04.09.2024 yildagi 540-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv havzalarida motorli (ichki yonuv dvigatelli) va elektromotorli suv transporti vositalaridan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv havzalarida turizm xizmatlarini jadal rivojlantirish, shuningdek, fuqarolar hayoti, sogʻligi va xavfsizligini taʼminlash hamda suv resurslari ifloslanishining oldini olish va ulardan oqilona foydalanishni yoʻlga quyish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2025-yil 1-maydan boshlab tabiiy va sunʼiy suv havzalarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faqat tezlikni avtomatik pasaytirish uskunasi bilan jihozlangan (harakatlanish maksimal tezligi 40 km/soatdan oshmaydigan motorli qayiqlar bundan mustasno), GPS uskunasi oʻrnatilgan hamda milliy GPS monitoring va navigatsiya tizimiga ulangan motorli (ichki yonuv dvigatelli) va elektromotorli suv transporti vositalaridan (keyingi oʻrinlarda — suv transporti vositalari) foydalanishga ruxsat etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv transporti vositalarining ruxsat etilgan harakatlanish maksimal tezligi 40 km/soat, kemalar toʻxtash joylari hamda aholi turar joylari chegaralarida — 20 km/soat, shuningdek, plyajlar va aholining ommaviy dam olish joylari chegaralarida — 5 km/soat etib belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2025-yil 1-yanvardan boshlab yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suv transporti vositalaridan (bundan elektromotorli suv transporti vositalari mustasno) foydalanish natijasida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi uchun quyidagi miqdorlarda yillik kompensatsiya (keyingi oʻrinlarda — kompensatsiya) toʻlovlari undiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
motorli qayiqlar va gidrotsikllar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kater uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaxtalar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat usulida baliq ovlovchilarga motorli qayiqlar va kater uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari;
(1-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyuldagi PF-122-sonli Farmoniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2026-y., 06/26/122/0687-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) motorli (ichki yonuv dvigatelli) suv transporti vositalari (shu jumladan foydalanishda boʻlgan) kompensatsiya toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganidan soʻng yillik texnik koʻrikdan oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) kompensatsiya undirishdan tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining Ekologiya jamgʻarmasiga oʻtkaziladi hamda suv havzalari ifloslanishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu band talablari maxsus vazifalarni bajarish vakolatiga ega boʻlgan vazirlik va idoralarning suv transporti vositalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi va Transport vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda tabiiy va sunʼiy suv havzalarida suv transporti vositalari tezligini chegaralovchi va oraliq masofani nazorat qiluvchi hamda quyidagi texnik imkoniyatlarni nazarda tutuvchi dasturiy taʼminot ishlab chiqilishini tashkil etsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv transporti vositalarining ruxsat etilgan harakatlanish maksimal tezligini 40 km/soatdan, kemalar toʻxtash joylari hamda aholi turar joylari chegaralarida 20 km/soatdan, plyajlar va aholining ommaviy dam olish joylari chegaralarida — 5 km/soatdan oshib ketmasligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
motorli (ichki yonuv dvigatelli) va elektromotorli suv transporti vositalari bir-biriga 150 metrdan kam masofaga yaqinlashgan va harakatlanish geozonasidan chiqqan va qirgʻoq hududiga kirgan vaqtda ularning tezligini avtomatik ravishda 5 km/soatgacha kamaytirish (maxsus xizmat kemalari bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Transport vazirligi hamda Kadastr agentligi bilan birgalikda tabiiy va sunʼiy suv havzalarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatuvchi suv transporti vositalari elektron onlayn nazoratini yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv transporti vositalari har bir turi uchun ruxsat etilgan harakatlanish geozonalarini belgilasin va ularda harakat tartibini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) suv havzalaridan foydalanuvchilar tomonidan akvatoriyalarning qirgʻoq chiziqlarini belgilagan holda, toʻsiq belgilari (buylar) bilan taʼminlanishini qatʼiy nazoratga olsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tadbirkorlar tomonidan tashkil etilayotgan plyaj va suv obyektlarida dam olish maskanlarini hamda suv transporti vositalari turadigan bazalarning qonunchilik talablari asosida tartibga solinishini va suv havzalarining zarur navigatsiya belgilari bilan jihozlanishini nazorat qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Transport vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda motorli (ichki yonuv dvigatelli) suv transporti vositalarini “Sardoba” suv ombori va “Aydar-Arnasoy” koʻllar tizimiga keng jalb etish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tadbirkorlar oʻrtasida targʻibot ishlarini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv obyektlarida suv transporti vositalaridan xavfsiz foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish uchun Kichik hajmli kemalar inspeksiyasini maxsus jihozlar, gidrotsikl va katerlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik hajmli kemalar inspeksiyasiga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlikning umumiy shtatlar soni va pul taʼminoti doirasida Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining shtat birliklarini qayta koʻrib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv transporti vositalarini boshqarish yuzasidan kema haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash ishlarini jadallashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Kichik hajmli kemalar inspeksiyasini gidrotsikl, kater, maxsus jihozlar va qutqaruv anjomlari bilan taʼminlash rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu ilovada koʻrsatilgan gidrotsikl, kater, maxsus jihozlar va qutqaruv anjomlari xaridi bilan bogʻliq xarajatlar Favqulodda vaziyatlar vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan tasdiqlangan dasturlar ijrosi uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri A.X. Qoʻldoshev hamda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 4-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
540-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-sentabrdagi 540-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Kichik hajmli kemalar inspeksiyasini gidrotsikl, kater, maxsus jihozlar va qutqaruv anjomlari bilan taʼminlash rejasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Maxsus jihoz va texnikalarning nomlanishi

Oʻlchov birligi

Umumiy soni

(dona)

1 donasining narxi

(ming soʻm)

Jami narxi

(mln soʻm)

I. TEXNIKALAR

1.

Kater (tirkamasi va qutqaruv anjomlari bilan)

dona

15

553 567,00

8 303, 50

2.

Gidrotsikl (tirkamasi bilan)

dona

12

442 000,00

5 292, 00

3.

Avtomobil (yuqori oʻtuvchanlik qobiliyatiga ega boʻlgan)

dona

7

382 040,00

2 674, 28

II. MAXSUS JIXOZLAR

4.

Planshet

dona

15

16 000,00

240, 00

5.

Qutqaruv nimchasi

dona

116

25 000,00

29,00

6.

Defektoskop (qalinlikni oʻlchovchi asbob)

dona

15

10,00

1,50

Jami:

16 540,28

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Mazkur maxsus jihozlar, gidrotsikl va katerlarning narxlari tender (tanlov) savdolari asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-sentabrdagi 540-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bandning “j” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“j) “Chorvoq” suv omborida motorsiz, maxsus vazifalarni bajarish vakolatiga ega boʻlgan vazirlik va idoralarning hamda tezlikni avtomatik pasaytirish uskunasi bilan jihozlangan, GPS uskunasi oʻrnatilgan va yagona milliy GPS monitoring hamda navigatsiya tizimiga ulangan motorli suv transporti vositalaridan tashqari barcha motorli suv transporti vositalarining harakatlanishi, shuningdek, Chirchiq daryosi va uning irmoqlarida (maxsus ajratilgan suv havzalaridan tashqari) choʻmilish, transport vositalarini yuvish va maishiy chiqindilarni tashlash taqiqlanadi;”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2024-y., 09/24/540/0684-son; 04.07.2026-y., 06/26/122/0687-son)