlariga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq (ovul) kadastr zonasi hisoblangan hollarda qishloq aholi punktlari, qishloq xoʻjaligi maqsadidagi va boshqa maqsaddagi yer massivlari kadastr massivlari sifatida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanga boʻysunuvchi shahar (shaharcha), shahar tumani yoki shaharning bir qismi kadastr zonasi hisoblangan hollarda mahalla kadastr massivlari sifatida qabul qilinadi, bunda kadastr massivlari chegarasi kadastr mavzelarining tashqi chegaralari boʻylab oʻtishi va aholi punktlarining koʻchalari yoki tashqi chegaralari bilan mos kelishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadastr massivlari kadastr zonasi hududini uzilishlarsiz va kesib oʻtishlarsiz qoplashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kadastr massivi hududi kadastr mavzelariga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq aholi punkti yoki mahalla kadastr massivi hisoblangan hollarda shakllangan rejalashtirish, imoratlarning qizil chiziqlari, mavjud muntazam obyektlar (koʻchalar, yoʻllar, daryolar, suv oqimlari, koʻtarma koʻpriklar va boshqalar), boshqa tabiiy chegaralar hisobga olingan holda har xil belgilar (tabiiy, imoratning qurilishi xususiyati, foydalanish maqsadi va boshqalar) boʻyicha ajralib turadigan yer uchastkalarining majmui sifatida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi maqsadidagi va boshqa maqsaddagi yer massivi kadastr massivi hisoblangan hollarda bogʻdorchilik-uzumchilik yoki polizchilik shirkati, qishloq xoʻjaligi korxonasi yoki boshqa korxona va yirik obyektlar kadastr mavzesi sifatida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadastr mavzelari kadastr massivi hududini uzilishlarsiz va kesib oʻtishuvlarsiz qoplashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yer uchastkalari kadastr boʻyicha boʻlishning va ajratish tartibida ajratilgan yerni hisobga olishning birlamchi birligi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muayyan jismoniy va yuridik shaxslarga biriktirilmagan umumiy foydalaniladigan koʻchalar, maydonlar, koʻkalamzorlashtirilgan zonalar, yodgorlik komplekslari, qabristonlar, shahar chiqindixonalari, shahar qurilishi uchun ajratiladigan zaxira yerlar va boshqa yerlarga boʻlinadigan kadastr boʻyicha hisobga olish uchastkalari yerni kadastr boʻyicha boʻlish va hisobga olish birligi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yer uchastkasi, bino, inshootlar kadastr raqamining tarkibi va ularni shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kadastr raqami yer uchastkasi, bino, inshootga koʻp yillik dov-daraxtga tegishli Oʻzbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan raqamdir, u qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda uni shakllantirishda beriladi va u roʻyxatdan oʻtkazilgan huquqning yagona obyekti sifatida mavjud boʻlguniga qadar saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Quyidagilar yer uchastkasi, bino va inshoot kadastr raqamining majburiy elementlarini tashkil etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqa (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqa tarkibidagi tuman yoki viloyatga boʻysunuvchi shaharning raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadastr zonasi raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadastr massivi raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadastr mavzesi raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp yillik dov-daraxtlar egallagan yer uchastkasi raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino yoki inshootning raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino yoki inshoot bir qismining raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Koʻchmas mulk obyektlarini Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya qilish tizimi quyidagi tamoyillar asosida shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yer uchastkalari quyidagi kadastr raqami tuzilmasiga ega boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AA : VV : SS : DD : EE : FFFFF/ZZZZ
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda:

AA — mintaqaning raqamini (kodini) bildiruvchi ikki razryadli oʻnli son;

VV — mintaqa tarkibidagi maʼmuriy-hududiy birlikning (tuman va shahar) raqamini (kodini) bildiruvchi ikki razryadli oʻnli son;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SS — kadastr zonasi raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli oʻnli son;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DD — kadastr zonasi doirasida kadastr massivi raqamini (kodini) bildiruvchi ikki razryadli oʻnli son;

EE — kadastr massivi doirasida kadastr mavzesi raqamini (kodini) bildiruvchi ikki razryadli oʻnli son;

FFFFF — kadastr mavzesi doirasida yer uchastkasi raqamini (kodini) bildiruvchi besh razryadli oʻnli son;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yer uchastkasi umumiy foydalanishda boʻlgan taqdirda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ZZZZ — kadastr mavzesi doirasida yer uchastkasi raqamiga (kodiga) “/” belgisi va yer uchastkasi doirasidagi toʻrt razryadli oʻnli son qoʻllaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagilar bino yoki inshoot kadastr raqamining majburiy elementlarini tashkil etadi va kadastr raqami tuzilmasiga ega boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AA : VV : SS : DD : YEYE : GGGGG/NNN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AA — mintaqaning raqamini (kodini) bildiruvchi ikki razryadli oʻnli son;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VV — mintaqa tarkibidagi maʼmuriy-hududiy birlik (tuman yoki shahar)ning raqamini (kodini) bildiruvchi ikki razryadli oʻnli son;

SS — kadastr zonasi raqamini (kodini) bildiruvchi ikki razryadli oʻnli son;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DD — kadastr zonasi doirasida kadastr massivi raqamini (kodini) bildiruvchi ikki razryadli oʻnli son;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EE — kadastr massivi doirasida kadastr mavzesi raqamini (kodini) bildiruvchi ikki razryadli oʻnli son;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GGGGG — kadastr mavzesi doirasida bino, inshoot raqamini (kodini) bildiruvchi besh razryadli oʻnli son;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HHH — bino yoki inshootlar bir qismi raqamini (kodini) bildiruvchi uch razryadli oʻnli son;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) quyidagilar koʻp kvartirali turar joydagi kvartira kadastr raqamining majburiy elementlarini tashkil etadi va kadastr raqami tuzilmasiga ega boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AA : VV : SS : DD : YEYE : GGGGG : HHH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AA — mintaqaning raqamini (kodini) bildiruvchi ikki razryadli oʻnli son;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VV — mintaqa tarkibidagi maʼmuriy-hududiy birlik (tuman yoki shahar)ning raqamini (kodini) bildiruvchi ikki razryadli oʻnli son;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SS — kadastr zonasi raqamini (kodini) bildiruvchi ikki razryadli oʻnli son;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DD — kadastr zonasi doirasida kadastr massivi raqamini (kodini) bildiruvchi ikki razryadli oʻnli son;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EE — kadastr massivi doirasida kadastr mavzesi raqamini (kodini) bildiruvchi ikki razryadli oʻnli son;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GGGGG — kadastr mavzesi doirasida koʻp kvartirali turar joy raqamini (kodini) bildiruvchi besh razryadli oʻnli son;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HHH — koʻp kvartirali turar joydagi kvartiraning raqamini (kodini) bildiruvchi uch razryadli oʻnli son.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kadastr zonalari, massivlari va mavzelarini kadastr boʻyicha boʻlish va shakllantirish vaqtida ularning chegaralari shaharlar, shahar tumanlari, qishloqlar, ovullarning maʼmuriy chegaralariga toʻgʻri keladi. Keyinchalik maʼmuriy chegaralar oʻzgarganda, kadastr boʻyicha boʻlinish sxemasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yer uchastkasining kadastr raqamini shakllantirish yer uchastkasi koʻchmas mulk obyekti sifatida shakllantirilgan va uning chegaralari tuman (shahar) navbatchi indeksli kadastr xaritasiga (rejasiga) kiritilganidan keyin boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yer uchastkasi bir qismining kadastr raqami yer uchastkasi chegarasidagi navbatdagi tartib raqami sifatida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Bino yoki inshootlar bir qismining kadastr raqami asosiy bino yoki inshoot chegarasidagi navbatdagi tartib raqami sifatida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Yangidan suratga olish (tuzatishlar kiritish), roʻyxatdan oʻtkazish, yangi kadastr xaritalarini (rejalarini) tayyorlash vaqtida yer uchastkasi, bino yoki inshootning (ularning bir qismidan tashqari) kadastr raqamini tashkil etuvchi majburiy elementlari oʻzgartirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Yer uchastkasiga, binoga, inshootga, koʻp yillik dov-daraxtlarga yoki boshqa koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda va (yoki) huquq turining oʻzgarishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish vaqtida mazkur yer uchastkasi, koʻp yillik dov-daraxtlar egallagan yer uchastkasi, bino, inshootning kadastr raqami oʻzgartirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Yer uchastkalari hamda koʻp yillik dov-daraxtlar egallagan yer uchastkalari bilan, mavjud chegaralarning oʻzgarishi va yangi uchastkaning shakllantirilishi bilan bogʻliq ravishda mazkur uchastkani boʻlish yoki uning boshqasi bilan qoʻshilib ketishini keltirib chiqaruvchi operatsiyalarni amalga oshirish vaqtida yer uchastkalariga hamda koʻp yillik dov-daraxtlar egallagan yer uchastkalariga belgilangan tartibda yangi kadastr raqamlari beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgari berilgan kadastr raqamlari yoʻqotilgan hisoblanadi va ulardan qayta foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bino yoki inshootlarning kadastr raqamlari oʻzgartirilmaydi. Agar yer uchastkasi chegaralari chegaralarning oʻzgarishi va yangi uchastkaning shakllantirilishi bilan bogʻliq ravishda mazkur uchastkani boʻlish yoki uning boshqasi bilan qoʻshilib ketishini keltirib chiqaruvchi operatsiyalarni amalga oshirishda bino yoki inshootning bir qismi yangi tashkil etilgan yer uchastkalarida joylashsa, ushbu Nizom 15-bandining “b” kichik bandi talablari asosida bino yoki inshootning qismini anglatuvchi kadastr raqami qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ushbu Nizomning talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-sentabrdagi 555-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini kadastr boʻyicha boʻlish hamda yer uchastkalari, binolar va inshootlarning kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2001-yil 31-dekabrdagi 492-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qaroriga 7-ilovaning 6-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 7-yanvardagi 1-son qarori)” 2014-yil 3-iyundagi 138-son qaroriga ilovaning 7-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 31-maydagi PF-5065-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 31-maydagi PQ-3024-son qarori)” 2017-yil 29-avgustdagi 679-son qaroriga ilovaning 7-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)” 2021-yil 22-fevraldagi 87-son qaroriga ilovaning 1052-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2024-y., 09/24/555/0705-son)